1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat;
2.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SHOHI ZINDA YODGORLIK MAJMUASIDA QAYTA TIKLASH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Milliy meʼmorchiligimizning noyob durdonasi — Samarqand shahridagi Shohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, uning infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.05.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish]
1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Samarqand viloyati hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligining Shohi Zinda yodgorlik majmuasida mustaqil yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Shohi Zinda jamoatchilik fondini (bunday keyin “Fond” deb yuritiladi) tuzish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin. Fond Shohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari olib boriladigan davrda faoliyat yuritishi belgilab qoʻyilsin.
Fondning Vasiylik kengashi tarkibi 1-ilovaga hamda uning ijrochi direksiyasi tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin. Vasiylik kengashi bir oy muddatda ijrochi direksiya rahbariyati va xodimlari tarkibini tasdiqlasin hamda u oʻz vazifasini bajarishga kirishsin. Majmuada amalga oshiriladigan ishlarni boshqarish va muvofiqlashtirish vazifasi Fond ijrochi direksiyasi zimmasiga yuklanishi qayd etilsin.
2. Quyidagilar Fondning asosiy maqsad va vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.05.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.08.00 Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy obyektlar]
— noyob tarixiy-meʼmoriy inshoot va muqaddas qadamjo hisoblangan Shohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini olib borish;
— mazkur moʻtabar maskanning musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirish, bu yerga mahalliy va xorijiy fuqarolarning keng koʻlamdagi ziyoratlarini uyushtirish;
— yodgorlik majmuasini ziyorat qilish tartib-qoidalarini ishlab chiqish va joriy etish, ziyoratchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish;
— diniy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishda, ayniqsa, yoshlarni milliy gʻurur va iftixor, Vatanga sadoqat, insonparvarlik ruhida tarbiyalashda ajdodlarimizning buyuk merosidan samarali foydalanishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Fondni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
Fond mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning, hukumatga qarashli va hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro tashkilotlar, xorijiy fuqarolarning homiylik mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tashkil topadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.10.00 Budjet jarayoni]
Shohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish uchun Fondga 2004-yilda 300,0 mln soʻm mablagʻ ajratsin hamda tasdiqlangan davlat budjeti koʻrsatkichlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
2005-yilgi davlat budjetida majmuada yuqorida koʻrsatilgan ishlarni davom ettirish uchun Fondga tegishli mablagʻlar ajratishni rejalashtirsin.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasining bu xayrli ishga joriy yilda 50,0 mln soʻm va keyingi yillarda 100,0 mln soʻm miqdorida mablagʻ ajratish haqidagi qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6. Shohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun Fond yagona buyurtmachi boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
7. Samarqand shahar hokimligi bir oy muddatda Fondni bino bilan taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
4.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish;
5.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.05 Tarixiy-madaniy maqsadlarga moʻljallangan yerlar]
8. Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi Shohi Zinda yodgorlik majmuasini qayta tiklash, taʼmirlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, bu yerdagi obidalar tarixini oʻrganish ishlarini olib borishda Fondga doimiy yordam koʻrsatsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Samarqand viloyati hokimligi yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlarning Shohi Zinda yodgorlik majmuasiga ziyoratlarini tashkil etish boʻyicha nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan aloqa oʻrnatish va hamkorlik qilishda Fondga har tomonlama koʻmaklashsinlar.
10. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligiga respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalarida Shohi Zinda yodgorlik majmuasida amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 16-iyul,
337-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-iyuldagi 337-son qaroriga 1-ILOVA
Shohi Zinda jamoatchilik fondi Vasiylik kengashining
Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi, kengash raisi
2.
Xusnidinov Z.M.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida)
3.
Bahromov A.A.
—
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, kengash raisi oʻrinbosari
4.
Halimov F.A.
—
Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Samarqand viloyatidagi vakili, kengash kotibi
Kengash aʼzolari:
5.
Toxtayev A.R.
—
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi
6.
Husanboyev B.M.
—
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi
7.
Xolmuhamedov Oʻ.O.
—
“Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori
8.
Nurmurodov M.B.
—
Samarqand viloyati hokimi
9.
Rafiqov S.G.
—
Samarqand shahar hokimi
10.
Ernazarov E.M.
—
Madaniyat ishlari vazirining birinchi oʻrinbosari
11.
Ashrafxonov B.B.
—
Moliya vazirining oʻrinbosari
12.
Hojimatov M.
—
Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari
13.
Gadoyboyev A.G.
—
Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi raisi
14.
Abdullayev A.B.
—
Toshkent islom universiteti prorektori
15.
Shirinov T.Sh.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Samarqand viloyati boʻlimi raisi
16.
Davronov Sh.
—
Samarqand viloyati bosh arxitektori
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Kengash tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-noyabrdagi 230-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 45-son, 445-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-iyuldagi 337-son qaroriga 2-ILOVA
Shohi Zinda jamoatchilik fondi ijrochi direksiyasining