1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena me’yorlari hamda qoidalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.04.00 Protsessual majburlov (ushlab turish, ehtiyot choralari, lavozimidan chetlatish, majburiy keltirish va boshqalar)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Qarori
JINOYAT SODIR ETISHDA GUMON QILINIB USHLAB TURILGAN SHAXSLARNI SAQLASHNING SANITARIYA-GIGIYENA QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 8-noyabrda 1737-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
O‘zbekiston Respublikasining “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
1. Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarni saqlashning sanitariya-gigiyena qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
Sog‘liqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 8-oktabr,
12-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2007-yil 8-oktabr,
16-son
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 8-oktabrdagi 12, 16-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarni saqlashning sanitariya-gigiyena
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarni vaqtincha saqlash hibsxonalarida (keyingi o‘rinlarda — VS’H) saqlashning sanitariya-gigiyena qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
I. Vaqtincha saqlash hibsxonalarining binolariga qo‘yiladigan talablar
1. VS’H binolarini qurish va ularni jihozlash ishlari ichki ishlar organlari belgilagan me’yorlar talablariga javob beradigan loyihalar asosida amalga oshiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
2. VS’H majmuasiga ushlangan va qamoqqa olinganlarni saqlash uchun mo‘ljallangan asosiy bino, sayr qilish hovlisi va o‘rab (to‘sib) turuvchi qurilma (jihoz, to‘siq)lar kiradi. VS’H ichki ishlar organlari binolaridan alohida yoki birgalikda qurilishi mumkin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
3. VS’H ichki ishlar organlarining asosiy ma’muriy binosiga tutash qurilgan bo‘lsa, uning ma’muriy binodan alohida kirish (chiqish) darvozasi bo‘lishi lozim.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
4. Ichki ishlar organlarining asosiy ma’muriy binosiga tutash qurilgan VS’Hning muhandislik jihozlari va kommunikatsiyalari gigiyenik me’yorlar talablariga javob berishi, shu jumladan shovqindan himoya qilingan bo‘lishi kerak.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
5. VS’Hni binolarning 1 va 2-qavatlariga joylashtirilishiga ruxsat etiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
6. VS’H binosi g‘ishtdan yoki boshqa mustahkam material (temir-beton, tosh va boshqa)lardan quriladi. VS’Hning ichki devorlari, kameralarning oraliq devorlari va boshqa xonalar 38 sm.dan kam bo‘lmagan qalinlikdagi pishiq g‘ishtdan teriladi. Kameralarning devorlari hech qanday bo‘rtib turuvchi joylari va burchaklari qoldirilmagan holda qorishma bilan suvab chiqiladi. Kameralarning tashqi devorlari 50 sm.dan kam bo‘lmagan qalinlikda bo‘ladi hamda VS’H ichidagi xizmat va xo‘jalik xonalari bilan tutashgan devorlari armaturali panjaralar bilan mustahkamlanadi.
7. Kameralarning tom qismi yog‘och materiallardan iborat bo‘lsa, unday holatda qo‘shimcha ravishda temir panjaralar o‘rnatilib, metalli elementlarga qo‘shib, payvandlanib mustahkamlanadi.
8. Sayr qilish hovlisi kameralar majmuasi devoriga tutashgan bo‘lib, bevosita VS’H hududida tashkil etiladi. Sayr qilish hovlisining maydoni eng ko‘p sig‘imli kameralarda saqlanayotganlarni birdaniga sayrga olib chiqish imkoniyatini beradigan darajada bo‘lishi lozim. Sayr qilish hovlisining maydoni 12 m2dan kam bo‘lmasligi kerak.
9. Sayr qilish hovlilari VS’Hda mavjud bo‘lgan kameralar soni va ularning maydoniga qarab belgilanadi. Agar VS’H hududida sayr qilish hovlilari bir nechta bo‘lsa, bunday hollarda sayr qilish hovlilari g‘ishtli yoki temir-betonli to‘siqlar bilan bo‘linadi. Ushbu oraliq to‘siq devorlarining balandligi 3 metrdan kam bo‘lmasligi, yuqori qismidan temir panjara va sim to‘rchalar bilan yopilgan bo‘lishi lozim, uning ustidan bir tomoni 2 metrdan kam bo‘lmagan temir tunuka bilan yopiladi. Sayr qilish hovlilarida, hovli devorlaridan 2 metrdan kam bo‘lmagan masofada yerga mahkamlangan holda o‘rindiqlar o‘rnatilishi mumkin.
10. Sayr qilish hovlilarining barcha devorlari silliq qilib suvaladi. Poli yomg‘ir suvini oqizib ketadigan qiyalikka ega bo‘lishi lozim.
11. VS’H kameralar blokiga tutashgan yoki VS’H binosining hamma tomonidan o‘rab olingan devorning balandligi 3 metrdan kam bo‘lmasligi, ushbu devorning har ikkala tomoni silliq, tosh, g‘isht va bo‘rtiqlardan holi bo‘lishi shart.
II. Vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki loyihalanishi va jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar
12. VS’Hning loyihalanishi aniq tabiiy iqlim, shaxslarning demografik tarkibi, maishiy-ijtimoiy shart-sharoiti talablariga to‘liq javob berishi kerak.
13. Kameralar 2—4 o‘rinli bo‘lib, yo‘lakning bir tomonida yoki ikki tomonida joylashtirilishi mumkin. Ikki tomonlama qurilgan kameralarning qarama-qarshi eshiklari bir-biriga nisbatan ozgina surilgan holatda qilib quriladi. Kameralar bir tomonlama joylashganda yo‘lakning kengligi 1,5 metr, ikki tomonlama joylashganda yo‘lakning kengligi 2 metr bo‘ladi. Yo‘lakning kamera xonalari blokiga tutashgan zinasimon panjaralar bilan kesishib o‘tishi tavsiya etilmaydi.
14. Kameralarning qurilishida, kamera eshigida poldan 145—150 sm. balandlikda, saqlanayotganlar to‘liq ko‘rinadigan darajada qilib ovalsimon kuzatuv tuynugi o‘rnatilishini ko‘zda tutish zarur. Kuzatuv tuynugining hajmi kamera ichidan 14 x 24 sm, yo‘lak tomonidan 3,5 x 4,0 sm. kattalikda bo‘lishi lozim. Kuzatuv tuynugiga yo‘lak tomondan sinmaydigan organik shishadan yasalgan o‘z o‘qida erkin aylanadigan qopqoq o‘rnatiladi. Shuningdek, kamera eshigiga ovqat berish uchun, pol sathidan 120 sm balandlikda, 20 x 20 sm o‘lchamda tuynuk o‘rnatilib, vagon tipidagi qulf bilan yopiladi. Tuynuklar yo‘lak tomonga ochilib, yerga nisbatan gorizontal holatda turishini ta’minlash uchun tirgaklar bilan jihozlanadi.
15. Kameralar eshiklarining yuzasi 190 x 75 sm, kengligi 6 sm.dan kam bo‘lmagan o‘lchamda bo‘lib, kameraga kirishda chap tomonga (yo‘lak tomonga qarab) ochiladigan qilib o‘rnatilishi lozim. Kameralar eshigining ochilish kengligi kameradan birvarakayiga bir kishidan ortiq shaxs chiqolmaydigan (kirolmaydigan) darajada bo‘lishi shart. Eshiklarning bunday kenglikda ochilishiga erishish maqsadida yo‘lak tomondan eshikni ma’lum burchak ostida ochilishini ta’minlovchi chegaralagich o‘rnatiladi.
16. Eshiklar ikki tomondan yaxlit tunuka (po‘lat) bilan eshikka mustahkamlangan holda qoplanadi. Eshik qoplamasida biron-bir tirqishning hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kamera eshiklariga turma tipidagi qulflar o‘rnatiladi, eshik yopilganda qulf avtomatik tarzda (o‘z-o‘zidan) qulflanadigan, keyin esa kalit bilan ikki marotaba buralib qulflanadigan bo‘lishi, eshiklar tashqi tomondan temir tirsak (zasov) bilan yopiladigan bo‘lishi kerak.
17. Kameradagi derazalarning eni 0,9 metr, balandligi 0,5 metr kenglikda bo‘ladi. Deraza kamera havosini almashinishini ta’minlash uchun tashqariga qarab ochiladigan va vagon tipidagi qulf bilan jihozlangan tuynuk bilan jihozlanadi. Kamera derazasi, pastki qismi poldan 1,8 metrdan kam bo‘lmagan balandlikda o‘rnatiladi. Barcha kameralardagi derazalarga 12 x 20 sm katakcha shaklidagi vertikaliga diametri 19 mm va eniga kesim yuzasi 60x12 mm bo‘lgan po‘lat armaturalardan tayyorlangan temir panjaralar o‘rnatiladi. Deraza tokchasi aylanasimon shaklda hech qanday burchaklarsiz silliq qilib suvaladi. Deraza romi ichkari tomonidan simli mayda to‘r bilan qoplanadi. Kamera derazalarining ichki tomonidan orasidan sim o‘tkazilgan shisha va tashqi tomonidan ko‘rish imkoniyatini butunlay cheklaydigan shisha oynalari (“moroz” tipidagi oynalar) bilan qoplanadi.
