1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestrini yuritish boʻyicha nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 30-noyabrda 1644-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 27-maydagi 2014-24-sonli “Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishni yuritish boʻyicha yagona reyestri nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1644-1, 02.06.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-505-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. “Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestrini yuritish boʻyicha nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.