1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING IJRO ETUVChI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini maqbullashtirish, mashinasozlik, rangli va qora metallurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoati, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlash korxonalarini rivojlantirish va samaradorligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda uning rolini kuchaytirish maqsadida:
(1, 2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 12-avgustdagi PQ-942-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 464-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosi tugatilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 12-avgustdagi PQ-942-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 464-modda)
(5-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 12-avgustdagi PQ-942-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 464-modda)
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari axborot-tahlil departamentining yangilangan tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining shtat jadvaliga mazkur qarorga muvofiq oʻzgartirishlar kiritsin;
bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi yangilangan Nizomlarni qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin, tegishli moddiy balanslarni ishlab chiqish va kelishish, ular amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish masalalariga alohida eʼtiborni qaratsin;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-martdagi 56-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlarini chuqur bilimli va amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 30-maydagi PQ-358-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 3-apreldagi PQ-316-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-iyuldagi PQ-131-son qarori 3-bandining toʻrtinchi xatboshi va qarorga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 12-avgustdagi PQ-942-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 464-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 12-avgustdagi PQ-942-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 464-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son qaroriga 3-ILOVA
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi
Departament mudiri
—
1
Qishloq xoʻjaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish shuʼbasi
Shuʼba mudiri
—
1
Fermerlikni rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassis
—
1
Yerlardan oqilona foydalanish masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis
—
1
Suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
—
1
Yetakchi mutaxassis
—
1
Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
—
1
Chorvachilikni rivojlantirish masalalari shuʼbasi
Shuʼba mudiri
—
1
Bosh mutaxassis
—
1
Yetakchi mutaxassis
—
1
Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish shuʼbasi
Shuʼba mudiri
—
1
Yogʻ-moy sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
—
1
Yetakchi mutaxassis
—
1
Goʻsht-sut sanoatini rivojlanti�ish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
—
1
Yetakchi mutaxassis
—
1
Gʻallani qayta ishlash va chorva ozuqasi ishlab chiqarish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
—
1
Yetakchi mutaxassis
—
1
Paxtani qayta ishlash sanoati va yengil sanoat shuʼbasi
Shuʼba mudiri
—
1
Paxta xomashyosini qayta ishlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
—
1
Yetakchi mutaxassis
—
1
Yengil sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
—
1
Yetakchi mutaxassis
—
1
Savdoni va pulli xizmatlar sohasini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
—
1
Inspektor
—
1
Jami
—
24
Mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari:
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi
Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi
“Oʻzgidromet” markazi
“Oʻzagromashservis” uyushmasi
“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi
“Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi
Oʻzbekiston ovchilar va baliqchilar uyushmasi
“Oʻzdavdoninspeksiya”
Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi
“Sifat” markazi
Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi
Oʻzbekiston Fermerlari kengashi
“Hunarmand” uyushmasi
“Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
“Agrobank” ATB
“Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi
“Qishloq qurilish bank” ATB
Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi
Ulgurji bozorlar, yarmarkalar, xalq isteʼmol tovarlari koʻrgazmalari
“Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi
Oʻzbekiston respublika kadrlar jamiyati
Oʻzbekiston respublika koʻzi ojizlar jamiyati
“Mahalliy sanoat” hududiy aksiyadorlik kompaniyalari
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-dekabrdagi PF-4495-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 3-modda)
LexUZ sharhi
3-ilovaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 23-maydagi PQ-1972-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 11-son, 97-modda; 2008-y., 14-15-son, 99-modda; 2009-y., 22-son, 257-modda; 2011-y., 50-son, 512-modda; 2013-y., 1-son, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 464-modda;)