18. Kameralar, ushlangan va qamoqqa olinganlarni saqlash uchun bir qavatli yoki ikki qavatli krovatlar bilan jihozlanadi. Kameralarni isitish moslamalari deraza ostida, ustki qismi maxsus teshikli po‘lat panjara bilan qoplangan holatda o‘rnatiladi. Isitish moslamalarining quvurlari kameralar devorlari orasidan ko‘rinmaydigan qilib o‘tkaziladi.
19. VS’H navbatchisining xonasi bilan bir joyda joylashgan ushlangan va qamoqqa olinganlarni tekshiruvdan o‘tkazish xonasida bo‘yi 1,2-1,0 metr va eni 1,0-0,8 metr kenglikda bo‘lgan kabinalar tashkil qilinadi. Kabinalar bir-biridan 1/2 qalinlikdagi g‘ishtdan terilgan devor bilan ajratiladi.
20. Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlangan shaxslarning har biriga individual krujkalarda qaynatilgan suv tarqatish uchun, VS’H yo‘lagida qopqog‘i bekiluvchi qaynatilgan suv quyilgan idish bo‘lishi zarur. Idishdagi qaynatilgan suv har kuni almashtirilib turilishi lozim.
21. VS’Hlarda qo‘riqlovchi va navbatchilik qiluvchi xodimlar uchun ajratilgan xonalarning kengligi 12 m2 dan kam bo‘lmasligi kerak.
22. Xonalarni tozalash anjomlari (pol lattasi, chelak, shvabra, cho‘tkalar)ni saqlash, ularni yuvish uchun chig‘anoqlar bilan jihozlangan 3 m2 dan kam bo‘lmagan xona ajratilishi zarur.
23. Ushlangan, qamoqqa olinganlar va mahkumlar tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlangan, har bir saqlanayotgan shaxs uchun maydoni 2,5 m2 dan kam bo‘lmagan kameralarda saqlanadi. Homilador, bolali ayollar erkaklarning kameralariga nisbatan yorug‘roq, har birining maydoni 4 m2 dan kam bo‘lmagan kameralarda saqlanadi.
24. VS’Hda 3 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ushlab turilgan shaxslar bir yoki ikki qavatli karavotlari bor bo‘lgan kameralarga joylashtiriladi. Dastlabki 3 kundan ortiq muddatga qamoqqa olinganlarni saqlash kameralarida ovqatlanish stoli, oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy buyumlarini saqlash uchun devor shkaflari bo‘lishi kerak.
25. Hamma kameralar ichimlik suv idishi va krujkalar bilan ta’minlanadi.
26. Har bir VS’H ovqat isitish uchun yopiq spiralli (“marmit”) elektroplita, suv qaynatish vositalari, shkaf, uch qismdan iborat idish-tovoqni yuvish vannasi bilan jihozlanadi.
27. VS’H ko‘rpa-to‘shak va kameralarda saqlanishiga ruxsat berilmagan shaxsiy buyumlarni saqlash uchun xonalar bilan jihozlanadi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
29. VS’Hlar dushxona (cho‘miladigan xona), dezinfeksiya xonasi, boshqa xizmat va yordamchi xonalar bilan jihozlanadi.
III. Vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki muhitiga qo‘yiladigan talablar
30. Tabiiy va sun’iy yoritish, tabiiy shamollatish va mikroiqlim parametrlari, xonalarning quyosh nuridan himoyalanishi amaldagi loyihalash me’yorlariga mos kelishi lozim.
31. Sun’iy yoritishga bo‘lgan asosiy gigiyenik talablar: yorug‘lik xonalarning belgilangan maqsadiga muvofiq bo‘lishi, ko‘zni qamashtiradigan darajada yorqin va inson organizmi hamda xonaning ichki muhitiga zararli bo‘lmasligi kerak.
32. VS’Hning barcha xona va kameralari umumiy yoritilishni ta’minlovchi sun’iy yorug‘lik qurilmasi bilan jihozlanishi lozim. Xonalarning belgilangan vazifalariga qarab, ular qo‘shimcha ravishda mahalliy yoritish chirog‘i bilan jihozlanishi mumkin.
33. Xona va kameralarning o‘rtacha yoritilish darajasi 100 lyuksdan, yo‘lak, zinapoya maydoni va zinalarning yoritilishi esa 50 lyuksdan kam bo‘lmasligi kerak.
34. VS’Hning barcha kameralarida elektr yoritkichlar o‘rnatiladi, elektr tarmoqlari yashirin holatda o‘tkaziladi. Kameralardagi yoritkich chiroqlari, kamera eshiklarining tepa qismidagi maxsus tuynuklarda o‘rnatilib, metall panjaralar bilan qoplanadi. VS’Hning yo‘lagi, tergov xonalari, ovqat isitish va sanitar ishlov berish xonalarining elektr yoritkichlari muhofazalangan bo‘lishi kerak.
