Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi
PF-2832-sonli “Kommunal xizmatlar koʻrsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 8-son, 39-modda) va 2005-yil 23-sentabrdagi
PF-3662-sonli “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish va kommunal xizmat koʻrsatish korxonalarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 283-modda) farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi
PQ-244-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda) va 2005-yil 11-fevraldagi
PQ-5-sonli “Kommunal xizmatlar tariflarining asossiz ravishda oʻsib ketishiga yoʻl qoʻymaslik hamda ular uchun oʻz vaqtida va toʻliq hisob-kitob qilinishi uchun isteʼmolchilarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son, 31-modda) qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi
54-sonli “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qarorlari toʻplami, 1999-y., 2-son, 9-modda), 2000-yil 21-sentabrdagi
364-sonli “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qarorlari toʻplami, 2000-y., 9-son, 61-modda), 2001-yil 18-apreldagi
178-sonli “Aholiga kommunal xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qarorlari toʻplami, 2001-y., 4-son, 23-modda), 2004-yil 28-dekabrdagi
610-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda) qarorlariga muvofiq qaror qilamiz: