Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2001 08.06.2000 yildagi 222-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.06.2000 yildagi 222-son
Date of entry into force
08.06.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2001
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000/2001 OʻQUV YILIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA QABUL TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12-iyundagi 250-sonli “2001/2002 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga qabul toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini yetuk pedagog kadrlar bilan taʼminlash, taʼlim xizmatlari bozorini shakllantirish va respublika iqtisodiyotining oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini qondirish hamda oliy taʼlim muassasalariga iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni tanlab olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2000/2001 oʻquv yilida bakalavrlar tayyorlash boʻyicha umumiy qabul soni 49500, shu jumladan 19800 davlat grantlari va 29700 toʻlov-kontrakt asosidagi qabul kvotalari belgilanib, ular Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalari hamda taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 1 va 2-ilovalarga* muvofiq taqsimlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-2-ilovalar berilmaydi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2000/2001 oʻquv yilida magistrlar tayyorlash boʻyicha umumiy qabul kvotalari 3600, shu jumladan 1400 davlat grantlari va 2200 toʻlov-kontrakt asosida belgilanib, ular oliy taʼlim muassasalari va mutaxassisliklar boʻyicha 3-ilovaga* muvofiq taqsimlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur oʻquv yilida ilk bor tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida magistraturaga qabul amalga oshirilishi va undagi oʻquv jarayonining alohida xususiyatlarini inobatga olgan holda magistrlar tayyorlash boʻyicha professor-oʻqituvchilarning talabalarga nisbati 1:5 etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 2000/2001 oʻquv yilida tibbiyot oliy taʼlim muassasalari qoshidagi 3 yillik oliy malakali hamshiralar tayyorlash boʻlimlariga umumiy qabul kvotalari 200, shu jumladan 100 davlat grantlari va 100 toʻlov-kontraktlari asosida belgilanib, ular respublika tibbiyot oliy taʼlim muassasalari boʻyicha 4-ilovaga* muvofiq taqsimlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 4-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2000/2001 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining tarkibi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 5-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat komissiyasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 kun muddat ichida “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga bakalavrlar tayyorlash boʻyicha talabalarni qabul qilish tartibi va qoidalari toʻgʻrisida Nizom”ga va “1999/2000 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi va qoidalari toʻgʻrisida Nizom”ga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovlari natijalaridan kelib chiqqan holda, toʻlov-kontrakt asosida belgilangan umumiy qabul rejasi doirasida, qabul koʻrsatkichlariga zarur boʻlgan oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar Davlat test markazi bilan birgalikda bir hafta muddat ichida oʻzlariga qarashli taʼlim muassasalarida davlat grantlarini va toʻlov-kontrakt asosidagi bakalavriat va magistratura boʻyicha oʻrinlar kvotasini taʼlim shakllari va tillari boʻyicha taqsimlash toʻgʻrisidagi takliflarni Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq, har bir oliy taʼlim muassasasida Vasiylik va kuzatuv kengashini tashkil qilish, uning asosiy vazifalari va huquqlari haqida, avvalo, oliy taʼlim muassasasining mustaqilligini kuchaytirish va moddiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, taʼlim sohasidagi islohotlar va jahondagi ilgʻor tajribani hisobga olgan holda, 2001/2002 oʻquv yilidan boshlab, talabalarga oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli uchun taʼlim kreditlari berish va qaytarish tartibini ishlab chiqsinlar va uni joriy etish boʻyicha uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2000/2001 oʻquv yiliga belgilangan davlat grantlari asosida bakalavriat va magistraturaga hamda oliy malakali hamshiralar tayyorlash uchun qabulni hisobga olgan holda budjetdan zarur mablagʻlar ajratishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-iyundagi 282-son qarori (3-bandidan tashqari) va 1994-yil 28-iyundagi 327-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 8-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
222-son