1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tugatish. Sanatsiya va bankrotlik]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi OʻRQ-763-sonli “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahririga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 167 va 168-moddalar; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 56, 153-modda; 2001-yil, № 12, 23-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 24-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
474-II-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BANKROTLIK TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(yangi tahriri)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tugatish. Sanatsiya va bankrotlik]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bankrotligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) – xoʻjalik sudi tomonidan eʼtirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlar talablarini toʻla hajmda qondirishga va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini toʻla hajmda bajarishga qodir emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishuv bitimi – taraflarning sud nizosini oʻzaro yon berish asosida tugatish toʻgʻrisidagi bitimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar – qarzdor pul majburiyatlari boʻyicha va (yoki) majburiy toʻlovlar majburiyatini bajarish boʻyicha qaysi yuridik yoki jismoniy shaxs oldida javobgar boʻlsa, ayni shu yuridik yoki jismoniy shaxslar (qarzdor qaysi fuqaroning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi uchun javobgar boʻlsa, ayni shu fuqaro, shuningdek oʻz ishtirokidan kelib chiqadigan majburiyatlar boʻyicha qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar yigʻilishi (kreditorlar qoʻmitasi) vakili – bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etishiga kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan vakolat berilgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatuv – xoʻjalik sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini taʼminlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini oʻtkazish maqsadida qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza qabul qilingan paytdan eʼtiboran keyingi taomilga qadar qoʻllaniladigan bankrotlik taomili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy toʻlovlar – davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar;
(3-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-197-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moratoriy – qarzdor yuridik shaxs tomonidan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar majburiyati bajarilishini toʻxtatib turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul majburiyati – qarzdorning fuqarolik-huquqiy shartnomasi boʻyicha hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra kreditorga muayyan pul summasini toʻlash majburiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud boshqaruvchisi (muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi) – bankrotlik taomillarini oʻtkazish maqsadida xoʻjalik sudi tomonidan tayinlanadigan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudgacha sanatsiya qilish – qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) yoki uning mol-mulki egalari, kreditorlar va boshqa shaxslar tomonidan qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash hamda bankrotligining oldini olish maqsadida koʻriladigan chora-tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud sanatsiyasi – xoʻjalik sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning toʻlov qobiliyatini tiklash hamda kreditorlar oldidagi qarzini uzish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga oʻtkazmagan holda qoʻllaniladigan bankrotlik taomili; [SPiT: 1.Tugatish. Bankrotlik (Sanatsiya) / Tashqaridan boshqarish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi boshqaruv – xoʻjalik sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning toʻlov qobiliyatini tiklash maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga oʻtkazgan holda qoʻllaniladigan bankrotlik taomili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatishga doir ish yuritish – xoʻjalik sudi tomonidan kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qondirish hamda qarzdorni qarzlardan qutulgan deb eʼlon qilish maqsadida bankrot deb topilgan qarzdorga nisbatan qoʻllaniladigan bankrotlik taomili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor – pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini qondirishga va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini bajarishga qodir boʻlmagan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili – bankrotlik taomili oʻtkazilayotganda qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi vakolat bergan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor xodimlarining vakili – bankrotlik taomili oʻtkazilayotganda oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun qarzdorning xodimlari vakolat bergan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi korxonasi – qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi), fermer xoʻjaligi va yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xoʻjaligi, shuningdek faoliyatining asosiy turi tovar qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirishdan iborat boʻlgan boshqa yuridik shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Bankrotlik alomatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) toʻlovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan eʼtiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan boʻlsa, uning bankrotlik alomatlari deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud boʻlgan taqdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng kam ish haqi miqdorining kamida besh yuz karrasini tashkil etadigan boʻlsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan esa eng kam ish haqi miqdorining kamida oʻttiz karrasini tashkil etadigan boʻlsa, xoʻjalik sudi tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Xoʻjalik sudiga murojaat qilish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish huquqiga qarzdor, kreditor va prokuror ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy toʻlovlar majburiyatini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish huquqiga qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Qarzdorning xoʻjalik sudiga murojaat etishi asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor, agar uning ushbu Qonunning 4-moddasida belgilangan muddatda pul majburiyatlarini qondirishga va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini bajarishga qodir emasligidan dalolat beruvchi holatlar mavjud boʻlsa, oʻzini bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor yuridik shaxs qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining qarori yoxud qarzdor mol-mulkining egasi tomonidan vakil qilingan organning qarori asosida oʻzini bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, xoʻjalik sudiga murojaat etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Qarzdorning, tugatish komissiyasining yoki tugatuvchining xoʻjalik sudiga ariza berish majburiyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning arizasi bilan quyidagi hollarda qarzdorning rahbari, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor xoʻjalik sudiga murojaat etishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir yoki bir nechta kreditorlarning talablarini qondirish qarzdorning boshqa kreditorlar oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini toʻliq hajmda bajarishini imkonsiz qilib qoʻyishga olib keladigan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning taʼsis hujjatlariga muvofiq qarzdorni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga vakolatli boʻlgan qarzdor yuridik shaxs organi tomonidan qarzdorning arizasi bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish haqida qaror qabul qilingan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor unitar korxona mol-mulkining egasi vakolat bergan organ tomonidan qarzdorning arizasi bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
undiruv qarzdorning mol-mulkiga qaratilganda bunday undiruv qarzdorning xoʻjalik faoliyatini imkonsiz qilib qoʻyadi deb hisoblashga asoslar boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish komissiyasi (tugatuvchi), agar yuridik shaxs tugatilayotganda kreditorlarning talablarini toʻliq hajmda qondirish imkonsizligi aniqlangan boʻlsa, qarzdorning arizasi bilan xoʻjalik sudiga murojaat etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning, tugatish komissiyasining yoki tugatuvchining arizasi ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay xoʻjalik sudiga yuborilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Qarzdorning arizasini iqtisodiy sudga berish majburiyatini bajarmaganlik uchun qarzdor rahbarining, tugatish komissiyasi aʼzolarining yoki tugatuvchining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor rahbari, tugatish komissiyasi aʼzolari yoki tugatuvchi tomonidan xoʻjalik sudiga qarzdorning arizasi taqdim etilmaganligi ushbu Qonun 8-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin yuzaga kelgan qarzdorning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdor rahbarining, tugatish komissiyasi aʼzolarining yoki tugatuvchining subsidiar javobgarligiga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Kreditorlar yigʻilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik taomili qoʻllanilayotganda barcha kreditorlarning manfaatlarini ushbu Qonunga muvofiq tashkil etiladigan kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi himoya qiladi. Xoʻjalik sudi qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani ish yuritish uchun qabul qilib olgan paytdan eʼtiboran kreditorlar qarzdorga oʻz talablarini qondirish maqsadida yakka tartibda murojaat etishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorga nisbatan sodir etiladigan harakatlarning hammasini barcha kreditorlar nomidan kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar, majburiy toʻlovlarga doir talablar qismi boʻyicha esa davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar kreditorlar yigʻilishining ovoz berish huquqiga ega boʻlgan ishtirokchilaridir. Kreditorlar yigʻilishida maslahat ovozi huquqi bilan qarzdor xodimlarining vakili, sud boshqaruvchisi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda yagona kreditor ishtirok etayotgan boʻlsa, kreditorlar yigʻilishining mutlaq vakolatiga taalluqli qarorlarni qabul qilishni shu kreditorning oʻzi amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar yigʻilishining mutlaq vakolatiga quyidagi qarorlarni qabul qilish kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar qoʻmitasi aʼzolarini saylash, uning miqdoriy tarkibini belgilash va bunday qoʻmita aʼzolarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va ularning muddatini uzaytirish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilish haqidagi qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish haqidagi qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash hamda qarzlarni uzish jadvalini maʼqullash toʻgʻrisidagi qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar yigʻilishini tashkil etish va oʻtkazish sud boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar yigʻilishi, agar unda qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlari umumiy summasining kamida uchdan ikki qismi miqdorida talablar bildirayotgan, ovoz berish huquqi bor kreditorlar hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Kreditorlar yigʻilishda oʻz vakillari orqali ishtirok etishlari ham mumkin. Kreditorlar yigʻilishida kvorum boʻlmasa, oʻn kunlik muddat ichida kreditorlarning takroriy yigʻilishi chaqiriladi, yigʻilish, uning oʻtkaziladigan sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida kreditorlar lozim darajada xabardor etilgan boʻlsa, hozir boʻlgan kreditorlar sonidan qatʼi nazar, vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kreditor qarzdorga nisbatan eʼtirof etilgan talablarga ega boʻlsa, bunday kreditor kreditorlar yigʻilishida ovoz berish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar yigʻilishida bayonnoma yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar yigʻilishi bayonnomasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilayotgan sanadagi holatga koʻra kreditorlarning talablari reyestri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlarning vakillari vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar yigʻilishi ishtirokchilarining qayd varaqalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar yigʻilishi ishtirokchilariga tanishib chiqish va (yoki) tasdiqlash uchun taqdim etilgan materiallar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida kreditorlar va vakolatli organlar tegishli ravishda xabardor etilganligi dalillari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovoz berish byulletenlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud boshqaruvchisining ixtiyoriga koʻra yoki kreditorlar yigʻilishi qaroriga binoan boshqa hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar yigʻilishi bayonnomasi hamda unga ilova qilingan hujjatlar kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran ikki kundan kechiktirmay xoʻjalik sudiga topshirilishi kerak.
(10-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-300-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabardor etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lozim darajada xabardor etish deganda kreditorga, vakolatli organga, shuningdek ushbu Qonunning 10-moddasiga muvofiq kreditorlar yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boshqa shaxsga kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilishi haqidagi xabarni kreditorlar yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin pochta aloqasi orqali yoki bunday xabar kreditorlar yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida besh kun oldin olinishini taʼminlovchi boshqa usul bilan yuborish tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorni yoki kreditorlar yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boshqa shaxsni shaxsan xabardor qilish uchun zarur maʼlumotlarni aniqlash imkoni boʻlmaganda yoxud mazkur shaxslarni shaxsan xabardor etish imkonini bermaydigan boshqa holatlar mavjud boʻlgan taqdirda kreditorlar yigʻilishi haqidagi xabarning rasmiy nashrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda eʼlon qilinishi ana shunday shaxslarni tegishli ravishda xabardor etish deb eʼtirof etiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-son “Bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandiga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor yuridik shaxsning nomi va joylashgan eri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar yigʻilishining kun tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar yigʻilishi koʻrib chiqadigan materiallar bilan tanishish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar yigʻilishi ishtirokchilarini roʻyxatga olish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Kreditorlar yigʻilishini chaqirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar yigʻilishi sud boshqaruvchisining tashabbusi bilan, kreditorlar qoʻmitasining, pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha talablari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha talablar umumiy summasining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi kreditorlarning talabiga binoan yoxud kreditorlar umumiy sonining uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabda kreditorlar yigʻilishi kun tartibiga kiritilishi lozim koʻrilayotgan masalalar taʼriflangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud boshqaruvchisi kreditorlar qoʻmitasining yoki ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan kreditorlarning talabiga binoan chaqirilayotgan kreditorlar yigʻilishi kun tartibining masalalari taʼrifiga oʻzgartishlar kiritishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar yigʻilishi kreditorlar qoʻmitasining yoki ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan kreditorlarning talabiga binoan tegishli ariza bilan sud boshqaruvchisiga murojaat etilgan paytdan eʼtiboran kechi bilan oʻttiz kunlik muddat ichida sud boshqaruvchisi tomonidan chaqiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar yigʻilishi, agar kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, qarzdorning joylashgan erida (yashash joyida) oʻtkaziladi. Kreditorlarning birinchi yigʻilishini qarzdorning joylashgan erida (yashash joyida) oʻtkazishning iloji boʻlmasa, kreditorlarning birinchi yigʻilishi oʻtkaziladigan joy sud boshqaruvchisi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Kreditorlar yigʻilishining qaror qabul qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovozga qoʻyilgan masalalar yuzasidan kreditorlar yigʻilishi qarori yigʻilishda hozir boʻlgan kreditorlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir kreditor kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilayotgan sanadagi holatga koʻra umumiy kreditorlik qarzidagi oʻz ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar yigʻilishi quyidagi qarorlarni barcha kreditorlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va ularning muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish haqidagi qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish haqidagi qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud boshqaruvchisining tayinlanishi, almashtirilishi yoki vazifasidan ozod qilinishi toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish haqidagi qaror.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kreditorlarning yigʻilishida ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qarorlarni qabul qilish uchun kreditorlarning ovozlari zarur miqdorga yetmaydigan boʻlsa, kreditorlarning takroriy yigʻilishi chaqiriladi, yigʻilish, uning oʻtkaziladigan sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida kreditorlar lozim darajada xabardor etilgan boʻlsa, bunday qarorlarni yigʻilishda hozir boʻlgan kreditorlar sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilishga vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar kreditorlar yigʻilishining qarori ustidan xoʻjalik sudiga shikoyat berishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Kreditorlarning talablari reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning talablari reyestrini sud boshqaruvchisi yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning talablari hisobi reyestrda Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida yuritiladi. Kreditorlarning chet el valyutasida ifodalangan talablari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kreditorlarning talablari reyestrida hisobga olinadi. Kreditorlarning talablari reyestrida har bir kreditor haqidagi, pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha kreditor talablarining aniqlangan miqdori, har bir talabning qondirilish navbati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditor talablar bayon etilgan arizada oʻzi haqidagi maʼlumotlarni, shu jumladan firmaning toʻliq nomini, joylashgan erini (pochta manzilini), pasportga oid maʼlumotlarini (jismoniy shaxslar uchun), shuningdek bank rekvizitlarini (agar ular boʻlsa) koʻrsatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talablari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan shaxs oʻzi xususidagi maʼlumotlar oʻzgarganligi haqida, shuningdek qarzdorga nisbatan oʻz talablarining miqdori va tarkibi oʻzgarganligi, shu jumladan talablaridan uchinchi shaxslar foydasiga voz kechganligi haqida sud boshqaruvchisiga bir haftalik muddat ichida xabar berishi shart. Bunday maʼlumotlar taqdim etilmagan yoki oʻz vaqtida taqdim etilmagan taqdirda shu munosabat bilan yetkazilgan zararlar uchun sud boshqaruvchisi va qarzdor javobgar boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarga talablar reyestri bilan tanishish imkoniyati taʼminlanishi lozim. Sud boshqaruvchisi kreditor yoki uning vakili talabi bilan mazkur kreditorga yoki uning vakiliga talablari qondirilishining miqdori, tarkibi va navbati toʻgʻrisida bunday talab olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni mobaynida kreditorlarning talablari reyestridan koʻchirma yuborishi shart. Bunday koʻchirmani tayyorlash va yuborish xarajatlari kreditor zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning talablari reyestrini tuzishda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Kreditorlar qoʻmitasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar qoʻmitasi kreditorlarning manfaatlarini ifoda etadi hamda sud boshqaruvchilarining harakatlari ustidan nazorat olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar qoʻmitasi tarkibiga kreditorlar yigʻilishi tomonidan belgilanadigan miqdorda kreditorlar vakillari kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qarzdorning kreditorlari soni yigirmatadan kam boʻlsa, kreditorlar qoʻmitasining vazifalarini kreditorlar yigʻilishining qarori bilan kreditorlar yigʻilishi zimmasiga yuklash nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda kreditorlar qoʻmitasi quyidagilarga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud boshqaruvchisidan qarzdorning moliyaviy ahvoli va bankrotlik taomilining borishi toʻgʻrisida axborot taqdim etishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan xoʻjalik sudiga shikoyat berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etish uchun oʻz vakilini saylash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunda va sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv rejasida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar qoʻmitasi quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud boshqaruvchisining tayinlanishi, almashtirilishi yoki vazifasidan ozod qilinishi toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat etishni kreditorlar yigʻilishiga tavsiya qilish haqidagi qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning yirik bitimlarini hamda amalga oshirilishidan qarzdor manfaatdor boʻlgan bitimlarini tasdiqlash yoki ularni tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar qoʻmitasining yigʻilishida masalalarni hal etishda kreditorlar qoʻmitasining har bir aʼzosi bir ovozga ega boʻladi. Kreditorlar qoʻmitasining aʼzosi ovoz berish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar qoʻmitasining qarori kreditorlar qoʻmitasi aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar qoʻmitasi yigʻilishlarida qarzdor xodimlarining vakili, sud boshqaruvchisi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Kreditorlar qoʻmitasini saylash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar qoʻmitasining aʼzolari kreditorlar yigʻilishi tomonidan sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv va tugatishga doir ish yuritish amalga oshiriladigan davrga saylanadi. Kreditorlar yigʻilishining qaroriga binoan kreditorlar qoʻmitasi barcha aʼzolarining vakolatlari muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Bunday qaror bir paytning oʻzida faqat kreditorlar qoʻmitasining barcha aʼzolariga nisbatan qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eng koʻp ovoz olgan nomzodlar kreditorlar qoʻmitasi tarkibiga saylangan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar qoʻmitasining aʼzolari oʻz tarkibidan kreditorlar qoʻmitasining raisini saylashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kreditorlar qoʻmitasida aʼzolar besh kishidan ortiq boʻlsa, kreditorlar qoʻmitasi raisi saylanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Manfaatdor shaxslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor yuridik shaxsga nisbatan quyidagilar manfaatdor shaxslar deb eʼtirof etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq qarzdorga nisbatan bosh yoki tobe hisoblanuvchi yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning rahbari, shuningdek kuzatuv kengashi, kollegial ijroiya organi tarkibiga kiruvchi shaxslar, bosh buxgalter (buxgalter), shu jumladan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilmasidan oldingi bir yil davomida bekor qilingan hollarda ham;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan manfaatdor shaxs deyilganda uning xotini (eri), ota-onasi, buva-buvilari, aka-ukalari, opa-singillari hamda bolalari, nevaralari, chevaralari, evaralari, aka-uka va opa-singillarining bolalari, nevaralari, chevaralari, evaralari, xotinining (erining) ota-onasi, aka-ukalari va opa-singillari tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud boshqaruvchilariga, kreditorlarga nisbatan manfaatdor shaxslar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Sud boshqaruvchilari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy maʼlumotga hamda kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan, shuningdek bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organida attestatsiyadan oʻtgan shaxslar sud boshqaruvchilari etib tayinlanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-sentabrdagi 765-son qarori bilan tasdiqlangan Sud boshqaruvchilari, ularni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish va malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisida nizomga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud boshqaruvchilari etib quyidagilar tayinlanishi mumkin emas:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor yoki kreditorlarga nisbatan manfaatdor shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi tadbirkorlar, agar ularga nisbatan bankrotlik taomili joriy etilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari sud boshqaruvchisi vazifasini bajarayotgan paytda qarzdorga, kreditorlarga zarar yetkazgan va bu zararning oʻrnini qoplamagan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa shaxslarning ishlarini va (yoki) mol-mulkini boshqarish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishiga cheklov belgilangan shaxslar (bunday faoliyat bilan shugʻullanishdan mahrum etilgan yoki bunday faoliyatga noloyiq deb topilgan shaxslar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan asoslarga binoan, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar taqdim etgan dalillar boʻlgan taqdirda, sud boshqaruvchiligiga tavsiya etilgan nomzodni bu vazifaga tayinlashni rad etishga yoki sud boshqaruvchisini oʻz vazifasini bajarishdan ozod etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud boshqaruvchisi xoʻjalik sudi tomonidan vazifaga tayinlangan sanadan eʼtiboran oʻn kun ichida bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarga zarar yetkazilishi hodisasi uchun oʻz javobgarligini qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda sugʻurtalamogʻi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan talablar bankrotlikning soddalashtirilgan taomilini amalga oshirayotgan sud boshqaruvchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar yigʻilishi sud boshqaruvchisidan qarzdorning mol-mulkini sugʻurta qilish shartnomasini tuzishni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Sud boshqaruvchisining huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud boshqaruvchisi quyidagilarni amalga oshirishga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar yigʻilishini chaqirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda kreditorlar qoʻmitasi chaqirilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oldindan davlat boji toʻlamay turib, daʼvo arizalari va boshqa arizalar bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlarini amalga oshirishni taʼminlash uchun boshqa shaxslarni shartnoma asosida ular faoliyatiga qarzdorning mablagʻlari hisobidan haq toʻlagan holda, agar kreditorlar bilan tuzilgan bitimda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vazifasini bajarishni muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga ariza berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda qarzdorga, kreditorlarga va uchinchi shaxslarga zarar yetkazilgan boʻlsa, ularga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud boshqaruvchisining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud boshqaruvchisi bankrotlik taomillarini oʻtkazayotganda qarzdor va kreditorlarning manfaatlarini koʻzlab insof bilan va oqilona ish olib borishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Sud boshqaruvchilarining professional birlashmalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud boshqaruvchilarining professional birlashmalari sud boshqaruvchilarini ixtiyoriy asosda birlashtirib turuvchi nodavlat notijorat tashkilotlaridan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud boshqaruvchilarining professional birlashmalari sud boshqaruvchilarining kasb-kor darajasi yuksaltirilishi hamda saqlab turilishiga, ularning manfaatlari himoya etilishiga koʻmaklashmogʻi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud boshqaruvchilarining professional birlashmalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud boshqaruvchilarini tayyorlash dasturlarini ishlab chiqadi va bu dasturlarni bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz aʼzolarining taʼlimini va kasb-kor darajasi oshirilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professional birlashmaga aʼzo sud boshqaruvchilarining faoliyatini tahlil qilib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud boshqaruvchilarining professional birlashmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Sud boshqaruvchisining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud boshqaruvchisi zimmasiga ushbu Qonunga muvofiq yuklangan vazifalarning qarzdorga yoki kreditorlarga zarar yetkazilishiga olib kelgan tarzda bajarilmaganligi yoxud lozim darajada bajarilmaganligi sud boshqaruvchisining oʻz vazifasini bajarishdan ozod etilishi uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor, kreditorlar sud boshqaruvchisidan uning harakatlari (harakatsizligi) oqibatida yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Sud boshqaruvchisiga haq toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud boshqaruvchisiga vazifasini bajarganligi uchun haq toʻlashning miqdori va tartibi kreditorlar yigʻilishi tomonidan belgilanadi, xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlanadi hamda, agar kreditorlar bilan tuzilgan bitimda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qarzdorning mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar yigʻilishining qarori bilan sud boshqaruvchisiga uning faoliyati natijalariga qarab toʻlanadigan qoʻshimcha haq belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Bankrotlik sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik sohasini davlat tomonidan tartibga solishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, davlat boshqaruvi boshqa organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bankrotlik sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha bankrotlik taomillarida Oʻzbekiston Respublikasining kreditor tariqasidagi talablarini taqdim etishning yagona tartibini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud boshqaruvchilari sifatida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning attestatsiyadan oʻtish tartibini, ularga nisbatan malaka va kasbga oid talablarni hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritish tartibini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud boshqaruvchilari faoliyati tartibini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanatsiya fondini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan bankrot korxonalarning mol-mulkini realizatsiya qilish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-apreldagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Tarkibiy oʻzgartiriladigan korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korxonalarning mol-mulkini baholash va sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomiga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.02.00 Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov qobiliyatiga ega boʻlmay qolgan, zarar keltirib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning moliyaviy ahvoli monitoringini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari boʻyicha qarzi bor korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud boshqaruvchilari attestatsiyasini oʻtkazadi hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish, ularning sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarini kelishib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish qanday borayotganligi, shuningdek bunday korxonalarning bankrotligi taomillari jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda uni vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy ahvoli monitoringi yuritilayotgan korxonalarning rahbarlari yoki boshqa mansabdor shaxslariga mazkur korxonalar moliya-xoʻjalik faoliyati haqidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi uchun jarima soladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi haqidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.02.00 Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov qobiliyatiga ega boʻlmay qolgan, zarar keltirib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning moliyaviy ahvoliga oid maʼlumotlar elektron bazasini shakllantirishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari boʻyicha qarzi bor korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining koʻrsatmasiga binoan xoʻjalik sudiga murojaat etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududda joylashgan, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish qanday borayotganligi, shuningdek bunday korxonalarning bankrotligi taomillari jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududdagi korxonalarning bankrotligi jarayonlari monitoringini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisini belgilangan tartibda vazifasini bajarishdan ozod qilish zarurligi haqida bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga iltimosnoma bilan murojaat etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrotlikning soddalashtirilgan taomillari amalga oshirilayotganda, shuningdek ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarni tugatishga doir ish yuritish amalga oshirilayotganda xoʻjalik sudi muhokamasiga sud boshqaruvchiligiga nomzodlar taqdim etish huquqiga ega;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning rahbarlari yoki boshqa mansabdor shaxslariga mazkur korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati haqidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi uchun jarima soladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Korxonalarning iqtisodiy qodirligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish majburiyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik alomatlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari, davlat statistika organlari bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi va uning hududiy boshqarmalariga ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalar haqida maʼlumotlar taqdim etishlari, shuningdek bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining soʻroviga binoan korxonalarning iqtisodiy qodirligi toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlarni taqdim etishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Bankrotlik taomillari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor yuridik shaxsning bankrotligi toʻgʻrisidagi ish koʻrilayotganda quyidagi taomillar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatuv;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud sanatsiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Suddan tashqari bajariladigan taomillar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suddan tashqari bajariladigan taomillar sudgacha sanatsiya qilish yoki qarzdorni ixtiyoriy ravishda tugatish (faoliyatini tugatish) boʻlishi mumkin.
