Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 12.06.2001 yildagi 250-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.06.2001 yildagi 250-son
Date of entry into force
12.06.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001/2002 O‘QUV YILIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA QABUL TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish, umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan ta’minlash, abituriyentlarga test sinovlaridan o‘tishda qulayliklar yaratish hamda oliy ta’lim muassasalariga iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni tanlab olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2001/2002 o‘quv yilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha umumiy qabul soni 49500, shu jumladan 19800 davlat grantlari va 29700 to‘lov-kontrakt asosida belgilanib, ular oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 1-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistrlar tayyorlash bo‘yicha umumiy qabul soni 4200, shu jumladan 1400 davlat grantlari va 2800 to‘lov-kontrakt asosida belgilanib, ular oliy ta’lim muassasalari va mutaxassisliklar bo‘yicha 2-ilovaga* muvofiq taqsimlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2001/2002 o‘quv yilida tibbiyot oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etilgan 3 yillik oliy malakali hamshiralar tayyorlash bo‘limlariga umumiy qabul kvotalari 200, shu jumladan davlat grantlari bo‘yicha 100 va to‘lov-kontrakt asosida 100 kvota belgilanib, ular respublika tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha 3-ilovaga* muvofiq taqsimlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 2001/2002 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tarkibi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 4-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar Davlat test markazi bilan birgalikda o‘zlariga qarashli ta’lim muassasalarida davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosidagi bakalavriat va magistratura bo‘yicha o‘rinlar kvotasini ta’lim shakllari va tillari bo‘yicha taqsimlash to‘g‘risidagi takliflarni bir hafta muddatda Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Respublika umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini oliy ma’lumotli o‘qituvchilar va pedagog-muhandislar bilan ta’minlash maqsadida 2001/2002 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat pedagogika universiteti, Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti, Namangan muhandislik-pedagogika instituti, shuningdek Urganch, Qoraqalpoq, Andijon, Samarqand va Farg‘ona davlat universitetlari tarkibida o‘rta maxsus ma’lumotga va tegishli ta’lim turi bo‘yicha kamida uch yil amaliy pedagogik stajga ega bo‘lgan pedagog kadrlarni davlat grantlari asosida test sinovlari orqali qabul qilish va bakalavriatda o‘qitish uchun maxsus sirtqi bo‘limlar ochilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, ushbu toifadagi pedagog kadrlarga oliy ma’lumot berish uchun bakalavr darajasiga mo‘ljallangan uch yillik o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va ta’limning blokli tizimi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 10 kun muddatda qayd etilgan oliy ta’lim muassasalarining maxsus sirtqi bo‘limlariga qabul kvotalari yuzasidan, ularning moddiy-texnika va o‘quv-metodik bazasi imkoniyatlarini hisobga olgan holda, hukumatning tegishli qarori loyihasini tayyorlasin va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Xalq ta’limi vazirligi va Davlat test markazi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda pedagogika va kasbiy-pedagogik tayyorgarlik yo‘nalishlari bo‘yicha uch yillik dasturlar asosida sirtqi bo‘limlarda bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha qabul qilish tartibi va qoidalari to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Davlat ta’lim standartlari talablari asosida uch yillik o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yashayotgan va Toshkent shahri hamda viloyat markazlarida joylashgan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan abituriyentlarni 10-iyuldan 10-avgustgacha bo‘lgan muddatda, oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyasiga taqdim etiladigan tasdiqlovchi hujjatlar asosida, tegishli manzilga bir marotaba borib kelishi uchun bepul temir yo‘l chiptalari bilan ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini abituriyentlarning soni va yo‘nalishlar haqidagi tasdiqlovchi ma’lumotlar bilan o‘z vaqtida ta’minlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat komissiyasiga, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga qabul qilish tartibi va qoidalari to‘g‘risidagi nizomlar ilovalariga hamda test sinovlari natijalaridan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt asosida belgilangan umumiy qabul kvotalari doirasida, qabul ko‘rsatkichlariga zarur bo‘lgan o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oliy ta’lim muassasalari to‘lov-kontrakt asosida kadrlarni tayyorlash uchun tushadigan mablag‘lardan soliqlar, Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan, istisno tariqasida, 2023-yil 1-yanvargacha ozod qilinsin, bo‘shaydigan mablag‘lar ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, o‘quv jarayonini zamonaviy ta’lim vositalari bilan ta’minlashga, oliy ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga maqsadli tarzda yo‘naltirilsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2001/2002 o‘quv yilida davlat grantlari asosida bakalavriat va magistraturaga hamda oliy malakali hamshiralar tayyorlash uchun belgilangan qabulni hisobga olgan holda budjetdan zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2000/2001 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida” 2000-yil 8-iyundagi 222-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S.Karomatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 12-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
250-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52-son, 534-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda, 52-son, 560-modda; 2011-y., 7-8-son, 63-modda; 2012-y., 6-son, 60-modda; 2014-y., 50-son, 590-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)