1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.07 Ayrim turdagi tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun hisob-kitobning xususiyatlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
QARORI
HISOB-KITOBLAR MAʼLUMOTNOMASINI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 26-noyabrda 1137-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 22-dekabrdagi 35/4, 01-02/19-47-sonli “Hisob-kitoblar maʼlumotnomasini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1137-4, 27.12.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi hamda Davlat bojxona qoʻmitasining 2002-yil 24-apreldagi 215-V va 02/19-10-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Hisob-kitoblar maʼlumotnomasini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (2002-yil 14-may, roʻyxat raqami 1137 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 9-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 10-noyabr,
215-V-2-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 10-noyabr,
01-02/19-37-son
Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2007-yil 10-noyabrdagi 215-V-2, 01-02/19-37-sonli qaroriga ILOVA
Hisob-kitoblar maʼlumotnomasini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish
“Eksport qilinadigan tovarlarning bojxonada rasmiylashtirilishiga faqat toʻldirilgan hisob-kitoblar maʼlumotnomasi mavjud boʻlgan holdagina yoʻl qoʻyiladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan omborlardan FOB, EX Warehouse shartlarida markazlashtirilgan holda yuklab joʻnatish, milliy valyuta — soʻmda toʻlov amalga oshirish sharti bilan birja va yarmarka savdolarida tuzilgan kontraktlar boʻyicha hamda chet el valyutasida toʻlov amalga oshirish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi tovar, xomashyo birjasida tuzilgan eksport shartnomalari boʻyicha yuklab joʻnatish bundan mustasno”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 489-modda)