LexUZ sharhi
Yuridik shaxsni tugatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53—56-moddalarida nazarda tutilgan.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.03.00 Sudgacha sanatsiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II BOB. SUDGAChA SANATSIYA QILISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Sudgacha sanatsiya qilish asosi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudgacha sanatsiya qilish bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgunga qadar amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning 4-moddasida nazarda tutilgan bankrotlik alomatlari yuzaga kelgan taqdirda, qarzdorning rahbari bu haqda qarzdorning muassislariga (ishtirokchilariga), boshqaruv organlariga yoki qarzdorning mol-mulki egasiga yozma shaklda xabar qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlikning oldini olish maqsadida qarzdorning muassislari (ishtirokchilari), boshqaruv organi yoki qarzdorning mol-mulki egasi qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza xoʻjalik sudiga taqdim etilgunga qadar qarzdorni moliyaviy jihatdan sogʻlomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻradi. Qarzdorni moliyaviy jihatdan sogʻlomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar qarzdor bilan tuzilgan bitimga asosan kreditorlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ham koʻrilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Sudgacha sanatsiya qilishning obyekti va subyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudgacha sanatsiya qilishning obyekti qarzdor shaxsdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudgacha sanatsiya qilishning subyektlari qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari), qarzdorning mol-mulki egasi, davlat organlari va boshqa shaxslar boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Sudgacha sanatsiya qilishning asosiy chora-tadbirlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudgacha sanatsiya qilishning asosiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarni toʻla yoki qisman sotib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot chiqarishga moslab qayta ixtisoslashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanishi hamda faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning faoliyatni davom ettirishi uchun qarzdor bilan kreditorlar oʻrtasida kreditorlarga toʻlanadigan toʻlovlar muddatini kechiktirish va (yoki) uni boʻlib-boʻlib toʻlash yoxud qarzlardan siylov berish toʻgʻrisida ahdlashuvga erishishga qaratilgan bitim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy toʻlov majburiyatini bajarishni va kreditlarni qaytarishni sudgacha sanatsiya qilish muddatiga kechiktirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor yuridik shaxsni qayta tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudgacha sanatsiya qilish taomilida boshqa chora-tadbirlar ham boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organning qarori asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda oʻtkazish tartibi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudgacha sanatsiya qilish qarzdorga davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda oʻtkazilayotganda qarzdorga uning xizmat koʻrsatib kelayotgan bankdagi ishlab turgan hisobvaraqlari toʻxtatib qoʻyilib, soʻmlarda va (yoki) valyutada ish yuritadigan sanatsiya hisobvaragʻi ochiladi. Sanatsiya hisobvaragʻini ishlatish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda oʻtkazish muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish oʻn ikki oydan yigirma toʻrt oygacha muddatga joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya qilishni bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish uni oʻtkazishning belgilangan muddati tugaganligi yoki uning samarasizligi aniqlanganligi munosabati bilan bekor qilinishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish tartibi]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Fuqarolik va xoʻjalik sud ish yurituvi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III BOB. BANKROTLIK TOʻGʻRISIDAGI IShLARNI XOʻJALIK SUDIDA KOʻRISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish ushbu Qonunning 6-moddasiga muvofiq xoʻjalik sudiga murojaat etish huquqiga ega boʻlgan shaxsning (organning) arizasi asosida qarzdor joylashgan erdagi (yashash joyidagi) xoʻjalik sudi tomonidan qoʻzgʻatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlar Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha, ushbu Qonunda belgilangan oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda quyidagilar ishtirok etuvchi shaxslar deb hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud boshqaruvchisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar, ular tomonidan qarzdorga ushbu Qonunda belgilangan tartibda talablar taqdim etilgan paytdan eʼtiboran;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrotlik toʻgʻrisidagi ish prokurorning arizasi asosida koʻrilayotgan hollarda, prokuror.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunda nazarda tutilgan hollarda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda qarzdorning xodimlari vakili, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) vakili yoki qarzdorning mol-mulki egasi, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning vakili, kreditorlar yigʻilishi (kreditorlar qoʻmitasi) vakili hamda boshqa shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-modda. Qarzdorning arizasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning oʻzini bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasi xoʻjalik sudiga yozma shaklda beriladi va tegishincha qarzdor yuridik shaxsning rahbari yoki qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoxud ularning vakillari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlar talablarining qarzdor tomonidan eʼtiroz bildirilmayotgan miqdordagi summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning xodimlar hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, ularga mehnat haqini va toʻlanishi kerak boʻlgan ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlash borasidagi qarz summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mualliflik shartnomalari boʻyicha toʻlanishi kerak boʻlgan haq summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlarning talablarini toʻla hajmda qondirishga qodir emaslikning asosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorga taalluqli, sudlarning ish yuritishiga qabul qilingan daʼvo arizalari toʻgʻrisidagi, shuningdek soʻzsiz (akseptsiz) hisobdan chiqarish uchun taqdim etilgan ijro hujjatlari va boshqa hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdordagi bor mol-mulk, shu jumladan pul mablagʻlari, debitorlik qarzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning bankdagi hisobvaraqlari raqamlari, bankning pochta manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning oʻzini bankrot deb topish haqidagi arizasida bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni toʻgʻri hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar, shuningdek qarzdorda iltimosnomalar boʻlsa, ular ham koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning oʻzini bankrot deb topish haqidagi arizasida uning tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarga hamda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga qarzdor oʻz arizasidan nusxa yuborishi shart. Agar qarzdor ariza bergunga qadar qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili, qarzdorning xodimlari vakili saylangan (tayinlangan) boʻlsa, mazkur shaxslarga ham qarzdor arizasining nusxasi yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-modda. Qarzdorning arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning oʻzini bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasiga Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qarz borligini, shuningdek kreditorlarning talabini qarzdor toʻla hajmda qondirishga qodir emasligini, qarzdorning arizasiga asos boʻlgan boshqa holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning oʻzini bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasiga quyidagilar ham ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari, shuningdek yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning kreditorlari va debitorlari roʻyxati, uning kreditorlik va debitorlik qarzini izohlagan hamda kreditorlari va qarzdorlarining pochta manzillarini koʻrsatgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻnggi hisobot kunidagi holatga koʻra buxgalteriya balansi yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulki tarkibi va qiymati toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining qarzdor oʻzini bankrot deb topish toʻgʻrisida ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilishi haqidagi qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar qarzdorni bankrot deb topish haqidagi ariza berilgunga qadar qarzdor xodimlari yigʻilishi oʻtkazilib, unda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda ishtirok etish uchun qarzdorning xodimlari vakili saylangan boʻlsa, ana shu yigʻilish bayonnomasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlarning asl nusxasi yoki talab darajasida tasdiqlangan nusxalari ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-modda. Kreditorning arizasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasi xoʻjalik sudiga yozma shaklda beriladi. Kreditor yuridik shaxsning arizasi uning rahbari yoki vakili tomonidan, kreditor yakka tartibdagi tadbirkorning arizasi esa shu jismoniy shaxsning oʻzi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizachining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning pochta manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning pochta manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning kreditor oldidagi talab kelib chiqishiga sabab boʻlgan pul majburiyati miqdori, shuningdek uni bajarish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditor talablarining asosliligini tasdiqlovchi dalillar, shu jumladan sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, mazkur talablar qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar, notariusning ijro xati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish haqidagi arizasida bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni toʻgʻri hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar, shuningdek kreditorda iltimosnomalar boʻlsa, ular ham koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditor qarzdorga oʻz arizasidan nusxa yuborishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40-modda. Kreditorlar talablarini birlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasi turli majburiyatlar boʻyicha birlashtirilgan qarzdorlikka asoslangan boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar qarzdorga boʻlgan oʻz talablarini birlashtirishga hamda xoʻjalik sudiga bitta ariza bilan murojaat etishga haqli. Bunday ariza oʻz talablarini birlashtirgan kreditorlar tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41-modda. Kreditorning arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasiga Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qarzdorning kreditor oldidagi pul majburiyatlarini, shuningdek bu majburiyatlar boʻyicha qarzi borligini va uning miqdorini, kreditorning arizasiga asos boʻlgan boshqa holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorning uning vakili tomonidan imzolangan arizasiga arizani imzolagan shaxsning ariza berishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi ishonchnoma ham ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasiga, agar bor boʻlsa, quyidagilar ham ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorning qarzdorga boʻlgan talablarini koʻrib chiqqan sud qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro hujjati (ijro varaqasi, qarzdor tomonidan akseptlangan toʻlov talablari, notariusning ijro xati va boshqalar) yoki kreditor talablari qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining arizasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari boʻyicha qarzi bor korxonani bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasi xoʻjalik sudiga yozma shaklda, qarzdorning iqtisodiy nochorligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova etilgan holda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining arizasi xoʻjalik sudiga ushbu Qonunning 39 va 41-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43-modda. Davlat soliq xizmati organining va boshqa vakolatli organning arizasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organining va boshqa vakolatli organning qarzdorni majburiy toʻlovlar boʻyicha bankrot deb topish toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga beradigan arizasi ushbu Qonunning 39 va 41-moddalarida nazarda tutilgan talablarga javob berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organining va boshqa vakolatli organning qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasiga qonun hujjatlariga muvofiq majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzni qaytarib olishga doir chora-tadbirlar koʻrilganligi dalillari ilova qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditor manfaatlarini koʻzlab.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokurorning qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasi xoʻjalik sudiga ushbu Qonunning 39 va 41-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45-modda. Bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish va bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni qoʻzgʻatish yoki arizani qabul qilishni rad etish yoxud qaytarish toʻgʻrisidagi masalani sudya ariza tushgan paytdan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay hal etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudya qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi va ushbu Qonun talablariga rioya etilgan holda berilgan arizani oʻz ish yuritishiga qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudya qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani ish yuritishiga qabul qilar ekan, kuzatuvni joriy etish va muvaqqat boshqaruvchini tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudining qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish va bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni qoʻzgʻatish haqidagi ajrimi xoʻjalik sudi tomonidan davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga, qarzdor joylashgan erdagi (yashash joyidagi) sud ijrochisiga yuboriladi. Qarzdor yuridik shaxsning oʻziga nisbatan bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ajrimning nusxasini oʻzining vakolatxonalari va filiallari joylashgan erdagi shunday shaxslarga (organlarga) yuborish majburiyati uning oʻziga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ushbu Qonun 5-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan shart buzilgan boʻlsa, sudya qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Qonunning 37—44-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa, sudya arizani qaytaradi. Ariza bilan murojaat etish qarzdorning rahbari uchun majburiy boʻlgan va arizaga ushbu Qonunning 38-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan hollarda bunday ariza xoʻjalik sudi tomonidan qabul qilinadi, yetishmayotgan hujjatlar esa bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida talab qilib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46-modda. Kreditorlarning talablarini taʼminlashga doir chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxsning arizasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksiga muvofiq kreditorlar talablarini taʼminlashga doir chora-tadbirlar koʻrishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning talablarini taʼminlashga doir, Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksida nazarda tutilgan chora-tadbirlardan tashqari xoʻjalik sudi bitimlarni sud boshqaruvchisi roziligisiz tuzishni taqiqlab qoʻyishga, qarzdorga qimmatli qogʻozlarni, valyuta qimmatliklarini va boshqa mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxslarga topshirishni yuklashga hamda qarzdorning mol-mulki saqlanishini taʼminlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar koʻrishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning talablarini taʼminlashga doir chora-tadbirlar tegishincha xoʻjalik sudi tomonidan bankrotlik taomillaridan birini joriy etish toʻgʻrisida yoki xoʻjalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topishni rad etish haqida qaror qabul qilingunga qadar yoxud xoʻjalik sudi tomonidan kelishuv bitimi tasdiqlangunga qadar amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelgunga qadar kreditorlarning talablarini taʼminlashga doir chora-tadbirlarni bekor qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudining kreditorlarning talablarini taʼminlashga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar tomonidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47-modda. Qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza yuzasidan qarzdorning yozma fikri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudining kreditor, prokuror, davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organdan qarzdorni bankrot deb topish haqida ariza qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi ajrimini olgan kundan eʼtiboran qarzdor besh kunlik muddat ichida xoʻjalik sudiga, arizachiga va bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga mazkur ariza yuzasidan yozma fikrini yuborishga, shuningdek arizada koʻrsatilmagan barcha kreditorlarni oʻziga nisbatan bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganligidan xabardor qilishga haqli. Qarzdorning xoʻjalik sudiga yuborayotgan yozma fikriga mazkur yozma fikrning nusxasi arizachiga hamda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza yuzasidan yozma fikrda Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksida nazarda tutilgan maʼlumotlar koʻrsatiladi. Qarzdorning yozma fikri yoʻqligi bankrotlik toʻgʻrisidagi ish koʻrilishiga monelik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash sudya tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda, ushbu Qonunda belgilangan oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza tushgan kundan eʼtiboran sudya oʻn kundan kechiktirmay kuzatuvni joriy etish haqidagi masalani hal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning talablari yuzasidan qarzdorda eʼtirozlar boʻlsa, sudya qarzdorning eʼtirozlari asosliligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyaning qarzdor eʼtirozlari (muvaqqat boshqaruvchi iltimosnomalari) asosliligini tekshirishi bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishning belgilangan muddatiga kamida bir oy muhlat qolganda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi qarzdorning eʼtirozlari asosliligini koʻrib chiqish natijalari asosida mazkur talablarni kreditorlarning talablari reyestriga kiritish yoki mazkur reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Ajrimda kreditorlarning, agar ularga nisbatan qarzdorning eʼtirozlari asossiz deb topilgan boʻlsa, talablari miqdori va ularni qondirish navbati koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning talablari yuzasidan qarzdorning eʼtirozlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xoʻjalik sudi chiqargan ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning amal qilishini toʻxtatib qoʻymaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash paytida, shuningdek bankrotlik toʻgʻrisidagi ish koʻrilayotganda xoʻjalik sudi qarzdorning moliyaviy ahvolini aniqlash uchun ekspertiza tayinlashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish xoʻjalik sudining majlisida qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi haqida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran ikki oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilishi lozim. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish alohida hollarda ikki oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
(49-moddaning qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-300-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud hujjatlari, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, darhol ijro etilishi lozim. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud hujjatining koʻchirma nusxasi sud tomonidan darhol qarzdorning turgan joyidagi (yashash joyidagi) sud ijrochisiga yuboriladi.
(50-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51-modda. Qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi qaror
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud sanatsiyasini, tashqi boshqaruvni joriy etish, kelishuv bitimini tasdiqlash yoki bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish uchun asoslar boʻlmaganda, xoʻjalik sudining qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi qarori ushbu Qonunning 4-moddasida nazarda tutilgan bankrotlik alomatlari aniqlangan hollarda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudining qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi qarorida qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash, tugatish boshqaruvchisini tayinlash va unga haq toʻlash haqidagi koʻrsatma aks ettirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudining qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudining qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi qarorida qarzdorning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi oʻz kuchini yoʻqotganligi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi tomonidan kuzatuvni, sud sanatsiyasini, tashqi boshqaruvni joriy etish, bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish, sud boshqaruvchisini tayinlash, almashtirish yoki vazifasidan ozod qilish haqida chiqarilgan ajrimlar haqidagi, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qarorlar, mazkur hujjatlarni oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinganligi haqidagi maʼlumotlar rasmiy nashrda eʼlon qilinadi. Rasmiy nashrning tiraji, davriyligi va shunday maʼlumotlarni eʼlon qilish muddati, koʻrsatiladigan xizmatlarni moliyalashtirish tartibi hamda bunday xizmatlarning narxlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi va istalgan manfaatdor shaxsning mazkur maʼlumotlardan erkin foydalana olishi uchun monelik qilmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunga muvofiq eʼlon qilinishi lozim boʻlgan sud hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda elektron ommaviy axborot vositalarida ham eʼlon qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud boshqaruvchisi eʼlon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni tegishli sud hujjati olingan sanadan eʼtiboran uch kun ichida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan rasmiy nashr manziliga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eʼlon qilish uchun yuborilgan sud hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish bu maʼlumotlar olingan paytdan eʼtiboran yetti kun ichida amalga oshiriladi.
(52-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-300-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlarni eʼlon qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash, agar ushbu Qonunda yoki kreditorlar yigʻilishining yoxud kreditorlar qoʻmitasining qarorida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qarzdorning pul mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Qarzdorda pul mablagʻlari boʻlmasa, bunday maʼlumotlarni eʼlon qilish haqini toʻlashni sud boshqaruvchisi amalga oshiradi, bu mablagʻlar keyinchalik qarzdorning mol-mulki hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorda eʼlon qilish xarajatlarini qoplashga yetarli mol-mulk boʻlmasa, xarajatlarni qoplash qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etgan kreditor hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi tomonidan chiqarilgan sud hujjatlari haqidagi maʼlumotlar boshqa ommaviy axborot vositalarida ham eʼlon qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53-modda. Bankrotlik taomillari jarayoni haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik taomillari jarayoni haqidagi maʼlumotlar rasmiy nashrda eʼlon qilinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlarni eʼlon qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qarzdorning mol-mulki hisobidan yoki kreditorlar yigʻilishi yoxud kreditorlar qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. Qarzdorda eʼlon qilish xarajatlarini qoplashga yetarli mol-mulk boʻlmasa, xarajatlarni qoplash kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qarzdorning kreditorlari soni ellik kishidan ortiq boʻlsa yoki ularning sonini aniqlash mumkin boʻlmasa, qarzdorga nisbatan qoʻllaniladigan har bir bankrotlik taomili boshlanishi haqidagi maʼlumotlar ham rasmiy nashrda eʼlon qilinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasining qarori asosida eʼlon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlar boshqa ommaviy axborot vositalarida ham eʼlon qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik taomillari jarayoni haqidagi eʼlon qilingan maʼlumotlarda quyidagilar boʻlishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning pochta manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud hujjatini qabul qilgan xoʻjalik sudining nomi, shu sud hujjati qabul qilingan sana va joriy qilingan bankrotlik taomili nomi, shuningdek bankrotlik toʻgʻrisidagi ishning tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa axborot.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54-modda. Xoʻjalik sudining qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudining qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrotlik alomatlari aniqlanmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik sudi bankrotlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror qabul qilgunga qadar kreditorlarning bildirilgan talablari qondirilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soxta bankrotlik aniqlanganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudining qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorda yetarli miqdorda likvid mol-mulk borligidan shohidlik beruvchi dalillar boʻlgan taqdirda xoʻjalik sudi qarzdorning iltimosnomasiga binoan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishni keyinga qoldirishga, qarzdorga kreditorlarning talablarini xoʻjalik sudi tomonidan belgilangan muddatda qondirishni taklif etishga haqli, bu muddat oʻttiz kundan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55-modda. Qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza qabul qilinganligi va (yoki) kuzatuv joriy etilganligi oqibati boʻlgan barcha cheklovlarning amal qilishi tugatilishi uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni toʻxtatib turish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritish Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha toʻxtatib turilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni toʻxtatib turish xoʻjalik sudi tomonidan sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan ariza va shikoyatlarni, shuningdek kreditorlarning talablari miqdori, tarkibi va ularni qondirish navbatiga doir kelishmovchiliklarni koʻrib chiqishga monelik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritish toʻxtatib turilgan taqdirda xoʻjalik sudi ushbu Qonunning 50-moddasida nazarda tutilgan sud hujjatlarini qabul qilishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni toʻxtatib turish xoʻjalik sudi tomonidan ushbu Qonunda nazarda tutilgan ajrimlarni chiqarish uchun, shuningdek sud boshqaruvchisi va bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirishi uchun monelik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58-modda. Sud xarajatlarini va sud boshqaruvchilariga haq toʻlash xarajatlarini taqsimlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud xarajatlari, shu jumladan toʻlov kechiktirilgan yoki boʻlib-boʻlib toʻlanadigan davlat boji boʻyicha xarajatlar, maʼlumotlarni ushbu Qonunning 52 va 53-moddalarida nazarda tutilgan tartibda rasmiy nashrda eʼlon qilish xarajatlari, shuningdek sud boshqaruvchilariga haq toʻlash xarajatlari qarzdorning mol-mulkiga tegishli boʻlib, ana shu mol-mulk hisobidan navbatdan tashqari qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimida ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan xarajatlarni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi qarzdorning bankrotligi alomatlari yoʻqligi munosabati bilan qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlar xoʻjalik sudiga kreditorning qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasi bilan murojaat etgan kreditorlarga tegishli boʻladi va kreditorlar oʻrtasida ularning talablariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud xarajatlarini va sud boshqaruvchilariga haq toʻlash xarajatlarini taqsimlash tartibi xoʻjalik sudining bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorida yoki ajrimida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv yoki tugatishga doir ish yuritish jarayonida sud boshqaruvchisi ushbu Qonunga muvofiq bergan arizalar, shu jumladan oʻzi bilan kreditorlar oʻrtasida, oʻzi bilan qarzdor oʻrtasida kelib chiqqan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida bergan arizalar, shuningdek kreditorlarning oʻz huquq va qonuniy manfaatlari buzilganligi xususidagi shikoyatlari bu ariza va shikoyatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatdan kechiktirmay xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi. Sud boshqaruvchisining arizasiga, kreditorning shikoyatiga mazkur arizani yoki shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga ularning nusxalari yuborilganligiga oid dalillar ilova qilinmogʻi lozim. Mazkur arizalar va shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan xoʻjalik sudi ajrim chiqaradi. Bu ajrim ustidan qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
(59-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-300-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat shartnomasi asosida ishlovchi shaxslarga mehnat haqi toʻlash va ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlash boʻyicha talablarning miqdori va tarkibi xususida sud boshqaruvchisi va qarzdor xodimlarining vakili oʻrtasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakillari tomonidan ularning huquq va qonuniy manfaatlarini buzayotgan sud boshqaruvchisi harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan shikoyatlar ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudining ajrimi ustidan shikoyat berish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan berilgan, shuningdek ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibni buzgan holda yoki tegishli ariza yoxud shikoyatni tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmasdan berilgan ariza va shikoyatlar qaytarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xoʻjalik sudi chiqargan ajrimlarni qayta koʻrish yuzasidan ish yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda arizalar, shikoyatlar (iltimosnomalar) va kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xoʻjalik sudi chiqargan ajrim Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksida belgilangan tartibda ushbu moddada nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda qayta koʻrilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish yuzasidan xoʻjalik sudining ajrimlari chiqarilgan paytdan eʼtiboran oʻn kun oʻtgandan keyin qonuniy kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda kelishmovchiliklarni koʻrib chiqishda ishtirok etgan shaxslar apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudining ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ajrimiga apellatsiya shikoyati kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan xoʻjalik sudi ajrim chiqargan paytdan eʼtiboran oʻn kun ichida beriladi va u xoʻjalik sudiga kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn kun ichida koʻrib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan xoʻjalik sudining apellatsiya instansiyasi chiqargan ajrimlar kassatsiya va nazorat tartibida qayta koʻrib chiqilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61-modda. Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonaning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ish yuritishning oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar korxonaning ustav fondida davlat ulushi boʻlsa, xoʻjalik sudi bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganligi haqida bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganligi haqidagi xabarni olgan kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida xoʻjalik sudiga sudgacha sanatsiya qilish oʻtkazilishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi xususidagi oʻz qarorini maʼlum qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar sudgacha sanatsiya qilish oʻtkazilishiga rozi boʻlgan taqdirda bankrotlik toʻgʻrisidagi ish tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar sudgacha sanatsiya qilish oʻtkazilishiga rozi boʻlmagan taqdirda bankrotlik toʻgʻrisidagi ish muhokamasi ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.06.00 Kuzatuv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV BOB. KUZATUV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62-modda. Kuzatuvni joriy etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganda xoʻjalik sudi qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani ish yuritishiga qabul qilgan sanadan eʼtiboran joriy etiladi, ushbu Qonunga muvofiq bankrotlikning boshqa taomili qoʻllanilishi lozim boʻlgan hollar bundan mustasno. Bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan taqdirda xoʻjalik sudining arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimida kuzatuv joriy etilganligi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63-modda. Kuzatuvni joriy etish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv joriy etilgan paytdan eʼtiboran:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkiy undiruvlar boʻyicha ijro hujjatlarini ijro etish toʻxtatib turiladi, ish haqi boʻyicha, mualliflik shartnomalari boʻyicha haqlarni, alimentlarni toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirish haqidagi, shuningdek hayot yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi, xoʻjalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilingan paytga qadar qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlarini ijro etish bundan mustasno. Xoʻjalik sudining arizani ish yuritishga qabul qilish va bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ajrimi ijro hujjatlarini ijro etishni toʻxtatib turish uchun asos boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor yuridik shaxs muassislarining (ishtirokchilarining) uning tarkibidan muassislari (ishtirokchilari) chiqib ketishi munosabati bilan qarzdorning mol-mulkidan ulushni (payni) ajratish haqidagi talablarini qondirish taqiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
