1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar);
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON “OʻZKOMMUNXIZMAT” AGENTLIGINING
Qarori
KOMMUNAL XIZMATLARGA TARIFLARNI ShAKLLANTIRIShDA XARAJATLAR TARKIBINI ANIQLASh VA RENTABELLIKNING ChEKLANGAN DARAJASINI JORIY ETISh BOʻYIChA NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 3-noyabrda 1566-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2011-yil 19-yanvardagi 1, 2 va 01-88-sonli “Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2198, 19.02.2011-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-avgustdagi PQ-445-sonli “Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi faoliyatini takomillashtirish va kommunal xoʻjalik korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 34-35-son, 340-modda) qaroriga muvofiqqaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2006-yil 14-martdagi 31, 1, 02-317-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizom”ga (2006-yil 1-may, roʻyxat raqami 1566) ilovaga* asosan oʻzgartirish kiritilsin.