

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" /><link rel="stylesheet" href="/css/iphone.css" />
    <style type="text/css">
        .contents-caption DIV {
            float: right;
        }

        .mobilnav TD {
            height: 32px;
        }

        .mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        #userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }

        #fancybox_div {
            display: none;
        }

        #divContextRasporka {
            width: 270px;
        }

        #tddivContext {
            background-color: White;
        }

        #backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }

        #header {
            background: #2263a9;
            border-top: 1px solid #1F61A7;
            height: 34px;
            text-align: center;
            width: 100%;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }

        .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
            display: none;
        }
    </style>
    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { window.scrollTo(0, 1); }, 100);
        }
        function scrolPageTop() {
            document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
        }
    </script>
</head>
<body class="details" style="margin: 0;">
    <form method="post" action="./-4438435" id="form1">
<div class="aspNetHidden">
<input type="hidden" name="__VIEWSTATE" id="__VIEWSTATE" value="UGCrk6995V+zy6EG+b3pk8NtxJfyEs78UZIoZNbyff5snALIwJCCxiuyybVg02iaG/JFDH+AwiGtatpb2w6olWns07tDcP2zIkEI905Hx97EAo1JpkQtx1XPjS7r8n/79G8IXVQznGSQHCzKzyPv+UOLgvFEFu1ZET5/YZzdCWKcIebMcikDerVOPlpD7ta4bVUrYOcjKyz4taP1dMx71A==" />
</div>

<div class="aspNetHidden">

	<input type="hidden" name="__VIEWSTATEGENERATOR" id="__VIEWSTATEGENERATOR" value="5F4F4618" />
</div>
        <div id="header">
            <div style="float: left; left: 27px; position: absolute; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:history.back()">Орқага</a>
            </div>
            <a href="/m">
                <img src="/img/icons/logo_sm.png" border="0">
            </a>
            <div style="float: right; left: -30px; position: relative; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:scrolPageTop()">Юқорига</a>
            </div>
        </div>
        <div id="page">
            
