1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.09.00 Truboprovod transporti]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“OʻZTRANSGAZ” AKSIONERLIK KOMPANIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Gaz taqsimlash tarmoqlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish sohasida yagona siyosatni shakllantirish, respublika isteʼmolchilariga tabiiy gazni yetkazib berish va sotish boʻyicha samarali boshqaruv tizimini yaratish, shuningdek, tabiiy gazdan oqilona foydalanish va gaz uchun toʻlov intizomini mustahkamlash maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.09.00 Truboprovod transporti]
1. Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi va “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining:
hududiy gaztaʼminoti korxonalarini (bundan keyin HGK deb ataladi) “Oʻzkommunxizmat” agentligi tarkibidan “Oʻzbekneftgaz” MXKga qarashli “Oʻztransgaz” AK tarkibiga oʻtkazish;
barcha toifadagi isteʼmolchilarni gaz bilan taʼminlash uchun HGK negizida “Oʻztransgaz” AKning unitar korxonalari shaklida 6 ta hududlararo korxona tashkil etish orqali respublika isteʼmolchilariga tabiiy gaz yetkazib berish va sotish boʻyicha yagona texnologik tizimni yaratish;
hududlararo gaz taʼminoti korxonalariga “Oʻztransgaz” AK shartnoma topshirigʻi asosida gaz taqsimlash tarmoqlarini ishlatish va tabiiy gazni sotish boʻyicha vakolatlarni berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. “Oʻztransgaz” AKning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
magistral gaz quvurlari, kompressor stansiyalari, yer osti gaz omborlari, gaz taqsimlash tarmoqlari va uskunalarini ishlatishda xavfsizlik qoidalarining meʼyoriy talablariga amal qilgan holda respublika isteʼmolchilarini belgilangan tartibda tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlash;
magistral gaz quvurlari tizimi va gaz taqsimlash tarmoqlarida yagona texnik siyosatni olib borish, bunda ularni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni hisobga olish hamda tabiiy gazni tashish texnologiyasi va gidravlik balansiga rioya etish;
magistral gaz quvurlari tizimi va gaz taqsimlash tarmoqlarida tabiiy gazdan oqilona foydalanilishini taʼminlash;
zamonaviy hisoblash jihozlari va usullarini joriy etgan holda sotilgan gaz qatʼiy hisob-kitob qilinishi va tushumning toʻliq topshirilishini taʼminlash, tabiiy gazning isrof qilinishi va asossiz ishlatilishini kamaytirish choralarini koʻrish, gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish va gazni oʻgʻirlash hollarining oldini olish va qonunchilikka muvofiq ravishda bartaraf etish;
“Oʻztransgaz” AKning tashkiliy tuzilmasi va ijro apparati tuzilmasi, xodimlarning umumiy soni 157 birlik, shu jumladan boshqaruv xodimlari 109 birlik sifatida 1, 1a va 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin;
“Oʻztransgaz” aksionerlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari va hududlararo unitar korxonaning tuman (shahar) boʻlimlari namunaviy tuzilmasi 3 va 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
“Oʻztransgaz” AK “Oʻzkommunxizmat” agentligi tomonidan faoliyatning tegishli yoʻnalishida tuzilgan shartnoma va majburiyatlar boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi;
“Oʻztransgaz” AKning hududlararo unitar korxonalari HGK shartnoma va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
5. Idoralararo komissiya tarkibi va Oʻzbekiston Respublikasida gaz taʼminoti tizimini qayta tashkil etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar 5 va 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.06.00 Inventarizatsiya qilish va qayta baholash, qayta baholash, hisobdan chiqarish]
6. Idoralararo komissiya (E.R. Shoismatov) “Oʻzbekneftgaz” MXK va “Oʻztransgaz” AK bilan birgalikda:
ikki oy muddatda hududiy gaztaʼminoti korxonalarining qabul qilingan mol-mulkini 2006-yil 1-iyul holatiga koʻra inventarizatsiyadan oʻtkazsin va qonunchilikda belgilangan tartibda baholasin;
2006-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda HGKni qayta tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar majmuini amalga oshirsin va ularning negizida “Oʻztransgaz” AKning hududlararo unitar korxonalarini tashkil etsin;
HGK qayta tashkil etilayotgan davrda tabiiy va suyultirilgan gaz isteʼmolchilarga uzluksiz yetkazib berilishi, belgilangan texnik va yongʻin xavfsizligi normalariga rioya etilishini taʼminlasin;
“Oʻztransgaz” AKning hududlararo unitar korxonalarini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlasin.
7. “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzkommunxizmat” agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va “Ipotekabank” ATIB bilan birgalikda bir oy muddatda “Oʻzkommunxizmat” agentligining xorijiy kreditlar va Hukumat qarorlariga koʻra berilgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining kreditlari boʻyicha qarz majburiyatlari yuzasidan kredit hujjatlariga tegishli oʻzgarishlar va qoʻshimchalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yuqorida koʻrsatilgan oʻzgarishlarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi kafolatiga tegishli qoʻshimchalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
8. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzkommunxizmat” agentligi HGKning berilayotgan mulki “Oʻztransgaz” AKning soliqlarini hisoblashda soliq bazasiga qoʻshilmaydi.