35. Elektr tarmog‘ining avariya holatlarida VS’Hni yoritish maqsadida akkumulyator batareyalaridan yoki mustaqil ravishda tok beruvchi moslamalardan (generatorlardan) foydalaniladi.
36. Sun’iy yoritishni to‘ldirish uchun xonalar yuzasi (devor, shift) imkon boricha yorug‘likni qaytaruvchi yorqin, yong‘indan xavfsiz (suv-emulsiyali) bo‘yoqlar bilan qoplanishi zarur.
37. Uzoq muddatda saqlanadigan shaxslar xonalaridagi havoning almashtirilib turilishi, tabiiy ventilyatsiya (havoning fortochka, maxsus deraza teshigi) yoki ventilyatsiya tuynugidan kirishi orqali amalga oshirilishi kerak. Havoni olib ketuvchi ventilyatsiya moslamasi namlik yuqori bo‘lgan xonalar: sanitariya tarmog‘i, sanitariya ishlovi berish, ovqat tarqatish xonalari shiftiga qurilishi ko‘zda tutilishi lozim.
38. Me’yordagi havo harorati yaratilishi va uni tozalash uchun ventilyatsiyaning umum almashinuv tizimi ko‘zda tutilishi zarur.
39. Kamera xonalariga oqib keluvchi havo, xonalarning tepa qismida joylashgan havo tarqatgichlardan berilishi kerak.
40. Ventilyatsiya va quvuro‘tkazgichlarni o‘tkazuvchi tuynuklarga simli to‘r o‘rnatilib, kemiruvchilardan himoyalangan bo‘lishi lozim.
41. Isitish tizimini loyihalashda xona va kameralar havosini bir maromda isitish, issiqlik oqimi boshqarilishini ta’minlashni hisobga olish kerak. Isitilish mavsumida VS’H xonalaridagi havo harorati 18°Sdan kam bo‘lmagan darajada ushlab turilishi kerak. Doimiy isitish manbai bo‘lmagan, vaqti-vaqti bilan isitilib turiladigan VS’Hning xonalaridagi havo haroratining sutkalik o‘zgarishi ±3°Sdan oshmasligi kerak.
42. Yilning issiq mavsumida isitish tizimidan kamera xonalarini sovutish maqsadida foydalanish mumkin.
IV. Vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya
43. Markazlashgan ichimlik suvi tizimi bo‘lgan aholi punktlaridagi VS’Hlarda ichimlik suvi quvurlari, yong‘inga qarshi shlanglar hamda maishiy kanalizatsiya o‘tkazilishi ko‘zda tutilishi kerak.
44. Markazlashgan ichimlik suvi tizimi, kanalizatsiyasi va issiqlik, gaz ta’minoti bo‘lmagan joylardagi VS’Hda mahalliy (avtonom) muhandislik uskunalar o‘rnatilishi lozim.
45. Kanalizatsiyasi mavjud bo‘lgan aholi punktlarida joylashgan VS’H kameralari sanitariya tarmog‘i (unitaz va qo‘l yuvish chig‘anog‘i) bilan jihozlanadilar hamda ularning kanalizatsiya tizimi shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq umumiy kanalizatsiya tarmog‘iga ulangan bo‘lishi kerak.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
46. Kanalizatsiyasi mavjud bo‘lmagan aholi punktlarida joylashgan VS’Hda tashkil etilgan ichki kanalizatsiya tarmog‘i, nam o‘tkazmaydigan o‘ra tipidagi hojatxonaga ulanadigan qilib qurilishi ko‘zda tutilishi kerak.
V. Oziq-ovqat mahsulotlarining tayyorlanishi, saqlanishi va yetkazib berilishiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar (VS’Hga shartnoma asosida tayyor ovqat yetkazib beruvchi oshxonalarga taalluqli)
47. VS’Hni tayyor ovqat bilan ta’minlovchi oshxonalar O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi shart.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
48. Texnologik jihozlar, inventarlar, idish-tovoqlar, sig‘imlar sanitar-epidemiologik xulosaga ega bo‘lgan materiallardan tayyorlangan bo‘lishi va sanitariya qoidalarga muvofiq xom va tayyor mahsulotlarga ishlov berilishida ishlatilish uchun belgilangan (markirovkalangan) bo‘lishi lozim.
49. Yuvuvchi va zararsizlantiruvchi (dezinfeksiyalovchi) vositalarning ishlatilishi bo‘yicha yo‘riqnoma bilan shu vositalardan foydalanuvchi xodimlar tanishtiriladi.