emissiya qimmatli qogʻozlari boʻyicha dividendlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash taqiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muqobil bir xildagi talabni hisobga olish yoʻli bilan qarzdorning pul majburiyatlarini tugatishga, basharti bunda ushbu Qonunning 134 va 169-moddalarida nazarda tutilgan kreditorlarning talablarini qondirish navbati buzilsa, yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdordan pul mablagʻlarini olish toʻgʻrisidagi talablar qarzdorga talablar qoʻyishning faqat ushbu Qonunda belgilangan tartibiga rioya etilgan holda qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64-modda. Kuzatuv jarayonida qarzdor vakolatlarining cheklanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuvning joriy etilishi qarzdorning rahbarini hamda qarzdorning ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan cheklovlar bilan oʻz vakolatlarini amalga oshirishni davom ettirayotgan boshqa boshqaruv organlarini chetlashtirish uchun asos hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning boshqaruv organlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas mol-mulkni ijaraga, garovga berish bilan yoki shu mol-mulkni boshqa usulda tasarruf etish bilan bogʻliq bitimlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning balans qiymati qarzdor aktivlari balans qiymatining oʻn foizidan koʻprogʻini tashkil etadigan mol-mulkini tasarruf etish bilan bogʻliq bitimlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zayomlar (kreditlar) olish va berish, kafolat xatlari va kafolatlar berish, talab qilish huquqlaridan oʻzga shaxs foydasiga voz kechish, qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish, shuningdek qarzdorning mol-mulkini ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish bilan bogʻliq bitimlarni faqat muvaqqat boshqaruvchining yozma roziligiga binoan tuzishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning boshqaruv organlari quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqli emas:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorni qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) va tugatish toʻgʻrisidagi qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarni tuzish haqidagi yoki boshqa yuridik shaxslarning ishtiroki toʻgʻrisidagi qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dividendlar toʻlash yoki qarzdorning daromadini (foydasini) uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisidagi qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor tomonidan obligatsiyalar va boshqa emissiya qogʻozlarini joylashtirish toʻgʻrisidagi qaror, aksiyalar chiqarish haqidagi qaror bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari chiqarilgan aksiyalarni aksiyadorlardan sotib olish toʻgʻrisidagi qaror.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65-modda. Muvaqqat boshqaruvchini tayinlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlar yoki bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi taklif etgan nomzodlar orasidan xoʻjalik sudi tomonidan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudining muvaqqat boshqaruvchini tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimida unga toʻlanadigan haq miqdori va uni toʻlash tartibi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvaqqat boshqaruvchiga toʻlanadigan haq miqdori kreditorlar yigʻilishining qarori asosida xoʻjalik sudi tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvaqqat boshqaruvchi uni oʻz vazifasini bajarishdan ozod etish toʻgʻrisidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvaqqat boshqaruvchining uni oʻz vazifasini bajarishdan ozod etish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi qanoatlantirilgan taqdirda xoʻjalik sudi kreditorlar taklif etgan nomzodlar orasidan yangi muvaqqat boshqaruvchini tayinlaydi. Muvaqqat boshqaruvchining nomzodi koʻrsatilmagan boʻlsa, xoʻjalik sudi muvaqqat boshqaruvchini bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi taklif etgan nomzodlar orasidan tayinlaydi. Muvaqqat boshqaruvchi yangi muvaqqat boshqaruvchi tayinlangunga qadar oʻz vazifasini bajarishni davom ettiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66-modda. Muvaqqat boshqaruvchining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvaqqat boshqaruvchi quyidagilarga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida, shuningdek qarzdor tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan talablar buzilgan holda tuzilgan yoki ijro etilgan oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarining qoʻllanilishi haqida xoʻjalik sudiga oʻz nomidan talablar qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning 63-moddasida nazarda tutilgan hollarda kuzatuv davrida kreditorlarning talablarini bajarishga eʼtiroz bildirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlarning talablari boʻyicha qarzdorning taqdim etilgan eʼtirozlari asosliligi sudya tomonidan tekshirilishida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrish haqidagi, shu jumladan muvaqqat boshqaruvchining roziligisiz ushbu Qonunning 64-moddasida nazarda tutilmagan bitimlar tuzishni taqiqlash haqidagi, mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxslarga berish haqidagi, shuningdek bunday choralarni bekor qilish haqidagi iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning boshqaruv organlari muvaqqat boshqaruvchining talabiga binoan unga qarzdorning faoliyatiga taalluqli har qanday axborotni taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67-modda. Muvaqqat boshqaruvchining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvaqqat boshqaruvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini taʼminlash choralarini koʻrishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning kreditorlarini aniqlashi, kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi, qarzdorga nisbatan kuzatuv joriy etilgani haqida kreditorlarni xabardor qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvaqqat boshqaruvchi kuzatuv tugagandan keyin, lekin xoʻjalik sudi majlisining belgilangan sanasiga kamida besh kun qolganda xoʻjalik sudiga oʻz faoliyati haqidagi hisobotni, qarzdorning moliyaviy ahvoli haqidagi maʼlumotlarni hamda qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligi haqidagi takliflarni, kreditorlarning birinchi yigʻilishi bayonnomasini ushbu Qonunning 10-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68-modda. Kuzatuvni joriy etish haqida xabar qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorga nisbatan kuzatuv joriy etilganligi haqidagi xabarni muvaqqat boshqaruvchi oʻzi tayinlangan paytdan eʼtiboran uch kun ichida rasmiy nashrda ushbu Qonunning 52-moddasida nazarda tutilgan tartibda eʼlon qilish uchun yuborishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvaqqat boshqaruvchi ish haqi boʻyicha qarzni toʻlash talabini qoʻyadigan kreditorlardan tashqari qarzdorning aniqlangan barcha kreditorlarini qarzdorga nisbatan kuzatuv joriy etilganligi toʻgʻrisida xoʻjalik sudi ajrim chiqarganligi haqida kuzatuv joriy etilganligiga oid xabar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning rahbari qarzdorning xodimlarini, muassislarini (ishtirokchilarini) yoki qarzdor mol-mulkining egasini qarzdorga nisbatan kuzatuvni joriy etish haqida xoʻjalik sudi tomonidan ajrim chiqarilganligi toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish haqi boʻyicha qarzni toʻlash talabini qoʻyadigan kreditorlardan tashqari kreditorlarga kuzatuv joriy etilganligini xabar qilish kreditor tomonidan shunday xabar olingan sanani belgilash imkoniyatini beradigan usulda kreditorga xabar yuborish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish haqi boʻyicha qarzni toʻlash talabnomalari yuzasidan kreditorlarni xabardor qilish qarzdor xodimlarining umumiy yigʻilishini chaqirish va oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning muassislarini (ishtirokchilarini) xabardor qilish muassislar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishini chaqirish yoki yuridik shaxsning qonun hujjatlariga yoxud taʼsis hujjatlariga muvofiq muassislarning (ishtirokchilarning) umumiy yigʻilishini chaqirish huquqiga ega boʻlgan organiga qarzdorga nisbatan kuzatuvni joriy etish haqida xabar yuborish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorga nisbatan kuzatuvni joriy etish haqidagi xabarda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning pochta manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorga nisbatan kuzatuv joriy etish toʻgʻrisida ajrim chiqargan xoʻjalik sudining nomi, bunday ajrim chiqarilgan sana va bankrotlik toʻgʻrisidagi ishning tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xabarni joʻnatuvchining (muvaqqat boshqaruvchining yoki qarzdor rahbarining) xohishiga koʻra boshqa axborot.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69-modda. Qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil etish qarzdorga tegishli mol-mulk sud xarajatlarini, sud boshqaruvchilariga haq toʻlash xarajatlarini qoplash uchun yetarliligini, shuningdek qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvaqqat boshqaruvchi qarzdorning moliyaviy ahvolini, shu jumladan qarzdorning mol-mulki boʻlsa, shu mol-mulkni inventarizatsiya qilish natijalarini moliyaviy tahlil qilish, mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni tahlil qilish asosida qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligi toʻgʻrisidagi takliflarni, bankrotlikning keyingi taomillarini joriy etish maqsadga muvofiqligi asoslarini tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilish natijasida qarzdorga tegishli mol-mulk sud xarajatlarini qoplash uchun yetarli emasligi aniqlansa, kreditorlar faqat sud xarajatlarini qoplash manbalari aniqlangan taqdirda tashqi boshqaruvni joriy etish haqida xoʻjalik sudiga iltimosnoma bilan murojaat etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning birinchi yigʻilishida ishtirok etish uchun qarzdorga nisbatan kuzatuv joriy etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot rasmiy nashrda eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida kreditorlar oʻz talablarini qarzdorga taqdim etishga haqli. Kreditorlarning talablari kreditorlar tomonidan sud hujjatini yoki shu talablarning asosliligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni ilova qilgan holda xoʻjalik sudiga, qarzdorga va muvaqqat boshqaruvchiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning aniqlangan deb topish uchun asosga ega boʻlgan talablariga qarzdor oʻz eʼtirozlarini xoʻjalik sudiga quyidagi hollarda yuborishga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar tomonidan talabni aniqlangan deb topish uchun asos tariqasida taqdim etilgan sud hujjatini bekor qiluvchi yoki oʻzgartiruvchi, xuddi shuningdek uning amal qilishini toʻxtatib turuvchi yoxud ijrosi usulini va tartibini oʻzgartiruvchi qonuniy kuchga kirgan sud hujjati boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditor tomonidan talablarni aniqlangan deb topish uchun asos tariqasida taqdim etilgan hujjatni bekor qiluvchi yoki oʻzgartiruvchi (qarzni tan olish, notariusning ijro xati va boshqalar), xuddi shuningdek uning amal qilishini toʻxtatib turuvchi hujjat boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditor tomonidan talabni aniqlangan talablar jumlasiga kiritish dalili tariqasida taqdim etilgan hujjat boʻyicha qarzni uzish muddatlarini, tartibini va shartlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qarzdor va kreditor oʻrtasida bitim tuzilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor qarzni toʻliq yoki qisman uzgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talab bildirilgan majburiyatdagi shaxsning oʻzgarganligiga dalillar boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlarning ushbu Qonunga muvofiq aniqlangan deb topiladigan talablariga oʻz eʼtirozlarini, agar kreditorning talablarini aniqlanganlar jumlasiga kiritish dalili tariqasida oʻz qarzining qarzdor tomonidan tan olinganligidan dalolat beruvchi hujjat taqdim etilgan boʻlsa va muvaqqat boshqaruvchida qarzdorning qarzni tan olish boʻyicha harakatlari boshqa kreditorlarning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzadi va (yoki) asossizdir deb hisoblash uchun yetarli asoslar boʻlsa, xoʻjalik sudiga yuborishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning, muvaqqat boshqaruvchining kreditorlar talablariga eʼtirozlari tegishli talablar olingan paytdan eʼtiboran bir haftalik muddat ichida xoʻjalik sudiga taqdim etilishi mumkin. Kreditorlarning talablari, agar ular ustidan eʼtirozlar tushgan boʻlsa, xoʻjalik sudi majlisida koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish natijalari asosida mazkur talablarni kreditorlarning talablari reyestriga kiritish yoki bunday reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisida xoʻjalik sudi ajrim chiqaradi. Kreditorning qarzdor yoki muvaqqat boshqaruvchi tomonidan koʻrsatilgan muddatda eʼtirozlar taqdim etilmagan talabi kreditorlarning talablari reyestriga kreditor tomonidan bildirilgan miqdorda kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning talablari asossiz yoki lozim darajadagi dalillar bilan tasdiqlanmagan deb topilsa, kreditorlarning tegishli arizalari qaytarilishi kerak. Mazkur talablar bankrotlikning keyingi taomillarini amalga oshirish jarayonida taqdim etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71-modda. Kreditorlarning birinchi yigʻilishini chaqirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlarning birinchi yigʻilishi oʻtkaziladigan sanani belgilaydi va bu haqda barcha aniqlangan kreditorlarni, qarzdor xodimlarining vakilini, shuningdek kreditorlarning birinchi yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxslarni (organlarni) xabardor qiladi. Kreditorlarning birinchi yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida xabardor qilish muvaqqat boshqaruvchi tomonidan ushbu Qonunning 11-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Kreditorlarning birinchi yigʻilishi qarzdorni bankrot deb topish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida xoʻjalik sudi chiqargan ajrimda xoʻjalik sudi majlisini oʻtkazishning belgilangan sanasiga kamida besh kun muddat qolganida oʻtkazilishi lozim.
(71-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-300-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar birinchi yigʻilishining ovoz berish huquqiga ega boʻlgan ishtirokchilari talablari ushbu Qonun 70-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda taqdim etilgan va kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning birinchi yigʻilishida qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili va qarzdorning xodimlari vakili maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etish huquqiga ega. Kreditorlar yigʻilishida mazkur shaxslarning yoʻqligi yigʻilishni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72-modda. Kreditorlarning birinchi yigʻilishida koʻriladigan masalalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning birinchi yigʻilishi vakolatiga quyidagi qarorlarni qabul qilish kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish haqida iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar qoʻmitasining miqdoriy tarkibi, uning aʼzolarini saylash toʻgʻrisidagi qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining, tashqi boshqaruvchining yoki tugatuvchi boshqaruvchining nomzodlarini maʼqullash toʻgʻrisidagi qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarga doir qaror.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73-modda. Kreditorlar birinchi yigʻilishining sud sanatsiyasini joriy etish haqida xoʻjalik sudiga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar birinchi yigʻilishining sud sanatsiyasini joriy etish haqida iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarorida sud sanatsiyasining taklif qilinayotgan muddati va qarzni uzishning maʼqullangan jadvali boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud sanatsiyasini joriy etish haqida iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kreditorlarning birinchi yigʻilishi muvaqqat boshqaruvchini vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat etishga haqli. Kreditorlar yigʻilishining xoʻjalik sudiga beriladigan mazkur iltimosnomasida sanatsiya qiluvchi boshqaruvchilikka tayinlash uchun nomzod taklif qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74-modda. Kreditorlar birinchi yigʻilishining tashqi boshqaruvni joriy etish, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida xoʻjalik sudiga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar birinchi yigʻilishining tashqi boshqaruvni joriy etish haqida iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarorida tashqi boshqaruvning taklif qilinayotgan muddati va tashqi boshqaruvchilikka nomzod, shuningdek u haqdagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar birinchi yigʻilishining qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarorida tugatishga doir ish yuritishning taklif qilinayotgan muddati va tugatuvchi boshqaruvchilikka nomzod, shuningdek u haqdagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75-modda. Kuzatuvni tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi kreditorlarning birinchi yigʻilishi qarori asosida, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi yoki sud sanatsiyasini yoxud tashqi boshqaruvni joriy etish haqida ajrim chiqaradi yoki kelishuv bitimini tasdiqlaydi va bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kreditorlarning birinchi yigʻilishida bankrotlik taomillaridan birini qoʻllash haqida qaror qabul qilinmagan boʻlsa yoki xoʻjalik sudiga uning qarorlaridan hech biri ushbu Qonunning 10-moddasida belgilangan muddatda taqdim etilmagan boʻlsa, xoʻjalik sudi bankrotlik alomatlari boʻlgan taqdirda, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kreditorlarning birinchi yigʻilishi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa yoxud xoʻjalik sudiga uning qarorlaridan hech biri taqdim etilmagan boʻlsa, xoʻjalik sudi qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining, shuningdek uchinchi shaxsning (shaxslarning) iltimosnomasiga binoan, arizachilar tomonidan qarzdorning majburiyatlari ijrosining qarzni uzish jadvaliga muvofiq taʼminoti taqdim etilgan taqdirda sud sanatsiyasini joriy etish toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi yoki tashqi boshqaruvchi yoxud tugatuvchi boshqaruvchi tayinlangunga qadar uning vazifasini bajarish ilgari muvaqqat boshqaruvchi vazifasini bajarib turgan shaxs zimmasiga toʻla hajmda yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi tomonidan qarzdor bankrot deb topilgan va tugatishga doir ish yuritish boshlangan yoki sud sanatsiyasi yoxud tashqi boshqaruv joriy etilgan yoki kelishuv bitimi tasdiqlangan paytdan eʼtiboran kuzatuv tugatiladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.07.00 Sud sanatsiyasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V BOB. SUD SANATSIYASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76-modda. Sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv jarayonida qarzdor, qarzdor muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi, shuningdek uchinchi shaxs (shaxslar) sud sanatsiyasini joriy etish haqida xoʻjalik sudiga murojaat qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan kreditorlarning birinchi yigʻilishiga yoxud sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnoma bilan bevosita xoʻjalik sudiga murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnomasiga sud sanatsiyasining taklif qilinayotgan muddati va qarzni uzish jadvali koʻrsatilgan holda qarzdorning sud sanatsiyasi rejasi ilova qilinmogʻi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud sanatsiyasini joriy etish haqida xoʻjalik sudiga murojaat etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan kreditorlar yigʻilishiga murojaat qilgan shaxslar mazkur iltimosnomani va unga ilova qilinadigan hujjatlarni kreditorlarga bu hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini berish maqsadida kreditorlar yigʻilishi oʻtkaziladigan sanaga kamida ikki hafta qolganida muvaqqat boshqaruvchiga taqdim etishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulki egasining sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnomasiga sud sanatsiyasining rejasi, qarzni uzish jadvali, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) umumiy yigʻilishining bayonnomasi uning sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnoma bilan kreditorlar yigʻilishiga murojaat etish uchun ovoz bergan muassislari (ishtirokchilari) hamda bu shaxslar tomonidan qarzni uzish jadvali qarzdor tomonidan ijro etilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi hujjatlar koʻrsatilgan holda ilova qilinmogʻi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchinchi shaxsning (shaxslarning) sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnomasiga qarzni uzish jadvali va qarzdorning qarzni uzish jadvalini bajarishi uchinchi shaxs (shaxslar) tomonidan taʼminlanishiga oid dalillar ilova qilinmogʻi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud sanatsiyasini joriy etish haqida xoʻjalik sudiga murojaat qilish toʻgʻrisida kreditorlarning yigʻilishiga bir necha shaxs iltimosnoma bilan murojaat etgan taqdirda qarzdorning qarzni uzish jadvalini bajarishi bu shaxslarning har biri tomonidan taʼminlanishi ular oʻrtasidagi bitimga binoan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning qarzni uzish jadvalini bajarish yuzasidan majburiyatlari sud sanatsiyasini joriy etish haqida xoʻjalik sudi ajrim chiqargan paytdan eʼtiboran taʼminlangan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiyatlarni bajarish taʼminoti berilganligi toʻgʻrisidagi bitim, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, yozma shaklda tuziladi. Kreditorlar tarafidan mazkur bitimni kreditorlar yigʻilishining (kreditorlar qoʻmitasining) vakili, xoʻjalik sudining tashabbusi bilan sud sanatsiyasi joriy etilganda esa muvaqqat boshqaruvchi, boshqa tarafdan qarzdorning majburiyatlarni qarzni uzish jadvaliga muvofiq bajarishi taʼminotini bergan shaxslar (bundan buyon matnda majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslar deb yuritiladi) imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiyatlarni bajarishning berilgan taʼminoti miqdori qarzdor majburiyatlarining sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi masala yuzasidan kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilishi oldidan oxirgi hisobot sanasidagi holatga koʻra balansda aks ettirilgan miqdoridan kamida yigirma foiz ortiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qarzdorning qarzni uzish jadvalini bajarishi taʼminotining predmeti boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzni uzish jadvaliga oʻzgartishlar kiritilganligi, shuningdek qarzdorga nisbatan bankrotlikning yangi taomili joriy etilganligi majburiyatlarni bajarishning berilgan taʼminotini tugatish uchun asos boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78-modda. Sud sanatsiyasini joriy etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud sanatsiyasi xoʻjalik sudi tomonidan kreditorlar yigʻilishining qarori asosida joriy etiladi, ushbu Qonun 75-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudining sud sanatsiyasini joriy etish toʻgʻrisidagi ajrimida sud sanatsiyasining muddati koʻrsatilishi, unda xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlangan qarzni uzish jadvali, majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslar haqidagi, bunday taʼminotning miqdori va shakllari, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchini tayinlash va unga toʻlanadigan haq miqdori haqidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudining sud sanatsiyasini joriy etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud sanatsiyasi koʻpi bilan yigirma toʻrt oylik muddatga joriy etiladi, bu muddat majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslar kreditorlarning talablarini qondirishi uchun xoʻjalik sudi tomonidan koʻpi bilan olti oyga uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79-modda. Sud sanatsiyasini joriy etish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud sanatsiyasi oʻtkazilayotganda qarzdorning boshqaruv organlari oʻz vakolatlarini ushbu bobda belgilangan cheklovlar bilan amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud sanatsiyasi joriy etilgan paytda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlarning talablarini taʼminlash yuzasidan ilgari qabul qilingan choralar bekor qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning mol-mulkini xatlash va qarzdorga nisbatan uning oʻziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarini boshqacha tarzda cheklovlar faqat bankrotlik taomili doirasida joriy etilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud sanatsiyasi paytida yuzaga kelgan pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka (jarima, penya) va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sanksiyalar, toʻlanishi lozim boʻladigan foizlar qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzni uzish jadvaliga muvofiq qondirilishi lozim boʻlgan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha kreditorning talablari summasiga Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasida nazarda tutilgan tartibda va miqdorda foizlar hisoblanadi. Bu foizlar sud sanatsiyasini joriy etish haqida xoʻjalik sudi ajrim chiqargan paytdan eʼtiboran va kreditorning talabini qanoatlantirish paytigacha, agar bunday qanoatlantirish roʻy bermasa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish paytigacha kreditorning talablari summasiga qoʻshib yozilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar yigʻilishining, majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslarning yoki sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining qarzdorning rahbari sud sanatsiyasi rejasini bajarmaganligi yoxud lozim darajada bajarmaganligi haqidagi yoki qarzdorning rahbari qarzdorning, kreditorlarning, majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzadigan harakatlar (harakatsizlik) sodir etganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan iltimosnomasiga binoan xoʻjalik sudi qarzdorning rahbarini vazifasini bajarishdan chetlashtirishga haqli. Bunday hollarda xoʻjalik sudi qarzdorning rahbari vazifasini ijro etishni sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining zimmasiga yuklashga haqli. Xoʻjalik sudi qarzdorning rahbarini vazifasini bajarishdan chetlashtirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, bu ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi kreditorlar yigʻilishining yoxud kreditorlar qoʻmitasining roziligisiz qarzdorni qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) va tugatish haqida qaror qabul qilishga, qarzdor esa quyidagi bitimlarni tuzishga haqli emas:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas mol-mulkni ijaraga, garovga berish, mazkur mol-mulkni xoʻjalik shirkatlari hamda masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida qoʻshish yoki bunday mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish bilan bogʻliq bitimlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning balans qiymati qarzdor aktivlari balans qiymatining oʻn foizidan ortigʻini tashkil etuvchi mol-mulkini tasarruf etish bilan bogʻliq bitimlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zayomlar (kreditlar) olish va berish, kafillik va kafolatlar berish, talab qilish huquqlaridan oʻzganing foydasiga voz kechish, qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish, shuningdek qarzdorning mol-mulkini ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish bilan bogʻliq bitimlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar muayyan bitimlarni tuzishdan sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi yoki kreditorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor boʻladigan boʻlsa, ayni ana shunday bitimlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi va kreditorlar qarzdorning bitimlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topishni talab qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80-modda. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlar yigʻilishi yoki majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslar tomonidan xoʻjalik sudiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi sud sanatsiyasi joriy etilgan paytdan eʼtiboran va sud sanatsiyasi tugagunga qadar yoki muddatidan ilgari tugatilgunga qadar faoliyat yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi oʻz vazifasini bajarishdan arizasiga binoan yoki kreditorlar yigʻilishining yoxud majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslarning iltimosnomasiga binoan, shuningdek ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda xoʻjalik sudi tomonidan ozod qilinishi mumkin. Xoʻjalik sudining sanatsiya qiluvchi boshqaruvchini oʻz vazifasidan ayni bir paytda yangi sanatsiya qiluvchi boshqaruvchini tayinlagan holda ozod qilish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud sanatsiyasi paytida qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanishi munosabati bilan bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishning tugatilishi sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining vakolatlari tugashiga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar xoʻjalik sudi tomonidan tashqi boshqaruvni joriy etish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa hamda tashqi boshqaruvchi yoki tugatish boshqaruvchisi etib boshqa shaxs tayinlangan boʻlsa, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi ishlar tashqi boshqaruvchiga yoki tugatish boshqaruvchisiga oʻtkaziladigan paytga qadar oʻz vazifasini bajarishni davom ettirib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81-modda. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi quyidagilarga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning rahbaridan qarzdorning joriy faoliyati toʻgʻrisida va sud sanatsiyasi rejasida nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilishi hamda qarzni uzish jadvali bajarilishi jarayoni haqida axborot talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning rahbaridan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun pul mablagʻlari oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor tomonidan mol-mulkning inventarizatsiyasi oʻtkazilgan taqdirda unda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar joriy talablarini qarzdor oʻz vaqtida bajarishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonun 79-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda qarzdorning bitimlari va qarorlarini kelishib olish hamda mazkur bitimlar va qarorlar haqida kreditorlarga axborot taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning 59 va 70-moddalarida belgilangan hollarda va tartibda qarzdorning kreditorlar talablarini tan olish yoki bunday talablarni aniqlangan deb topish uchun asoslarni tasdiqlash boʻyicha harakatlari yoxud qarzdorning kreditorlar talablarini koʻrib chiqish borasidagi harakatsizligi ustidan xoʻjalik sudiga shikoyat berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonun 79-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda qarzdorning rahbarini vazifasini bajarishdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrish haqidagi, shu jumladan mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxslarga oʻtkazish, shuningdek bunday choralarni bekor qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82-modda. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning 12-moddasida nazarda tutilgan hollarda kreditorlarning yigʻilishini chaqirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor tomonidan taqdim etilayotgan sud sanatsiyasi rejasi va qarzni uzish jadvali bajarilishi jarayoni haqidagi hisobotlarni koʻrib chiqishi hamda kreditorlarning yigʻilishiga tegishli xulosalarni taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud sanatsiyasi rejasi amalga oshirilishining borishi haqida kreditorlar yigʻilishiga va kreditorlar qoʻmitasiga, shuningdek agar korxona ustav fondida davlat ulushi boʻlsa, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga axborot taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83-modda. Sud sanatsiyasi rejasi va qarzni uzish jadvali