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                        
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <table style="width: 100%" border="0">
                <tr>
                    <td id="tddivAct" style="overflow: auto; vertical-align: top; padding: 0px !important;">
                        <div id="divAct" style="padding-top: 0px;">
                            <div id="mD" class="main-column document" style="margin: 0px; padding: 0px 2px 0px 2px; background: white;">
                                <div id="divBody">
                                    <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4438435" id="onLBC-4438435">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC12458"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4438435" id="onLS-4438435">[<b>TSZ:</b><div id="LS3773"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Moliya / Investitsiyalar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4439015" id="-4439015">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4439019" id="-4439019">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4439021" id="-4439021">Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4439024" id="-4439024"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439027" id="-4439027">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4135-son <a href="/m/acts/-4182334">qarorini</a> ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439031" id="-4439031">1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439035" id="-4439035">mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik manfaatlarini hisobga olgan holda respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishga, xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439042" id="-4439042">xorijiy investorlarni axborot bilan, huquqiy va boshqa tomondan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy tadbirkorlar bilan investitsiya faoliyati sohasida oʻzaro hamkorlikni tashkil etishda ularga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439047" id="-4439047">xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi istiqbolli va amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari maʼlumotlarining axborot bazasini shakllantirish va yuritish, ularning amalga oshirilish holati ustidan doimiy monitoring olib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439049" id="-4439049">respublikaning iqtisodiy, resurs va investitsion salohiyatini keng targʻib qilish va ilgari surishni, yaratilgan qulay shart-sharoitlar, xorijiy investorlarga beriladigan imtiyozlar, afzalliklar haqida chet el ishbilarmon doiralari orasida, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlari olib borishni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439051" id="-4439051">Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro ijobiy imijini shakllantirish va yuqori darajada ushlab turishga har tomonlama koʻmaklashish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439052" id="-4439052">2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) toʻgʻrisidagi nizom <a href="/m/acts/-4438435#-4439069">ilovaga</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439054" id="-4439054">3. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tugatilayotgan Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasining asosiy vositalari (tovar-moddiy boyliklar) va majburiyatlardan holi pul mablagʻlari bepul berilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439055" id="-4439055">4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish doirasida Agentlikning xarajatlariga asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha 2019-yil uchun zarur mablagʻlarni — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida ajratsin va 2020-yildan boshlab — har yili tegishli yilga budjet parametrlarida nazarda tutsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439057" id="-4439057">5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Agentlikning investorlarga koʻmaklashish boʻyicha hududiy vakillarini joylashtirish, xonalarni mebel, zarur texnik vositalar va aloqa turlari bilan jihozlash choralarini koʻrsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439058" id="-4439058">6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4439059" id="-4439059">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4439060" id="-4439060">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4439061" id="-4439061">2019-yil 24-iyul,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4439063" id="-4439063">621-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4439069" id="-4439069"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4439071" id="-4439071">Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 621-son <a href="/m/acts/-4438435">qaroriga</a><br />ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4439073" id="-4439073">Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4439075" id="-4439075">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4439076" id="-4439076"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4439078" id="-4439078">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439080" id="-4439080">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439082" id="-4439082">2. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/m/acts/-20596">Konstitutsiyasi</a> va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439084" id="-4439084">Agentlik oʻzining vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish doirasida vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, chet el tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439085" id="-4439085">3. Agentlik davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shaxsiy gʻazna hisob raqamlariga va bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439087" id="-4439087">4. Agentlikning rasmiy nomi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439089" id="-4439089">a) davlat tilida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439090" id="-4439090">toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439092" id="-4439092">qisqartirilgan nomi — Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439093" id="-4439093">b) ingliz tilida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439095" id="-4439095">toʻliq nomi — Investment Promotion Agency under the Ministry of Investments and Foreign Trade of the Republic of Uzbekistan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439096" id="-4439096">qisqartirilgan nomi — Uzbekistan Investment Promotion Agency;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439098" id="-4439098">v) rus tilida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439099" id="-4439099">toʻliq nomi — Agentstvo po privlecheniyu inostrannix investitsiy pri Ministerstve investitsiy i vneshney torgovli Respubliki Uzbekistan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439101" id="-4439101">qisqartirilgan nomi — Agentstvo po privlecheniyu inostrannix investitsiy.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439102" id="-4439102">5. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Taras Shevchenko koʻchasi, 34-uy.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4439103" id="-4439103">2-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439105" id="-4439105">6. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439106" id="-4439106">mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik manfaatlarini hisobga olgan holda respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishga, xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439108" id="-4439108">xorijiy investorlarni axborot bilan, huquqiy va boshqa tomondan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy tadbirkorlar bilan investitsiya faoliyati sohasida oʻzaro hamkorlikni tashkil etishda ularga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439109" id="-4439109">xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi istiqbolli va amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari maʼlumotlarining axborot bazasini shakllantirish va yuritish, ularning amalga oshirilish holati ustidan doimiy monitoring olib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439110" id="-4439110">respublikaning iqtisodiy, resurs va investitsion salohiyatini keng targʻib qilish va ilgari surishni, yaratilgan qulay shart-sharoitlar, xorijiy investorlarga taqdim etiladigan beriladigan imtiyozlar, afzalliklar haqida chet el ishbilarmon doiralari orasida, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlari olib