50. Yuvuvchi va zararsizlantiruvchi (dezinfeksiyalovchi) vositalar yaxshi shamollantiriladigan va quruq xonalarda saqlanadi. Zararsizlantiruvchi (dezinfeksiyalovchi) eritmalar, og‘zi po‘kak bilan yaxshi yopiladigan, qoraytirilgan shisha idishlarda, 5 kundan oshiq bo‘lmagan muhlatda, yorug‘lik va namlik tushmaydigan holatda saqlanadi.
51. Individual idish-tovoqlar zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Chetlari darz ketgan, yorilgan, singan, pachoqlangan, emal qavati ko‘chgan hamda plastmassa va aluminiydan tayyorlangan idish-tovoqlardan foydalanish taqiqlanadi.
52. Idish-tovoqlar ovqat qoldiqlaridan tozalangandan so‘ng yuvuvchi vosita qo‘shilgan, harorati 45°Sdan kam bo‘lmagan suvda (1-vanna) yuviladi. Harorati 65°Sdan kam bo‘lmagan egiluvchi dush nasadkasi o‘rnatilgan shlangdan oqadigan issiq suvda (2-vanna) chayiladi va maxsus panjara (stellaj)larga qo‘yilib quritiladi.
53. Krujkalar yuvuvchi vosita qo‘shilgan issiq suvda (1-vanna) yuviladi, issiq oqar suvda (2-vanna) chayiladi va quritiladi.
54. Oshxona anjomlari ovqat qoldiqlaridan tozalangandan va yuvuvchi vosita eritmasi bilan yuvilgandan (1-vanna) so‘ng, issiq oqar suvda (2-vanna) chayiladi. Toza oshxona anjomlari oldindan yuvilib tozalangan metall kassetalarda tikka holda, dastasi tepaga qaratilib saqlanadi.
55. 3-vanna oshxona idish-tovoqlarini zararsizlantiruvchi (dezinfeksiyalovchi) eritmada bo‘ktirish uchun foydalaniladi.
56. Ovqat chiqindilari belgilangan (markirovkalangan) qopqoqli chelaklarga, pedalli baklarga solib yig‘iladi, ular 2/3 hajmda to‘lgandan so‘ng bo‘shatiladi va tozalaniladi, ish kunining oxirida har kuni, kanalizatsiya trapi ustida shlangdan oquvchi suv bilan tozalanadi, 2% li kalsiyli soda bilan yuviladi. So‘ngra issiq suv bilan chayiladi va quritiladi.
57. Oshxonada quyidagi kundalik tozalash ishlari olib boriladi: pollarni yuvish, hidlarni yo‘qotish va changlarni artish, radiatorlarni va deraza tokchalarini artish, yuvuvchi vositalar bilan har haftada devorlarni, yoritish vositalarini va oynalarni yuvish va h. k. Oyda bir marotaba oshxonaning hamma xonalarida umumiy tozalash va zararsizlantirish ishlari o‘tkaziladi.
58. Oziq-ovqat mahsulotlari ifloslanishdan saqlangan holda tashilishi zarur.
59. Tez va oson buziluvchi mahsulotlar yilning issiq vaqtida sovutkichli va tashish harorati tartibini ta’minlovchi izotermik transportlarda tashiladi (muzsiz 1 soat va muz bilan 3 soat). Transport kuzovi ichkaridan sanitariya ishlov berilishi uchun qulay bo‘lgan material bilan qoplanishi va stellajlar bilan jihozlanishi lozim.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 11-noyabrdagi 26-son va Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 3-noyabrdagi 59-qq-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1737-2, 22.11.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2022-y., 10/22/1737-2/1036-son)
60. Oziq-ovqat xom ashyosi va mahsulotlarini tashishda hamrohlik qiluvchi, yo‘lda ularni tushiruvchi va ortuvchi shaxslar o‘rnatilgan namunadagi sanitar kiyimlardan (xalat, qo‘lqoplardan) foydalanadilar, tibbiy ko‘rik, laboratoriya tahlili natijalari, kasbiy va gigiyenik tayyorgarlikdan o‘tganligi, shahodatlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd qilingan shaxsiy tibbiy daftarchasiga ega bo‘lishlari shart.
61. Oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi transport vositasi toza saqlanishi shart. Ulardan odam, turli xildagi belgilanmagan boshqa tovarlarni tashishda foydalanish man etiladi.
62. Oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi transport vositasida kundalik tozalash ishlarini transport haydovchisi amalga oshiradi, shuningdek har 10 kunda 1-marta dezinfektor tomonidan zararsizlantirish (dezinfeksiya) ishlovi beriladi.
63. Oshxonadan tayyor ovqat olib kelinadigan idishlar belgilangan (markirovkalangan) bo‘lishi va qat’iy mo‘ljallangan maqsadlarda ishlatilishi lozim. Kleyonkali va boshqa qoplar, metall va yog‘ochdan yasalgan qutilar, bidonlar, flyagalar ishlatilgandan so‘ng tozalanishi, 2% kalsiylangan sodaning suvli eritmasida (1 litr suvga 20 gr kalsiylangan soda) yuvilishi, qaynoq suvda chayilishi, quritilishi va ifloslanmaydigan joyda saqlanishi lozim.