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning rahbari, qarzdor muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi tomonidan tayyorlangan sud sanatsiyasi rejasida qarzni uzish jadvaliga muvofiq kreditorlarning talablarini qondirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni sud sanatsiyasi jarayonida qarzdor tomonidan olish usullari nazarda tutilishi lozim. Sud sanatsiyasi rejasi kreditorlar yigʻilishi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud sanatsiyasi rejasi qarzdorning korxonasi (biznesi) yoki qarzdor mol-mulkining bir qismi sotilishini nazarda tutishi mumkin. Qarzdorning korxonasi (biznesi) yoki qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish ushbu Qonunning 110 va 111-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzni uzish jadvali barcha kreditorlar oldidagi qarzning uzilishini nazarda tutishi kerak. Qarzni uzish jadvali xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning sud sanatsiyasi jarayonida yuzaga kelgan majburiyatlari yuzasidan kreditorlarning talablarini qondirish ushbu Qonunning 133, 134 va 169-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor qarzni uzish jadvalini muddatidan ilgari bajarishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84-modda. Qarzni uzish jadvaliga oʻzgartishlar kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor qarzni uzish jadvalini bajarmagan hollarda (qarzning belgilangan muddatlarda va (yoki) belgilangan hajmlarda uzilmaganligi), qarzdor talablarni bajarish sanasi boshlangan paytdan eʼtiboran ikki hafta muddat ichida qarzni uzish jadvaliga kiritish moʻljallanayotgan oʻzgartishlarni maʼqullash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan kreditorlarga murojaat qilishga haqli. Iltimosnomaning nusxasi sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga yuboriladi. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi iltimosnoma olingan paytdan eʼtiboran ikki haftadan kechiktirmay shu iltimosnoma asosida kreditorlar yigʻilishini chaqiradi. Qarzni uzish jadvaliga oʻzgartishlar kiritish haqida qaror qabul qilingan taqdirda kreditorlar yigʻilishi qarzni uzish jadvaliga oid oʻzgartishlarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganligi haqida oʻz vaqtida xabar qilinmagan va qarzni uzish jadvali xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlanganidan keyin ishga qoʻshilgan kreditorning talablari yoki majburiyatlarni bajarish muddati kuzatuv jarayonida boshlangan talablar xoʻjalik sudining ajrimi asosida qarzni uzish jadvaliga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi faqat kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan talablar xususida qarzni uzish jadvaliga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85-modda. Sud sanatsiyasining muddatidan ilgari tamomlanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning qarzni uzish jadvalida nazarda tutilgan barcha talablari sud sanatsiyasining xoʻjalik sudi tomonidan belgilangan muddati oʻtishidan oldin qarzdor tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda qarzdorning rahbari sud sanatsiyasi muddatidan ilgari tamomlanganligi haqida ushbu Qonunning 87-moddasida nazarda tutilgan tartibda xoʻjalik sudiga hisobot taqdim etadi. Qarzdor rahbarining sud sanatsiyasi muddatidan ilgari tamomlanganligi haqidagi hisoboti va kreditorlarning shikoyatlari xoʻjalik sudi tomonidan majlisda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi talablari qarzni uzish jadvaliga kiritilgan barcha kreditorlarni qarzdor rahbarining sud sanatsiyasi muddatidan ilgari tamomlanganligi haqidagi hisobotini koʻrib chiquvchi sud majlisining sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor rahbarining sud sanatsiyasini muddatidan ilgari tamomlanganligi haqidagi hisobotini, shuningdek kreditorlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish yakunlari asosida xoʻjalik sudi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar uzilmagan qarz qolmaganligi aniqlangan, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilgan boʻlsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlaydi va bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni toʻxtatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar uzilmagan qarz borligi aniqlangan va kreditorlarning shikoyatlari asosli deb topilgan boʻlsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlash va bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish yoki mazkur hisobotni tasdiqlashni rad etish haqida xoʻjalik sudi ajrim chiqaradi, bu ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86-modda. Sud sanatsiyasini muddatidan ilgari tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud sanatsiyasini muddatidan ilgari tugatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar talablarini qanoatlantirishning qarzni uzish jadvalida belgilangan muddatlari sud sanatsiyasi jarayonida qarzdor tomonidan bir necha marta yoki bir marta jiddiy ravishda (bir oydan ortiq muddatga) buzilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor qarzni uzish jadvalini bajarishga qodir emasligidan aniq-ravshan dalolat beruvchi holatlarning mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi oʻz tashabbusiga koʻra yoki kreditorlar qoʻmitasining qarori asosida ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran ikki hafta ichida sud sanatsiyasini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilish haqidagi masalani koʻrib chiqish uchun kreditorlar yigʻilishini chaqirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning rahbari kreditorlar yigʻilishiga qarzni uzish jadvali va sud sanatsiyasi rejasi bajarilishining yakunlari toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi shart. Hisobotga qarzdorning soʻnggi hisobot sanasidagi holatga koʻra buxgalteriya balansi, qarzdorning daromadlari (foydasi) va zararlari haqidagi hisobot, qanoatlantirilgan talablar miqdori koʻrsatilgan holda kreditorlarning talablari reyestri va kreditorlar talablari qanoatlantirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak. Qarzdor rahbarining hisoboti bilan bir vaqtda sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi kreditorlarning yigʻilishiga qarzdor rahbarining hisoboti yuzasidan oʻz xulosasini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar yigʻilishi qarzdor rahbarining hisobotini, shuningdek sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining mazkur hisobot boʻyicha xulosasini koʻrib chiqish yakunlariga koʻra tashqi boshqaruvni joriy etish haqida yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasiga kreditorlar yigʻilishi bayonnomasining nusxasi, shuningdek kreditorlar yigʻilishi tomonidan qabul qilingan qarorga qarshi ovoz bergan yoki ushbu masala yuzasidan ovoz berishda ishtirok etmagan kreditorlarning shikoyatlari ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasi asosida tashqi boshqaruvni joriy etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87-modda. Sud sanatsiyasining tamomlanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud sanatsiyasining belgilangan muddati tugashiga kamida oʻn besh kun qolganida qarzdorning rahbari oʻtkazilgan sud sanatsiyasi natijalari toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga hisobot taqdim etishi shart. Mazkur hisobotga qarzdorning soʻnggi sanadagi holatga koʻra buxgalteriya balansi, qarzdorning moliyaviy natijalari toʻgʻrisidagi hisobot, qanoatlantirilgan talablar miqdori va mazkur qanoatlantirishni tasdiqlovchi hujjatlar koʻrsatilgan holda kreditorlarning talablari reyestri, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining qarzdor rahbari hisoboti boʻyicha xulosasi, talablari qanoatlantirilmagan kreditorlarning shikoyatlari ilova qilinishi lozim. Qarzdor rahbarining oʻtkazilgan sud sanatsiyasi natijalari toʻgʻrisidagi hisoboti va kreditorlarning shikoyatlari xoʻjalik sudi tomonidan majlisda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi talablari qarzni uzish jadvaliga kiritilgan barcha kreditorlarni qarzdor rahbarining oʻtkazilgan sud sanatsiyasi natijalari haqidagi hisobotini koʻrib chiquvchi sud majlisining sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor rahbarining oʻtkazilgan sud sanatsiyasi natijalari haqidagi hisobotini, shuningdek kreditorlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish yakunlari asosida xoʻjalik sudi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar uzilmagan qarz qolmaganligi aniqlangan, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilgan boʻlsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlaydi va bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni toʻxtatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar uzilmagan qarz borligi aniqlangan va kreditorlarning shikoyatlari asosli deb topilgan boʻlsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etgan taqdirda tashqi boshqaruvni joriy etish toʻgʻrisida ajrim yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88-modda. Majburiyatlarning taʼminot bergan shaxslar tomonidan bajarilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning taʼminot bergan shaxslardan majburiyatlar bajarilishini talab qilish huquqi xoʻjalik sudi sud sanatsiyasini tugatish yoki tamomlash toʻgʻrisida ajrim chiqargan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi. Majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslarga nisbatan talablar kreditorlar yigʻilishining (kreditorlar qoʻmitasining) vakili yoki sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi tomonidan taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslarning majburiyatlarni bajarishi natijasida olingan pul mablagʻlari kreditorlar bilan hisob-kitob qilish maqsadida qarzdorning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar qarzdor tomonidan ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Mazkur Qonunning 133, 134 va 138-moddalariga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi kreditorlar talablarining qanoatlantirilganligi dalillari taqdim etilgan paytdan eʼtiboran kreditorlarning talablari reyestriga tegishli yozuvni kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89-modda. Taʼminotdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish yakunlari toʻgʻrisidagi hisobot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlangach yoki xoʻjalik sudi tomonidan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun belgilangan muddat oʻtgach, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi qarzdorning majburiyatlarni shaxslar tomonidan taʼminot berilgan holda bajarishi yakunlari toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga hisobot taqdim etishi shart. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisoboti va kreditorlarning shikoyatlari xoʻjalik sudi tomonidan majlisda koʻrib chiqiladi. Hisobotga doir talablar, shuningdek uni taqdim etish va koʻrib chiqish tartibi ushbu Qonunning 116 va 117-moddalarida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar uzilmagan qarz qolmaganligi aniqlangan, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilgan boʻlsa, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlaydi va bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar uzilmagan qarz borligi aniqlangan va kreditorlarning shikoyatlari asosli deb topilgan boʻlsa, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlashni rad etadi hamda tashqi boshqaruvni joriy etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi yoxud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90-modda. Taʼminot bergan shaxslarning majburiyatlarni bajarmasligi oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslar tomonidan shu taʼminotdan kelib chiqadigan majburiyatlar kreditorlarning talablarini qondirish uchun xoʻjalik sudi belgilagan muddatda bajarilmagan hamda tashqi boshqaruvni joriy etish uchun asoslar boʻlmagan taqdirda, xoʻjalik sudi qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslar tomonidan shu taʼminotdan kelib chiqadigan majburiyatlar kreditorlarning talablarini qondirish uchun xoʻjalik sudi belgilagan muddatda bajarilmaganligi qonun hujjatlariga muvofiq ushbu shaxslarning qarzdorning kreditorlar oldidagi majburiyatlari yuzasidan solidar yoki subsidiar javobgarligiga sabab boʻladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.08.00 Tashqi boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI BOB. TAShQI BOShQARUV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91-modda. Tashqi boshqaruvni joriy etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyati aniqlangan boʻlsa, tashqi boshqaruv kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasi, mol-mulkida davlat ulushi boʻlgan korxonalar boʻyicha esa bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining arizasi asosida xoʻjalik sudi tomonidan joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudining tashqi boshqaruvni joriy etish toʻgʻrisidagi ajrimi darhol ijro etilishi kerak va bu ajrim ustidan qonun hujjatlarida belgilangan muddatda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruv, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, oʻn ikki oydan yigirma toʻrt oygacha muddatga joriy etiladi. Sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvning jami muddati oʻttiz olti oydan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruv uchun belgilangan muddat kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasiga, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining qaroriga yoki tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan xoʻjalik sudi tomonidan ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatlar doirasida qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92-modda. Tashqi boshqaruvni joriy etish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan eʼtiboran:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning rahbari oʻz vazifasini bajarishdan chetlashtiriladi, qarzdorning ishlarini boshqarish tashqi boshqaruvchi zimmasiga yuklatiladi. Tashqi boshqaruvchi qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi yoki mazkur rahbarni boshqa ishga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq chiqarishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning boshqaruv organlari vakolatlari tugatiladi. Qarzdorning rahbari va qarzdorning boshqa boshqaruv organlari vakolatlari tashqi boshqaruvchiga oʻtadi, ushbu Qonunga muvofiq boshqa shaxslarga (organlarga) oʻtadigan vakolatlar bundan mustasno. Qarzdorning boshqaruv organlari tashqi boshqaruvchi tayinlangan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida qarzdorning buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlari, muhrlari va shtamplari, moddiy va boshqa qimmatliklari tashqi boshqaruvchiga topshirilishini taʼminlashi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlarning talablarini taʼminlash yuzasidan ilgari koʻrilgan chora-tadbirlar bekor qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning mol-mulkini xatlash va qarzdorga nisbatan uning oʻziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarini boshqacha tarzda cheklovlar faqat bankrotlik taomili doirasida qoʻllanilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlari yuzasidan kreditorlar talablarining qondirilishiga nisbatan moratoriy joriy etiladi, ushbu Qonunning 93-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruv tugaganidan keyin pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha kreditorlarga qarzdor toʻlashi shart boʻlgan neustoyka (jarima, penya), shuningdek yetkazilgan zarar summalari tashqi boshqaruvni joriy etish paytidagi mavjud miqdorlarda toʻlash uchun taqdim etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93-modda. Kreditorlarning talablarini qondirishga nisbatan moratoriy
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning talablarini qondirishga nisbatan moratoriy tashqi boshqaruv joriy etilgunga qadar bajarilish muddati kelgan pul majburiyatlariga va (yoki) majburiy toʻlovlarga tatbiq etiladi, qarzdorga nisbatan kuzatuv va (yoki) sud sanatsiyasi joriy etilganidan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar yuzasidan moratoriyning amal qilish muddati mobaynida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
undiruv soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatlari va boshqa hujjatlar boʻyicha undiruvga yoʻl qoʻyilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun neustoyka (jarima, penya) va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sanksiyalar qoʻllanilmaydi, qarzdorga nisbatan kuzatuv va (yoki) sud sanatsiyasi joriy etilganidan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar, shuningdek toʻlanishi lozim boʻlgan foizlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdagi pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha kreditorlar talablarining summasiga Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasida nazarda tutilgan tartibda va miqdorda foizlar hisoblanadi. Bu foizlar qarzdorga nisbatan tashqi boshqaruv joriy etilgan sanadan eʼtiboran bir navbatdagi talablarga va xoʻjalik sudi tomonidan shu navbat talablari boʻyicha kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash haqida ajrim chiqariladigan sanaga qadar yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinadigan paytga qadar hisoblanadi. Hisoblab chiqarilgan foizlar summasi kreditorga asosiy qarz summasini toʻlash bilan bir vaqtda toʻlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moratoriy tashqi boshqaruvchi shartnomani bajarishdan ushbu Qonunning 102-moddasiga muvofiq bosh tortganligi oqibatida yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi kreditorlar talablariga ham tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar bajarilish muddati tashqi boshqaruv joriy etilganidan keyin boshlangan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moratoriyning amal qilishi fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablariga, alimentlar undirishga hamda mualliflik shartnomalari asosida haq toʻlashga doir talablariga, shuningdek qarzdor qaysi fuqaroning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻlsa, ana shu fuqaroning talablariga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94-modda. Tashqi boshqaruvchilikka nomzod taqdim etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvni joriy qilish haqida xoʻjalik sudiga iltimosnoma bilan murojaat etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kreditorlar yigʻilishi tashqi boshqaruvchilikka nomzodni maʼqullaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlar yigʻilishiga har qanday kreditor tomonidan yoki bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi tomonidan taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar yigʻilishi tomonidan qaror qabul qilishning ushbu Qonunning 13-moddasida nazarda tutilgan tartibiga muvofiq kreditorlarning eng koʻp ovozini olgan shaxsning nomzodi xoʻjalik sudiga taklif etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi tashqi boshqaruvni kreditorlar yigʻilishining tashqi boshqaruvni joriy etish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish haqidagi qarori boʻlmagan holda joriy etayotgan boʻlsa, kreditorlar yigʻilishi tashqi boshqaruvchilikka nomzodni xoʻjalik sudi tashqi boshqaruvni joriy etish toʻgʻrisida ajrim chiqargan paytdan eʼtiboran uch haftalik muddat ichida koʻrib chiqish, maʼqullash va xoʻjalik sudiga taqdim etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlar yigʻilishi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, xoʻjalik sudi bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi tomonidan taklif etilgan nomzodlar orasidan tashqi boshqaruvchini tayinlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95-modda. Tashqi boshqaruvchini tayinlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchi xoʻjalik sudi tomonidan tashqi boshqaruvni joriy etish bilan bir paytda tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchini tashqi boshqaruvni joriy etish bilan bir paytda tayinlashning imkoni boʻlmasa, xoʻjalik sudi tashqi boshqaruvchini tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan eʼtiboran bir oylik muddat ichida tayinlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchini tayinlash toʻgʻrisida xoʻjalik sudi ajrim chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorlar yigʻilishining qarori asosida. Bunday hollarda kreditorlar yigʻilishining qarorida tashqi boshqaruvchilikka tavsiya etilayotgan yangi nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining qarori asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uning oʻz arizasiga binoan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning 18-moddasiga muvofiq tashqi boshqaruvchi etib tayinlanishiga monelik qiladigan holatlar aniqlangan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchini oʻz vazifasini bajarishdan ozod etish toʻgʻrisidagi ajrim darhol ijro etilishi kerak va uning ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) bunday ajrimning ijro etilishini toʻxtatib qoʻymaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97-modda. Tashqi boshqaruvchining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchi rahbarlik vakolatlarini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchi quyidagilarga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar yigʻilishini hamda kreditorlar qoʻmitasini chaqirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning 101-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarni hisobga olgan holda qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor nomidan kelishuv bitimi tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar ushbu Qonunda yoki kreditorlar bilan kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, oʻzining vazifalarini amalga oshirish uchun boshqa shaxslarni ularning faoliyatiga qarzdor mablagʻlaridan haq toʻlagan holda shartnoma asosida ishga jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vazifalarini bajarishni muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga ariza berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning 102-moddasida belgilangan tartibda qarzdorning shartnomalarini bajarish rad etilishini maʼlum qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor bankrotlikka olib borilganligi munosabati bilan qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar boʻladigan uchinchi shaxslarga nisbatan tashqi boshqaruvchi oʻz vakolatlarini amalga oshirish chogʻida talablar qoʻyishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99-modda. Kreditorlarning talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar qarzdorga nisbatan oʻz talablarini tashqi boshqaruv amal qilayotgan muddatning istalgan vaqtida taqdim etishga haqli. Mazkur talablar tashqi boshqaruvchiga qarzdorning pochta manzili boʻyicha yuboriladi. Kreditorlarning ushbu modda toʻrtinchi qismiga muvofiq aniqlangan deb eʼtirof etiladigan talablari bu talablarni aniqlangan deb belgilash imkonini beruvchi hujjatlar ilova etilgan holda tashqi boshqaruvchiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchi kreditorlarning taqdim etilgan talablarini koʻrib chiqadi va ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha kreditorlarning talablari reyestriga tegishli talab olinganidan keyin uzogʻi bilan ikki hafta ichida tegishli yozuv kiritadi. Tashqi boshqaruvchi koʻrib chiqish natijalari haqida tegishli kreditorni kreditorning talablari olingan paytdan eʼtiboran uzogʻi bilan bir oylik muddat ichida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchining kreditorlar talablarini koʻrib chiqishi natijalari yuzasidan eʼtirozlarni bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrayotgan xoʻjalik sudiga kreditor bu natijalardan xabardor boʻlgan paytdan eʼtiboran bir oylik muddat ichida bildirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatda eʼtirozlar bildirilmagan talablari tashqi boshqaruvchi tomonidan aniqlanadigan miqdorda, tarkibda va ularni qondirish navbatida aniqlangan talablar deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100-modda. Kreditorlarning eʼtirozlarini koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning tashqi boshqaruvchi tomonidan aniqlangan talablari miqdori, tarkibi va ularni qondirish navbati xususidagi ushbu Qonunning 99-moddasida belgilangan muddatlarda berilgan eʼtirozlari xoʻjalik sudi tomonidan mazkur eʼtirozlar olingan sanadan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning eʼtirozlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xoʻjalik sudi ajrim chiqaradi, ajrimda kreditorlarning qaysi talablariga nisbatan eʼtirozlar asosli deb topilgan boʻlsa, kreditorlarning shu talablari miqdori, tarkibi va ularni qondirish navbati koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar eʼtirozlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xoʻjalik sudi chiqargan ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish doirasida kreditorlarning eʼtirozlarini koʻrib chiqish chogʻida chiqarilgan ajrimlar va boshqa sud hujjatlari alohida ish yuritishda kreditorlarning qarzdorga nisbatan talablarini koʻrib chiqishda preyuditsial kuchga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor xodimlari vakilining mehnat haqi toʻlash va mehnat shartnomasi boʻyicha ishlovchi shaxslarga ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlash boʻyicha qarzning miqdori va tarkibi toʻgʻrisidagi eʼtirozlari ham ushbu moddada belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101-modda. Qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning mol-mulki egasi yoki taʼsis hujjatlari bilan vakolat berilgan organlar qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish boʻyicha qaror qabul qilishga yoxud tashqi boshqaruvchining vakolatlarini boshqacha tarzda cheklashga haqli emas, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ushbu Qonunda yoki tashqi boshqaruv rejasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, yirik bitimlar va manfaatdorlik nazarda tutilgan bitimlar tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat kreditorlar yigʻilishining yoki kreditorlar qoʻmitasining roziligi bilan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yirik bitimlarga balans qiymati qarzdorning koʻchmas mol-mulkini yoki bitim tuzish paytidagi aktivlari balans qiymatining oʻn foizidan koʻprogʻini tashkil etuvchi boshqa mol-mulkini tasarruf etishga olib keluvchi bitimlar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimni tuzgan taraflardan biri tashqi boshqaruvchiga yoki kreditorga nisbatan manfaatdor shaxs boʻlsa, bunday bitimlar manfaatdorlik nazarda tutilgan bitimlar deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102-modda. Qarzdorning shartnomalarini bajarishdan bosh tortish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchi qarzdorning bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilgunga qadar tuzilgan shartnomalarini tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan eʼtiboran uch oylik muddat ichida bajarishdan bosh tortishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning shartnomalarini bajarishdan bosh tortish faqat barcha taraflar tomonidan toʻliq yoki qisman bajarilmagan shartnomalarga nisbatan, quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda bildirilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning shartnomasini bajarish muqoyasa qilsa boʻladigan holatlarda tuziladigan ayni shunday shartnomalarga qiyoslanganda qarzdor uchun zarar keltiradigan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga tuzilgan) yoki faqat uzoq istiqbolda qarzdor uchun ijobiy natijalar olishga moʻljallangan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning shartnomalarini bajarishdan bosh tortish faqat barcha taraflar tomonidan toʻliq yoki qisman bajarilmagan shartnomalarga nisbatan, qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashga monelik qiluvchi boshqa holatlar boʻlgan taqdirda ham bildirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda shartnoma barcha taraflar tomonidan shunday shartnoma yuzasidan tashqi boshqaruvchining shartnomani bajarishdan bosh tortishi toʻgʻrisidagi arizasi olingan paytdan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomani tuzgan taraflardan biri, agar unga nisbatan qarzdor rad qilishni bildirgan boʻlsa, qarzdordan shartnomani bajarishdan bosh tortganlik oqibatida kelib chiqqan haqiqiy zararning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103-modda. Qarzdor tuzgan bitimlarning haqiqiy emasligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor tuzgan bitim, shu jumladan uning tashqi boshqaruv joriy etilgunga qadar tuzgan bitimi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan xoʻjalik sudi tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor bilan manfaatdor shaxs oʻrtasida tuzilgan bitim, agar mazkur bitimning bajarilishi natijasida kreditorlarga zarar yetkazilgan boʻlsa yoki zarar yetkazilishi mumkin boʻlsa, tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan xoʻjalik sudi tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza qabul qilinganidan keyin qarzdor bilan muayyan kreditor yoki oʻzga shaxs oʻrtasida tuzilgan bitim, agar mazkur bitim qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha ayrim kreditorlarning talablari boshqa kreditorlarning talablariga nisbatan afzalroq qondirilishiga olib kelsa, tashqi boshqaruvchining yoki kreditorning arizasiga binoan xoʻjalik sudi tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilganidan keyin yoki qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisida ariza berilishidan oldingi olti oy ichida qarzdor yuridik shaxs tomonidan tuzilgan, qarzdorning ishtirokchisi qarzdorning ishtirokchilari tarkibidan chiqqanligi munosabati bilan unga mol-mulkdagi ulushini toʻlash (ajratib berish) bilan bogʻliq boʻlgan bitim tashqi boshqaruvchining yoki kreditorning arizasiga binoan xoʻjalik sudi tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin, shunday bitim boʻyicha olingan barcha narsalar qarzdorga qaytariladi. Bunday hollarda ushbu Qonunning 134-moddasiga muvofiq ishtirokchi oltinchi navbatdagi kreditor deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104-modda. Qarzdorning tashqi boshqaruv jarayonida yuzaga kelgan pul majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning tashqi boshqaruv joriy etilishi jarayonida yuzaga kelgan pul majburiyatlari miqdori kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq kreditorlar talablari summasining yigirma foizidan ortiqrogʻini tashkil etgan hollarda qarzdorning yangi pul majburiyatlarini keltirib chiqaruvchi bitimlar, tashqi boshqaruv rejasida nazarda tutilgan bitimlarni istisno etganda, tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi roziligi bilan tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismi normalari buzilgan holda tuzilgan bitimlar, agar ular ilgari qarzdorning tashqi boshqaruvchisi vazifasini bajargan shaxs tomonidan tuzilgan boʻlsa, kreditorning, shuningdek yangi tayinlangan tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan xoʻjalik sudi tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105-modda. Qarzdor xarajatlarining tartibga solinishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning isteʼmolga, shu jumladan mehnatga haq toʻlashga sarflanadigan xarajatlarining koʻpayishiga olib keluvchi qarorlar tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi roziligi bilan qabul qilinishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106-modda. Tashqi boshqaruv rejasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchi bu ishga tayinlanganidan keyin bir oylik muddat ichida tashqi boshqaruv rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun kreditorlar yigʻilishiga taqdim etishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruv rejasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari, mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish shartlari va tartibi, ularni amalga oshirish xarajatlari hamda qarzdorning boshqa xarajatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash muddati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning toʻlov qobiliyati ushbu Qonunning 4-moddasida belgilangan bankrotlik alomatlari boʻlmagan taqdirda tiklangan deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchi kreditorlar yigʻilishining yoki kreditorlar qoʻmitasining talabiga binoan tashqi boshqaruv jarayoni haqida kreditorlar oldida hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruv rejasini amalga oshirish qarzdorning xoʻjalik faoliyati tugatilishiga olib kelmasligi lozim, bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilganidan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlarini qondirish va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyatni bajarish vazifasi qarzdorning mol-mulkini sotib oluvchiga oʻtadigan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107-modda. Tashqi boshqaruv rejasini koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruv rejasi kreditorlarning yigʻilishi tomonidan koʻrib chiqiladi, yigʻilish tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan eʼtiboran ikki oydan kechiktirmay tashqi boshqaruvchi tomonidan chaqiriladi. Tashqi boshqaruvchi barcha kreditorlarga kreditorlar yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida yozma shaklda xabar qiladi hamda mazkur yigʻilish oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin ularga tashqi boshqaruv rejasi bilan tanishib chiqish imkoniyatini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar yigʻilishida tashqi boshqaruvchi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili hamda qarzdorning xodimlari vakili maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruv rejasi, agar yigʻilishda ishtirok etayotgan kreditorlarning yarmidan koʻprogʻi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, tasdiqlangan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar yigʻilishi quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi boshqaruv rejasini rad etish hamda qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish haqidagi qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi boshqaruv rejasini rad etish hamda tashqi boshqaruvchini vazifasini bajarishdan ayni bir paytda tashqi boshqaruvchilikka tavsiya etilayotgan yangi nomzodni tasdiqlagan holda ozod qilish haqidagi tegishli iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish toʻgʻrisidagi qaror. Ushbu qarorda tashqi boshqaruvning yangi rejasini koʻrib chiqish uchun kreditorlarning keyingi yigʻilishi chaqiriladigan sana nazarda tutilgan boʻlishi va bu muddat kreditorlar yigʻilishi mazkur qarorni chiqargan kundan eʼtiboran bir oydan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar yigʻilishida tasdiqlangan tashqi boshqaruv rejasi va kreditorlar yigʻilishining bayonnomasi kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay tashqi boshqaruvchi tomonidan xoʻjalik sudiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ushbu moddaning birinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan muddatlarda xoʻjalik sudiga tashqi boshqaruv rejasi taqdim etilmagan boʻlsa, xoʻjalik sudi qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108-modda. Tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning yigʻilishi tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa va unda nazarda tutilgan tashqi boshqaruv muddati belgilangan dastlabki muhlatdan ortiq boʻlsa, agar tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish yoki tashqi boshqaruvning tasdiqlangan rejasini amalga oshirish qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanishiga olib keladi deb hisoblash uchun yetarli asoslar boʻlsa, xoʻjalik sudi tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Bunday hollarda umumiy muhlat ushbu Qonunning 91-moddasida belgilangan muddatlardan oshib ketmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
109-modda. Qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash yuzasidan quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishni qayta ixtisoslashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norentabel ishlab chiqarishlarni yopish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
debitorlik qarzlarini undirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning talabidan oʻzganing foydasiga voz kechish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi shaxslarning qarzdorning majburiyatlarini bajarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning qoʻshimcha aksiyalarini joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning korxonasini (biznesini) mulkiy majmua sifatida sotish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashning boshqa chora-tadbirlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlardan tashqari bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining taqdimnomasiga binoan ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonaning faoliyat koʻrsatmayotgan obyektlarini konservatsiya qilish toʻgʻrisida xoʻjalik sudi ajrim chiqarishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110-modda. Qarzdorning korxonasini (biznesini) sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning talablarini qondirish maqsadida tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning korxonasini (biznesini) mulkiy majmua sifatida sotish nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona (biznes) sotilayotganida qarzdorning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga moʻljallangan barcha turdagi mol-mulki, shu jumladan yer uchastkalari, binolari, inshootlari, uskunalari, inventari, xomashyosi, mahsuloti, talab qilish huquqlari, shuningdek qarzdorning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalari (firma nomi, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari), uning tovarlari, ishlari va xizmatlari, qarzdorga tegishli boʻlgan boshqa mutlaq huquqlar oʻzga shaxslarga oʻtkaziladi, boshqa shaxslarga topshirilishi mumkin boʻlmagan huquq va majburiyatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona (biznes) sotilayotganida qarzdorning mol-mulkini baholash baholovchi tashkilot tomonidan oʻtkaziladi, uning xizmatiga qarzdorning mol-mulki hisobidan haq toʻlanadi. Baholovchi tashkilot kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(110-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchi korxonani (biznesni) kreditorlar yigʻilishining roziligi bilan, xaridor oʻziga xizmat koʻrsatuvchi bankning tegishli kafolatini taqdim etgan taqdirda, bir yildan ortiq boʻlmagan muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan realizatsiya qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona (biznes) sotilayotganida korxona (biznes) sotilayotgan paytda amal qilib turgan barcha mehnat shartnomalari oʻz kuchini saqlab qoladi, ish beruvchining huquq va majburiyatlari esa korxonani (biznesni) sotib oluvchi ixtiyoriga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonani (biznesni) sotish, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ochiq kimoshdi savdosi oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Kimoshdi savdosini oʻtkazish shakli va shartlari kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
(110-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 20-dekabrdagi OʻRQ-15-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 375-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar korxona (biznes) tarkibida muomala qobiliyati cheklangan mol-mulk boʻlsa, korxonani (biznesni) sotish qonunga muvofiq mazkur mol-mulkka mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida ega boʻla oladigan shaxslar ishtirokida yopiq kimoshdi savdosi oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kimoshdi savdosiga qoʻyiladigan korxonani (biznesni) sotishda boshlangʻich narx, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, korxonaning mol-mulkini baholovchi tashkilot oʻtkazgan baholash hisobga olingan holda, kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi qarori bilan belgilanadi.
