1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Yoʻl va boshqa davlat jamgʻarmalari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.23.00 Yer melioratsiyasi]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda melioratsiya ishlarini moliyalashtirishning prinsipial yangi mexanizmini joriy etish maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti tashkil etilsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi PQ-1958-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 17-son, 223-modda)
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Kengashining tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi rahbariga zarur hollarda xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat etilsin.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
2. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamentiga:
Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirilayotgan, loyiha-qurilish hujjatlari tegishli ravishda ekspertizadan oʻtkazilmasdan amalga oshirilayotgan yoki Jamgʻarma mablagʻlaridan belgilanmagan maqsadda foydalanish hollari aniqlangan taqdirda har qanday ishlarni toʻxtatib qoʻyish;
magistral (viloyatlararo), tumanlararo va xoʻjaliklararo meliorativ obyektlarda amalga oshirilayotgan rekonstruksiya qilish, qurish va taʼmirlash-tiklash ishlari ustidan texnik nazorat olib borish;
bajarilgan ishlarning nazorat oʻlchovlarini olib borishni tizimli asosda amalga oshirish.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti Toshkent shahar, Istiqlol koʻchasi, 29-uyga joylashtirilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
4. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamentini hukumat aloqasi va shahar aloqasi vositalari bilan taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi PQ-1958-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 17-son, 223-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 31-oktabrdagi PQ-718-son qaroriga 2-ILOVA
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Kengashi
Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri
A.A.Yuldashev
—
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
M.M.Mirzayev
—
Moliya vazirining oʻrinbosari
Sh.R.Xamrayev
—
suv xoʻjaligi vaziri
Sh.R.Xashimov B.T. Yusupov
— —
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari qishloq xoʻjaligi vaziri
A.A.Usmanov
—
Adliya vazirining oʻrinbosari
V.E.Chub
—
“Oʻzgidromet” markazining bosh direktori
M.F.Najimov
—
“Oʻzsuvloyiha” AJning ijro etuvchi direktori
B.K.Roʻziboyev
—
“UZGIP” MChJ direktori
I.E.Maxmudov
—
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti direktori vazifasini bajaruvchi
Lavozimiga koʻra
—
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti direktori, Kengash kotibi
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Kengash tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki mazkur vazifalarni bajarilishi yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 31-oktabrdagi PQ-718-son qaroriga 3-ILOVA
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932-son Farmoni bilan tashkil etilgan hamda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga va meliorativ texnikani sotib olishga ajratiladigan maqsadli moliyaviy resurslarni jamlovchi davlat organi hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
LexUZ sharhi
1-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi PF-5250-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
3. Sugʻoriladigan yerlarni meliorativ jihatdan yaxshilash dasturlari (loyihalari)ni hamda meliorativ obyektlarning zarur darajadagi texnik holatini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni, moliyalashtirish, shuningdek meliorativ texnikani sotib olish uchun mablagʻlarni jamlash va ulardan samarali foydalanish jamgʻarma faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
LexUZ sharhi
3-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi PF-5250-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
4. Quyidagilar Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan toʻlanadigan yagona yer soligʻi boʻyicha tushgan mablagʻlarga teng miqdorda Davlat budjetidan ajratmalar;
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
maqsadli budjet mablagʻlari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari;
mahalliy va xorijiy grantlar;
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻ manbalari va daromadlar.
5. Jamgʻarma mablagʻlaridan faqat quyidagi maqsadlarga:
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlari doirasida magistral (viloyatlararo), tumanlararo, xoʻjaliklararo ochiq kollektorlar va ulardagi inshootlarni, yopiq gorizontal drenaj shoxobchalarini, vertikal drenaj quduqlarini, meliorativ nasos stansiyalari hamda kuzatish tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tozalash ishlarini oʻtkazishga;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi PQ-1958-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 17-son, 223-modda)
ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlariga kiritiladigan loyihalarning amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqishga ixtisoslashtirilgan qurilish va ekspluatatsiya tashkilotlari, suv isteʼmolchilari uyushmalarini melioratsiya texnikasi saroyini yaxshilashga mablagʻni qaytarib berish asosida, shu jumladan uzoq muddatli imtiyozli lizing shartlarida moliyalashtirish tadbirlariga;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi PQ-1958-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 17-son, 223-modda)
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlarida nazarda tutilgan boshqa ishlarga yoʻnaltirilgan holda foydalaniladi.
