1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANK BOShQARUVINING
Qarori
FOIZLARNI OʻSTIRMASLIK TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻShIMChA VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 24-mayda 1304-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/8-sonli ““Foizlarni oʻstirmaslik toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1304-5, 10.12.2021-y.) asosan 2022-yil 11-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 3, 7, 17 va 51-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Foizlarni oʻstirmalik toʻgʻrisida”gi nizomga (2004-yil 24-yanvar, roʻyxat raqami 1304) qoʻshimcha va oʻzgartirishlar ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.