1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi “OʻZBEKISTON TEMIR YOʻLLARI” DAK Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining
Qarori
TEMIR YOʻL TRANSPORTI YOʻLOVChILARINING QOʻL YuKINI, BAGAJINI, VALYUTASINI VA VALYUTA BOYLIKLARINI BOJXONA NAZORATIDAN OʻTKAZISh VA RASMIYLAShTIRISh TARTIBIGA QOʻShIMChA VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 15-iyulda 619-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Transport vazirligi va Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 20-martdagi 01-02/12-11, 13, 8, 120-V-6-sonli “Temir yoʻl transportida yuruvchi yoʻlovchilar qoʻl yuki, yuki, valyuta va valyuta qimmatliklarining bojxona nazorati va rasmiylashtirish tartibi, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 619-6, 02.05.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibiga ilovaga* muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.