(110-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kimoshdi savdosini oʻtkazish shartlarida korxonani (biznesni) sotishdan tushgan pul mablagʻlarini qarzdor tashqi boshqaruv muddati tugashidan kamida oʻttiz kun oldin olishini nazarda tutish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchi kimoshdi savdosining tashkilotchisi sifatida ish koʻradi yoki ushbu maqsad uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotni jalb etib, uning xizmatiga qarzdorning mol-mulki hisobidan haq toʻlaydi. Kimoshdi savdosini oʻtkazuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot qarzdorga va tashqi boshqaruvchiga nisbatan manfaatdor shaxs boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchi korxona (biznes) ochiq kimoshdi savdosida sotilishi toʻgʻrisidagi eʼlonni rasmiy nashrda kimoshdi savdosi oʻtkaziladigan sanadan kamida oʻttiz kun oldin eʼlon qilishi shart. Eʼlonda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona (biznes) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va u bilan tanishish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kimoshdi savdosida ishtirok etish uchun talabnomalar berish muddatlari, vaqti va joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonani (biznesni) sotishning boshlangʻich narxi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kimoshdi savdosini oʻtkazish va uning yakunlarini chiqarish vaqti hamda joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oldi-sotdi shartnomasini tuzish va toʻlovlar shartlari hamda muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar eʼlonda koʻrsatilgan muddatlarda bitta ham talabnoma olinmagan boʻlsa yoki bitta ishtirokchidan talabnoma olingan boʻlsa, korxonani (biznesni) sotish boʻyicha kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb topiladi va ushbu moddaning sakkizinchi — oʻn birinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlarda takroriy kimoshdi savdosi oʻtkaziladi. Agar korxona (biznes) birinchi kimoshdi savdosida sotilmagan boʻlsa ham takroriy kimoshdi savdosi oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takroriy kim oshdi savdosini oʻtkazish maqsadida tashqi boshqaruvchi kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasining qaroriga muvofiq korxonani (biznesni) sotish toʻgʻrisidagi yangi xabarni amalga oshmagan deb topilgan yoki korxona (biznes) sotilmagan kim oshdi savdosining sanasidan eʼtiboran oʻn besh kun ichida, ushbu Qonunning mazkur moddasida va 53-moddasida nazarda tutilgan tartibda eʼlon qiladi. Bunda kim oshdi savdosi xabar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran kamida oʻn besh kunlik muddat oʻtgach, oʻtkaziladi. Korxonani (biznesni) sotish narxi kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasining qaroriga koʻra pasaytirilishi mumkin, biroq bunda pasaytirish avvalgi kim oshdi savdosidagi narxning 10 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak.
(110-moddaning oʻn uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-300-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonaning (biznesning) oldi-sotdi shartnomasi kimoshdi savdosi gʻolibi bilan tashqi boshqaruvchi oʻrtasida kimoshdi savdosi yakunlari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay tuziladi. Kimoshdi savdosida gʻolib chiqqan shaxs va kimoshdi savdosining tashkilotchisi kimoshdi savdosi oʻtkazilgan kuni ana shu savdoning natijalari toʻgʻrisida bayonnoma imzolaydi, bu bayonnoma shartnoma kuchiga ega boʻladi. Kimoshdi savdosida gʻolib chiqqan shaxs kimoshdi savdosi bayonnomasini yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan taqdirda oʻzi toʻlagan zakalatdan mahrum boʻladi. Zakalat summasi kimoshdi savdosi tashkilotchilarining ushbu tadbirni oʻtkazishga ketgan chiqimlari chegirib tashlangan holda qarzdor mol-mulkining tarkibiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar korxona (biznes) ushbu moddaning oʻn toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan shartlarda sotilmagan boʻlsa, tashqi boshqaruvchi, ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasining qaroriga binoan korxonani (biznesni) ommaviy oferta vositasida kimoshdi savdosiga qoʻyishi va rasmiy nashrda ommaviy oferta toʻgʻrisidagi taklif eʼlon qilingach, kamida oʻn besh kundan keyin uning uchun eng yuqori narxni taklif qilgan shaxs bilan korxonaning (biznesning) oldi-sotdi shartnomasini tuzishi mumkin.
(110-moddaning oʻn beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-300-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonani (biznesni) sotishdan tushgan summa hisobidan kreditorlarning talablarini qarzdor toʻla hajmda qondirish imkoniyatiga ega boʻlgan hollarda tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan xoʻjalik sudi tomonidan bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritish tugatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar korxonani (biznesni) sotishdan tushgan summa kreditorlar talablarini toʻla hajmda qondirish uchun yetarli boʻlmasa, tashqi boshqaruvchi kreditorlarga kelishuv bitimi tuzishni taklif etadi. Kelishuv bitimiga erishilmagan taqdirda, xoʻjalik sudi tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonani (biznesni) sotishdan tushgan summa tugatish massasini tashkil etadi hamda ushbu Qonunning 133, 134 va 169-moddalarida nazarda tutilgan navbat tartibida taqsimlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111-modda. Qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning mol-mulki inventarizatsiya qilinganidan va baholanganidan keyin tashqi boshqaruvchi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, mol-mulkning bir qismini ochiq kimoshdi savdosida sotishni boshlashga haqli.
(111-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 20-dekabrdagi OʻRQ-15-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 375-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor mol-mulkining bir qismi sotilishi qarzdorning oʻz xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishini imkonsiz qilib qoʻymasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning muomala qobiliyati cheklangan mol-mulki qonunga muvofiq mazkur mol-mulkka mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida ega boʻla oladigan shaxslar ishtirokida yopiq kimoshdi savdosi oʻtkazish orqali realizatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kimoshdi savdosiga qoʻyiladigan mol-mulkning bir qismini sotishda boshlangʻich narx, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qarzdorning mol-mulkini baholovchi tashkilot oʻtkazgan baholash hisobga olingan holda, kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi qarori bilan belgilanadi.
(111-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish boʻyicha kimoshdi savdosi ushbu Qonunning 110-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchi qarzdor mol-mulkining bir qismini kreditorlar yigʻilishining roziligi bilan, xaridor oʻziga xizmat koʻrsatuvchi bankning tegishli kafolatini taqdim etgan taqdirda, bir yildan ortiq boʻlmagan muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan realizatsiya qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruv jarayonida tashqi boshqaruvchi qarzdorning arzonbaho va tez ishdan chiqadigan mol-mulkini, shuningdek xomashyo va tayyor mahsuloti qoldiqlarini kreditorlar yigʻilishining roziligi bilan, kimoshdi savdosi oʻtkazmagan holda oldi-sotdi shartnomalari asosida sotishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor mol-mulkining bir qismini sotishdan tushgan summa tugatish massasini tashkil etadi hamda ushbu Qonunning 133, 134 va 169-moddalarida nazarda tutilgan navbat tartibida taqsimlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112-modda. Qarzdorning talab qilish huquqlaridan oʻzganing foydasiga voz kechish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning talab qilish huquqlaridan oʻzganing foydasiga voz kechish tashqi boshqaruvchi tomonidan, agar tashqi boshqaruv rejasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasining roziligi bilan talab qilish huquqlarini ochiq kimoshdi savdosida sotish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning talab qilish huquqlarini kimoshdi savdosi oʻtkazmasdan muayyan xaridorga sotish imkoniyati nazarda tutilgan boʻlsa yoki talab qilish huquqlari kimoshdi savdosida sotilmagan boʻlsa, kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi talab qilish huquqlarining sotish narxini va bunday sotuvning boshqa shartlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113-modda. Qarzdor majburiyatlarining qarzdor mol-mulkining egasi yoki uchinchi shaxs tomonidan bajarilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi tashqi boshqaruv tugagunga qadar istagan vaqtda kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlarning talablarini bir yoʻla qondirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning pul majburiyatlari uchinchi shaxs (uchinchi shaxslar) tomonidan bajarilishiga, bunday bajarish kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlarning talablarini bir yoʻla qanoatlantirgan taqdirda, yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorning oʻzi haqidagi, u bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etish majburiyatlarini buzganligi, xuddi shuningdek ijroni taʼminlashdan boshqacha tarzda bosh tortganligi oqibatida ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq kreditorlarning talablarini qanoatlantirish mumkin boʻlmaganda, pul mablagʻlari qarzdor joylashgan erdagi (yashash joyidagi) notariusning yoki sudning depozitiga kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114-modda. Qarzdorning qoʻshimcha aksiyalarini joylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash maqsadida tashqi boshqaruv rejasida qarzdor ochiq aksiyadorlik jamiyatining qoʻshimcha aksiyalarini joylashtirish imkoniyati nazarda tutilishi mumkin. Qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan ustav fondini koʻpaytirish imkoniyati tashqi boshqaruv rejasiga faqat zaruriy qarorni qabul qilgan qarzdorning aksiyadorlari umumiy yigʻilishining iltimosnomasiga binoan, agar bu iltimosnoma tashqi boshqaruvchiga tashqi boshqaruv tugaydigan sanaga kamida olti oy qolganida yuborilgan boʻlsa, kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor ochiq aksiyadorlik jamiyatining ustav fondini uning qoʻshimcha aksiyalarini chiqarish yoʻli bilan koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaror kreditorlar yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi. Agar qarzdorning ustav fondini uning qoʻshimcha aksiyalarini joylashtirish yoʻli bilan koʻpaytirish toʻgʻrisidagi masalani hal qilishda eʼlon qilingan aksiyalarning qarzdor ustavida belgilangan miqdorini koʻpaytirish qismiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlsa, unda qarzdorning ustaviga faqat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilganidan keyin ustav fondini koʻpaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin boʻladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 43-moddasining oltinchi qismiga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning qoʻshimcha aksiyalarini joylashtirish asosan ochiq obuna boʻyicha ularning haqini faqat pul mablagʻlari bilan toʻlagan holda amalga oshirilishi mumkin. Qarzdorning aksiyadorlari qarzdorning joylashtiriladigan aksiyalarini aksiyadorlik jamiyatining oʻzlariga tegishli aksiyalari miqdoriga mutanosib miqdorda va ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq belgilanadigan narxda sotib olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshimcha aksiyalar aksiyadorlar oʻrtasida joylashtirilayotgan aksiyalarning nominal qiymatidan past boʻlmagan narxda joylashtiriladi, bunda joylashtirilayotgan aksiyalarning hammasini mazkur narxda sotish barcha kreditorlarning talablarini toʻla qanoatlantirish uchun yetarli pul mablagʻlari toʻplanishiga olib kelishi shart. Aksiyalarni aksiyadorlar oʻrtasida joylashtirish narxi qarzdorning tashqi boshqaruvchisi tomonidan belgilanadi va kreditorlarning umumiy yigʻilishida tasdiqlanadi. Qarzdorning qoʻshimcha aksiyalarini sotib olishda imtiyozli huquqni amalga oshirish uchun qarzdorning aksiyadorlariga beriladigan muddat kreditorlar yigʻilishi tomonidan belgilanadi, lekin bu muddat aksiyalarni joylashtirish boshlanadigan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kam boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning aksiyadorlari oʻrtasida joylashtirilmagan qoʻshimcha aksiyalar tashqi boshqaruvchi tomonidan ochiq kimoshdi savdosida realizatsiya qilinadi. Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, ilgari qarzdorning aksiyadorlari boʻlmagan, qarzdorning yangi emissiyadagi aksiyalarini sotib olgan shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qarzdorga sotib olingan aksiyalar summasida oʻz talablarini bildirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
115-modda. Qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish qarzdorning mol-mulki asosida bitta ochiq aksiyadorlik jamiyatini yoki bir nechta ochiq aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish imkoniyati, agar shunday qaror qabul qilinishi uchun barcha kreditorlar ovoz bergan boʻlsalar, kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq tashqi boshqaruv rejasiga kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning mol-mulki asosida bitta ochiq aksiyadorlik jamiyatini yoki bir nechta ochiq aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish orqali qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish qarzdor mol-mulki egasining yoki qarzdorning tegishli bitimlarni tuzish haqida qaror qabul qilishga taʼsis hujjatlari bilan vakolat berilgan boshqaruv organining qarori asosida tashqi boshqaruv rejasiga kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tashqi boshqaruv rejasida bitta ochiq aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish nazarda tutilgan boʻlsa, uning ustav fondiga qarzdorning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun moʻljallangan barcha mol-mulki, shu jumladan mulkiy huquqlari kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tashqi boshqaruv rejasida bir nechta ochiq aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish nazarda tutilgan boʻlsa, ularning ustav fondlariga qarzdorning ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish uchun moʻljallangan mol-mulki kiritiladi. Tashkil etilayotgan ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondlariga qarzdorning haq tariqasida kiritilayotgan mol-mulki tarkibi tashqi boshqaruv rejasi bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkil etilayotgan jamiyatlar ustav fondlarining miqdori kiritilayotgan mol-mulkning baholovchi tashkilot tomonidan qarzdor mol-mulki egasi yoki qarzdorning tegishli bitimlarni tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga taʼsis hujjatlari bilan vakolat berilgan boshqaruv organi takliflarini hisobga olgan holda aniqlangan baholash qiymati asosida belgilanadi.
(115-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning aktivlari oʻrni almashtirilayotganda qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingunga qadar amalda boʻlgan barcha mehnat shartnomalari, ish beruvchining huquq va majburiyatlari yangi tashkil etilayotgan ochiq aksiyadorlik jamiyatiga yoki ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga oʻtkazilgan holda, oʻz kuchini saqlab qoladi. Qarzdorning ayrim faoliyat turlarini amalga oshirishga doir litsenziyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirilishi kerak.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkning baholash qiymati kreditorlar talablarining summasidan ortiq boʻlsa, qarzdorning mol-mulki asosida tashkil etilgan ochiq aksiyadorlik jamiyati yoki ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari qarzdorning mol-mulki tarkibiga kiritiladi va bunday aksiyalar, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, ochiq kimoshdi savdosida sotilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning mol-mulki asosida tashkil etilgan ochiq aksiyadorlik jamiyati yoki ochiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini sotish barcha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun pul mablagʻlari toʻplanishini taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning mol-mulki asosida tashkil etilgan ochiq aksiyadorlik jamiyati yoki ochiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini ochiq kimoshdi savdosida sotish ushbu Qonunning 110-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning mol-mulki asosida tashkil etilgan ochiq aksiyadorlik jamiyati yoki ochiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini qimmatli qogʻozlar bozorida sotish nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor mol-mulkining baholash qiymati kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq talablar summasidan oshmasa, qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishni yoqlab barcha kreditorlar ovoz bergan taqdirda, kreditorlar yigʻilishi mazkur qarorni qarzdorning barcha mol-mulkini ochiq aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga yoki bir nechta ochiq aksiyadorlik jamiyatining ustav fondlariga qarzdor mol-mulki egasining yoki qarzdorning tegishli bitimlarni tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga taʼsis hujjatlari bilan vakolat berilgan boshqaruv organining roziligisiz kiritish yoʻli bilan qabul qilishi mumkin. Bunda mazkur jamiyatlar ustav fondlarining miqdori kiritilayotgan mol-mulkning baholovchi tashkilot aniqlagan baholash qiymati asosida belgilanadi. Bunday hollarda qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish oʻtkazilgunga qadar tashqi boshqaruvchi tomonidan ish haqi boʻyicha, alimentlarni undirish toʻgʻrisidagi talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul mablagʻlarini oʻtkazishni yoki berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari, mualliflik shartnomalari yuzasidan haq toʻlash boʻyicha, qarzdorning mehnatga oid munosabatlar va ularga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi majburiy toʻlovlar va talablar boʻyicha majburiyatlari bir xil – teng darajada bajarilishini taʼminlaydigan, shuningdek jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida fuqarolarning mol-mulklariga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga doir talablari boʻyicha qarzlar uzilishi shart.
(115-moddaning oʻn uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondidagi yoki ochiq aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondlaridagi aksiyalarni taqsimlash kreditorlar oʻrtasida kreditorlarning talablari reyestridagi ularning ulushiga mutanosib ravishda, kreditorlarga ochiq aksiyadorlik jamiyati yoki ochiq aksiyadorlik jamiyatlari muassislari (ishtirokchilari) boʻlish huquqini bergan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlanganidan keyin tashqi boshqaruvchi ushbu Qonunning 142-moddasi talablariga muvofiq hisobot tayyorlaydi va ushbu Qonunning 144-moddasida belgilangan tartibda qarzdor korxonaning bankrotligi taomilini tugallaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish bankrotlik taomili qaysi bank, sugʻurtalovchi, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisiga nisbatan amalga oshirilayotgan boʻlsa, shu bank, sugʻurtalovchi, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisiga nisbatan qoʻllanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116-modda. Tashqi boshqaruvchining hisoboti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchi tashqi boshqaruv muddatlari tugashi munosabati bilan yoki uni muddatidan ilgari tugatish uchun asoslar boʻlsa, kreditorlar yigʻilishini chaqirish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning (organlarning) talabiga binoan, shuningdek kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlar talablarini qondirish uchun yetarli pul mablagʻlari toʻplangan taqdirda kreditorlar yigʻilishi koʻrib chiqishi uchun hisobot taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchi, agar kreditorlar yigʻilishi tomonidan hisobotni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar boshlash haqida qaror qabul qilingan boʻlsa, xoʻjalik sudiga hisobot taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchining hisobotida quyidagilar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning soʻnggi hisobot sanasidagi holatga koʻra buxgalteriya balansi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlarining harakati toʻgʻrisidagi hisobot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning moliyaviy natijalari toʻgʻrisidagi hisobot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha kreditorlarning talablarini qondirishga qaratilishi mumkin boʻlgan boʻsh pul mablagʻlari bor-yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning debitorlik qarzi tafsiloti hamda qarzdorning amalga oshirilmay qolgan talab qilish huquqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning kreditorlik qarzini uzish imkoniyati toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchining hisobotiga kreditorlarning talablari reyestri ilova qilingan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchi hisobotni taqdim etish bilan bir vaqtda kreditorlar yigʻilishiga quyidagi takliflardan birini kiritadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanganligi munosabati bilan tashqi boshqaruvni tugatish va kreditorlar bilan hisob-kitob qilishga oʻtish toʻgʻrisidagi taklif;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi taklif;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi boshqaruvning muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi taklif;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi boshqaruvni tugatish hamda qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish haqidagi taklif.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
117-modda. Tashqi boshqaruvchining hisobotini koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchining hisoboti tashqi boshqaruvning belgilangan muddati tugagandan keyin oʻn kundan kechiktirmay yoki tashqi boshqaruvni muddatidan ilgari tugatish uchun asoslar yuzaga kelganidan keyin oʻn besh kundan kechiktirmay yoxud kreditorlar yigʻilishini chaqirish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning (organlarning) talabiga binoan kreditorlar yigʻilishi chaqirilgan taqdirda bir oydan kechiktirmay chaqiriladigan kreditorlar yigʻilishi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchi barcha kreditorlarni tashqi boshqaruvchining hisobotini koʻrib chiqish boʻyicha kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida ushbu Qonunning 11-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchi kreditorlarga tashqi boshqaruvning belgilangan muddati tugashiga kamida oʻn besh kun qolganida yoki kreditorlar yigʻilishini chaqirishning belgilangan sanasiga kamida oʻn kun qolganida tashqi boshqaruvchining hisoboti bilan oldindan tanishish imkoniyatini berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar yigʻilishi tashqi boshqaruvchining hisobotini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanganligi va kreditorlar bilan hisob-kitob qilishga kirishganligi munosabati bilan tashqi boshqaruvni tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish haqidagi qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi boshqaruvning belgilangan muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish haqidagi qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish haqidagi qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi qaror.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
118-modda. Tashqi boshqaruvchi hisobotining xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchining kreditorlar yigʻilishi tomonidan koʻrib chiqilgan hisoboti va kreditorlar yigʻilishining bayonnomasi kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilgan sanadan keyin besh kundan kechiktirmay xoʻjalik sudiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchining hisobotiga kreditorlarning talablari reyestri va kreditorlar yigʻilishi qabul qilgan qarorga qarshi ovoz bergan yoki ovoz berishda ishtirok etmagan kreditorlarning shikoyatlari ilova qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchining hisoboti va kreditorlarning shikoyatlari xoʻjalik sudi tomonidan majlisda koʻrib chiqiladi. Xoʻjalik sudining majlisi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida tashqi boshqaruvchi, shuningdek shikoyat bergan kreditorlar xabardor qilinadi. Xabardor qilingan shaxslarning hozir boʻlmasligi bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishga monelik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchining hisoboti, agar kreditorlarning barcha talablari kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq qanoatlantirilgan boʻlsa yoki qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanishi va kreditorlar bilan hisob-kitoblarga oʻtilishi munosabati bilan kreditorlar yigʻilishi tashqi boshqaruvni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa yoki kreditorlar yigʻilishi tomonidan muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar boshlanishi haqida qaror qabul qilingan boʻlsa yoxud tashqi boshqaruvchi muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash haqida iltimosnoma bergan boʻlsa yoki kreditorlar bilan qarzdor oʻrtasida kelishuv bitimi tuzilgan boʻlsa yoxud kreditorlar yigʻilishi tomonidan tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish haqida qaror qabul qilingan boʻlsa, xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi, agar quyidagilar aniqlangudek boʻlsa, tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlashni rad etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlarning talablari qanoatlantirilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash uchun asoslar yoʻqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishuv bitimini tasdiqlash uchun monelik borligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchining hisobotini koʻrib chiqish natijalari yuzasidan xoʻjalik sudi, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlar talablari qanoatlantirilgan boʻlsa yoki kelishuv bitimi xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlangan boʻlsa, bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanishi munosabati bilan kreditorlar yigʻilishining tashqi boshqaruvni tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi qondirilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitoblarga oʻtish haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar yigʻilishining yoki tashqi boshqaruvchining muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar qilishni boshlash toʻgʻrisidagi iltimosnomasi qondirilgan taqdirda, muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma qondirilgan taqdirda, tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlashni rad etish haqida ajrim chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar yigʻilishining qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi iltimosnomasi boʻlsa, shuningdek tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlashni xoʻjalik sudi rad etgan yoki tashqi boshqaruvchining hisoboti tashqi boshqaruvning belgilangan muddati tugagan paytdan eʼtiboran bir oylik muddat ichida taqdim etilmagan yoxud uning ushbu Qonun 117-moddasi toʻrtinchi qismining ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan qarorlaridan hech biri qabul qilinmagan boʻlsa, xoʻjalik sudi qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
119-modda. Kreditorlar bilan hisob-kitoblarga oʻtish toʻgʻrisida ajrim chiqarish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi tomonidan kreditorlar bilan hisob-kitoblarga oʻtish toʻgʻrisida ajrim chiqarilishi kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar bilan hisob-kitoblarga oʻtish toʻgʻrisida xoʻjalik sudi chiqargan ajrimda kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tugatish muddati belgilanadi, bu muddat mazkur ajrim chiqarilgan sanadan eʼtiboran olti oydan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritish kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallanganidan va tashqi boshqaruvchining hisoboti kreditorlar bilan hisob-kitoblar yakunlariga koʻra xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqilganidan keyin tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar xoʻjalik sudi tomonidan belgilangan muddatda kreditorlar bilan hisob-kitoblar qilinmagan boʻlsa, xoʻjalik sudi qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120-modda. Muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash toʻgʻrisida ajrim chiqarish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi tomonidan muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash toʻgʻrisida ajrim chiqarilishi kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudining muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar belgilab qoʻyiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tugallash navbatining mazkur ajrim chiqarilgan sanadan eʼtiboran ikki oydan oshmasligi shart boʻlgan muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunday navbatdagi kreditorlar talablarini qondirish nisbatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning ular bilan hisob-kitoblarni boshlash haqida ajrim chiqarilgan kreditorlarga nisbatan navbat tartibida qondirilishi lozim boʻlgan talablari xoʻjalik sudi tomonidan aniqlangan taqdirda, xoʻjalik sudi kreditorlarning talablarini qondirish tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar xoʻjalik sudi tomonidan belgilangan muddatda amalga oshirilmagan yoki hisob-kitoblar belgilangan nisbatda amalga oshirilmagan boʻlsa, kreditor muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan sanadan uning talablari tegishlicha toʻla yoxud belgilangan nisbatda qanoatlantirilgan sanaga qadar toʻlanmagan summaga Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasida belgilangan miqdorda foizlar hisoblanishini talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121-modda. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar xoʻjalik sudi tomonidan kreditorlar bilan hisob-kitoblarga oʻtish toʻgʻrisidagi ajrim yoki muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran tashqi boshqaruvchi tomonidan kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Mazkur Qonunning 133, 134 va 138-moddalariga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyati bajarilgan paytdan boshlab tashqi boshqaruvchi kreditorlarning talablari reyestriga tegishli yozuvni kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning qondirilgan talablari, shuningdek voz kechish haqi yoki majburiyatlarning yangilanishi yoxud pul majburiyatlari oʻzgacha tarzda tugatilganligi toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan talablar hamda ushbu Qonunning 134 va 138-moddalariga muvofiq qondirilgan deb eʼtirof etiladigan boshqa talablar qanoatlantirilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
123-modda. Tashqi boshqaruvchining vakolatlarini tugatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishning tugatilishi yoki xoʻjalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va qarzdorga nisbatan tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi tashqi boshqaruvchining vakolatlari tugashiga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tashqi boshqaruv kelishuv bitimi tuzilishi yoki kreditorlarning talablari qanoatlantirilishi bilan tamomlansa, tashqi boshqaruvchi yangi rahbar saylangunga (tayinlangunga) qadar qarzdorning rahbari vazifasini bajarishni davom ettirib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchi qarzdorning rahbarini saylash (tayinlash) toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun qarzdorning boshqaruv organini oʻz tashabbusi bilan chaqirishga haqli. Qarzdorning va qarzdor mol-mulki egasining boshqa boshqaruv organlari vakolatlari tiklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar xoʻjalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hamda tugatish boshqaruvchisi etib boshqa shaxs tayinlangan boʻlsa, tashqi boshqaruvchi tugatish boshqaruvchisiga ishlarni topshirgunga qadar oʻz vazifasini bajarishni davom ettirib turadi. Tashqi boshqaruvchi tugatish boshqaruvchisi tayinlangan sanadan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay ishlarni unga topshirishi shart.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.09.00 Tugatish jarayoni]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII BOB. TUGATIShGA DOIR ISh YURITISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
124-modda. Tugatishga doir ish yuritishni boshlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi tugatishga doir ish yuritishning boshlanishiga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatishga doir ish yuritish muddati bir yildan oshishi mumkin emas. Zarurat boʻlganda bu muddat xoʻjalik sudining ajrimi bilan uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatishga doir ish yuritish muddati bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga binoan yoki xoʻjalik sudining tashabbusi bilan uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudining tugatishga doir ish yuritish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi qarzdorning faoliyati xususiyatidan kelib chiqib, qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi qarorida kreditorlar yigʻilishining va (yoki) tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining iltimosnomasiga koʻra qarzdorning faoliyatini toʻxtatmasdan tugatishga doir ish yuritish oʻtkazilishini koʻrsatishi mumkin.
