1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.01.00 Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi. Saylanishi. Vakolatlari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYAVIY SUDI TOʻGʻRISIDA”GI QONUNNI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonun matbuotda eʼlon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin.
LexUZ sharhi
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 1995-yil 12-sentabrdagi 175 (1177)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 204-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 30-avgust,
104-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 179-modda; 2017-y., 22-son, 407-modda)