64. Qabul qilinayotgan har bir oziq-ovqat mahsulotining sanitariya talablariga javob beruvchi sanitar-epidemiologik xulosasi bo‘lishi shart.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 11-noyabrdagi 26-son va Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 3-noyabrdagi 59-qq-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1737-2, 22.11.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2022-y., 10/22/1737-2/1036-son)
65. Oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqat sifatini navbatchi va tibbiy xodim tekshiradi va bu haqda maxsus jurnalga qayd qiladi. Hamroh hujjatlari bo‘lmagan, yaroqlilik muddati tugagan, buzilish alomatlari bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
66. Tez va oson buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlari amaldagi sanitariya qoida va me’yorlariga muvofiq harorati 2, 6°S bo‘lgan muzlatkich va sovutkich kameralarida saqlanadi. Haroratni nazorat qilib turish uchun sovutkich va muzlatkich kameralariga termometr o‘rnatiladi. Bitta sovutkich kamerasi bo‘lgan holatlarda, kamerada go‘sht, baliq va sut mahsulotlarining saqlanish joylari qat’iy chegaralangan bo‘lishi, yuvilishi va zararsizlantiruvchi vositalar bilan ishlov berilishi oson bo‘lgan maxsus polkalar bilan jihozlanishi shart.
67. Taomlar tayyorlanishida faqat milliy standartlarga javob beradigan yodlangan osh tuzidan foydalaniladi.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 5-iyuldagi 23-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 26-iyundagi 36-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1737-3, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/1737-3/0487-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
68. Ovqatdan zaharlanish holatlarining kelib chiqishi, tarqalishi va uning oldini olish maqsadida:
ovqat tayyorlashda oldingi ovqat qoldig‘ini ishlatish;
qo‘lbola tayyorlangan qatiq, pasterizatsiya qilinmagan sutdan tayyorlangan go‘shtli yoki tvorogli quymoq, maydalangan tuxum qo‘shilgan makaron, kremli konditer mahsulotlari, kremlar, morslar, pashtetlar va boshqalar;
o‘tkir ta’mli taomlar, sun’iy tayyorlangan ovqat qo‘shimchalarining ishlatilishi qat’iyan taqiqlanadi.
69. Har kungi sutkalik tayyor ovqat namunasi olib qo‘yiladi. Noxush epidemiologik vaziyatlarda mikrobiologik tekshiruv o‘tkazish uchun 1-taomning to‘liq hajmdagi porsiyasi va 100 grammdan kam bo‘lmagan garnirlar namunasi olinadi. Namuna og‘zi qopqoq bilan yopiluvchi sterillangan shisha idishga solinadi (salat va garnirlar alohida idishga solinadi) va 24 soat mobaynida harorati 2, 6°S bo‘lgan maxsus sovutkichda saqlanadi. Sutkalik tayyor ovqat namunasini to‘g‘ri olish nazoratini tibbiyot xodimi olib boradi.
70. Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarning yaqin qarindoshlari yoki boshqa fuqarolar tomonidan olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklar o‘rnatilgan tartibda, VS’Hda saqlanayotganlarga berilishiga ruxsat etiladi.
VI. Vaqtincha saqlash hibsxonalarining pardozlanishi
71. Kameralarning devorlari hech qanday bo‘rtib turuvchi joylari va burchaklarini qoldirmagan holda betonli qorishma bilan suvab chiqiladi.
72. Kameralardagi pollar yog‘ochdan qilinib, betonli asosda bo‘lishi kerak.
73. VS’H xonalari:
tashqi muhitga, inson sog‘lig‘iga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiluvchi hid va zararli uchuvchan moddalar ajratmaydigan, mikroflora va zamburug‘li suv o‘tlarining ko‘payishini tezlashtirmaydigan;
ishlov berish va zararsizlantirish (dezinfeksiya) uchun qulay bo‘lgan materiallar bilan jihozlanadi.
74. Namlik darajasi yuqori bo‘lgan xonalar, shuningdek joriy zararsizlantirilishi (dezinfeksiyalash) lozim bo‘lgan xonalarning (Tibbiyot xonasi, sanitariya ishlovi berish xonasi va b.) devori sirlangan koshin (plitka) bilan yoki boshqa namga chidamli materiallar bilan shiftgacha qoplanishi, xona shifti esa namga chidamli bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi kerak.