borishni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439111" id="-4439111">Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro ijobiy imijini shakllantirish va yuqori darajada ushlab turishga har tomonlama koʻmaklashish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439112" id="-4439112">7. Agentlik yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439119" id="-4439119">a) mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik manfaatlarini hisobga olgan holda respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishga, xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439123" id="-4439123">davlat, hududiy va sohaviy investitsiya dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishda toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari qismi boʻyicha ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439125" id="-4439125">toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun iqtisodiyotning ustuvor sektorlari va sanoatning eng muhim tarmoqlari roʻyxatini aniqlash yuzasidan takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439127" id="-4439127">davlat organlari va tashkilotlariga istiqbolli investitsiya takliflari va loyihalarini ishlab chiqishda hamda ularni amalga oshirish uchun salohiyatli xorijiy investorlarni topishda koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439129" id="-4439129">xorijiy investorlarda ular tomonidan respublika hududida faoliyatini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar haqidagi maʼlumotlarni tahlil qiladi va tizimlashtiradi, shu asosida investitsiya faoliyatini tashkil etish samaradorligini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439131" id="-4439131">xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlashda, xorijiy investorlarni yanada qoʻllab-quvvatlash, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439132" id="-4439132">b) xorijiy investorlarni axborot bilan, huquqiy va boshqa tomondan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy tadbirkorlar bilan investitsiya faoliyati sohasida oʻzaro hamkorlikni tashkil etishda ularga koʻmaklashish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439134" id="-4439134">xorijiy investorlarni investitsiya faoliyatining normativ-huquqiy asoslari va investitsiya imkoniyatlari, shu jumladan, imtiyozlar, preferensiyalar, investitsiya qilish uchun ustuvor tarmoqlar, turizm, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, tabiiy xomashyo resurslari haqidagi maʼlumotlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maʼlumotlar bilan taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439135" id="-4439135">xorijiy investorlarni butun investitsiya faoliyatini amalga oshirish davomida, jumladan, boshlangʻich va investitsiya kiritilgandan keyingi davrlarda maslahat-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439138" id="-4439138">xorijiy investorlarga, ular tomonidan investitsiya faoliyatini amalga oshirishda zarur hujjatlarni ishlab chiqish va rasmiylashtirish, jumladan investitsiya takliflari, investitsiya loyihalari pasportlari, loyihaoldi va loyiha hujjatlari, investitsiya shartnomalari va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha xizmatlar, shu jumladan, pulli xizmatlar koʻrsatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439139" id="-4439139">xorijiy investorlarga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari, boʻsh turgan va foydalanilmayotgan koʻchmas mulk obyektlarini topish, aniqlash va sotib olishda, shuningdek, davlat xizmatlaridan (tadbirkorlik faoliyati sohasida litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun ruxsatnomalar va boshqalar) foydalanish uchun hujjatlarni tayyorlashda koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439144" id="-4439144">kredit tashkilotlari bilan birgalikda, birinchi navbatda xalqaro moliya institutlari va chet el tijorat banklari kredit liniyalari mablagʻlari hisobiga investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun kredit mablagʻlari ajratish imkoniyatlarini ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439145" id="-4439145">xorijiy investorlarning murojaatlari, belgilangan tartibda tezkor ravishda, zarurat tugʻilganda, investorlarning oʻzlarining bevosita ishtirokida va manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari vakillarini jalb etgan holda koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439146" id="-4439146">xorijiy investorlarning davlat organlari va tashkilotlari vakillari, shuningdek, mahalliy tadbirkorlar bilan istiqbolli investitsiya takliflari va loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qilish uchun uchrashuvlari va muzokaralarini belgilangan tartibda tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439147" id="-4439147">xorijiy investorlarning Oʻzbekiston Respublikasiga va ularning mahalliy hamkorlarining xorijiy mamlakatlarga oʻzaro tashriflarini tashkil etishda koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439152" id="-4439152">v) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi istiqbolli va amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari maʼlumotlarining axborot bazasini shakllantirish va yuritish, ularning amalga oshirilish holati ustidan doimiy monitoring olib borish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439154" id="-4439154">ham xorijiy investorlar, ham davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ilgari surilgan istiqbolli va amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari maʼlumotlari axborot bazasini elektron shaklda shakllantiradi, uning doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439157" id="-4439157">amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini, jalb qilingan va oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning, shu jumladan, tashabbuskorlarning mamlakatlari, respublika hududlari, iqtisodiyot tarmoqlari darajasida hisobini yuritadi, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va oʻzlashtirish holati toʻgʻrisida statistik va tahliliy davriy maʼlumotlar tayyorlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439158" id="-4439158">maʼlumotlar axborot bazasiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish holatining tizimli monitoringini olib boradi, zarurat tugʻilganda, ularni amalga oshirish samaradorligini oshirish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlariga takliflar va tavsiyalar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439160" id="-4439160">salohiyatli xorijiy investorlar uchun Internet tarmogʻida maʼlumotlar axborot bazasiga kiritilgan, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ilgari surilgan istiqbolli investitsiya loyihalari haqidagi maʼlumotlarning davriy eʼlon qilinishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439162" id="-4439162">g) respublikaning iqtisodiy, resurs va investitsion salohiyatini keng targʻib qilish va ilgari surishni, yaratilgan qulay shart-sharoitlar, xorijiy investorlarga taqdim etiladigan beriladigan imtiyozlar, afzalliklar haqida, chet el ishbilarmon doiralari orasida, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlari olib borishni tashkil etish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439168" id="-4439168">salohiyatli xorijiy investorlarga respublikadagi mavjud investitsiya imkoniyatlarini yetkazish maqsadida, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ijobiy holatlarini va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni doimiy ravishda yoritib borish choralarini koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439171" id="-4439171">investitsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini tizimli ravishda baholashni, ekspertlar, xorijiy investorlar va investitsiya faoliyatining boshqa subyektlari orasida soʻrovlar oʻtkazadi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi natijali loyihalarning maʼlumotlar bazasini tahlil qiladi va shakllantiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439173" id="-4439173">respublikaning iqtisodiy, sanoat, texnologik va xomashyo salohiyati, shuningdek, investitsiya faoliyati sohasida yaratilgan qulay shart-sharoitlar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash va jalb qilishni ragʻbatlantirish choralari haqida materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439175" id="-4439175">xorijiy investorlarni jalb etish boʻyicha biznes yoʻriqnomalar, maxsus adabiyotlar, bukletlar va boshqa axborot materiallarini tayyorlaydi va eʼlon qiladi, respublikaning investitsiya salohiyati haqida taqdimot materiallari va videoroliklar tayyorlaydi, ularni keyinchalik salohiyatli xorijiy investorlar orasida tarqatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439177" id="-4439177">ommaviy