1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.17.00 Banklarda buxgalteriya hisobi va hisobot;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.07.00 Alohida tarmoqlarda hisob;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
2.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARIDA BUXGALTERLIK HISOBI HISOBVARAQLAR REJASIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 17-sentabrda 773-20-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/4-sonli “Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3336, 26.11.2021-y.) asosan 2022-yil 27-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 7 va 51-moddalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 5-avgustdagi PQ-147-sonli “Banklardagi depozit hisobvaraqlardan naqd pul toʻlovlarini uzluksiz taʼminlash kafolatlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 17-iyuldagi 15/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan (2004-yil 13-avgust, roʻyxat raqami 773-17. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil avgust, 32-son, 369-modda) “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi”ga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.