1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.03.00 Boshqa kredit tashkilotlari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
MIKROKREDIT TAShKILOTLARI FAOLIYATINI LITSENZIYALASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 31-oktabrda 1635-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-yanvardagi 3/5-sonli “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2093, 13.04.2010-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 7, 17 va 50-moddalari hamda “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 12 va 15-moddalariga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.