|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
|
| T/r | Dasturni amalga oshirish chora-tadbirlari | Amalga oshirish shakli | Bajarish muddatlari | Masʼul bajaruvchilar |
| 1. Normativ-Huquqiy bazani takomillashtirish hamda kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solishning samarali tizimini yaratish | ||||
| 1.1. | Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini joriy etish. | Normativ bazadagi oʻzgarishlar | 2007-yil III chorak |
Markaziy bank |
| 1.2. | Pul mablagʻlari saqlanishini va mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish maqsadida pul mablagʻlarini bank hisob raqamlaridan toʻsiqsiz olishni nazarda tutadigan kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari tomonidan kassa operatsiyalari oʻtkazish qoidalarini takomillashtirish. | Normativ bazadagi oʻzgarishlar | 2007-yil III chorak |
Markaziy bank, tijorat banklari |
| 1.3. | Quyidagilarni oʻz ichiga oladigan kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishning samarali tizimini yaratish: — kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari hisobot berishi va moliyaviy faoliyati koʻrsatkichlarining soddalashtirilgan tizimi; — kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari faoliyatining moliyaviy tahlili natijalariga asoslangan ular faoliyati ustidan masofadan turib nazorat qilish tizimi. |
Kompleks chora-tadbirlar | 2007-yil IV chorak |
Markaziy bank |
| 1.4. | Kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatishning ochiq-oshkora mexanizmini joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat qabul qilish | 2007-yil II yarim yillik |
Markaziy bank, Adliya vazirligi |
| 1.5. | Kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarini tashkil etishni ragʻbatlantirish, shu jumladan preferensiyalar va imtiyozlar berish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2007-yil II yarim yillik |
Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi |
| 2. Moliyalashtirishning tijorat manbalari hisobiga kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarining resurs bazasini shakllantirishga koʻmaklashish | ||||
| 2.1. | “Mikrokreditbank” orqali mikromoliyalashtirish uchun tanlov asosida grantlar va kreditlar jalb etish va taqsimlashning yagona mexanizmini yaratish. | Tegishli nizomni ishlab chiqish | 2007-yil II yarim yillik |
Markaziy bank, tijorat banklari, Adliya vazirligi |
| 2.2. | Kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlariga tanlov asosida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi resurslarini berish. | Tanlash va Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasining resurslari hisobiga kredit liniyalari ajratish toʻgʻrisida bosh bitimlar tuzish | Doimo | Mehnat v� aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Kredit uyushmalari assotsiatsiyasi, mikrokredit tashkilotlari |
| 3. Mamlakatning barcha mintaqalarida kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarining tarmogʻini kengaytirish uchun iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish | ||||
| 3.1. | Roʻyxatdan oʻtkazilgan kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarining infratuzilmasini kengaytirish uchun ularga belgilangan tartibda binolar va joylar sotilishiga koʻmaklashish. | Kompleks chora-tadbirlar | Doimo | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 3.2. | Respublika mintaqalarida belgilangan tartibda mikrokredit tashkilotlari va kredit uyushmalari tashkil etish va ularni roʻyxatdan oʻtkazishda tashabbuskor guruhlarga amaliy yordam koʻrsatish. | Maslahatlar berish va amaliy seminarlar tashkil etish chora-tadbirlari jadvali | Doimo | Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 4. Mikromoliyalashtirish xizmatlarini kengaytirish va kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari salohiyatini kuchaytirish | ||||
| 4.1. | Quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish yoʻli bilan (xalqaro tashkilotlarning qoʻllab-quvvatlashi ostida) kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarining moliyaviy oʻzini oʻzi qoplashini oshirish: — mikrokredit tashkilotlari va kredit uyushmalari mikromoliyalashtirishning ilgʻor xalqaro amaliyotiga kirishini taʼminlash; — tavakkalchiliklarni boshqarish usullarini va kredit portfeli monitoringi tizimini takomillashtirish; — ayniqsa qishloq joylarda aholining ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan yangi mikromoliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqish. |
