toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.11.2015
OʻZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYA VA
SERTIFIKATLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
BIR TURDAGI MAHSULOTLARNI SERTIFIKATLAShTIRISh ORGANLARI, SINOV (OʻLChASh) LABORATORIYALARINI (MARKAZLARINI), SERTIFIKATLAShTIRISh SOHASIDAGI TEKShIRUV ORGANLARINI AKKREDITATSIYA QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Buyruq nomiga Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2015-yil 3-martdagi 90-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1596-3, 27.03.2015-y.) muvofiq oʻzgartirish kiritilgan. Rus tilidagi matnga qarang.
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 17-iyulda 1596-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2015-yil 3-noyabrdagi 591-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari, sinov (oʻlchash) laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organlari, metrologik xizmatlar va sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni akkreditatsiya qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1596-4, 19.11.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahsulotlarni va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi, “Metrologiya toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-sonli “Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomiga asosan buyuraman:
1. Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari, sinov (oʻlchash) laboratoriyalarini (markazlarini), sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organlarini akkreditatsiya qilish Qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
 LexUZ sharhi
1-bandga Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2015-yil 3-martdagi 90-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1596-3, 27.03.2015-y.) muvofiq oʻzgartirish kiritilgan. Rus tilidagi matnga qarang.
2. Ushbu buyruq kuchga kirgan kundan boshlab, Oʻzbekiston davlat standarti O”zDSt16.1 “OʻzR AT. Sertifikatlashtirish idoralari va tekshirish idoralarini akkreditlashni oʻtkazish tartibi” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish
agentligi Bosh direktori R. BOʻRIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 10-may,
157-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 283-modda)