axborot vositalari, jumladan, Internet tarmogʻida respublika investitsiya salohiyati haqida axborot-reklama materiallarini muntazam joylashtirishni va yangilab borishni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439179" id="-4439179">respublika hududida va xorijda chet el ishbilarmon doiralari, dunyoda taniqli kompaniyalar, investitsiya jamgʻarmalari va boshqa moliyaviy institutlar orasida respublikaning investitsiya imkoniyatlarini keng targʻib qilish va yoritishga qaratilgan investitsiya va biznes forumlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439181" id="-4439181">xorijiy mamlakatlarda investitsiya muhitining qiyosiy tahlilini oʻtkazadi va respublikada investitsiya muhitini yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439184" id="-4439184">d) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro ijobiy imijini shakllantirish va yuqori darajada ushlab turishga har tomonlama koʻmaklashish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439185" id="-4439185">xalqaro agentliklar va moliyaviy institutlarning Oʻzbekiston Respublikasiga oid reyting baholarini kuzatib boradi, ularni shakllantirishga taʼsir koʻrsatadigan sabablarni tahlil qiladi, shuningdek, respublikaning xalqaro reytinglarini yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlashda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439188" id="-4439188">respublikada ishbilarmonlik muhiti va investitsiya iqlimining holati haqida xorijiy investorlar va xorijiy mamlakatlarning boshqa vakillari orasida soʻrovlar oʻtkazadi, mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish sohasida xalqaro tajribani oʻrganadi, shu asosida investitsiya strategiyasi boʻyicha maʼlumotlar va tavsiyalar tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439189" id="-4439189">xorijiy mamlakatlarning oʻxshash agentliklari, tashkilotlari va boshqa subyektlari bilan investitsiya faoliyati sohasida har tomonlama hamkorlikni tashkil etadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4439193" id="-4439193">3-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439195" id="-4439195">8. Agentlik yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439196" id="-4439196">respublikaga xorijiy investitsiyalarni jalb etishga oid statistik maʼlumotlar, takliflar, xulosalar va boshqa zarur materiallarni belgilangan tartibda olish, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha yozishmalar olib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439197" id="-4439197">Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan kelishgan holda oʻxshash xorijiy agentliklar va tashkilotlar bilan texnik va iqtisodiy axborot almashish, shuningdek, yozishmalar olib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439198" id="-4439198">Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, aloqalar va munosabatlar oʻrnatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439199" id="-4439199">Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyatiga Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq takliflarni belgilangan tartibda kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439201" id="-4439201">oʻzaro hamkorlik qilish, ishlarni bajarishga va xizmatlar koʻrsatish uchun muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439202" id="-4439202">Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish va toʻlash, shuningdek, shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439203" id="-4439203">Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishga mahalliy ekspertlarni va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan kelishgan holda xorijiy ekspertlarni belgilangan tartibda jalb etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439205" id="-4439205">xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasidagi masalalarni muhokama qilish uchun davlat organlari va tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, shuningdek, boshqa mutaxassislar va mustaqil ekspertlardan iborat ishchi va ekspert guruhlari tuzish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439206" id="-4439206">Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439207" id="-4439207">9. Agentlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4439209" id="-4439209">4-bob. Agentlik rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439210" id="-4439210">10. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439211" id="-4439211">Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/m/acts/-20596">Konstitutsiyasi</a> va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439218" id="-4439218">Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439219" id="-4439219">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturlar va chora-tadbirlar ijrosini chuqur va tanqidiy tahlil qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439220" id="-4439220">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining topshiriqlarini ijro etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439221" id="-4439221">Agentlik faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish uchun Agentlik mansabdor shaxslarining vakolatlarini aniqlash va ularning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439222" id="-4439222">Agentlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Agentlik va uning mansabdor shaxslarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439223" id="-4439223">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439225" id="-4439225">Agentlik xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439226" id="-4439226">Agentlikda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439227" id="-4439227">Agentlik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439230" id="-4439230">ishni tashkil etishning zamonaviy shakllari Agentlik faoliyatiga joriy etilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439233" id="-4439233">Agentlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “<a href="/m/acts/-2350292">Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida</a>” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “<a href="/m/acts/-3453150">Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</a>” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish va amalga oshirish, xizmat safarlarining asosliligini, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safari sarf-xarajatlari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439235" id="-4439235">Agentlik xodimlari tomonidan Agentlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilinishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439237" id="-4439237">Agentlik tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/m/acts/-3088008">Qonunining</a> talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularning sodir etilishi sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439240" id="-4439240">Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini ijro etish, elektron hujjatlar aylanishi tizimini keng joriy etish va undan samarali foydalanish, yuridik va jismoniy shaxslarning tushayotgan murojaatlari boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish boʻyicha ishlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish, ularni koʻrib chiqish natijalari hisobga olinishi va kuzatib borilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439243" id="-4439243">Agentlik xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439245" id="-4439245">Agentlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda bundan buyon boʻlishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaxsiy javobgarligi chora-tadbirlarini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439247" id="-4439247">Agentlikning tuzilmasini va shtatdagi xodimlari sonini oʻzgartirish toʻgʻrisida Agentlik faoliyatining samaradorligini taʼminlashga qaratilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439248" id="-4439248">qonuniylik va mehnat intizomining yoʻl qoʻyilgan buzilishlari holatlari boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida xizmat surishtiruvlari oʻtkazilishini tayinlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439249" id="-4439249">Agentlikning mol-mulkini qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439250" id="-4439250">11. Quyidagilar Agentlik direktorining oʻrinbosari va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439251" id="-4439251">Agentlik tarkibiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/m/acts/-20596">Konstitutsiyasi</a> va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439252" id="-4439252">tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439253" id="-4439253">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439254" id="-4439254">ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439256" id="-4439256">Agentlik