(124-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-300-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning mol-mulkini boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq yoki uning mol-mulkini uchinchi shaxslar foydalanishi uchun topshirishga sabab boʻluvchi bitimlar tuzishga faqat ushbu bobda belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning barcha pul majburiyatlarini bajarish muddati, shuningdek kechiktirilgan majburiy toʻlovlarni toʻlash muddati boshlangan deb hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning barcha turdagi qarzlari boʻyicha neustoyka (jarima, penya) va foizlarni hisoblash tugatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxfiy toifaga (shu jumladan tijorat siriga) mansubligini yoʻqotadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratishga doir barcha cheklovlar olib tashlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro hujjatlarini ijro etish tugatiladi. Pul majburiyatlari, majburiy toʻlovlar boʻyicha barcha talablar, boshqa mulkiy talablar faqat tugatishga doir ish yuritish doirasida qarzdorga taqdim etilishi mumkin, mulk huquqini eʼtirof etish, maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish, mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish, asossiz orttirilgan boylikni qaytarish, bitimlarni haqiqiy emas deb topish va ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi talablar, shuningdek joriy toʻlovlar boʻyicha talablar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda birinchi qismining yettinchi xatboshisiga muvofiq ijro etilishi tugatilgan ijro hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud ijrochilari tomonidan tugatish boshqaruvchisiga oʻtkazilishi lozim. Qarzdorning barcha majburiyatlari bajarilishiga faqat tugatishga doir ish yuritish doirasida yoʻl qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 62-moddasiga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran qarzdorning boshqaruv organlari qarzdorning mol-mulkini boshqarish va tasarruf etish vazifalarini bajarishdan, agar ilgari chetlashtirilmagan boʻlsa, chetlashtiriladi, qarzdor rahbarining vakolatlari tugatiladi (qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi), qarzdorning ishlarini boshqarish tugatish boshqaruvchisiga yuklatiladi, shuningdek qarzdorning mol-mulkini boshqarish va tasarruf etish boʻyicha mulkdorning vakolatlari tugatiladi. Tugatish boshqaruvchisi qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish yoki mazkur rahbarni boshqa ishga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bobda belgilangan hollarda tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning ishtirokchilari (muassislari) bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqlariga ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
126-modda. Tugatish boshqaruvchisi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilayotganda tugatish boshqaruvchisini tashqi boshqaruvchini tayinlash uchun nazarda tutilgan tartibda tayinlaydi. Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxona bankrot deb topilgan taqdirda, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi ham tugatish boshqaruvchiligiga nomzod taqdim etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
127-modda. Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish tugatish boshqaruvchisi tomonidan ushbu Qonunning 52 va 53-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida eʼlon qilinayotgan maʼlumotlarda quyidagilar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrot deb topilgan qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va boshqa rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritayotgan xoʻjalik sudining nomi va ishning tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar talablarini qoʻyishning belgilangan muddati, bu muddat mazkur eʼlon chiqqan sanadan eʼtiboran kamida bir oy boʻlishi shart;
(127-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-300-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorga oʻz talablarini bildirishlari uchun kreditorlarning pochta manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatish boshqaruvchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tugatish boshqaruvchisi boshqaruvchilikka tayinlangan paytdan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay rasmiy nashrda eʼlon qilish uchun yuborishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
128-modda. Tugatish boshqaruvchisining huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish boshqaruvchisi tayinlangan paytdan eʼtiboran qarzdorning ishlarini boshqarish hamda qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish boʻyicha barcha vakolatlar uning zimmasiga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish boshqaruvchisi quyidagilarga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning mol-mulkini ushbu Qonunning 101-moddasiga muvofiq tasarruf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar bilan, shu jumladan qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning shartnomalarini bajarishdan ushbu Qonunning 102-moddasida belgilangan tartibda bosh tortish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor tomonidan tuzilgan bitimlarni, agar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻlsa, haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida daʼvolar taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorni bankrotlikka olib kelganligi munosabati bilan uning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlari yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar boʻladigan uchinchi shaxslarga nisbatan talablar qoʻyish. Mazkur talablarning miqdori kreditorlar talablarining summasi bilan tugatish massasi oʻrtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlanadi. Undirilgan summalar tugatish massasiga qoʻshiladi va ulardan faqat kreditorlarning talablarini qondirish uchun ushbu Qonunning 133, 134 va 169-moddalarida belgilangan navbat tartibida foydalanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning mol-mulkini oʻz tasarrufiga qabul qilishi, uni inventarizatsiya qilishi va baholashdan oʻtkazishni tashkil etishi, uning but saqlanishi choralarini koʻrishi;
(128-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar yigʻilishini va kreditorlar qoʻmitasini chaqirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor oldidagi qarzlarni undirish choralarini koʻrishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor tugatilganda uning xodimlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi hamda ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinajagi toʻgʻrisida ularni xabardor etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi va ularning talablarini koʻrib chiqishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning boshqaruv organlari (tashqi boshqaruvchi) tugatish boshqaruvchisi tayinlangan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida qarzdorning buxgalteriya va boshqa hujjatlari, muhr va shtamplari, moddiy va boshqa qimmatliklari tugatish boshqaruvchisiga topshirilishini taʼminlaydi. Mazkur majburiyatni bajarishdan bosh tortilsa, qarzdorning boshqaruv organlari (tashqi boshqaruvchi), shu jumladan qarzdor yuridik shaxsning rahbari, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
129-modda. Bankrot yuridik shaxsni tugatish rejasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrot yuridik shaxsni tugatish rejasida quyidagilar boʻlishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrotning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlarning talablarini qondirish shartlari, tartibi, navbati va nisbati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrot mol-mulki egasining, mehnat jamoasining manfaatlari hisobga olinganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotilishi lozim boʻlgan mol-mulk roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulkni sotish sanasi, vaqti, joyi va usuli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud xarajatlarini toʻlash, tugatish boshqaruvchisiga, ekspertlar va boshqa shaxslarning faoliyatiga haq toʻlash shartlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrot yuridik shaxsni tugatish rejasi kreditorlar yigʻilishi bilan kelishib olinishi kerak va reja, agar talablar jami summasining kamida uchdan ikki qismini ifoda etuvchi kreditorlar tomonidan qoʻllab-quvvatlansa, maʼqullangan deb hisoblanadi. Agar tugatish rejasi maʼqullanmagan boʻlsa, kreditorlar esa bankrot yuridik shaxsni tugatishga doir rejasini belgilangan muddatda taqdim etmagan boʻlsa, tugatish boshqaruvchisi oʻz rejasini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qarzdorning oʻzi bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish tashabbuskori boʻlsa, u oʻz tugatish rejasini taqdim etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrot yuridik shaxsni tugatishning tasdiqlangan rejasi asosida mol-mulk sotiladi hamda kreditorlarning qarzdorga qoʻyadigan talablari ushbu Qonunning 133, 134, 135 va 169-moddalarida belgilangan tartibda qondiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
130-modda. Tugatish massasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrot yuridik shaxsning barcha aktivlari, balanslarda koʻrsatilgan yoki koʻrsatilmaganligidan qatʼi nazar, tugatish massasini shakllantiruvchi asosni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish massasiga quyidagilar kirmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor xodimlarining xususiy mulkidagi mol-mulk;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchli boshqaruvdagi, qarzdor ijara huquqi asosida foydalanayotgan mol-mulk;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garov narsasi, ushbu Qonunning 133-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorga javobgarlik asosida saqlash uchun berilgan tovarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq qarzdorning mulki boʻlmagan boshqa mol-mulk.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning balansida belgilanganidan boshqa maqsadda, shu jumladan tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin boʻlmagan ijtimoiy va kommunal infratuzilma obyektlari boʻlsa, qarzdor bankrot deb eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran bir oylik muddat ichida ular qoldiq qiymati boʻyicha tugatish boshqaruvchisi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida tugatish boshqaruvchisi qarzdorning mol-mulkini inventarizatsiya qiladi va qiymatini belgilaydi. Tugatish boshqaruvchisi mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun baholovchi tashkilotni va boshqa mutaxassislarni, ularning xizmatlari uchun haqni, agar kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan haq toʻlashning boshqa manbai belgilangan boʻlmasa, qarzdorning mol-mulki hisobidan toʻlagan holda, jalb etishga haqli. Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonaning mol-mulki baholanayotganda baholovchi tashkilot jalb etilishi shart. Qarzdorning kreditorlari yigʻilishi yoki kreditorlari qoʻmitasi mazkur xizmatlar haqini toʻlash majburiyati yuklanadigan, qilgan xarajatlari keyinchalik qarzdorning mol-mulki hisobidan navbatdan tashqari qoplanadigan shaxsni, agar uning oʻzi rozi boʻlsa, tayinlashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tugatishga doir ish yuritish jarayonida haq toʻlash koʻchmas mol-mulk bilan amalga oshirilayotgan boʻlsa, mazkur mol-mulk, agar kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, uni sotishdan oldin baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning garov narsasi boʻlgan mol-mulkini baholash baholovchi tashkilot tomonidan majburiy tartibda oʻtkaziladi.
(131-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
132-modda. Tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning hisobvaraqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish boshqaruvchisi tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning soʻmda ish yuritadigan yagona va valyutada ish yuritadigan yagona hisobvaraqlaridan (bundan buyon matnda qarzdorning yagona hisobvaraqlari deb yuritiladi) foydalanishi shart. Qarzdorning bankdagi tugatishga doir ish yuritish boshlanayotgan paytda maʼlum boʻlgan, shuningdek tugatishga doir ish yuritish jarayonida aniqlangan boshqa hisobvaraqlari aniqlanishi bilanoq tugatish boshqaruvchisi tomonidan yopilishi lozim. Qarzdorning ana shu hisobvaraqlardagi pul mablagʻlari qoldigʻi qarzdorning yagona hisobvaraqlariga oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida kelib tushgan pul mablagʻlari ham qarzdorning yagona hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning yagona hisobvaraqlaridan kreditorlarga toʻlovlar ushbu Qonunning 133, 134 va 169-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi hamda quyidagilar toʻlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatish boshqaruvchisiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning kommunal xizmatlar va foydalanish xarajatlariga oid joriy toʻlovlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrotlik taomillari jarayonida yuzaga kelgan maʼlumotlarni eʼlon qilish, shuningdek qarzdorning kreditorlarini xabardor qilish bilan bogʻliq xarajatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish boshqaruvchisi qarzdorning pul mablagʻlaridan foydalanganlik toʻgʻrisidagi hisobotni kreditorlar yigʻilishiga yoki kreditorlar qoʻmitasiga ularning talabiga binoan taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
133-modda. Kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini qondirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini qondirish qarzdorning garovga qoʻyilgan mol-mulki (garov narsasi) sotilganidan keyin tushgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. Bu mablagʻlar qoldigʻi kreditorlarning talablarini ushbu Qonunning 134-moddasida belgilangan navbat tartibida qondirishga moʻljallanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni (garov narsasini) sotishdan tushgan summa kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini toʻla qondirish uchun yetarli boʻlmasa, unda talablarning qolgan qismi ushbu Qonunning 134-moddasida belgilangan navbat tartibida qondirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qarzdorning butun mol-mulki garov narsasi boʻlsa va garovga qoʻyilgan mol-mulkni (garov narsasini) sotishdan tushgan summa kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablari summasidan kam yoki unga teng boʻlib qolsa, kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini qanoatlantirish ushbu Qonun 134-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlar qoplanganidan va talablar qondirilganidan keyin hamda ish haqi toʻlash uchun pul mablagʻlari berilishini nazarda tutuvchi toʻlov hujjatlari boʻyicha talablar qondirilganidan keyin amalga oshiriladi.
(133-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 20-dekabrdagi OʻRQ-15-son Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 375-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud xarajatlarini, sud boshqaruvchilariga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni, kommunal xizmatlar va foydalanish xarajatlariga oid joriy toʻlovlarni, qarzdorning mol-mulkini sugʻurta qilish xarajatlarini qoplash, shuningdek qarzdorning bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilganidan keyin yuzaga kelgan majburiyatlariga doir talablarni hamda qarzdor qaysi fuqaroning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻlsa, ana shu fuqaroning talablarini qondirish navbatdan tashqari tarzda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobiga (Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar) qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy toʻlovlarni hamda ish haqi toʻlash uchun pul mablagʻlari berilishini nazarda tutuvchi toʻlov (ijro) hujjatlari boʻyicha, alimentlarni undirish toʻgʻrisidagi talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul mablagʻlarini oʻtkazishni yoki berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha, mualliflik shartnomalari yuzasidan haq toʻlash boʻyicha, qarzdorning mehnatga oid munosabatlar va ularga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi majburiy toʻlovlar hamda talablar boʻyicha majburiyatlari bir xil – teng darajada bajarilishini taʼminlaydigan, shuningdek jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida fuqarolarning mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga doir talablari birinchi navbatda qondiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy sugʻurta boʻyicha talablar, shuningdek banklarning kreditlari va bank kreditlari sugʻurtasi boʻyicha talablar ikkinchi navbatda qondiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablari uchinchi navbatda qondiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning garov bilan taʼminlanmagan talablari toʻrtinchi navbatda qondiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyalar egalarining talablari beshinchi navbatda qondiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qolgan barcha talablar oltinchi navbatda qondiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har qaysi navbat boʻyicha talablar oldingi navbat talablari toʻla qanoatlantirilganidan keyin qondiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undirib olinayotgan summa bir navbatning barcha talablarini toʻla qondirishga yetarli boʻlmasa, bu talablar har bir undiruvchi olishi lozim boʻlgan summaga mutanosib ravishda qondiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oxirgi toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisida rasmiy nashrda maxsus xabar eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulk qiymatining kreditorlar talablari qondirilganidan va bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritish xarajatlari toʻlanganidan keyin qolgan qoldigʻini, shuningdek tugatish jarayonida sotilmay qolgan mol-mulkni tugatilayotgan qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki tugatilayotgan qarzdor mol-mulkining egasi oladi mazkur Qonunning 1421 va 143-moddalarida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
(134-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-300-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulk yetmaganligi uchun qondirilmagan qarz majburiyatlari qanoatlantirilgan majburiyatlar deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning mol-mulki inventarizatsiya qilinganidan va baholanganidan keyin tugatish boshqaruvchisi, ushbu mol-mulkni ochiq kimoshdi savdosida sotishga kirishadi.
(135-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 20-dekabrdagi OʻRQ-15-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 375-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning mol-mulkini sotish tartibi va muddatlari (jadvali) kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan maʼqullangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tugatish boshqaruvchisi qarzdorning mol-mulkini sotish tartibi va muddatlari toʻgʻrisidagi oʻz takliflarini kreditorlarga taqdim etgan paytdan eʼtiboran bir oy ichida qarzdorning mol-mulkini sotish tartibi va muddatlari (jadvali) kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan maʼqullanmagan boʻlsa, kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi yoxud tugatish boshqaruvchisi yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni hal qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat etishga haqli. Mazkur kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish yakunlariga qarab xoʻjalik sudi yo mol-mulkni sotish tartibi va muddatlarini (jadvalini) tasdiqlaydi, yoki tugatish boshqaruvchisini vazifasini bajarishdan ozod qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida mol-mulkni sotish muddatlariga (jadvaliga) oʻzgartishlar kiritishni talab etuvchi holatlar yuzaga kelsa, tugatish boshqaruvchisi mazkur holatlar yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran bir oylik muhlat ichida muddatlarni (jadvalni) oʻzgartirish yuzasidan tegishli takliflarni ishlab chiqishi va kreditorlar yigʻilishiga yoki kreditorlar qoʻmitasiga taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning muomala qobiliyati cheklangan mol-mulki faqat yopiq kimoshdi savdosida sotilishi mumkin. Yopiq kimoshdi savdosida qonunga muvofiq mazkur mol-mulkka mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida ega boʻla oladigan shaxslar ishtirok etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish boshqaruvchisi kimoshdi savdosining tashkilotchisi sifatida ish koʻrishi yoki kimoshdi savdosini oʻtkazishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga shartnoma asosida topshirishi mumkin. Kimoshdi savdosini oʻtkazuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot qarzdorga va tugatish boshqaruvchisiga nisbatan manfaatdor shaxs boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning korxonasini (biznesini) yoki mol-mulkining bir qismini sotish ushbu Qonunning 110 va 111-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlarida ayrim qarzdor korxonani (biznesni) yoki uning mol-mulki bir qismini banklarga sotishning yoki oʻtkazishning boshqacha tartibi nazarda tutilishi mumkin.
(135-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-300-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
136-modda. Tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning talab qilish huquqlarini sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish boshqaruvchisi qarzdorning talab qilish huquqlarini, agar kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan qarzdorning talab qilish huquqlarini sotishning boshqacha tartibi belgilangan boʻlmasa, ochiq kimoshdi savdosiga qoʻyishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning talab qilish huquqlarini ochiq kimoshdi savdosida sotish ushbu Qonunning 112-moddasida nazarda tutilgan normalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
137-modda. Tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida kreditorlar yigʻilishining qarori asosida, basharti shunday qaror qabul qilinishini yoqlab barcha kreditorlar ovoz bergan boʻlsa, kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq qarzdorning aktivlari oʻrni almashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning aktivlarini joylashtirish uchun qarzdor mol-mulki egasining yoki qarzdorning tegishli bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga taʼsis hujjatlari bilan vakolat berilgan boshqaruv organining roziligi talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish ushbu Qonunning 115-moddasida belgilangan tartibda va shartlarda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
138-modda. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish boshqaruvchisi kreditorlar bilan kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq hisob-kitob qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul mablagʻlarini kreditorning hisobvaragʻiga oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa, unga tegishli summa qarzdor joylashgan erdagi (yashash joyidagi) notarius yoki sud depozitiga tugatish boshqaruvchisi tomonidan oʻtkazilib, bu haqda kreditorga xabar qilinadi. Mazkur summa notarius yoki sud depozitiga oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida kreditor tomonidan olinmasa, bu summa tegishincha notarius yoki sud tomonidan davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatishga doir ish yuritishni boshlashning eʼlon qilingan maʼlumotda belgilangan kreditorlar talablarini taqdim etish muddati tugaganidan keyin kreditorlar tomonidan bildirilgan talablar, shuningdek tugatishga doir ish yuritish boshlanganidan keyin yuzaga kelgan majburiy toʻlovlar boʻyicha talablar, ular qaysi muddatda taqdim etilganidan qatʼi nazar, qarzdorning belgilangan muddatda bildirilgan kreditorlar talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulklaridan qondiriladi. Bunday talablarni qarzdorning kreditorlarning belgilangan muddatda bildirilgan talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulkidan qondirish navbati ushbu Qonunning 134-moddasiga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qondirilgan talablar, shuningdek voz kechish haqi toʻgʻrisida bitimga erishilgan talablar yoki tugatish boshqaruvchisi tomonidan hisobga olinishi bildirilgan yoxud majburiyatlarni tugatishning boshqa asoslari boʻlgan talablar kreditorlarning qanoatlantirilgan talablari deb hisoblanadi. Talabni hisobga olish, shuningdek voz kechish haqi orqali talabni qanoatlantirishga faqat bildirilgan talablarni qondirishning navbati va nisbati prinsipiga rioya etilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. Voz kechish haqi toʻgʻrisida bitim imzolash yoʻli bilan kreditorlar talablarini qanoatlantirishga mazkur bitim kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi bilan kelishilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. Tugatishga doir ish yuritishda qarzdorning majburiyatlarini yangilash toʻgʻrisida bitim tuzish yoʻli bilan kreditorlar talablarini qanoatlantirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning qarzdor mol-mulki yetarli boʻlmaganligi sababli qondirilmagan talablari ham qanoatlantirilgan talablar deb hisoblanadi. Tugatish boshqaruvchisi tomonidan kreditorlarning tan olinmagan talablari ham, agar kreditor xoʻjalik sudiga murojaat etmagan boʻlsa yoki bunday talablar xoʻjalik sudi tomonidan asossiz deb topilgan boʻlsa, qanoatlantirilgan talablar deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish boshqaruvchisi kreditorlarning talablari reyestriga kreditorlar talablari qanoatlantirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
139-modda. Tugatish boshqaruvchisining faoliyatini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish boshqaruvchisi har oyda kamida bir marta kreditorlar yigʻilishiga yoki kreditorlar qoʻmitasiga oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot, qarzdorning moliyaviy ahvoli hamda tugatishga doir ish yuritish boshlangan paytdagi va ish yuritish jarayonidagi mol-mulki toʻgʻrisida axborot, shuningdek, boshqa axborot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish boshqaruvchisi hisobotida quyidagilar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shakllantirilgan tugatish massasi toʻgʻrisidagi, shu jumladan qarzdorning mol-mulkini inventarizatsiya qilish jarayoni va yakunlari toʻgʻrisidagi, qarzdorning mol-mulkini baholash jarayoni va natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning yagona hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarining summasi, mazkur tushumlarning manbai toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilish jarayoni haqidagi maʼlumotlar, mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summalar koʻrsatilgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi shaxslarga nisbatan qarzni undirish haqida tugatish boshqaruvchisi tomonidan qoʻyilgan talablar, shu jumladan sud tartibida qoʻyilgan talablar miqdori va summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini taʼminlash, shuningdek qarzdorning uchinchi shaxslar egaligida turgan mol-mulkini aniqlash va talab qilib olish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning bitimlarini haqiqiy emas deb topish, shuningdek qarzdorning shartnomalarini bajarishdan bosh tortilishini bildirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning kreditorlarning talablari reyestrini yuritishga oid ishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, kreditorlarning reyestrga kiritilgan talablarining umumiy miqdorini va har bir navbat boʻyicha talablari miqdorini alohida-alohida koʻrsatgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning tugatishga doir ish yuritish davrida oʻz faoliyatini davom ettirayotgan xodimlari hamda qarzdor bilan tuzilgan mehnat shartnomalari tugatishga doir ish yuritish davrida bekor qilingan xodimlarining soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning hisobvaraqlarini yopish boʻyicha tugatish boshqaruvchisi amalga oshirgan ishlar va ularning natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatishga doir ish yuritishni oʻtkazish xarajatlarining summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularning maqsadini koʻrsatgan holda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish boshqaruvchisining hisobotida qarzdorga nisbatan tugatishga doir ish yuritish jarayoni haqidagi boshqa maʼlumotlar ham boʻlishi kerak, ularning tarkibi tugatish boshqaruvchisining oʻzi tomonidan, shuningdek kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi yoxud xoʻjalik sudi talablari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish boshqaruvchisi xoʻjalik sudining talabiga binoan tugatishga doir ish yuritish taomilini oʻtkazishga taalluqli barcha maʼlumotlarni mazkur sudga taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan boʻlsa, kreditorlar yigʻilishining yoki kreditorlar qoʻmitasining iltimosnomasiga binoan yoxud bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining arizasi asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz arizasiga binoan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi tugatish boshqaruvchisini oʻz vazifasini bajarishdan ozod qilish bilan bir vaqtda yangi tugatish boshqaruvchisini ushbu Qonunning 126-moddasida nazarda tutilgan tartibda tayinlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish boshqaruvchisini oʻz vazifasini bajarishdan ozod qilish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudining ajrimi darhol ijro etilishi lozim va ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
141-modda. Tashqi boshqaruvga oʻtish imkoniyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qarzdorga nisbatan sud sanatsiyasi va (yoki) tashqi boshqaruv taomili joriy etilgan boʻlmasa, tugatishga doir ish yuritish mobaynida esa qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanishi mumkin deb hisoblash uchun yetarli asoslar, shu jumladan moliyaviy tahlil maʼlumotlari bilan tasdiqlangan asoslar paydo boʻlsa, tugatish boshqaruvchisi mazkur holatlar aniqlangan paytdan eʼtiboran bir oylik muddat ichida tugatishga doir ish yuritishni tugatish va tashqi boshqaruvga oʻtish haqida iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish maqsadida qarzdorning kreditorlari yigʻilishini chaqirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatishga doir ish yuritishni tugatish va tashqi boshqaruvga oʻtish haqidagi iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish toʻgʻrisidagi qaror shunday qarorni qabul qilish haqidagi masalani koʻrib chiqayotgan kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilayotgan paytdagi holatga koʻra qanoatlantirilmagan kreditorlar talablari umumiy miqdorining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatishga doir ish yuritishni tugatish va tashqi boshqaruvga oʻtish haqida iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish toʻgʻrisidagi kreditorlar yigʻilishining qarorida tashqi boshqaruvning taklif qilinayotgan muddati va tashqi boshqaruvchilikka nomzod, shuningdek bu nomzod haqidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
142-modda. Tugatish boshqaruvchisining tugatishga doir ish yuritishni oʻtkazish natijalari haqidagi hisoboti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlanganidan keyin tugatish boshqaruvchisi xoʻjalik sudiga tugatishga doir ish yuritishni oʻtkazish natijalari haqida hisobot taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning ushbu Qonunning 1421 va 143-moddalarida nazarda tutilgan mol-mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(142-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-300-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1421-modda. Majburiy toʻlovlar va moliyaviy sanksiyalar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlgan qarzdorning realizatsiya qilinmagan mol-mulki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy toʻlovlar va moliyaviy sanksiyalar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlgan qarzdorning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki tugatish boshqaruvchisi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari balansiga quyidagi hollarda oʻtkaziladi, agar majburiy toʻlovlar va moliyaviy sanksiyalar boʻyicha qarzdorlik miqdori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning mol-mulki qiymatiga teng yoki undan ortiq boʻlsa, — birinchi navbatdagi boshqa kreditorlar ushbu mol-mulkni oʻz talablarini qanoatlantirish hisobiga qabul qilishni rad etganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning mol-mulki qiymatidan kam boʻlsa, — barcha navbatdagi kreditorlar ushbu mol-mulkni oʻz talablarini qanoatlantirish hisobiga qabul qilishni rad etganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan mol-mulki toʻgʻrisida tugatish boshqaruvchisi mahalliy davlat hokimiyati organlarini yozma shaklda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari yozma xabar olingan paytdan eʼtiboran oʻn besh kun ichida mol-mulkni balansga oladi va uni saqlab turishga doir barcha xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi. Mol-mulkni qabul qilishdan bosh tortilgan yoki boʻyin tovlangan taqdirda, tugatish boshqaruvchisi tegishli organni mazkur mol-mulkni qabul qilishga majburlash toʻgʻrisidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat etishga haqli. Xoʻjalik sudi mol-mulk mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansiga oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar asosida tugatishga doir ish yuritishni tamomlash haqida ajrim chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq balansiga mol-mulk oʻtkazilgan mahalliy davlat hokimiyati organi bu mol-mulkni belgilangan tartibda ochiq kim oshdi savdosida realizatsiya qilish tashabbusi bilan chiqishi mumkin. Bunda koʻchmas mol-mulk, shuningdek aksiyalar, xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi ulushlar davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ tomonidan ochiq kim oshdi savdosiga qoʻyiladi, tushgan mablagʻlar esa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi. Boshqa mol-mulk ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlari orqali ochiq kim oshdi savdosiga qoʻyiladi, tushgan mablagʻlar esa mahalliy budjet daromadiga yoʻnaltiriladi, qarzdorning qabul qilib olingan mol-mulkni saqlash boʻyicha qilingan xarajatlarini qoplash uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida qoldiriladigan mablagʻlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning mol-mulki ochiq kim oshdi savdosiga qoʻyilgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida realizatsiya qilinmagan taqdirda, mahalliy davlat hokimiyati organlari ushbu mol-mulkka nisbatan davlat mulkini tasarruf etishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda boshqa usullarini ham qoʻllaydi.
(1421-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-300-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki tugatish boshqaruvchisi tomonidan kreditorlarga kreditorlik qarzlarini uzish hisobiga taklif etiladi. Kreditor ushbu mol-mulkni qabul qilishga rozilik berish yoki uni rad etish yoxud ushbu masalani qonunda belgilangan hollarda kreditorning kuzatuv kengashiga yoki muassislari (ishtirokchilari) umumiy yigʻilishiga koʻrib chiqish uchun kiritish toʻgʻrisida tugatish boshqaruvchisini realizatsiya qilinmagan mol-mulk haqida taklif olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida yozma shaklda xabardor etadi. Kreditor tomonidan yozma xabarning belgilangan muddatda taqdim etilmaganligi mol-mulkni qabul qilish rad etilishiga tenglashtiriladi.
(143-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-300-sonli Qonuniga asosan birinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish boshqaruvchisi qarzdorning kreditorlar talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulki, shuningdek majburiy toʻlovlar va moliyaviy sanksiyalar boʻyicha qarzdorligi boʻlmagan qarzdorning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki toʻgʻrisida kreditorlar mazkur mol-mulkni oʻz talablarini qanoatlantirish uchun qabul qilishni rad etgan taqdirda va agar qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdorning mol-mulki egasi kreditorlarning talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulkka boʻlgan huquqlari toʻgʻrisida ariza taqdim etgan boʻlmasa, mahalliy davlat hokimiyati organlarini xabardor qiladi.
(143-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-300-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran oʻn besh kun ichida mol-mulkni balansga oladi va uni saqlab turishga doir barcha xarajatlarni qoplaydi. Mol-mulkni qabul qilishdan bosh tortilgan yoki qabul qilishdan boʻyin tovlangan taqdirda tugatish boshqaruvchisi tegishli organni mazkur mol-mulk qabul qilishga undash toʻgʻrisidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat etishga haqli. Xoʻjalik sudi mol-mulk topshirilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar asosida tugatishga doir ish yuritishni tamomlash haqida ajrim chiqaradi.
(143-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-300-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonaning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki, agar kreditorlar mazkur mol-mulkni oʻz talablarini qanoatlantirish uchun bankrot yuridik shaxsni tugatishga doir ish yuritishning belgilangan muddatida qabul qilishni rad etgan boʻlsa, davlat mulkiga oʻtadi hamda tugatish boshqaruvchisi uni mahalliy davlat hokimiyati organlari balansiga topshiradi. Xoʻjalik sudi mol-mulk topshirilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar asosida tugatishga doir ish yuritishni tamomlash haqida ajrim chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
144-modda. Tugatishga doir ish yuritish taomilini tamomlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatishga doir ish yuritish taomilini oʻtkazish natijalari toʻgʻrisida tugatish boshqaruvchisi tomonidan taqdim etilgan hisobot koʻrib chiqilganidan keyin xoʻjalik sudi tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi haqida ajrim chiqaradi va tugatish boshqaruvchisi zimmasiga mazkur ajrimni yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga oʻn kun ichida taqdim etish majburiyatini yuklaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudining ajrimi yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga qarzdor tugatilganligi toʻgʻrisida yozuv kiritilishi uchun asos boʻladi. Reyestrga tegishli yozuv xoʻjalik sudining mazkur ajrimi taqdim etilgan paytdan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga qarzdor tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuv kiritilgan paytdan boshlab, tugatish boshqaruvchisining vakolatlari tugatilgan, tugatishga doir ish yuritish tamomlangan, qarzdor esa tugatilgan deb hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.10.00 Kelishuv bitimi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII BOB. KELIShUV BITIMI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
145-modda. Kelishuv bitimi tuzish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor va kreditorlar xoʻjalik sudi tomonidan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishning har qanday bosqichida kelishuv bitimi tuzishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi qarorni kreditorlar nomidan kreditorlar yigʻilishi qabul qiladi. Kreditorlar yigʻilishining kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi qarori kreditorlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va qaror, basharti qarzdorning garov bilan taʼminlangan mol-mulki majburiyatlari boʻyicha barcha kreditorlar uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Kreditor vakilining kelishuv bitimini tuzish masalasi haqida ovoz berish borasidagi vakolatlari uning ishonchnomasida alohida nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi qaror qarzdor nomidan tegishincha qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki qarzdorning rahbari, tashqi boshqaruvchi yoki tugatish boshqaruvchisi tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladigan uchinchi shaxslarning kelishuv bitimida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimi xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlanishi kerak, bu haqda ajrim chiqarilib, unda bankrotlik toʻgʻrisida ish yuritishni tugatish koʻrsatiladi. Agar kelishuv bitimi tugatishga doir ish yuritish jarayonida tuzilgan boʻlsa, xoʻjalik sudi kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, unda qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi qaror ijro etilmasligi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimi qarzdor, kreditorlar, shuningdek kelishuv bitimida ishtirok etayotgan uchinchi shaxslar uchun xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va ular uchun majburiy hisoblanadi. Kuchga kirgan kelishuv bitimini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimi tuzishni yoqlab ovoz bergan kreditor, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi kelishuv bitimini tuzishga qarshi ovoz bergan yoxud ovoz berishda qatnashmagan kreditorlar oldida qarzdorning pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyatini bajarishga haqli. Bunday hollarda kreditor qarzdor uchun taklif qilingan ijroni qabul qilishi shart, qarzdorning majburiyatlarini bajargan shaxsga kreditorning majburiyat boʻyicha huquqlari oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchinchi shaxslar kelishuv bitimi boʻyicha qarzdor tomonidan pul majburiyatlari qondirilishi va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyati bajarilishi kafilligini yoki kafolatini berishga, xuddi shuningdek uning lozim darajada bajarilishini boshqacha tarzda taʼminlashga haqli. Agar kelishuv bitimining sharti qarzdorning mol-mulkini uchinchi shaxs foydasiga oʻtkazishdan iborat boʻlsa, bitim mazkur mol-mulk kreditorlarning talablari faqat uchinchi shaxs tomonidan qanoatlantirilishini taʼminlovchi garovga berilgan taqdirda tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
146-modda. Bankrotlik taomillarida kelishuv bitimini tuzishning oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv va sud sanatsiyasi chogʻida qarzdorning kelishuv bitimini tuzishi toʻgʻrisidagi qarorni uning rahbari, mazkur rahbar vazifasini bajarishdan chetlashtirilgan taqdirda esa sud boshqaruvchisi qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kelishuv bitimi qarzdor uchun qonun hujjatlariga yoki taʼsis hujjatlariga muvofiq qarzdorning boshqaruv organlari qarori (maʼqullashi) asosida tuziladigan bitim hisoblansa, qarzdor nomidan kelishuv bitimini tuzish toʻgʻrisidagi qaror tegishli qarordan (maʼqullashdan) keyin qabul qilinishi mumkin. Tashqi boshqaruv va tugatishga doir ish yuritish taomillarida kelishuv bitimini tuzishda bunday qaror (maʼqullash) talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorga, sud boshqaruvchisiga yoki kreditorga nisbatan manfaatdor uchinchi shaxslar ishtirokida kelishuv bitimi tuzilayotganda kelishuv bitimida uning manfaatdorlik nazarda tutilgan bitim ekanligi haqidagi, bunday manfaatdorlik xususiyati koʻrsatilgan axborot boʻlishi kerak. Kelishuv bitimi kreditorlarning bajarilish muddati bankrotlikning tegishli taomili joriy etilgan sanada boshlangan talablariga nisbatan tatbiq etiladi, bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganidan keyin yuzaga kelgan majburiyatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
147-modda. Kelishuv bitimining shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimi yozma shaklda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor nomidan kelishuv bitimini tegishincha qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor, qarzdorning rahbari yoki sud boshqaruvchisi imzolaydi. Kreditorlar nomidan kelishuv bitimini kreditorlar yigʻilishi tomonidan vakolat berilgan shaxsning oʻzi imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kelishuv bitimida uchinchi shaxslar ishtirok etayotgan boʻlsa, ular nomidan kelishuv bitimini shu shaxslarning oʻzi yoki ularning vakillari imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
148-modda. Kelishuv bitimining mazmuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimida qarzdor pul majburiyatlarining miqdori, ularni bajarish tartibi va muddatlari toʻgʻrisidagi va (yoki) voz kechish haqini berish, majburiyatlarni yangilash, qarzni kechish yoʻli bilan yoxud qarzdorning pul majburiyatlarini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oʻzga usullar bilan tugatish toʻgʻrisidagi qoidalar boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi masala boʻyicha ovoz berishda ishtirok etmagan, shuningdek uni tuzishga qarshi ovoz bergan kreditorlar uchun kelishuv bitimining shartlari uni tuzishni yoqlab ovoz bergan, shu navbatning oʻzidagi kreditorlar uchun belgilangan shartlardan yomon boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kelishuv bitimida boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, qarzdorning oʻz zimmasiga olgan majburiyatlari bajarilishini taʼminlovchi mol-mulk garovi saqlanib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
149-modda. Kelishuv bitimini xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlash shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimi faqat xarajatlar qoplanganidan va ushbu Qonun 134-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan talablar hamda ish haqini toʻlash uchun pul mablagʻlari berilishini nazarda tutuvchi toʻlov hujjatlari boʻyicha talablar qondirilganidan keyin xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor, tashqi boshqaruvchi yoki tugatish boshqaruvchisi kelishuv bitimi imzolangan paytdan eʼtiboran besh kun ichida xoʻjalik sudiga kelishuv bitimi tuzilganligini tasdiqlovchi ariza taqdim etishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishuv bitimining matni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kreditorlar yigʻilishining bayonnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor kreditorlarining talablari reyestri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan xarajatlar qoplanganligini va talablar qondirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi masala boʻyicha ovoz berishda ishtirok etmagan yoki kelishuv bitimini tuzishga qarshi ovoz bergan kreditorlarning yozma eʼtirozlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi kelishuv bitimi koʻrib chiqiladigan sana haqida manfaatdor taraflarni xabardor qiladi. Xabardor qilingan shaxslarning hozir boʻlmasligi bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishga monelik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv va tugatishga doir ish yuritish jarayonida xoʻjalik sudi tomonidan kelishuv bitimining tasdiqlanishi bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishning tugatilishiga asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimi xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlangan paytdan eʼtiboran sud boshqaruvchilarining vakolatlari tugatiladi. Qarzdor yuridik shaxsning tashqi boshqaruvchisi va tugatish boshqaruvchisi qarzdorning rahbari tayinlangunga (saylangunga) qadar oʻz vakolatlarini bajarishni davom ettirib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimi tasdiqlangan paytdan eʼtiboran tegishincha qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki qarzdorning rahbari, tashqi boshqaruvchi yoxud tugatish boshqaruvchisi yoki uchinchi shaxs kreditorlar oldidagi qarzni uzishga kirishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
151-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashning xoʻjalik sudi tomonidan rad etilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning 149-moddasi birinchi qismida koʻrsatilgan xarajatlarni qoplash va talablarni qondirishga doir majburiyatlar bajarilmagan taqdirda xoʻjalik sudi kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi quyidagi hollarda ham kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishuv bitimini tuzishning ushbu Qonunda belgilangan tartibi buzilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishuv bitimining shakliga rioya etilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi shaxslarning huquqlari buzilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishuv bitimining shartlari qonun hujjatlariga zid boʻlganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi kelishuv bitimini tasdiqlash rad etilganligi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
153-modda. Kelishuv bitimining haqiqiy emasligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor, kreditor, prokuror, shuningdek huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan shaxslarning arizasiga binoan kelishuv bitimi quyidagi hollarda xoʻjalik sudi tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishuv bitimi ayrim kreditorlar uchun afzallik berilishini yoki ayrim kreditorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishini nazarda tutuvchi shartlarga ega boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
154-modda. Kelishuv bitimini haqiqiy emas deb topishning oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimining haqiqiy emas deb topilishi bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni qayta tiklash uchun asos boʻladi. Xoʻjalik sudi bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni qayta tiklash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimi haqiqiy emas deb topilgan taqdirda kreditorlarning ularga toʻlanishi lozim boʻlgan, lekin kechiktirilishi va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlanishiga yoʻl qoʻyilgan talablari yoki qarzlardan siylov berilgan talablari bu talablarning qondirilmagan qismi boʻyicha tiklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimining haqiqiy emas deb topilishi ushbu Qonun 149-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda qoplangan xarajatlar va qondirilgan talablarni qarzdorga qaytarish majburiyatini keltirib chiqarmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimlarni haqiqiy emas deb topishning ushbu modda bilan tartibga solinmagan qismida bitimlarni haqiqiy emas deb topishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oqibatlari kelib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimi haqiqiy emas deb topilganda qarzdorning bankrotligi toʻgʻrisidagi ish yuritishni qayta tiklash haqidagi xabar xoʻjalik sudi tomonidan rasmiy nashrda qarzdorning mol-mulki hisobidan ushbu Qonunning 52 va 53-moddalarida nazarda tutilgan tartibda eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning kelishuv bitimi shartlari asosida hisob-kitob qilib boʻlingan talablari, agar ushbu Qonunga zid kelmasa, qanoatlantirilgan deb hisoblanadi. Agar kreditorlarning talablari kelishuv bitimining muayyan kreditorlar ustunligini yoki boshqa kreditorlar huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishini nazarda tutuvchi shartlariga muvofiq qondirilgan boʻlsa, bunday kreditorlar kelishuv bitimini bajarish tartibida olgan barcha narsalarini qaytarishlari shart. Bunda mazkur talablar kreditorlarning talablari reyestrida tiklab qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimi qarzdor tomonidan bajarilmagan taqdirda kreditorlar kelishuv bitimida nazarda tutilgan hajmda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda talablar taqdim etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik toʻgʻrisida yangi ish qoʻzgʻatilgan taqdirda kelishuv bitimi qaysi kreditorlarga nisbatan tuzilgan boʻlsa, shu kreditorlar talablarining hajmi kelishuv bitimida nazarda tutilgan shartlar asosida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX BOB. QARZDOR YuRIDIK ShAXSLAR AYRIM TOIFALARI BANKROTLIGINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.11.00 Yuridik shaxslar ayrim toifalarining bankrotlik xususiyatlari / 09.03.11.01 Shaharni tashkil etuvchi korxonaning bankrotligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona bankrotligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
156-modda. Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona bankrotligining oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona bankrotligi toʻgʻrisidagi ish, agar qarzdor kreditorlarning pul majburiyatlari boʻyicha talablarini qondirishga va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini bajarishga qodir boʻlmasa, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha tegishli majburiyat mazkur majburiyatlar va (yoki) toʻlovlar boʻyicha mazkur majburiyat boshlangan kundan eʼtiboran olti oy ichida bajarilmagan boʻlsa, basharti qarzdorga nisbatan bildirilayotgan talablar eng kam ish haqining kamida besh ming karrasi miqdorini tashkil etsa, xoʻjalik sudi tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona bankrotligi toʻgʻrisidagi ish koʻrilayotganda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi va (yoki) tegishli vazirlik, davlat qoʻmitasi, idora, xoʻjalik boshqaruvi organi ishda ishtirok etuvchi shaxs sifatida eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar hamda ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-son “Bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 34-bandiga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
157-modda. Shaharni tashkil etuvchi korxonaning hamda unga tenglashtirilgan korxonaning tashqi boshqaruvi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharni tashkil etuvchi korxonaning hamda unga tenglashtirilgan korxonaning tashqi boshqaruvi xoʻjalik sudi tomonidan kreditorlar yigʻilishining qarori asosida, bunday qaror boʻlmasa, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organining yoki vazirlik, davlat qoʻmitasi, idoraning va xoʻjalik boshqaruvi organining iltimosnomasiga binoan, ular qarzdorning majburiyatlari yuzasidan taʼminot bergan taqdirda, joriy etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruv rejasi shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona tomonidan mazkur rejani kreditorlar yigʻilishiga taqdim etishdan oldin mahalliy davlat hokimiyati organi bilan, davlat mudofaa buyurtmasini amalga oshiruvchi korxonalar boʻyicha esa vazirlik, davlat qoʻmitasi, idora va xoʻjalik boshqaruvi organi bilan kelishib olingan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishincha mahalliy davlat hokimiyati organining hamda vazirlik, davlat qoʻmitasi, idoraning, xoʻjalik boshqaruvi organining iltimosnomasiga binoan ular tomonidan qarzdorning majburiyatlarni bajarishi taʼminoti taʼminlangan taqdirda, shu jumladan davlat kafolatlarini berish yoʻli bilan taʼminlanganda, xoʻjalik sudi qarzdorning sud sanatsiyasiga oʻtishi toʻgʻrisida, agar ilgari bunday taomil qarzdorga nisbatan qoʻllanilgan boʻlmasa, qaror qabul qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
158-modda. Tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharni tashkil etuvchi korxonaning hamda unga tenglashtirilgan korxonaning tashqi boshqaruvi mahalliy davlat hokimiyati organining iltimosnomasi boʻlgan taqdirda xoʻjalik sudi tomonidan uzogʻi bilan bir yil muhlatga uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona faoliyatiga investitsiya kiritish, xodimlarni ishga joylashtirish, yangi ish joylarini yaratish yoʻli bilan hamda qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashning boshqa usullari bilan korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash rejasi tashqi boshqaruvni ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatdan koʻproq muhlatga uzaytirish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishincha mahalliy davlat hokimiyati organining, vazirlik, davlat qoʻmitasi, idoraning hamda xoʻjalik boshqaruvi organining iltimosnomasiga binoan qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlari yuzasidan kafillik berish sharti bilan shaharni tashkil etuvchi korxonaning hamda unga tenglashtirilgan korxonaning tashqi boshqaruv muddati besh yilgacha uzaytirilishi mumkin. Bunday hollarda qarzdor va uning kafili kreditorlar bilan hisob-kitob qilishga ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlardan kechikmay kirishishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan talablarga rioya qilinmasligi qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
159-modda. Shaharni tashkil etuvchi qarzdor korxonani hamda unga tenglashtirilgan qarzdor korxonani sotish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharni tashkil etuvchi qarzdor korxona hamda unga tenglashtirilgan qarzdor korxona tashqi boshqaruv chogʻida kreditorlarning talablarini qondirish maqsadida mulkiy majmua sifatida sotilishi mumkin. Shaharni tashkil etuvchi korxonani hamda unga tenglashtirilgan korxonani sotish tanlov yoki auksion oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharni tashkil etuvchi korxonani tanlovda sotishning majburiy shartlari quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharni tashkil etuvchi korxona sotilayotgan paytda unda ishlab turgan xodimlarning kamida yetmish foizi uchun ish joylarini saqlab qolish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharni tashkil etuvchi korxonaning faoliyat sohasi oʻzgartirilgan taqdirda mazkur xodimlarni qayta oʻqitish yoki ishga joylashtirish borasida xaridorning majburiyatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi saqlab turilishini taʼminlovchi korxonani tanlovda sotishning majburiy shartlari quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi saqlab turilishini taʼminlovchi korxona mulkiy majmuasining hamda safarbarlik maqsadidagi mol-mulkning belgilangan maqsadi saqlab qolinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning davlat mudofaasiga oid buyurtmalar, davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi sohasidagi ehtiyojlarini taʼminlashga doir ishlarni amalga oshirish bilan bogʻliq shartnomalarni bajarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy monopoliyalarning subyekti boʻlgan korxonani tanlovda sotishning majburiy shartlari quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining tartibga solish predmeti boʻlgan tovarlar yetkazib berish shartnomalari boʻyicha qarzdorning majburiyatlarini sotib oluvchi oʻz zimmasiga olishga roziligi, ishlab chiqarilayotgan va (yoki) realizatsiya qilinayotgan tovarlardan (ishlardan, xizmatlardan) isteʼmolchilarning erkin foydalana olishi taʼminlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar qarzdorning faoliyati litsenziyalanishi lozim boʻlsa, tegishli faoliyat turini amalga oshirish uchun xaridorda litsenziya boʻlishi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlovning mazkur moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilmagan shartlari faqat kreditorlar yigʻilishining roziligi bilan ushbu Qonunning 13-moddasida nazarda tutilgan tartibda belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona tanlov shartlarida sotilmagan boʻlsa, korxona auksionda sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar davlat mudofaasiga oid buyurtmani bajaruvchi korxonaning mol-mulki tarkibida muomala qobiliyati cheklangan mol-mulk boʻlsa, bunday korxonani sotish yopiq kimoshdi savdosida tanlov shaklida amalga oshiriladi, bunday savdoda qonunga muvofiq faqat mazkur mol-mulkka mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida ega boʻla oladigan shaxslar ishtirokchi boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mudofaasiga oid buyurtmani bajaruvchi sotilayotgan korxonaning muomaladan chiqarilgan mol-mulki mol-mulkning egasiga u shunday mol-mulk mavjudligi haqida tashqi boshqaruvchi tomonidan xabardor qilingan paytdan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari kimoshdi savdosi natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma imzolanganidan keyin bir oy ichida davlat mudofaasiga oid buyurtmani bajaruvchi korxonani kimoshdi savdosini oʻtkazish natijasida belgilangan narx boʻyicha sotib olishda imtiyozli huquqqa ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organi kimoshdi savdosi natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma imzolanganidan keyin bir oy ichida tabiiy monopoliya subyekti boʻlgan korxonani kimoshdi savdosini oʻtkazish natijasida belgilangan narx boʻyicha sotib olishda imtiyozli huquqqa ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
160-modda. Shaharni tashkil etuvchi bankrot deb topilgan qarzdor korxonaning hamda unga tenglashtirilgan bankrot deb topilgan qarzdor korxonaning mol-mulkini sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharni tashkil etuvchi bankrot deb topilgan qarzdor korxonaning hamda unga tenglashtirilgan bankrot deb topilgan qarzdor korxonaning mol-mulki sotilayotganida tugatish boshqaruvchisi korxonani dastlabki kimoshdi savdosida sotishga mulkiy majmua sifatida taklif etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shaharni tashkil etuvchi qarzdor korxonaning hamda unga tenglashtirilgan qarzdor korxonaning mol-mulki mulkiy majmua sifatida sotilmagan boʻlsa, qarzdorning mol-mulkini sotish ushbu Qonunning 111-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy monopoliya subyekti boʻlgan qarzdor korxonaning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish jarayonida foydalanadigan mol-mulki kimoshdi savdosiga faqat mulkiy majmua sifatida qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatuvchi boshqaruvchi, agar tabiiy monopoliya subyekti boʻlgan qarzdor korxona tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish shartnomalari bajarilishining toʻxtatilishi aholining hayotiy faoliyati yoki ishlab chiqarishning uzluksiz turkumiga asoslangan korxonalar faoliyati sharoitini buzadigan boʻlsa, bunday shartnomalar bajarilishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy monopoliya subyekti boʻlgan qarzdor korxonani tugatishga doir ish yuritish xoʻjalik sudining qarori qabul qilingan va tugatish boshqaruvchisi tayinlangan sanadan eʼtiboran kechi bilan olti oy ichida tamomlanishi kerak. Agar mazkur muddat tugaganidan keyin korxonaning mol-mulki sotilmay qolsa, tugatish boshqaruvchisi kreditorlar yigʻilishining qaroriga binoan, yigʻilish rad etgan taqdirda esa mahalliy davlat hokimiyati organining qaroriga binoan ushbu Qonunning 115-moddasida nazarda tutilgan tartibga muvofiq aktivlar oʻrnini almashtirish yoʻli bilan tugatishga doir ish yuritishni tamomlaydi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.11.00 Yuridik shaxslar ayrim toifalarining bankrotlik xususiyatlari / 09.03.11.02 Qishloq xoʻjaligi korxonasi bankrotligi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Qishloq xoʻjaligi korxonalarining bankrotligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161-modda. Qishloq xoʻjaligi korxonalari bankrotligining oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgunga qadar ularga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudgacha sanatsiya qilish qoʻllanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudgacha sanatsiya qilish muddati mobaynida tabiiy ofatlar va boshqa fors-major holatlar tufayli qishloq xoʻjaligi korxonasining ishlab chiqarishida pasayish va moliyaviy ahvolida yomonlashish sodir boʻlgan boʻlsa, sudgacha sanatsiya qilish muddati oʻn ikki oyga uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi korxonasining bankrotligi toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganida mahalliy davlat hokimiyati organlari ham ishda ishtirok etuvchi shaxslar boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
162-modda. Qishloq xoʻjaligi korxonalarida kuzatuv, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvning oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi korxonasida kuzatuv, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv yetishtirilgan tovar qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilish uchun zarur vaqtni hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi ishlarining tegishli davri tugagunga qadar boʻlgan muddatga joriy etiladi. Bunda kuzatuv taomili muddati uch oydan, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv taomillari muddati esa ushbu Qonun 91-moddasining uchinchi qismida belgilangan muhlatdan oshib ketmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv muddati mobaynida tabiiy ofatlar va boshqa fors-major holatlar tufayli qishloq xoʻjaligi korxonasining ishlab chiqarishida pasayish va moliyaviy ahvolida yomonlashish sodir boʻlgan boʻlsa, sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv muddati oʻn ikki oyga uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud sanatsiyasini muddatidan ilgari tugatish, ushbu Qonunning 86-moddasi talablariga muvofiq, faqat qishloq xoʻjaligi ishlarining tegishli davri tugashi muddatini hamda yetishtirilgan tovar qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilish uchun zarur boʻlgan vaqtni inobatga olgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaliklariga va yuridik shaxsni tashkil etgan holdagi dehqon xoʻjaliklariga nisbatan tashqi boshqaruv taomili joriy etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
163-modda. Qishloq xoʻjaligi korxonalarining mol-mulkini va mulkiy huquqlarini sotishning (ulardan oʻzganing foydasiga voz kechishning) oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning mol-mulkini sotishda (undan oʻzganing foydasiga voz kechishda) sud boshqaruvchisi yoki qarzdorning rahbari qishloq xoʻjaligi korxonasini dastlabki kimoshdi savdosida sotishga mulkiy majmua sifatida qoʻymogʻi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning mol-mulkini sotib olishda imtiyozli huquqqa, shuningdek, yerga egalik qilish huquqiga qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish bilan shugʻullanayotgan va qarzdorning yer uchastkasiga bevosita tutash yer uchastkasiga egalik qiluvchi shaxslar ega boʻladilar. Sud boshqaruvchisi yoki qarzdorning rahbari mazkur mol-mulkni, shuningdek mulkiy huquqlarni sotishda (ulardan oʻzganing foydasiga voz kechishda) mazkur mol-mulk va mulkiy huquqlar qiymatini baholashdan oʻtkazishni tashkil etishi hamda shaxslarga mol-mulkni baholangan qiymatida taklif etishi shart.