VII. Vaqtincha saqlash hibsxonalarida sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tartibga rioya qilinishi va tibbiy yordam ko‘rsatish
75. Ushlangan, qamoqqa olingan shaxslarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash idoralarining mahalliy davolash-profilaktika muassasalari tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
76. VS’Hda tibbiyot punktlari uchun umumiy maydoni 12 m2 dan kam bo‘lmagan xona ajratiladi va tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlanadi.
77. VS’Hga ushlab turish uchun olib kelingan shaxslar kameralarga joylashtirishdan oldin, sog‘lig‘i tufayli shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishga muhtoj bo‘lgan shaxslar VS’H navbatchisi tomonidan aniqlanadi hamda bitlaganligi tekshiriladi. Qichima, bitlash hamda yuqumli kasallik borligiga gumon qilingan shaxslar boshqalardan ajratilib, tashxisi aniqlanguncha, tibbiy izolyatorda yoki shu maqsadlar uchun ajratilgan maxsus kameralarda saqlanadi.
78. Ruhiy kasallik alomatlari bo‘lgan shaxslar ham atrofdagilardan ajratiladi. Shifokor-psixiatrning ko‘rigidan so‘ng va uning yozma xulosasiga asoslanib ularning boshqa shaxslar bilan birgalikda saqlanishiga ruxsat etiladi.
79. Ushlangan va qamoqqa olingan shaxslardan birining sog‘lig‘i yomonlashganligi haqida shikoyat qilgan yoki kasallikning yaqqol alomatlari bo‘lgan holatlarda VS’H navbatchisi zudlik bilan tez tibbiy yordam brigadasini chaqirishi shart.
80. VS’Hda saqlab turilgan shaxslar VS’H boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan jadval asosida har yetti kunda kamida bir marotaba sanitar ishlovdan o‘tkazilishi shart. Bitta kamerada saqlanayotgan shaxslar sanitar ishlovidan bir vaqtning o‘zida o‘tkaziladi.
81. VS’Hda sanitar ishlovi berish xonasi bo‘lmagan taqdirda, mahbus va mahkumlar umumiy hammomlarda sanitar ishlovidan o‘tkaziladi.
82. VS’Hning xonalari va kameralarida har kuni zararsizlantiruvchi vositalarni qo‘llagan holda texnik xodimlar tomonidan tozalash ishlari o‘tkaziladi.
83. VS’H xonalari va kameralarida chivin, suvarak va kemiruvchilarga qarshi sanitariya-profilaktik, ular paydo bo‘lgan holatlarda esa, o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi SSV tomonidan ruxsat etilgan kimyoviy preparatlar yordamida zararkunandalarni yo‘qotish tadbirlari amalga oshiriladi.
84. VS’H sanitariya holati tekshirilganligi natijalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, uning hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlari xodimlari tomonidan maxsus jurnalda qayd etiladi.
(84-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 5-iyuldagi 23-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 26-iyundagi 36-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1737-3, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/1737-3/0487-son)
85. Ushbu sanitariya qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
2-ILOVA
Ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining (quvvatliligini inobatga olgan holda) o‘zaro almashtirilish jadvali
Oziq-ovqat mahsuloti
Og‘irligi (g)
Almashtiriluvchi oziq-ovqat mahsuloti
Og‘irligi (g)
1 nav bug‘doy unidan tayyorlangan non almashtiriladi
100
1 nav bug‘doy unidan tayyorlangan suxari
65
1 nav bug‘doy uni
75
1 nav bug‘doy unidan tayyorlangan oddiy galet
65
yog‘ bilan to‘yintirilgan 1 nav bug‘doy unidan tayyorlangan galet
35
vafli
55
Go‘sht
100
Mol jigari
116
1 navli tovuq go‘shti
110
Baliq
125
Tvorog
120
Sut
100
Zich yopilgan idishdagi yog‘i olinmagan quruq sut
11
Yog‘i olingan quruq sut
7,5
Quyiltirilgan qand qo‘shilgan sut
40
9%li tvorog
17
1 navli go‘sht
14
Baliq
17,5
Pishloq
12,5
Tovuq tuxumi
22
Tvorog
100
Mol go‘shti / baliq
83/105
Tovuq tuxumi (1 dona)
41
Tvorog
31
Mol go‘shti / baliq
26/30
Sut
186
Pishloq
20
Tuxum kukuni
11,5
Baliq
100
Mol go‘shti
87
Tvorog
105
Kartoshka
100
Oq bargli karam
111
Gul karam
80
Sabzi
154
Lavlagi
118
Dukkaklilar (loviya)
33
Yashil no‘xat
409
Konservalangan yashil no‘xat
64
Qovoq
300
Olma
100
Konservalangan olma
200
Olma sharbati
90
Uzum sharbati
133
Olxo‘ri sharbati
133
Quritilgan mevalar:
Olma-qora olxo‘ri
12—17
Mayiz-o‘rik qoqi
22-8
3-ILOVA
Vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning eng kam moddiy-maishiy ta’minoti me’yori
* Izoh: bir marta ishlatiluvchi xavfsiz ustara ishlatilib bo‘lingandan so‘ng VS’H navbatchisiga qaytarib berilishi shart. Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan og‘ir jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotganlarga hamda xavfli retsidiv jinoyatchilarga xavfsiz soqol olish uskunasi va lezviyalar berilmaydi. Elektrli soqol olish uskunalardan foydalanish ruxsat etilishi mumkin.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
5-ILOVA
Vaqtincha saqlash hibsxonalaridagi tibbiy punktlar (xonalar) uchun zarur bo‘lgan tibbiy asbob-uskunalar ro‘yxati
“Og‘izga-og‘iz” usulida sun’iy nafas oldirish uchun ishlatiladigan S-simon trubka
dona
2
14.