9. “Oʻztransgaz” AK va uning boʻlinmalari “Oʻzkommunxizmat” agentligi HGKning berilayotgan avtotransport vositalari qayta roʻyxatdan oʻtkazilganda Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlarni toʻlashdan, shuningdek, yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun qarzni undirish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudlari va fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda koʻrib chiqiladigan daʼvo arizalari boʻyicha oldindan davlat bojini toʻlashdan ozod qilinsin, davlat boji aybdor tomondan undirilsin.
10. “Oʻzbekneftgaz” MXK va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqib qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
11. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-avgust,
PQ-438-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 8-avgustdagi PQ-438-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida gaz taʼminoti tizimini qayta tashkil etish boʻyicha Idoralararo komissiya tarkibi
E.R. Shoismatov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi
N.M. Xanov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari
A.A. Azizov
—
“Oʻzbekneftgaz” MXK boshqaruvi raisi
U.O. Xolmuxamedov
—
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori
G.K. Saidova
—
iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari
B.B. Ashrafxanov
—
moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
E.F. Gadoyev
—
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
O.O. Obidov
—
mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri
E.S. Kanyazov
—
adliya vaziri oʻrinbosari
I.G. Yakovlev
—
Davlat mulk qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
R.M. Sheraliyev
—
Oʻzdavneftgazinspeksiya boshligʻi
R.M. Saidov
—
“Sanoatkontexnazorat” DI boshligʻi
A.G. Gulyamov
—
IEK xodimlari kasaba uyushmasi markaziy qoʻmitasi raisi
Izoh. Respublika komissiyasi qaroriga asosan shunga oʻxshash hududiy komissiyalar tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 8-avgustdagi PQ-438-son qaroriga 6-ILOVA
Gaz taʼminoti tizimini qayta tashkil etish boʻyicha Idoralararo komissiyaning tashkiliy chora-tadbirlari
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Bajarish muddati
Ijro uchun masʼullar
Ijrosini nazorat qilish
1.
“Oʻzkommunxizmat” agentligiga qarashli hududiy gaz taʼminoti korxonalarini hududlararo “Oʻztransgaz” AJ USHK etib qayta tashkil etishning vaqtinchalik tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Avgust
“Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Davlat mulk qoʻmitasi, Oʻzdavneftgazinspeksiya
Tegishli VM ATD
2.
Tabiiy gaz isteʼmolchilari va ularning, shu jumladan aholi boʻyicha qarzlarini xatlovdan oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Vazirlar Mahkamasiga tabiiy gaz boʻyicha real boʻlmagan debitorlik va kreditorlik qarzlarni tarkibiy oʻzgartirish masalalari boʻyicha takliflar kiritish
Oktabr
Moliya vazirligi, DSQ, “Oʻzbekneftgaz” MXK
Tegishli VM ATD
6.
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilariga gaz yetkazib berish qoidalarini yangi tahrirda tasdiqlatish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Uch oy muddatda
“Oʻzbekneftgaz” MXK, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzdavneftgazinspeksiya
Tegishli VM ATD
7.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining “Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari va tashkilotlari hisobvaraqlaridan toʻlovlarni amalga oshirish va ularga “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalaridan tushadigan toʻlovlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga oʻzgartirish kiritish (roʻyxat raqami 1441, 2005-yil 14-yanvar)
Avgust
Moliya vazirligi, DSQ, “Oʻzbekneftgaz” MXK
Tegishli VM ATD
8.
Aholiga suyultirilgan gazni yetkazib berish tartibini ishlab chiqish.
Sentabr
“Oʻzbekneftgaz” MXK, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzdavneftgazinspeksiya
Tegishli VM ATD
9.
Taʼsis hujjatlarini tasdiqlash va hududlararo gaz taʼminoti korxonalari va ularning filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
Sentabr
“Oʻzbekneftgaz” MXK, Davlat mulk qoʻmitasi
Tegishli VM ATD
10.
Magistral gaz quvurlari obyektlari va gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanishning, shuningdek, tabiiy gazni yetkazib berish va hisobga olishning yagona texnik siyosati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan isteʼmolchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash va yetkazib berilgan tabiiy gaz haqini oʻz vaqtida toʻlash boʻyicha hamkorlik shartnomasini tayyorlash va imzolash.
Sentabr
“Oʻzbekneftgaz” MXK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Tegishli VM ATD
12.
Tabiiy va suyultirilgan gazni sotish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga tegishli litsenziyani qayta rasmiylashtirish.
Sentabr
“Oʻzbekneftgaz” MXK, Oʻzdavneftgazinspeksiya
Tegishli VM ATD
13.
Gaz isteʼmolchilari bilan shartnomalarni qayta tuzish.
Oktabr
“Oʻztransgaz” AK
Tegishli VM ATD
14.
Hukumat qaroriga muvofiq taqdim etiladigan xorijiy kreditlar va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining kreditlari boʻyicha “Oʻzkommunxizmat” agentligining qarz majburiyatlari boʻyicha kredit hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish. Kredit hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi kafolatiga tegishli qoʻshimchalar berish.
Sentabr
“Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, Moliya vazirligi, Oʻzmilliybank
Tegishli VM ATD
15.
Gaz hisoblash asboblarini modernizatsiya qilishni hisobga olgan holda, tabiiy gaz uchun markazlashtirilgan kompyuter hisobini yuritish va toʻlovlarni amalga oshirish dasturini ishlab chiqish.