Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-oktabrdagi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasini boshqarishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi
490-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 22-apreldagi PF-1990 (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 1998-y., 4-son, 65-modda), 1999-yil 17-martdagi
PF-2246 sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 1998-y., 3-son, 72-modda) va 2004-yil 7-dekabrdagi
PF-3521 sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 48-49-son, 493-modda) Farmonlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan “Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash toʻgʻrisidagi Tartib”ga (davlat roʻyxati
198-son, 1995-yil 19-dekabr) ilovaga
* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.