Kislorod yostiqchasi
dona
1
15.
Bo‘y o‘lchagich (Rostomer)
dona
1
16.
Tarozi
dona
1
17.
Bir eshikli tibbiy shkaf
dona
1
18.
Dori vositalarini saqlash uchun metall shkaf
dona
1
19.
Seyf
dona
1
20.
Tibbiy instrumentlar uchun stolcha
dona
1
21.
Stul
dona
2
22.
Stol
dona
1
23.
Tibbiy kushetka
dona
1
24.
Tumbochka
dona
1
25.
Chiqindilar uchun satil (urna)
dona
2
26.
Shifokor yordamigacha har bir shoshilinch holatlarda qo‘llaniluvchi tibbiy asboblar va zaruriy dori vositalari bilan jihozlangan (sumka, chemodan)
dona
1
27.
Ambu qopi (sun’iy nafas oldirish vositasi)
dona
1
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
Comb drug (Bismut subnitrate, magnesium carbonate)
tabletka
20
28.
Vikasol 1% 1 ml
Menadione
ampula
10
29.
Kalsiy xlorid 10 % 10 ml
Calcium chloride
ampula
10
30.
Etamzilat 12,5 % 2 ml
Etamsylate
ampula
10
31.
Sulfatsil natriy 20 % 5 ml
Sulfacetamid
flakon
2
32.
Ampitsillin trigidrat 0,5
Ampicillin
tabletka
50
33.
Tetratsiklin gidroxlorid 100 mg
Tetracycline
tabletka
60
34.
Qisqa ta’sir etuvchi Insulin
Insulin human
flakon
5
35.
Prolongir ta’sir etuvchi Insulin
Insulin pigs
flakon
5
36.
Laziks 1 % 2 ml
Furosemide
ampula
10
37.
Ammiak eritmasi 10 % 10 ml
Ammonia solution dilute
flakon
5
38.
Novokain 0,5 % 5 ml
Procaine
ampula
20
39.
Deksametazon 4 mg/ml 1 ml
Dexamethasone
ampula
10
40.
Bornaya kislota 3 % spirtli eritmasi 10 ml
Boric acid
flakon
2
41.
Brilliant yashil 1 % 10 ml spirtli eritmasi
Malachite green
flakon
5
42.
Yodning 5 % 10 ml spirtli eritmasi
Iodine
flakon
5
43.
Vodorod peroksid 3 % 25 ml eritmasi
Perhydrolum
flakon
5
44.
Tibbiyot etil spirti 70 % 50 ml
Aethanol
flakon
5
45.
Furatsillin 0,02
№itrofural
tabletka
50
46.
Xloramin B 500 gr
Dixlorizotsianid kislotasining natriyli tuzi
kg
5
47.
Kalsiy gipoxloridi
Calcium hydrochloride
kg
100
Tibbiy buyumlar
48.
Steril bint 5 m x 10 sm
-
dona
5
49.
Nosteril bint 7 m x 14 sm
-
dona
5
50.
Steril paxta 100 gr
-
dona
5
51.
Nosteril paxta 100 gr
-
dona
5
52.
Leykoplastir 1 x 500, 2 x 500 yoki 1 x 250
-
dona
10
53.
Bakteritsidli leykoplastir
-
dona
10
54.
Dokali salfetkalar steril 45 x 29 sm № 10
-
upakovka
10
55.
Sistema (bir martalik)
-
dona
50
56.
Shprits 2,0 (bir martalik)
-
dona
50
57.
Shprits 5,0 (bir martalik)
-
dona
50
58.
Shprits 10,0 (bir martalik)
-
dona
50
59.
Insulin uchun shprits (bir martalik)
-
dona
10
60.
Perchatka (lateks) (bir martalik)
-
dona
50
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 45-son, 462-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2022-y., 10/22/1737-2/1036-son; 17.07.2023-y., 10/23/1737-3/0487-son )