1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Intellektual mulk. Fuqarolik muomalasi qatnashchilarini individuallashtirish vositalari]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
FIRMA NOMLARI TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 20-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2006-yil 25-avgustda maʼqullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi firma nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Firma nomlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Firma nomlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining firma nomlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
Firma nomi yuridik shaxs boʻlgan tijorat tashkilotining (bundan buyon matnda yuridik shaxs deb yuritiladi) individual nomi boʻlib, unga doir mutlaq huquq yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtda yuzaga keladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
Yuridik shaxs toʻliq firma nomi bilan birga qisqartirilgan firma nomiga ham ega boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
Yuridik shaxsning firma nomida uning tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilishi kerak.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
Qonunda nazarda tutilgan hollarda firma nomida yuridik shaxs faoliyatining xususiyati koʻrsatilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining3-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi.
4-modda. Firma nomida koʻrsatilishi lozim boʻlmagan belgilar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
Firma nomida:
1) davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki toʻliq nomi;
2) tarixiy yoki Oʻzbekiston Respublikasida mashhur boʻlgan shaxsning toʻliq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz;
3) firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki isteʼmolchini chalgʻitishi mumkin boʻlgan belgilar;
4) jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid boʻlgan belgilar koʻrsatilmasligi kerak.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
Firma nomida:
ilgari Oʻzbekiston Respublikasida boshqa yuridik shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki roʻyxatdan oʻtkazish soʻrab talabnoma berilgan, ilgariroq ustuvorlikka ega boʻlgan firma nomlari;
ilgari Oʻzbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki roʻyxatdan oʻtkazish soʻrab talabnoma berilgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilmay muhofaza qilinadigan tovar belgilari (xizmat koʻrsatish belgilari);
belgilangan tartibda hammaga maʼlum deb eʼtirof etilgan tovar belgilari (xizmat koʻrsatish belgilari);
belgilangan tartibda qonun hujjatlari bilan muhofaza qilinadigan tovarlar kelib chiqqan joylarning nomlari bilan, shunday nomdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazish hollari bundan mustasno, adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga oʻxshash boʻlgan belgilar ham koʻrsatilmasligi kerak.
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan belgilar, agar bunga tegishli davlat organining yoki tashkilotning ruxsati boʻlsa, firma nomiga kiritilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 65-sonli “Firma nomlarini berish va ulardan foydalanish tartiblarini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
5-modda. Firma nomini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
Firma nomi yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan eʼtiboran, chet el yuridik shaxsining firma nomi esa, chet el yuridik shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqarolik muomalasi ishtirokchisi sifatida faoliyatni amalga oshirishni boshlagan sanadan eʼtiboran huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.
6-modda. Firma nomiga boʻlgan huquq
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
Yuridik shaxs oʻz firma nomidan foydalanishda va boshqa yuridik shaxslarga ushbu firma nomidan foydalanish huquqini berishda mutlaq huquqga ega.
Chet el yuridik shaxsining firma nomiga boʻlgan mutlaq huquqi shu yuridik shaxs taʼsis etilgan mamlakatning qonun hujjatlarida belgilangan hujjat bilan tasdiqlanadi.
firma nomini rasmiy blankalarda, muhrlarda, shtamplarda va yuridik shaxsning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarda aks ettirish;
firma nomini tovarlarda, ularning idishi va oʻrovida, reklamada, peshlavhalarda, bosma maʼlumotnomalarda, hisobvaraqlarda, bosma nashrlarda, tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkaziladigan koʻrgazmalar va yarmarkalarda namoyish etish vaqtida ishlatish firma nomidan foydalanishdir.
Firma nomidan tovar belgisining (xizmat koʻrsatish belgisining) elementi sifatida foydalanilishi mumkin.
8-modda. Firma nomidan foydalanish huquqini berish
Yuridik shaxs (litsenziar) oʻz firma nomidan foydalanish uchun boshqa yuridik shaxsga (litsenziatga) qonun hujjatlariga muvofiq ular oʻrtasida tuzilgan litsenziya shartnomasi yoki kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi asosida ruxsat berishi mumkin.
Litsenziya shartnomasida isteʼmolchini chalgʻitishni istisno etadigan chora-tadbirlar nazarda tutilishi kerak.
9-modda. Firma nomiga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi
Firma nomiga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishiga faqat yuridik shaxs qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish va ajratib chiqarish yoʻli bilan qayta tashkil etilgan yoki butun korxona mulkiy majmua sifatida sotilgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.
Yuridik shaxslar qoʻshib yuborilganda va yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qoʻshib olinganda firma nomiga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi topshirish hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Yuridik shaxs boʻlinganda yoki u yuridik shaxs tarkibidan ajralib chiqqanida firma nomiga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi taqsimlash balansiga muvofiq amalga oshiriladi.
10-modda. Firma nomini huquqiy jihatdan muhofaza qilishni tugatish
Firma nomini huquqiy jihatdan muhofaza qilish yuridik shaxs tugatilgan yoki uning firma nomi oʻzgartirilgan taqdirda, tugatiladi.
11-modda. Firma nomiga boʻlgan huquqning buzilishi
Firma nomidan noqonuniy foydalanish firma nomiga boʻlgan mutlaq huquqning buzilishi deb eʼtirof etiladi.
Agar tovar belgisiga (xizmat koʻrsatish belgisiga), domen nomiga boʻlgan huquq firma nomiga boʻlgan huquqdan ilgari olingan boʻlsa, tovar belgisida (xizmat koʻrsatish belgisida), domen nomida ushbu firmaning nomidan foydalanish firma nomiga boʻlgan mutlaq huquqning buzilishi deb eʼtirof etilmaydi.
12-modda. Firma nomiga boʻlgan huquqni himoya qilish usullari
Firma nomiga boʻlgan mutlaq huquqni undan noqonuniy foydalanishdan himoya qilish:
yuridik shaxsning ishchanlik obroʻsini himoya qilish maqsadida sud qarori toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish;
noqonuniy foydalanilgan firma nomini kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va oʻrovlardan huquqbuzar hisobidan olib tashlash;
noqonuniy foydalanilgan firma nomini kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va oʻrovlardan olib tashlash mumkin boʻlmagan taqdirda, ularni huquqbuzar hisobidan yoʻq qilib tashlash;
Firma nomiga boʻlgan mutlaq huquqni undan noqonuniy foydalanishdan himoya qilish qonun hujjatlariga muvofiq boshqacha usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Chet el yuridik shaxslari ushbu Qonunda nazarda tutilgan firma nomlariga boʻlgan huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga binoan yoki oʻzaro kelishuv prinsipi asosida Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari bilan teng ravishda foydalanadilar.
14-modda. Nizolarni hal etish
Firma nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.