direktorining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439261" id="-4439261">tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439264" id="-4439264">tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439265" id="-4439265">tarkibiy boʻlinmalar faoliyati masalalari boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish hamda keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyatiga taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439268" id="-4439268">Agentlik tarkibiy boʻlinmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish jarayonida Agentlik direktoriga takliflarni taqdim etish, ularning kasbiy mahoratini, oʻz ishini bilishini, amaliy tajribasini, ishbilarmonlik va maʼnaviy-axloqiy sifatlarining kafolatlanganligini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, Agentlik tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439270" id="-4439270">xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “<a href="/m/acts/-2350292">Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida</a>” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “<a href="/m/acts/-3453150">Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</a>” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asosliligini, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safari sarf-xarajatlari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439273" id="-4439273">Agentlik tarkibiy boʻlinmalari xodimlari va rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlar boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439276" id="-4439276">Agentlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439277" id="-4439277">“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/m/acts/-3088008">Qonuni</a> talablariga muvofiq Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlash, tahlil qilish, ular sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439279" id="-4439279">davlat sirlariga va maxfiy axborotga taalluqli axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439283" id="-4439283">12. Quyidagilar Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi investorlarga koʻmaklashish boʻyicha hududiy vakillarining (kelgusida hududiy vakillar deb ataladi) asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439292" id="-4439292">Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/m/acts/-20596">Konstitutsiyasi</a> va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439296" id="-4439296">ijro intizomini mustahkamlash, topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun shaxsiy javobgarlikni oshirish boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439298" id="-4439298">Agentlik direktori va direktor oʻrinbosarining buyruqlari va topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli ijro etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439300" id="-4439300">har choraklik ish rejalarini ishlab chiqish, ularni tasdiqlash uchun Agentlik direktoriga kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439301" id="-4439301">Agentlik rahbariyati tomonidan tashkil etiladigan yigʻilishlarda ishtirok etish, yigʻilishlarda eshitish uchun shaxsiy hisobotlarni tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439302" id="-4439302">Agentlik faoliyati masalalari boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish hamda keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyatiga taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439303" id="-4439303">xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “<a href="/m/acts/-2350292">Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida</a>” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “<a href="/m/acts/-3453150">Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</a>” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asosliligini, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safari sarf-xarajatlari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439304" id="-4439304">Agentlik xodimlarining Odob-axloq qoidalariga, shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/m/acts/-3088008">Qonuni</a> talablariga rioya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439305" id="-4439305">davlat sirlariga va maxfiy axborotga taalluqli axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4439306" id="-4439306">5-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439308" id="-4439308">13. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439309" id="-4439309">Direktorning Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar oʻrinbosari boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439310" id="-4439310">14. Direktor ish tashkil etilishini taʼminlaydi va Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, shuningdek, Agentlik faoliyatining sifati va pirovard natijalari uchun javob beradi va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan kelishgan holda Agentlikni xalqaro munosabatlarda ifodalaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439315" id="-4439315">Agentlik direktori boʻlmaganida uning vakolatlarini direktor oʻrinbosari amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439320" id="-4439320">15. Hududiy vakillarning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan belgilangan tartibda muvofiqlashtiriladi va tartibga solinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439322" id="-4439322">Hududiy vakillar oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish doirasida Agentlikka yuklangan vazifalar boʻyicha vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4439323" id="-4439323">6-bob. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439325" id="-4439325">16. Agentlik faoliyati samaradorligi muntazam baholanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439328" id="-4439328">17. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlar asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439330" id="-4439330">18. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439338" id="-4439338">Agentlik rahbarlari va xodimlariga nisbatan ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki tegishli intizomiy javobgarlik choralarini koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439343" id="-4439343">aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439345" id="-4439345">19. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4439350" id="-4439350">7-bob. Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439352" id="-4439352">20. Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439355" id="-4439355">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro va xorijiy hukumat, xalqaro moliyaviy tashkilotlar, moliyaviy institutlar va boshqa donorlarning grantlari va kreditlari (qarzlari);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439358" id="-4439358">yuridik va jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining xayriya ehsonlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439359" id="-4439359">shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439361" id="-4439361">qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439362" id="-4439362">21. Agentlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoʻshimcha haqlardan va ustamalardan iborat boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439364" id="-4439364">22. Agentlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439365" id="-4439365">23. Agentlik xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz xizmati) uchun ustamalar toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439366" id="-4439366">24. Agentlik xodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qatʼi nazar asosiy egallab turgan lavozimi boʻyicha Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga lavozim maoshlariga (tarif stavkalariga) ustamalar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar belgilanishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4439367" id="-4439367">8-bob. Yakunlovchi qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4439368" id="-4439368">25. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-4439022" id="-4439022">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 09/19/621/3475-son)</div></div></div>
                                </div>
                            </div>
                        </div>
                    </td>
                </tr>
            </table>
        </div>
        <script language="javascript">
       

