1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING UY-JOY KODEKSINI AMALGA KIRITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (bundan buyon matnda Kodeks deb yuritiladi) 1999-yil 1-apreldan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, qonun hujjatlari Kodeksga muvofiqlashtirilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining mazkur Kodeksga zid boʻlmagan qismi qoʻllanilaveradi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini Kodeksga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar mazkur Kodeksga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4. Ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari 1999-yil 1-apreldan toʻla yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998-yil 24-dekabr,
714-I-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 24-dekabrdagi 714-I-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining toʻla yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan qonun hujjatlari
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasining 1983-yil 5-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1983-yil, № 19, 320-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1983-yil 19-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1983-yil № 36, 541-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1985-yil 25-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun aktlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmonining 2-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 10, 84-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1986-yil 16-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 23-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1986-yil № 26, 328-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasining 1986-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Umumiy taʼlim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari va Oʻzbekiston Respublikasi xalq maorifi toʻgʻrisidagi Qonunining yangi tahriri tasdiqlanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun aktlariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Qonunining 3-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1986-yil, № 34, 414-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1988-yil 18-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy va Grajdanlik kodekslariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmonining 1-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1988-yil, № 21, 239-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasining 1988-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun aktlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonunining oltinchi xatboshisi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1998-yil, № 32-33, 389-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1988-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 5-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989-yil № 1, 2-modda).
9. Oʻzbekiston Respublikasining 1989-yil 6-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun aktlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonunining uchinchi xatboshisi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989-yil, № 7-8, 43-modda).
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1989-yil 14-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989-yil № 16-17, 187-modda).
11. Oʻzbekiston Respublikasining 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun aktlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonunining sakkizinchi xatboshisi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989-yil, № 26-28, 463-modda).
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1989-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989-yil № 35-36, 611-modda).
13. Oʻzbekiston Respublikasining 1990-yil 31-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonunining oʻninchi xatboshisi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1990-yil, № 10-11, 244-modda).
(14-band Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 27-oktabrdagi OʻRQ-644-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 29-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2020-y., 03/20/644/1415-son)
15. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 157-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 5-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2020-y., 03/20/644/1415-son)