1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻRTA BOʻGʻIN TIBBIYOT XODIMLARINING KASBIY SAVIYASI VA MALAKASINI OSHIRISHNI RAGʻBATLANTIRISHGA OID QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Oliy maʼlumotli tibbiyot hamshiralari tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va mehnatini ragʻbatlantirishni kuchaytirish, tibbiy yordam koʻrsatishning barcha bosqichlarida ularning roli va masʼuliyatini oshirish, shuningdek ularning kasbiy saviyasi va malakasini uzluksiz oʻstirish uchun shart-sharoit va ragʻbat yaratish maqsadida:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
1. 2007-yilning 1-yanvaridan boshlab:
oliy maʼlumotli tibbiyot hamshiralariga tarif stavkasining 10 foizi miqdorida;
tibbiyot bosh hamshiralariga tarif stavkasining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha haq belgilansin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
2. 2007-yilning 1-yanvaridan boshlab oliy maʼlumotli tibbiyot hamshiralarining uzluksiz ish staji davomiyligi uchun ustama haq maksimal miqdori:
shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarida ishlovchilar uchun tarif stavkasining 30 foizidan 40 foizigacha;
boshqa tibbiyot muassasalarida ishlovchilar uchun tarif stavkasining 20 foizidan 30 foizigacha oshirilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
3. 1999/2000 oʻquv yilidan boshlab oliy tibbiyot oʻquv muassasalarining davolash fakultetlari qoshidagi oliy maʼlumotli hamshiralar tayyorlash boʻlimlari tomonidan davolash muassasalarining jarrohlik, tugʻuruq boʻlimlarida, shuningdek anesteziologiya va reanimatsiya boʻlimlarida ishlayotgan 645 nafar mutaxassis tayyorlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2007/2008 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot oliy oʻquv muassasalarida oliy maʼlumotli tibbiyot hamshiralari tayyorlashni kengaytirish, shu bilan birga oliy maʼlumotli tibbiyot hamshiralari bilan taʼminlash yetarli boʻlmagan hududlar uchun tegishli kvotalarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda oliy maʼlumotli tibbiyot hamshiralarini tayyorlash kengaytirilishi munosabati bilan ularni tayyorlash uchun taʼlim jarayonini zarur oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsin, shuningdek taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etish va oʻquv dasturlarini yanada takomillashtirishni taʼminlasin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar]
5. Belgilansinki, oliy tibbiyot oʻquv muassasalari qoshidagi oliy malakali tibbiyot hamshiralari tayyorlash boʻlimlarining davlat granti hisobidan taʼlim olgan bitiruvchilari kamida uch yil majburiy ishlab berish sharti bilan respublika davolash-profilaktika va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga ishga taqsimlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2007-yilgi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda mazkur qarorda koʻrsatilgan tadbirlarni moliyalashtirishga qoʻshimcha mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-dekabr,
PQ-524-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48–50-son, 479-modda)