1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.09.00 Truboprovod transporti;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZTRANSGAZ” AKSIONERLIK KOMPANIYASI FAOLIYATINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 8 AVGUSTDAGI PQ-438-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻztransgaz” aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 8-avgustdagi PQ-438-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 3-noyabr,
227-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 227-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-maydagi 185-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 5-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy fondida va ijtimoiy-madaniy maqsadlardagi obyektlarda suv va gazni hisobga olish asboblarini oʻrnatish va ulardan foydalanish haqidagi nizom II boʻlimining toʻrtinchi xatboshidagi “hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari” soʻzlari “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 2-modda) 7-bandining toʻrtinchi xatboshi “Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlaridan keyin “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining mintaqalararo unitar korxonalari” soʻzlari qoʻshilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilgan foydalanishga topshirilayotgan obyektlarning muhandislik tarmoqlari va inshootlarini xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar balansiga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 26-oktabrdagi 502-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 101-modda):
2-bandi “Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlaridan keyin “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining mintaqalararo unitar korxonalari” soʻzlari qoʻshilsin;
ilovaning 1-bandi “Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlaridan keyin “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining mintaqalararo unitar korxonalari” soʻzlari qoʻshilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 443-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)