            //function tryResize() {
            //    try {
            //        document.getElementById("divAct").style.width = (screen.width - 15) + "px";
            //    }
            //    catch (err) {
            //        alert(err);
            //    }
            //}
            //tryResize();
        </script>
    </form>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>

<style type="text/css">
    #divCont {
        border: 1px solid red;
        padding: 0;
    }

    div#header {
        position: fixed;
        top: 0;
        width: 100%;
        z-index: 10;
    }

    /*#revision_act {
        background-color: white;
        color: red;
        float: left;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        height: 5px;
        margin-left: 0;
        opacity: 0.7;
        padding-bottom: 15px;
        position: fixed;
        text-align: center;
        top: 87px;
        width: 150px;
    }*/

    /*#obsolute_act {
        color: red;
        background-color: white;
        opacity: 0.7;
        position: fixed;
        width: 250px;
        text-align: center;
        height: 46px;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        top: 75px;
        padding-top: 10px;
    }*/

    .act_warning { /*mobilega kerakmi*/
        -webkit-animation: color-change 1s infinite;
        -moz-animation: color-change 1s infinite;
        -o-animation: color-change 1s infinite;
        -ms-animation: color-change 1s infinite;
        animation: color-change 1s infinite;
    }
</style>


<style type="text/css">
    TABLE#theTableID {
        display: none;
    }
</style>
