15.04.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2506-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining buyrugʻi, 15.04.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2506-2
Date of entry into force
18.04.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK VAZIRLIGI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BUYRUGʻI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtotransport vositalari haydovchilarining ish vaqti va dam olish vaqti to'g'risidagi nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 15-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2506-2]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va “Transport to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O'zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 23-avgustdagi 64-B-son buyrug'i (ro'yxat raqami 2506, 2013-yil 9-sentabr) (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2013-y., 37-son, 487-modda) bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari haydovchilarining ish vaqti va dam olish vaqti to'g'risidagi nizomga ilovaga muvofiq o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir B. ZAXIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 9-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-2026/B-son

O'zbekiston Respublikasi kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 9-apreldagi 12-2026/B-son buyrug'iga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtotransport vositalari haydovchilarining ish vaqti va dam olish vaqti to'g'risidagi nizomga kiritilayotgan o'zgartirishlar va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda transport vositasiga ega bo'lgan, yo'lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo'natmalarini tashish bo'yicha tijorat asosida xizmatlar ko'rsatadigan, shuningdek tashish uchun tegishli litsenziyaga, sertifikatga yoxud ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati bo'lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi xatboshidagi “bo'sh turib qolingan vaqti” degan soʻzlar “bekor turib qolingan vaqti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to'ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“mehnat to'g'risidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa vaqtlar.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 13-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to'ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Haydovchining ish smenasi davomiyligi oʻn ikki soat boʻlganida, shuningdek mehnat sharoitlari oʻta zararli va oʻta xavfli ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“14. Haydovchilar quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish kuni (smena) davomidagi tanaffuslar va ovqatlanish uchun tanaffusga chiqish (tushlik tanaffusi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har kungi (smenalar oralig'idagi) dam olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dam olish kunlari (har haftalik uzluksiz dam olish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlanmaydigan bayram kunlarida dam olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o'rnatilgan tartibda ta'tilga chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz xohishiga ko'ra dam olish kunida yoki ishlanmaydigan bayram kunida ishlaganlik uchun kompensatsiya sifatida taqdim etiladigan ishdan bo'sh bo'lgan qo'shimcha kunlardan, shuningdek qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan har bir kundan keyin donorlarga beriladigan dam olish kunlaridan foydalanish.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026 y., 10/26/2506-2/0383)