toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAʼMURIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKSIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 23-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 30-noyabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, .№ 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, №4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
toʻrtinchi qismining dispozitsiyasidagi “yoxud davlat raqam belgisi yasama yoki oʻzga usullarda oʻzgartirilgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davlat raqam belgisi yasama yoki oʻzga usullarda oʻzgartirilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli boʻlmagan transport vositasini boshqarish —
eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
2) quyidagi mazmundagi 1282-modda bilan toʻldirilsin:
“1282-modda. Transport vositasini boshqarish paytida monitordan (displeydan) tele-, videodasturlarni tomosha qilish uchun foydalanish va transport vositasiga oʻzboshimchalik bilan monitor (displey) oʻrnatish
Transport vositasini boshqarish paytida transport vositasi salonining old qismiga ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan oʻrnatilgan monitordan (displeydan) tele-, videodasturlarni tomosha qilish uchun foydalanish —
eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Transport vositasi salonining old qismiga oʻzboshimchalik bilan monitor (displey) oʻrnatish —
eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi”;
3) 179-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“179-modda. Auditorning qonun hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishi, bila turib soxta auditorlik hisobotini yoki auditorlik xulosasini tuzishi
Auditorning auditorlik tekshiruvini oʻtkazish chogʻida oʻzi aniqlagan buxgalteriya hisobini yuritishga, shuningdek moliyaviy hisobot tuzishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablar buzilganligi hollarini yashirishi, xuddi shuningdek auditorning bila turib soxta auditorlik hisobotini yoki auditorlik xulosasini tuzishi —
eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
4) 245-moddaning birinchi qismi “1281-moddasining ikkinchi qismi” degan soʻzlardan keyin “1282-moddaning uchinchi qismi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
birinchi qismi “1281-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlardan keyin “1282-moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismining 5, 6 va 7-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) ushbu Kodeksning 125, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 131-moddasining uchinchi qismida, 135-moddasida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141, 147-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi (Bosh boshqarmasi) boshligʻi, uning oʻrinbosari, yoʻl-patrul xizmatini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda maʼmuriy amaliyot boʻlimi boshligʻi, uning oʻrinbosari, alohida muhim ishlar boʻyicha inspektor (maʼmuriy amaliyot boʻyicha inspektor), maʼmuriy amaliyot boʻlinmasi (boʻlimi) boshligʻi, uning oʻrinbosari, maʼmuriy huquqbuzarliklarga doir materiallarni koʻrib chiqish boʻyicha katta inspektor (inspektor), avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat boʻlimi (boʻlinma) boshligʻi, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat guruhining katta inspektori, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat guruhining maʼmuriy amaliyot boʻyicha inspektori, ular yoʻqligida esa ichki ishlar boʻlimi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari;
6) ushbu Kodeksning 125, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135-moddasining birinchi qismida, 138-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 147-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — yoʻl-patrul xizmati brigadasi (bataloni, divizioni, otryadi, mobil guruhi) komandiri yoki uning oʻrinbosari;
7) ushbu Kodeks 125-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 126-moddasining birinchi qismida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi qismida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 129-moddasining birinchi qismida, 135-moddasining birinchi qismida, 138-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — yoʻl-patrul xizmati katta inspektori (inspektori) va yoʻl harakati qoidalariga hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga oid boshqa normativlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa xodimlar”;
6) 287-moddaning 1-bandi “1281” raqamidan keyin “1282” raqami bilan toʻldirilsin;
7) 291-modda birinchi qismining “a” kichik bandidagi “toʻrtinchi qismida” degan soʻzlar “toʻrtinchi va beshinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2007-yil 14-dekabrdagi 247 (4400)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 13-dekabr,
OʻRQ-125-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 504-modda)