LexUZ sharhi
5-bandning toʻrtinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi PF-5250-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
6. Jamgʻarmaning yuridik manzili: Toshkent shahar, Istiqlol koʻchasi, 29.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi PQ-1958-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 17-son, 223-modda)
II. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
7. Quyidagilar mazkur Jamgʻarmaning asosiy vazifalari deb hisoblansin:
budjet va budjetdan tashqari manbalar hisobidan melioratsiya ishlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan mablagʻlarni toʻla hajmda Jamgʻarma hisobvaragʻida jamlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hamda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan birgalikda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning uzoq muddatli va oʻrta muddatli Davlat dasturlarini ishlab chiqish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
tasdiqlangan dasturlarga muvofiq, melioratsiya ishlarini, magistral (viloyatlararo), tumanlararo va xoʻjaliklararo kollektor-drenaj tarmoqlarini mukammal taʼmirlash va tiklash maqsadida joriy taʼmirlash ishlarini tashkil qilish hamda tizimli asosda aniq, maqsadli moliyalashtirish;
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hisobiga ularning unumdorligini oshirish borasidagi ishlarni moliyalashtirish yoʻli bilan qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga davlat madadini koʻrsatish;
melioratsiya texnikasini, jumladan, lizing shartlari asosida sotib olish uchun qaytarib berish asosida mablagʻlar ajratish yoʻli bilan suv xoʻjaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
LexUZ sharhi
7-bandning oltinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi PF-5250-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Jamgʻarmaning ajratib berilgan moliyaviy mablagʻlaridan maqsadli, manzilli va samarali foydalanilishi ustidan doimiy asosda monitoringni amalga oshirish.
(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
8. Jamgʻarma oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda quyidagi funksiyalarni bajaradi:
konsolidatsiya qilingan Davlat budjeti loyihasiga kiritish uchun daromadlar va xarajatlarning har yilgi balanslari loyihalarini ishlab chiqib, belgilangan tartibda va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;
Jamgʻarma boʻyicha kelgusi yilning har bir choraklariga taqsimlangan xarajatlarining tasdiqlangan parametrini Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyat hokimliklariga yetkazadi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari hisobini yuritadi;
meliorativ obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish, investitsiya loyihalarini, jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda amalga oshirish yuzasidan texnik topshiriqlarni beradi va tasdiqlaydi;
meliorativ obyektlarni loyihalash, qurilish, rekonstruksiya qilish, shuningdek magistral kollektorlarni taʼmirlash va tiklash boʻyicha loyihalash va tender hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etadi;
meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek magistral kollektorlarni taʼmirlash va tiklash boʻyicha aniq manzilli roʻyxatlarni tuzadi va belgilangan tartibda tegishli idoralarga tasdiqlash uchun kiritadi;
meliorativ obyektlarni rekonstruksiya qilish va qurish boʻyicha loyiha-qidiruv ishlari, shuningdek tegishli ilmiy-tadqiqot ishlarining aniq manzilli roʻyxatlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining Qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyalari (keyingi oʻrinlarda — QKBD) taqdimnomasi boʻyicha meliorativ obyektlarda taʼmirlash-tiklash ishlarining xarajatlar smetasi va manzilli dasturlarini kelishib oladi;
(8-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
QKBD taqdimnomasi boʻyicha avariya-tiklash ishlari uchun, shuningdek meliorativ obyektlarni koʻzda tutilmagan holda taʼmirlash va tiklash ishlari uchun zaxira xarajatlari smetalarini tasdiqlaydi;
LexUZ sharhi
8-bandning oʻninchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi PF-5250-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
meliorativ obyektlarni rekonstruksiya qilish va qurish, magistral (viloyatlararo) kollektorlarni taʼmirlash-tiklash boʻyicha buyurtmachi vazifasini bajaradi;
