1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.09.00 Truboprovod transporti]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“OʻZTRANSGAZ” AKSIONERLIK KOMPANIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Gaz taqsimlash tarmoqlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish sohasida yagona siyosatni shakllantirish, respublika isteʼmolchilariga tabiiy gazni yetkazib berish va sotish boʻyicha samarali boshqaruv tizimini yaratish, shuningdek, tabiiy gazdan oqilona foydalanish va gaz uchun toʻlov intizomini mustahkamlash maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.09.00 Truboprovod transporti]
1. Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi va “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining:
hududiy gaztaʼminoti korxonalarini (bundan keyin HGK deb ataladi) “Oʻzkommunxizmat” agentligi tarkibidan “Oʻzbekneftgaz” MXKga qarashli “Oʻztransgaz” AK tarkibiga oʻtkazish;
barcha toifadagi isteʼmolchilarni gaz bilan taʼminlash uchun HGK negizida “Oʻztransgaz” AKning unitar korxonalari shaklida 6 ta hududlararo korxona tashkil etish orqali respublika isteʼmolchilariga tabiiy gaz yetkazib berish va sotish boʻyicha yagona texnologik tizimni yaratish;
hududlararo gaz taʼminoti korxonalariga “Oʻztransgaz” AK shartnoma topshirigʻi asosida gaz taqsimlash tarmoqlarini ishlatish va tabiiy gazni sotish boʻyicha vakolatlarni berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.04 Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berishga oid davlat kontrakti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati);
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti;
5.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
2. “Oʻztransgaz” AJning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
tabiiy gazni yetkazib berish, shuningdek, eksport va import qilish uchun gaz qazib oluvchi va qayta ishlovchi tashkilotlar, shu jumladan mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlar asosida faoliyat yurituvchi qoʻshma korxonalar va xorijiy kompaniyalardan xarid qilish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-iyul)
tabiiy gazni oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha “Hududgaztaʼminot” AJ va magistral gaz uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchilarga sotish;
magistral gaz quvurlari, kompressor stansiyalari, yer osti gaz omborlari va ularning uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarining meʼyoriy talablariga amal qilgan holda magistral gaz quvurlariga ulangan elektr ishlab chiqaruvchi elektr stansiyalarini belgilangan tartibda tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-sonli “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
magistral gaz quvurlari tizimida ularni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashni hisobga olib hamda tabiiy gazni uzatish texnologiyasi va gidravlik balansiga rioya etgan holda yagona texnik siyosatni olib borish;
magistral gaz quvurlari tizimida tabiiy gazdan oqilona foydalanishni taʼminlash;
magistral gaz quvurlari tizimida zamonaviy hisoblash priborlari va usullarini joriy etgan holda gazning qatʼiy hisobga olinishini taʼminlash, tabiiy gazning isrof qilinishi va asossiz ishlatilishini kamaytirish boʻyicha choralar koʻrish;
eksportga tabiiy gaz yetkazib berish hajmini oshirish va uni uzatish boʻyicha koʻrsatilayotgan xizmatlarni kengaytirish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PQ–3107-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Belgilab qoʻyilsin:
“Oʻztransgaz” AK “Oʻzkommunxizmat” agentligi tomonidan faoliyatning tegishli yoʻnalishida tuzilgan shartnoma va majburiyatlar boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi;
“Oʻztransgaz” AKning hududlararo unitar korxonalari HGK shartnoma va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.06.00 Inventarizatsiya qilish va qayta baholash, qayta baholash, hisobdan chiqarish]
6. Idoralararo komissiya (E.R. Shoismatov) “Oʻzbekneftgaz” MXK va “Oʻztransgaz” AK bilan birgalikda:
ikki oy muddatda hududiy gaztaʼminoti korxonalarining qabul qilingan mol-mulkini 2006-yil 1-iyul holatiga koʻra inventarizatsiyadan oʻtkazsin va qonunchilikda belgilangan tartibda baholasin;
2006-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda HGKni qayta tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar majmuini amalga oshirsin va ularning negizida “Oʻztransgaz” AKning hududlararo unitar korxonalarini tashkil etsin;
HGK qayta tashkil etilayotgan davrda tabiiy va suyultirilgan gaz isteʼmolchilarga uzluksiz yetkazib berilishi, belgilangan texnik va yongʻin xavfsizligi normalariga rioya etilishini taʼminlasin;
“Oʻztransgaz” AKning hududlararo unitar korxonalarini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlasin.
7. “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzkommunxizmat” agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va “Ipotekabank” ATIB bilan birgalikda bir oy muddatda “Oʻzkommunxizmat” agentligining xorijiy kreditlar va Hukumat qarorlariga koʻra berilgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining kreditlari boʻyicha qarz majburiyatlari yuzasidan kredit hujjatlariga tegishli oʻzgarishlar va qoʻshimchalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yuqorida koʻrsatilgan oʻzgarishlarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi kafolatiga tegishli qoʻshimchalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
8. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzkommunxizmat” agentligi HGKning berilayotgan mulki “Oʻztransgaz” AKning soliqlarini hisoblashda soliq bazasiga qoʻshilmaydi.
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalariga ilgari berilgan mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining mintaqalararo unitar korxonalariga joriy etilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 513-modda)
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5207-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son)
10. “Oʻzbekneftgaz” MXK va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqib qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
11. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 312-modda; 2010-y., 52-son, 513-modda; 2017-y., 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 06/17/5200/0079, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son; 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son)