toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh VA AYRIMLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 12-martdagi PQ-601-sonli hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2007-yil 22-martdagi PQ-607-sonli qarorlariga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 11-may,
PF-3876-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 11-maydagi PF-3876-son Farmoniga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Temir-tersak, qora va rangli metallar chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlashga topshirishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 19-dekabrdagi F-2400-son farmoyishi ilovasining uchinchi xatboshidagi “Qurbanov D. — Yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi” so‘zlari “Qurbanov D. — Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyuldagi PF-5111-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 11-maydagi PF-3876-son Farmoniga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qottan hujjatlari ro‘yxati
1. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-iyuldagi PF-3767-sonli Farmoni ilovasining 6-bandi.
2. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari va qarorlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-sentabrdagi PF-3800-sonli Farmoni ilovasining 4-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
4. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-apreldagi PQ-324-sonli qarori ilovasining 2-bandi.
5. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-iyundagi PQ-369-sonli qarorining 2-bandi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 19-20-son, 191-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)