QKBD buyurtmachi boʻlgan meliorativ obyektlarning taʼmirlash-tiklash ishlarini moliyalashtiradi, shuningdek qaytarib berish sharti bilan melioratsiya texnikasi, mashina va mexanizmlarni sotib oladi;
LexUZ sharhi
8-bandning oʻn ikkinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi PF-5250-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
tumanlararo va xoʻjaliklararo meliorativ obyektlarda taʼmirlash-tiklash, loyiha-qidiruv ishlarini oʻtkazish boʻyicha QKBD buyurtmachi vazifasini bajarishi ustidan nazorat olib boradi;
LexUZ sharhi
8-bandning oʻn uchinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi PF-5250-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
meliorativ obyektlarni rekonstruksiya qilish va qurish, shuningdek magistral kollektorlarda taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish boʻyicha tender (tanlov) savdolarini belgilangan tartibda oʻtkazadi, tanlov savdolari gʻoliblari bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi;
tumanlararo va xoʻjaliklararo meliorativ obyektlarda taʼmirlash-tiklash ishlari boʻyicha QKBD tomonidan tashkil etiladigan tender (tanlov) savdolarida belgilangan tartibda qatnashadi;
LexUZ sharhi
8-bandning oʻn beshinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi PF-5250-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
meliorativ obyektlarni rekonstruksiya qilish va qurish, taʼmirlash va tiklash, melioratsiya texnikasini sotib olish ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi;
LexUZ sharhi
8-bandning oʻn oltinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi PF-5250-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
magistral (viloyatlararo) meliorativ obyektlarni rekonstruksiya qilish, qurish va taʼmirlash-tiklash ishlari ustidan texnik nazoratni amalga oshiradi, shuningdek ularning belgilangan tartibda qabul qilib olishlarini taʼminlaydi;
tumanlararo va xoʻjaliklararo meliorativ obyektlarni taʼmirlash va tiklash, shuningdek ularni qabul qilib olish ishlari ustidan texnik nazoratni amalga oshirishda qatnashadi;
Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli va samarali sarflanishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi masalalari boʻyicha muntazam ravishda nazorat oʻlchovlarini amalga oshiradi;
(8-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha aniqlangan qonun buzilishlari va kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli sanksiyalarni oʻrnatilgan tartibda belgilash boʻyicha takliflar kiritadi;
(8-bandning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tegishli organlarga tasdiqlash uchun kiritadi;
aniq manzilli roʻyxatlarga kiritilgan meliorativ obyektlarda bajarilgan ishlarni belgilangan tartibda moliyalashtiradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi PQ-1958-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 17-son, 223-modda)
bajarilgan meliorativ ishlar va boshqa holatlarni nazorat tartibida oʻlchashda vazirlik va idoralarning mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
quyidagilardan:
Davlat soliq qoʻmitasidan — hisoblangan ajratmalar va ularning tushishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
xizmat koʻrsatuvchi banklardan — Jamgʻarma mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va uning boʻlinmalaridan — Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi boʻyicha yillik buxgalteriya va statistik hisobotni soʻrash va olish;
(9-bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
“Oʻzmeliomashlizing” Davlat lizing kompaniyasidan — melioratsiya texnikasi, mashina va mexanizmlarni xarid qilishga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish boʻyicha maʼlumotlarni;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi PQ-1958-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 17-son, 223-modda)
LexUZ sharhi
9-bandning yettinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi PF-5250-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
loyiha-qurilish hujjatlarini tegishli ekspertizadan oʻtkazmasdan Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga amalga oshirilayotgan har qanday ishlarni yoki Jamgʻarma mablagʻlaridan belgilanmagan maqsadda foydalanilganligi aniqlangan taqdirda toʻxtatib qoʻyish.
