1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUASSASALARI TIBBIYOT VA FARMATSEVTIKA XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh TARTIBI VA ShARTLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻrta boʻgʻin tibbiyot xodimlarining kasbiy saviyasi va malakasini oshirishni raqbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 6-dekabrdagi PQ-524-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-dekabr,
269-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-dekabrdagi 269-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. V boʻlimga quyidagi mazmundagi 231-band qoʻshilsin:
“231. Oliy maʼlumotga ega boʻlgan tibbiyot hamshiralariga tarif stavkasining 10 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.
Bosh tibbiyot hamshiralariga tarif stavkasining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi”.
2. 24-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“shoshilinch tibbiy yordam xizmatining oliy maʼlumotga ega boʻlgan tibbiyot hamshiralariga: uzluksiz ishlangan stajning birinchi uch yili uchun hamda har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng koʻp miqdori — 40 foiz”;