1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar boʻyicha savdo]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Qarori
ALKOGOLLI MAHSULOTLARNI ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Qayd etilsinki, alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish tizimida tarmoqning barqaror rivojlanishi uchun mavjud imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmayapti. Alkogolli mahsulotlar ham etil spirti ham, bir vaqtda ishlab chiqarilgani sababli ularni hisobga olishda buzib koʻrsatish hollariga yoʻl qoʻyilgan.
Amaldagi litsenziya majburiyatlari mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va raqobatbardoshliligini oshirish, uni tashqi bozorga chiqarishni taʼminlamayapti.
Koʻrilayotgan choralarga qaramay, alkogolli mahsulotlarni chetdan nolegal (yashirincha) keltirish va ishlab chiqarish, ularni ichki bozorda, ayrim hollarda esa yuqori sifatli qalbaki aksiz markalar bilan sotish holatlari hamon uchrab turibdi.
Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini yanada oshirish, sifatsiz va kontrabanda yoʻli bilan olib kelinadigan alkogolli mahsulotlar noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazoratni kuchaytirish, shuningdek tarmoqni boshqarishni takomillashtirish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
1. Quyidagilar belgilansin:
etil spirti ishlab chiqariladigan korxonalarda alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va quyish taqiqlanadi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son)
ishlab chiqaruvchilarga alkogolli mahsulotni markirovka qilish uchun aksiz markalar faqat ular tomonidan aksiz markalar nominal qiymatining 50 foizi toʻlangach beriladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-avgustdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 06/23/140/0618-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
2. 2007-yilning 1-yanvaridan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin:
alkogolli mahsulotlarni ulgurji-savdo bozorlarida (komplekslarda) sotish taqiqlanadi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son)
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.02 Standartlashtirish boʻyicha organlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.15.00 Mahsulot sifati xavfsizligi, belgilangan normalarga va savdo qoidalariga rioya etish ustidan nazorat]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzvinosanoat-xolding” XK va “Oʻzspirtsanoat” AKning “Qoʻqon spirt”, “Andijon biokimyo zavodi” va “Yangiyoʻl bioxim” ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining spirt sifatini aniqlash boʻyicha ishlab chiqarish laboratoriyalarini “Oʻzstandart” Agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va joʻnatishni hisobga olish va rasmiylashtirish]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
“Oʻzvinosanoat-xolding” XK va “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda 2006-yilning 1-dekabrigacha Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestrini yuritish nizomini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uning yuritilishi ustidan monitoringni taʼminlasin;
“Oʻzvinosanoat-xolding” XK va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2007-yilning 1-fevraligacha etil spirti va alkogolli mahsulotlarni litsenziyasiz ishlab chiqaruvchi korxonalarda alkogolli mahsulotlarni quyish liniyalari demontaj qilinishini va ular keyinchalik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi “Davlat belgisi” DICHB bilan birgalikda 2007-yilning 1-aprelidan boshlab alkogolli va tamaki mahsulotlariga dizayni oʻzgartirilgan va qoʻshimcha darajada muhofaza qilingan yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyuldagi 313-sonli “Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori.
Bundan buyon aksiz markalarini har 2 yilda yangilashni nazarda tutuvchi tartib oʻrnatilsin.
7. Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirish, ularning noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha tadbirlar Rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlar Mahkamasi ilovaga kiritilgan tadbirlar ijrosi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasin va qalbaki alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishning oldini olish borasida qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki xom ashyosini fermentatsiyalash va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-noyabr,
PQ-505-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-noyabrdagi PQ-505-son qaroriga ILOVA
Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirish, ularning noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha tadbirlar rejasi
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Ijro muddati
Masʼullar
1.
Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning qoʻshimcha roʻyxatini Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-iyuldagi “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 349-son qarorining 1-ilovasiga kiritish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Korxonalarni modernizatsiya qilish, shu jumladan birlamchi vinochilik korxonalaridagi texnologiyalarni takomillashtirishni nazarda tutuvchi mahsulotlar sifatini tubdan yaxshilash dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2007-yil 1-fevralga qadar
“Oʻzvinosanoat-xolding” XK
3.
Xalqaro tajribani oʻrgangan holda alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarishni tartibga soluvchi davlat standartlariga oʻzgartirishlar kiritish.
2007-yil 1-yanvarga qadar
“Oʻzstandart” agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzvinosanoat-xolding” XK
4.
Aksiz markalarini buyurtirish va ularni berish tartibiga mahalliy ishlab chiqaruvchilarga aksiz markalari nominal qiymatining 50 foizi, import qiluvchilarga esa aksiz soligʻi miqdorining 50 foizini toʻlagandan keyin aksiz markalari berishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish.
2007-yil 1-fevralga qadar
Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi
5.
Alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.
2007-yil 1-fevralga qadar
Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi
6.
Aksiz markalariga shtrix-kod kiritilishi hisobiga 2009-yil 1-yanvardan boshlab “aksiz markasi ishlab chiqaruvchi — bank — alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi — ulgurji korxona — chakana savdo korxonasi” zanjiri boʻylab alkogolli mahsulotlar va aksiz markalarining harakatini qayd etishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2007-yil mobaynida
Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzvinosanoat-xolding” XK, “Davlat belgisi”DICHB
7.
Alkogolli mahsulotlarni isteʼmol qilish darajasini va budjetga soliq tushumlarini aniqlash maqsadida respublikaning alkogol bozorini oʻrganish. Oʻrganish natijalariga koʻra, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar sonini, ishlab chiqarish hajmi va turlarini optimallashtirish hamda soliqlarni hisoblash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
2007-yil 1-martga qadar
“Oʻzvinosanoat-xolding” XK, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi mustaqil tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda
8.
Kontrabanda spirti va alkogolli mahsulotlarni olib kirish kanallari va realizatsiya faktlarini, shuningdek, noqonuniy, shu jumladan roʻyxatdan oʻtmagan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish manbalarini aniqlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish.
Doimiy
Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
9.
“Yangiyoʻl Bioxim” OAJ hududida (oziq-ovqat spirti resurslarining bir xilda joylashuvini taʼminlash uchun) etil spirtini saqlash uchun “Andijon biokimyo zavodi” OAJ va “Qoʻqon spirt” OAJning ixtisoslashtirilgan omborlarini tashkil etish.
2007-yil 1-aprelga qadar
“Oʻzvinosanoat-xolding” XK, “Oʻzspirtsanoat” AK
10.
Vazifalari quyidagilardan iborat boʻlgan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiyalarni tashkil etish: oʻz tasarrufidagi hududda alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, olib kirish va sotish ustidan doimiy monitoring olib borish; chorak davomida ishlab chiqarish korxonalaridan alkogolli mahsulotlar xarid qilish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilishini taʼminlamaydigan “Sharobsavdo” bazalari faoliyatini toʻxtatib turish yuzasidan takliflar kiritish; alkogolli mahsulotlarni sotuvchi savdo tashkilotlariga chakana savdo qilish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni yaratish yoki qaytarib olish toʻgʻrisidagi takliflarni kiritish.
Doimiy
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari, “Oʻzvinosanoat-xolding” XK
LexUZ sharhi
ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 440-modda; 2009-y., 10-11-son, 107-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5496/1603-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son; 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son; 16.08.2023-y., 06/23/140/0618-son)