Jamgʻarma qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga yuklangan funksiyalarni amalga oshirish doirasida boshqa huquqlardan ham foydalanadi.
10. Jamgʻarma quyidagilarga majbur:
meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturlari (loyihalari)ning oqilona shakllantirilishini taʼminlash;
Jamgʻarma mablagʻlaridan qatʼiy maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Jamgʻarma daromadlari prognozi bajarilishining ahvolini tahlil qilish va daromadlarning normal tushishiga salbiy taʼsir qilgan aniqlangan omillar asosida ularni bartaraf etish boʻyicha birgalikda choralar koʻrish;
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi meliorativ obyektlarning zarur darajadagi texnik holatini taʼminlashda va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda koʻmaklashish.
(10-bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
IV. Jamgʻarmani boshqarish Kengashi
11. Jamgʻarma Kengashi Jamgʻarmaning yuqori organi hisoblanadi. Jamgʻarma Kengashining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
12. Jamgʻarma Kengashi:
Jamgʻarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining belgilangan tartibda tasdiqlangan sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlari (loyihalari)dan kelib chiqib, Jamgʻarma mablagʻlarini sarflashning asosiy yoʻnalishlar toʻgʻrisidagi takliflarini koʻrib chiqadi, qarorlar qabul qiladi va ularni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
(12-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;
(12-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda uning Qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyalari”, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturi amalga oshirilishi uchun ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni eshitadi;
(12-bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan obyektlarning ustuvorligi va loyiha-smeta hujjatlarining tayyorligidan kelib chiqqan holda, tasdiqlangan limitlar doirasida, irrigatsiya-melioratsiya obyektlarining roʻyxati va prognoz parametrlariga oʻzgartishlar kiritadi;
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlarini shakllantirish tartibini takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari ijrosi, shuningdek Jamgʻarma tomonidan buyurtmachi funksiyalari bajarilishi, meliorativ obyektlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
V. Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi
13. Jamgʻarmani boshqarish departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi hisoblanadi. Departamentning tashkiliy tuzilmasi va shtatdagi xodimlar soni qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadi.
Departamentning taʼminoti Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida “Oʻzmeliomashlizing” DLK tomonidan berilgan qarz mablagʻlari boʻyicha marja tarzida olinadigan Jamgʻarma daromadlari hisobidan amalga oshiriladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi PQ-1958-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 17-son, 223-modda)
LexUZ sharhi
13-bandning ikkinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi PF-5250-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Departament yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, xizmat koʻrsatuvchi bankda hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blanklarga ega boʻladi.
14. Departament Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi buxgalteriya hisobotini tuzadi va Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlangandan keyin belgilangan tartibda va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
15. Departamentga Vazirlar Mahkamasi qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi rahbarining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan hamda moddiy taʼminoti, ijtimoiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladigan direktor boshchilik qiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
16. Departament direktori:
Jamgʻarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq Departament faoliyatining zarur darajada tashkil etilishi va amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
Jamgʻarmaning mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi masalalari boʻyicha nazorat tartibidagi oʻlchashlarni oʻtkazish asosida qaror qabul qiladi, ularning natijalarini koʻrib chiqadi, ular asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq qarorlar qabul qiladi va zarur choralar koʻradi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
belgilangan tartibda tasdiqlangan limitlar doirasida Departamentning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Jamgʻarma mablagʻlarini toʻplash va sarflash masalalariga oid tushuntirishlar beradi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
17. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 44-son, 444-modda, 52-son, 534-modda; 2011-y., 4-5-son, 32-modda; 2013-y., 17-son, 223-modda; 2017-y., 24-son, 492-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 06/17/5250/0284-son; 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son, 08.06.2018-y., 06/18/5457/1324-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)