1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
qarori
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN YoSh OILALARGA IMTIYOZLI ASOSDA KREDITLAR BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 18-iyulda 1697-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/12-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3208, 30.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
imtiyozli davr — kredit boʻyicha asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilgan davr;
mikrokredit — yosh oilalarga eng kam oylik ish haqining 1000 baravaridan oshmaydigan miqdorda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan pul mablagʻlari;
ipoteka krediti — yosh oilalarga sotib olinayotgan koʻchmas mulkni garovga olish orqali uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun beriladigan kredit;
2. Kreditlar tijorat banklari tomonidan qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, maqsadli foydalanish va muddatlilik shartlari asosida beriladi.
3. Tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan yosh oilalarga kreditlar quyidagi imtiyozli shartlar asosida beriladi:
oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun mikrokreditlar boʻyicha foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq boʻlmagan miqdorda oʻrnatiladi;
yosh oilalarga beriladigan ipoteka kreditlari uch yillik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilanadi;
yosh oilalarga beriladigan moliyaviy isteʼmol kreditlari olti oylik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1697-1, 22.06.2012-y.) tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 284-modda)
4. Imtiyozli davr oʻrnatilgan holda berilgan kreditlar asosiy qarzni toʻlash boʻyicha imtiyozli davr tugagandan keyingi oydan boshlanadi.
Imtiyozli davr kredit boʻyicha foizlar hisoblash va undirishga tatbiq etilmaydi. Bunda foizlar yosh oilaga kredit boʻyicha qarzdorlikning amaldagi qoldigʻiga kunlik hisoblab boriladi va oyda bir marta undiriladi.
II. Yosh oilalarga mikrokreditlarni berish va qaytarish tartibi
5. Yosh oilalarga mikrokreditlar quyidagi maqsadlarga beriladi:
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1697-1, 22.06.2012-y.) tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 284-modda)
mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer xoʻjaliklari, shuningdek yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan dehqon xoʻjaliklari dastlabki (boshlangʻich) sarmoyasini shakllantirish uchun;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1697-1, 22.06.2012-y.) tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 284-modda)
yakka tartibdagi tadbirkorlik, mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklarini kengaytirish va rivojlantirish uchun.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1697-1, 22.06.2012-y.) tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 284-modda)
6. Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga mikrokreditlarning berilishi, monitoringi va qaytarilishi Oʻzbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi Qonuni va banklarning ichki kredit siyosatlari bilan tartibga solinadi.
7. Tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yosh oilalarga mikrokreditlarning berilishi, monitoringi va qaytarilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 195-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 5-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi hisobidan kredit berish tartibi toʻgʻrisida nizom” bilan tartibga solinadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1697-1, 22.06.2012-y.) tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 284-modda)
Bunda, bankning Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi hisobidan berilgan mikrokreditdan foydalanganlik uchun imtiyozli foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida oʻrnatiladi.
8. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan yosh oilalarga imtiyozli foiz stavkalari boʻyicha mikrokreditlarning berilishi, monitoringi va qaytarilishi “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamgʻarmalar va Mikrokreditbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga (roʻyxat raqami 1548, 2006-yil 21-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 8-son, 60-modda) asosan tartibga solinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1697-1, 22.06.2012-y.) tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 284-modda)
III. Uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olishga ipoteka kreditlari berish, monitoring qilish va qaytarish tartibi
9. Ipoteka kreditlari yosh oilalarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyiha asosida, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilgan holda yakka tartibda uy-joy qurishga va rekonstruksiya qilishga;
yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olishga.
10. Tijorat banklari yoki boshqa kredit tashkilotlari tomonidan yosh oilalarga ipoteka kreditlari berish, monitoring qilish va qaytarish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-yanvardagi 2-son qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish toʻgʻrisida nizom” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 1-2-son, 9-modda) asosida, mazkur Nizomda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda tartibga solinadi.
11. Ipoteka kreditlari yosh oilalarga 15 yildan kam boʻlmagan muddatga beriladi.
Bunda, yosh oilalar vositachilik haqini toʻlamasdan kreditni muddatidan oldin qaytarishi hamda unga hisoblangan foizlar toʻlovini muddatidan oldin amalga oshirishi mumkin.
12. Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga beriladigan ipoteka krediti kredit resurslari manbasidan qatʼi nazar, quyidagi miqdorlarda beriladi:
yakka tartibdagi uy-joyni qurilishi va sotib olish uchun — qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 3000 baravarigacha;
yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish, shuningdek koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun — qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 2500 baravarigacha.
13. Yosh oila aʼzolari (er yoki xotin)ning ish beruvchisi boʻlgan yuridik shaxslar yosh oila tomonidan olinadigan uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olishga ipoteka krediti uchun dastlabki badalni bankka oʻtkazishlari mumkin.
Bunda, badal summasi yosh oila aʼzosi (eri yoki xotini)ning qaysi biri nomiga ipoteka krediti rasmiylashtiriladigan boʻlsa, uning nomiga bankda ochilgan jamgʻarma omonat hisobvaragʻiga ish beruvchi tomonidan oʻtkaziladi.
IV. Yosh oilalarga moliyaviy isteʼmol kreditlari berish, monitoring qilish va qaytarish tartibi
14. Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga moliyaviy isteʼmol kreditlari berish, monitoring qilish va qaytarish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan ushbu Nizomda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda tartibga solinadi.
15. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(V bob Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1697-1, 22.06.2012-y.) asosan kiritilgan —OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 284-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 29-30-son, 308-modda; 2012-y., 25-son, 284-modda; 2014-y., 49-son, 585-modda; 2016-y., 42-son, 494-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 10/17/1697-4/0248-son, 04.07.2019-y., 10/19/1697-5/3378-son)