Kompleks chora-tadbirlar | Doimo | Markaziy bank, Kredit uyushmalari assotsiatsiyasi, mikrokredit tashkilotlari |
| 4.2. | Moliyaviy texnologiyalarni ayirboshlash, tijorat banklaridan kredit resurslari jalb etish maqsadida tijorat banklari va mikromoliyaviy muassasalar oʻrtasidagi professional va amaliy aloqalarga koʻmaklashish. | Kompleks chora-tadbirlar | Doimo | Markaziy bank, Kredit uyushmalari mikrokredit tashkilotlari assotsiatsiyasi, tijorat banklari |
| 4.3. | Kredit uyushmalari assotsiatsiya va mikrokredit tashkilotlarining internet-saytlarini yaratish va doimiy ravishda yangilab turish. | Kompleks chora-tadbirlar | Doimo | Kredit uyushmalari assotsiatsiyasi, mikrokredit tashkilotlari |
| 5. Kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarining professional xizmatlarga va axborotga kirishini taʼminlaydigan yordamchi xizmatlar va infratuzilmani rivojlantirish | ||||
| 5.1. | Koʻrsatkichlar va moliyaviy ochiq-oshkoralik standartlari boʻyicha maxsus treninglar tashkil etish. | Chora-tadbirlar jadvali | Doimo | Markaziy bank, Kredit uyushmalari assotsiatsiyasi, mikrokredit tashkilotlari |
| 5.2. | Xodimlarni oʻquv va konsalting markazlarida doimiy ravishda oʻqitishni tashkil etish orqali mikrokredit tashkilotlari va kredit uyushmalarining institutsional salohiyatini kuchaytirishga koʻmaklashish. | Oʻqitishni tashkil etish | Doimo | Bank-moliya akademiyasi, Mintaqaviy bank oʻquv markazi, Kredit uyushmalari assotsiatsiyasi, mikrokredit tashkilotlari |
| 5.3. | Mikromoliyaviy sektorning yordamchi xizmatlari va infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan Mikrokredit tashkilotlari assotsiatsiyasini taʼsis etish orqali rivojlantirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2007-2008-yy. davomida | Markaziy bank, Kredit uyushmalari assotsiatsiyasi, mikrokredit tashkilotlari |
| 5.4. | Quyidagilarni: — buxgalteriya, auditorlik, maslahat berish, oʻqitish xizmatlari koʻrsatish uchun konsalting markazini; — mikrokredit tashkilotlari va kredit uyushmalari oʻrtasida axborot ayirboshlash, eng yaxshi mikromoliyaviy tashkilotlar toʻgʻrisidagi axborotni mamlakat ichida va chet elda tarqatish, texnik yordam koʻrsatish maqsadida mikromoliyaviy resurs markazini tashkil etish. |
Kompleks chora-tadbirlar | 2008-yil I yarim yillik | Markaziy bank, Kredit uyushmalari assotsiatsiyasi, Mikrokredit tashkilotlari assotsiatsiyasi |
| 5.5. | “Kredit byurolari faoliyati va kredit axborotini ayirboshlash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. | Qonun loyihasini ishlab chiqish | 2008-yil I yarim yillik | Kredit axboroti milliy instituti, Banklar uyushmasi, Kredit uyushmalari assotsiatsiyasi |
| 5.6. | Mikrokredit tashkilotlari va kredit uyushmalari tomonidan kreditlar boʻyicha amaldagi foiz stavkalari toʻgʻrisidagi axborot va mijozlar uchun foydali boʻlgan boshqa axborot muntazam eʼlon qilinishi. | Kompleks chora-tadbirlar | Doimo | Markaziy bank, Kredit uyushmalari assotsiatsiyasi, mikrokredit tashkilotlari |
| Mintaqalar | 2007-yil 1-maydagi holatiga koʻra mikromoliyaviy muassasalar (kredit uyushmalari) soni | 2007-yil 1-maydagi holatiga koʻra kredit qoʻyilmalari (mlrd. soʻm) | 2010-yil 1-yanvargacha mikromoliyaviy muassasalarning prognozlashtirilayotgan soni* | shu jumladan: | 2010-yil 1-yanvardagi | |
| mikrokredit tashkilotlari | kredit uyushmalari | |||||
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | - | 0,0 | 9 | 6 | 3 | 7,2 |
| Andijon viloyati | 6 | 4,0 | 15 | 8 | 7 | 12,0 |
| Buxoro viloyati | 4 | 1,8 | 10 | 5 | 5 | 8,0 |
| Jizzax viloyati | 2 | 1,2 | 5 | 2 | 3 | 4,0 |
| Qashqadaryo viloyati | 1 | 0,1 | 13 | 11 | 2 | 10,4 |
| Navoiy viloyati | 1 | 1,7 | 6 | 4 | 2 | 4,8 |
| Namangan viloyati | 3 | 0,5 | 11 | 7 | 4 | 8,8 |
| Samarqand viloyati | 3 | 1,6 | 16 | 11 | 5 | 12,8 |
| Surxondaryo viloyati | 1 | 0,2 | 10 | 7 | 3 | 8,0 |
| Sirdaryo viloyati | 1 | 0,2 | 6 | 4 | 2 | 4,8 |
| Toshkent viloyati | - | 0,0 | 15 | 10 | 5 | 12,0 |
| Fargʻona viloyati | 6 | 3,0 | 18 | 11 | 7 | 14,4 |
| Xorazm viloyati | - | 0,0 | 8 | 6 | 2 | 6,4 |
| Toshkent shaxri | 10 | 8,6 | 17 | 5 | 12 | 13,6 |
| Respublika boʻyicha hammasi | 38 | 22,9 | 159 | 97 | 62 | 127,2 |