(163-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar bir oy ichida qishloq xoʻjaligi korxonasining mol-mulkini va mulkiy huquqlarini sotib olish istagini bildirmasalar, sud boshqaruvchisi yoki qarzdorning rahbari mol-mulk qonun hujjatlariga muvofiq realizatsiya qilinishini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi korxonasi bankrotlik oqibatida tugatilgan taqdirda mazkur korxonaga berilgan yer uchastkalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa shaxsga berilishi yoki oʻzga shaxsga oʻtishi mumkin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.11.00 Yuridik shaxslar ayrim toifalarining bankrotlik xususiyatlari / 09.03.11.04 Banklar bankrotligi]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Banklarning bankrotligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
164-modda. Bankni bankrot deb topish asosi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun xoʻjalik sudi bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya faqat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qaytarib olinganidan keyin qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
165-modda. Bankning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishning oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor bank kreditorlarning talablarini qondirishga qodir boʻlmagan taqdirda yuzaga keladigan munosabatlar hamda banklarning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishning oʻziga xos xususiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tarzda tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankka tashqi boshqaruv joriy etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishda, ushbu Qonunning 36-moddasida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi ham ishtirok etuvchi shaxslar deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (yangi tahriri)gi va “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-sentabrdagi 326-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi toʻgʻrisidagi nizomga qarang.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.11.00 Yuridik shaxslar ayrim toifalarining bankrotlik xususiyatlari / 09.03.11.03 Sugʻurta tashkilotlari bankrotligi]
[TSZ:
1.Moliya / Sugʻurta]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Sugʻurtalovchining bankrotligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
166-modda. Sugʻurtalovchining bankrotligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchining bankrotligi toʻgʻrisidagi ishda, ushbu Qonunning 36-moddasida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, sugʻurta faoliyatini tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi ham ishtirok etuvchi shaxs deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorigaqarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
167-modda. Sugʻurtalovchining mulkiy majmuasini sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchining mulkiy majmuasini sotish tashqi boshqaruv jarayonida ushbu Qonunning 110-moddasiga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faqat sugʻurtalovchining oʻzi sugʻurtalovchining mulkiy majmuasini sotib oluvchi boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchining mulkiy majmuasi tashqi boshqaruv jarayonida sotilgan taqdirda sugʻurtalovchining mulkiy majmuasi sotilayotgan sanadagi sugʻurta hodisasi yuzaga kelmagan sugʻurta shartnomalari boʻyicha barcha huquq va majburiyatlar majmuani sotib olgan shaxsga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatishga doir ish yuritish oʻtkazilayotganida sugʻurtalovchining mulkiy majmuasi sotib oluvchi faqat sugʻurtalovchi bankrot deb topilgan sanaga qadar sugʻurta hodisasi yuzaga kelmagan sugʻurta shartnomalarini oʻz zimmasiga olishga rozi boʻlganda sotilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
168-modda. Sugʻurtalovchi bankrot boʻlgan taqdirda sugʻurta qildiruvchilarning (naf oluvchilarning) talab qilish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi sugʻurtalovchini bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda mazkur qaror qabul qilingan sanaga qadar sugʻurta hodisasi yuzaga kelmagan barcha sugʻurta shartnomalari bekor qilinadi, ushbu Qonun 167-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta qildiruvchilar (naf oluvchilar) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga binoan bekor qilingan shartnomalar boʻyicha sugʻurtalovchiga toʻlangan sugʻurta mukofotining sugʻurta shartnomasining amal qiladigan muddati bilan bu shartnoma amal qilgan muddat oʻrtasidagi farqqa mutanosib tarzdagi qismi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qaytarilishini talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta qildiruvchilar (naf oluvchilar) xoʻjalik sudi sugʻurtalovchini bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgunga qadar sugʻurta hodisasi yuzaga kelgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta tovoni (sugʻurta summasi) toʻlanishini tugatish boshqaruvchisidan talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi navbatda – sugʻurta qildiruvchilarning hayotni sugʻurta qilish sohasidagi majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha talablari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi navbatda – sugʻurta qildiruvchilarning boshqa majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha talablari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi navbatda – boshqa sugʻurta qildiruvchilarning (naf oluvchilarning) talablari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi navbatda – majburiy toʻlovlarni nazarda tutuvchi toʻlov (ijro) hujjatlari boʻyicha talablar. Mazkur talablar toʻla qondirilganidan keyin ijtimoiy sugʻurta boʻyicha talablar va jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida fuqarolarning mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha talablari qondiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi navbatda – sugʻurtalovchining boshqa kreditorlari talablari.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.11.00 Yuridik shaxslar ayrim toifalarining bankrotlik xususiyatlari / 09.03.11.05 Qimmatli qogʻozlar bozori kasb qatnashchilarining bankrotligi]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining bankrotligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
170-modda. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari bankrotligining oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining bankrotligi toʻgʻrisidagi ishda, ushbu Qonunning 36-moddasida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi ham ishtirok etuvchi shaxs deb hisoblanadi.
(170-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-216-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
LexUZ sharhi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisida”gi nizomga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining bankrotligi taomillarining ushbu Qonun bilan tartibga solinmagan oʻziga xos xususiyatlari, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlari qonunda belgilab qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari bankrotligining oldini olish va ularning toʻlov qobiliyatini tiklashning sudgacha taomillarini oʻtkazish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining bankrotligi toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud boshqaruvchisi mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun sud boshqaruvchisi sifatida attestatsiyadan oʻtishi, shuningdek unda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka guvohnomasi boʻlishi kerak.
(171-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-216-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori bilan tasdiqlangan “Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizomning 2-bandiga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
172-modda. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining bitimlar tuzishiga doir cheklovlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining bitimlar tuzishiga doir cheklovlar mazkur ishtirokchiga nisbatan bankrotlik taomillari qoʻllanilayotganida uning mijozlari qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning topshiriqlari boʻyicha tuzadigan, bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilganidan keyin investorlar tomonidan tasdiqlangan bitimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
173-modda. Kuzatuv, tashqi boshqaruv va tugatishga doir ish yuritishning oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv joriy etilgan paytdan eʼtiboran muvaqqat boshqaruvchi oʻzi tayinlangan paytdan boshlab oʻn kunlik muddat ichida oʻzlariga qarashli qimmatli qogʻozlarni qimmatli qogʻozlar bozorining qarzdor professional ishtirokchisiga boshqaruvga topshirgan qimmatli qogʻozlar bozorining investorlariga bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganligi va muvaqqat boshqaruvchi oʻz huquqini amalga oshira boshlaganligi haqida xabarnoma yuborishi shart. Mijozlarning qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining tasarrufida boʻlgan qimmatli qogʻozlari va boshqa mol-mulki tugatish massasiga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruv yoki tugatishga doir ish yuritish joriy etilgan paytdan eʼtiboran mijozlarning qolgan qimmatli qogʻozlari, agar tashqi boshqaruvchining yoki tugatish boshqaruvchisining mijozlar bilan kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, mijozlarga qaytarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mijozlarning oʻzlariga qarashli bir turdagi (bir emitent chiqargan, bir toifadagi, bir tipdagi, bir seriyadagi) qimmatli qogʻozlarni qaytarish xususidagi talablari qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ixtiyoridagi mazkur qimmatli qogʻozlar miqdoridan ortiq boʻlsa, mazkur qimmatli qogʻozlarni mijozlarga qaytarish mijozlarning talablariga mutanosib ravishda amalga oshiriladi. Mijozlar talablarining qondirilmagan qismi pul majburiyatlari deb eʼtirof etiladi va ushbu Qonunning VII bobida nazarda tutilgan tartibda qondiriladi (qanoatlantiriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining tashqi boshqaruvi chogʻida tashqi boshqaruvchi oʻziga mijozlar tomonidan boshqaruvga topshirilgan qimmatli qogʻozlarni mijozlarning roziligi bilan va ularning nomidan qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa professional ishtirokchisiga topshirishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.12.00 Yakka tartibdagi tadbirkorning bankrotligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
174-modda. Yakka tartibdagi tadbirkor bankrotligining tartibga solinishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakka tartibdagi tadbirkorning bankrotligi bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan, agar mazkur bobda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Qonunning I—III boblari qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
175-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza xoʻjalik sudiga qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor, kreditor, prokuror, shuningdek davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish toʻgʻrisida ariza berish huquqiga kreditorlar ham ega, hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi, alimentlarni undirish toʻgʻrisidagi talablar, shuningdek shaxsiy xususiyatdagi boshqa talablar qoʻyadigan kreditorlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish taomili amalga oshirilayotganda hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi, alimentlarni undirish toʻgʻrisidagi talablarni, shuningdek shaxsiy xususiyatdagi boshqa talablarni qoʻyadigan kreditorlar oʻz talablarini taqdim etishga haqli. Mazkur kreditorlarning talablari, agar ular bankrotlik taomili qoʻllanilayotganda bildirilmagan boʻlsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning bankrotligi taomili tugaganidan keyin ham oʻz kuchini saqlab qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
176-modda. Qarzlarni uzish rejasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasiga qarzlarni uzish rejasi ilova qilinishi mumkin, rejaning nusxalari kreditorlarga va bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning eʼtirozi boʻlmasa, xoʻjalik sudi qarzlarni uzish rejasini tasdiqlashi mumkin, bu esa bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritilishini uzogʻi bilan ikki oygacha muddatga toʻxtatib turish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rejani amalga oshirish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor yoki uning oila aʼzolari isteʼmoli uchun har oyda qoldiriladigan summa miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun har oyda yuborish moʻljallanayotgan summa miqdori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarning asoslantirilgan iltimosnomasiga binoan qarzlarni uzish rejasini oʻzgartirishga, shu jumladan uni amalga oshirish muddatini uzaytirishga yoki qisqartirishga, qarzdor yoki uning oila aʼzolari isteʼmoli uchun har oyda qoldiriladigan summa miqdorini koʻpaytirishga yoki kamaytirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor qarzlarni uzish rejasini bajarganligi natijasida kreditorlarning talablari toʻla hajmda qanoatlantirilgan boʻlsa, bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritish tugatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
177-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning tugatish massasiga kirmaydigan mol-mulki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning qonun hujjatlariga muvofiq undiruvni qaratish mumkin boʻlmagan mol-mulki tugatish massasiga kirmaydi.
LexUZ sharhi
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 52-moddasiga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning hamda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarning asoslantirilgan iltimosnomasiga binoan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning qonun hujjatlariga muvofiq undiruvni qaratish mumkin boʻlgan nolikvid mol-mulkini yoki realizatsiya qilinishidan kelgan daromad kreditorlarning talablarini qondirishga mohiyatan taʼsir etmaydigan mol-mulkini tugatish massasidan chiqarishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning ushbu modda ikkinchi qismining qoidalariga muvofiq tugatish massasidan chiqariladigan mol-mulkining umumiy qiymati eng kam ish haqi miqdorining ellik karrasidan ortiq boʻlmasligi kerak. Bunday mol-mulk roʻyxati xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlanib, bu haqda ajrim chiqariladi, ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
178-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor bitimlarining haqiqiy emasligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza xoʻjalik sudiga berilganidan keyin qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning oʻz mol-mulkini boshqa shaxsga oʻtkazish yoki manfaatdor shaxslarga boshqa usullarda berish bilan bogʻliq bitimlari oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitimlardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorning talabiga binoan xoʻjalik sudi oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitim haqiqiy emasligining oqibatini qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning bitim predmeti boʻlgan mol-mulkini qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor mol-mulki tarkibiga qaytarish tariqasida yoki undiruvni manfaatdor shaxslarda turgan tegishli mol-mulkka qaratish tariqasida qoʻllaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
179-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishni xoʻjalik sudida koʻrish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish bilan bir paytda uning mol-mulkini xatlaydi, qonun hujjatlariga muvofiq undiruvni qaratish mumkin boʻlmagan mol-mulk bundan mustasno. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning pul majburiyatlari bajarilishi xususida uchinchi shaxslar tomonidan asosli kafillik berilgan yoki kafolatlangan boshqa taʼminot taqdim etilgan taqdirda xoʻjalik sudi mazkur tadbirkorning iltimosnomasiga binoan uning mol-mulkini (mol-mulkining bir qismini) xatlovdan chiqarishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor kreditorlar bilan hisob-kitob qilishi yoki kelishuv bitimiga erishilishi uchun bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishni mazkur tadbirkorning arizasiga binoan uzogʻi bilan bir oy muddatga kechiktirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor fuqaroga nisbatan meros ochilganligi toʻgʻrisida maʼlumot boʻlgan taqdirda, xoʻjalik sudi mazkur tadbirkorning bankrotligi toʻgʻrisidagi ish yuritishni meros taqdiri toʻgʻrisidagi masala qonunda belgilangan tartibda hal qilingunga qadar toʻxtatib turishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddatda kreditorlarning talablari qondirilganligini koʻrsatuvchi dalil-isbotlarni taqdim etmagan va belgilangan muddatda kelishuv bitimini tuzmagan boʻlsa, xoʻjalik sudi mazkur tadbirkorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
180-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topishning oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan paytdan eʼtiboran:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning pul majburiyatlarini bajarish muddati boshlangan deb hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning barcha majburiyatlari boʻyicha neustoyka (jarima, penya), foizlar hisoblash va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sanksiyalar bekor qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdordan barcha ijro hujjatlari boʻyicha undiruvlar bekor qilinadi, alimentlar undirish toʻgʻrisidagi talablar boʻyicha, shuningdek hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talablar boʻyicha ijro hujjatlari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi qarorni xoʻjalik sudi barcha maʼlum kreditorlarga ular oʻz talablarini taqdim etadigan muddatni koʻrsatgan holda yuboradi, bu muddat ikki oydan oshmasligi kerak. Xoʻjalik sudining ana shunday qarorini yuborish qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan paytdan eʼtiboran mazkur tadbirkorning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi oʻz kuchini yoʻqotadi, shuningdek faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun mazkur tadbirkorga berilgan litsenziyalarning amal qilishi tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini ayni shu shaxsni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatga olgan organga va litsenziyalovchi organga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
181-modda. Xoʻjalik sudining qarorini bajarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudining qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi qarori hamda undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisidagi ijro varaqasi qarzdorning mol-mulki sotilishini amalga oshirish uchun sud ijrochisiga yuboriladi. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning barcha mol-mulki sotilishi kerak, ushbu Qonunga muvofiq tugatish massasiga kirmaydigan mol-mulk bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning koʻchmas mol-mulkini yoki qimmatli koʻchar mol-mulkini doimiy boshqaruv zarur boʻlganda xoʻjalik sudi mazkur maqsadlar uchun tugatish boshqaruvchisini tayinlaydi va unga toʻlanadigan haq miqdorini belgilaydi. Bunday hollarda qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulki tugatish boshqaruvchisi tomonidan sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulkini sotishdan tushgan, shuningdek mavjud naqd pul mablagʻlari qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan xoʻjalik sudining depozitiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
182-modda. Kreditorlarning talablarini koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi ushbu Qonun 180-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatda kreditorlar tomonidan bildirilgan talablarni koʻrib chiqadi. Koʻrib chiqish natijalari asosida xoʻjalik sudi kreditorlarning talablarini qondirish tartibi va miqdori toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
183-modda. Kreditorlarning talablarini qondirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi depozitiga kiritilgan pul mablagʻlari hisobidan kreditorlarning talablarini qondirishdan oldin qadar bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish va xoʻjalik sudining qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi qarorini bajarish bilan bogʻliq xarajatlar qoplanadi, shuningdek qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor qaysi fuqaroning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻlsa, shu fuqaroning talablari qondiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning talablari quyidagi navbat boʻyicha qondiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi navbatda – majburiy toʻlovlar xususidagi talablar, aliment undirish toʻgʻrisidagi talablar, shuningdek mehnatga haq toʻlashga va mualliflik shartnomalari boʻyicha haq toʻlashga oid hisob-kitoblar nazarda tutilgan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi navbatda – kreditorlarning pul majburiyatlari boʻyicha qarzdorning mol-mulki garovi bilan taʼminlangan talablari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi navbatda – boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har qaysi navbat boʻyicha talablar oldingi navbat talablari toʻla qondirilganidan keyin qondiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudining depozitida pul mablagʻlari yetarli boʻlmasa, bu mablagʻlar tegishli navbatdagi kreditorlar oʻrtasida ular talablarining summasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
184-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni majburiyatlardan ozod qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrot deb topilgan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugaganidan keyin mazkur tadbirkorni bankrot deb topish taomili amalga oshirilayotganda kreditor tomonidan bildirilgan talablarni kelgusida bajarishdan ozod etiladi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talablari, alimentlarni undirish toʻgʻrisidagi talablar, shuningdek shaxsiy xususiyatdagi, xoʻjalik sudining qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi qarorini ijro etish tartibida qanoatlantirilmagan yoki qisman qanoatlantirilgan yoxud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish taomili amalga oshirilayotganida bildirilmagan boshqa talablar oʻz kuchida qoladi va qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning bankrotligi taomili tamomlanganidan keyin tegishincha toʻla hajmda yoki qanoatlantirilmagan qismi hajmida taqdim etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mol-mulkning yashirilganligi yoki uning oʻz mol-mulkini uchinchi shaxslarga gʻayriqonuniy tarzda berganligi faktlari aniqlangan taqdirda bankrotlik jarayonida talablari qondirilmagan kreditor undiruvni ana shu mol-mulkka qaratish talabini taqdim etishga haqli.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.13.00 Soddalashtirilgan bankrotlik jarayoni]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XI BOB. BANKROTLIKNING SODDALAShTIRILGAN TAOMILLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Tugatilayotgan yuridik shaxs bankrotligining oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
185-modda. Tugatilayotgan yuridik shaxsning bankrotligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaganligi va (yoki) oʻz ustav fondini shakllantirmaganligi munosabati bilan tugatilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan yuridik shaxsning mol-mulki qiymati kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli boʻlmasa, bunday yuridik shaxs ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli choralarni koʻrishi uchun davlat soliq xizmati organlariga murojaat etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
186-modda. Tugatilayotgan yuridik shaxsning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishning oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilib, tugatish boshqaruvchisini tayinlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatilayotgan yuridik shaxsning bankrotligida kuzatuv, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv taomillari qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar tugatilayotgan yuridik shaxsga boʻlgan oʻz talablarini tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi eʼlon chiqarilgan paytdan eʼtiboran bir oylik muddat ichida unga taqdim etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
187-modda. Yuridik shaxsni bankrotlik tartibida tugatishni rad etish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 185-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarning buzilganligi yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga yuridik shaxs tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvni kiritishni rad etish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 185-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablar buzilishiga yoʻl qoʻygan tugatish komissiyasining raisi yoki tugatuvchi tugatilayotgan yuridik shaxsning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlari yuzasidan qondirilmagan talablar boʻyicha subsidiar javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Hozir boʻlmagan qarzdorning bankrotligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
188-modda. Hozir boʻlmagan qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisida ariza berishning oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz faoliyatini tugatgan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki tugatilayotgan yuridik shaxsning rahbari hozir boʻlmagan va ularning turgan joyini (yashash joyini) aniqlashning imkoni boʻlmagan taqdirda, hozir boʻlmagan qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza, kreditorlik qarzi miqdoridan qatʼi nazar, kreditor, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi, davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organ, shuningdek prokuror tomonidan berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
189-modda. Hozir boʻlmagan qarzdorning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudi hozir boʻlmagan qarzdorni bankrot deb topish haqidagi arizani oʻz ish yurituviga qabul qilib olgan kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hozir boʻlmagan qarzdorning bankrotligida kuzatuv, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv taomillari qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudining qarori bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga yuboriladi, bu organ mazkur qarorni olgan kundan eʼtiboran bir haftalik muddat ichida xoʻjalik sudiga tugatish boshqaruvchiligiga nomzod taqdim etadi. Xoʻjalik sudi tugatish boshqaruvchisini bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi xodimlari orasidan tayinlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish boshqaruvchisi oʻzi aniqlagan barcha kreditorlarni hozir boʻlmagan qarzdorning bankrotligi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi, ular bu xabarni olgan kundan eʼtiboran bir oylik muddat ichida tugatish boshqaruvchisiga oʻz talablarini taqdim etishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish boshqaruvchisi hozir boʻlmagan qarzdorning mol-mulkini aniqlagan taqdirda xoʻjalik sudi mazkur boshqaruvchining iltimosnomasiga binoan bankrotlikning soddalashtirilgan taomilini bekor qilish hamda bankrotlikning ushbu Qonunda nazarda tutilgan umumiy taomillariga oʻtish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XII BOB. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
190-modda. Bankrotlikka olib kelgan gʻayriqonuniy harakatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlikka olib kelgan gʻayriqonuniy harakatlar deyilganda qarzdorga yoki kreditorlarga zarar yetkazgan mansabdor shaxslarning yoki qarzdor mol-mulki egasining yoxud kreditorlar yoki boshqa shaxslarning qasddan qilgan harakatlari bilan bogʻliq qoidabuzarliklar tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻayriqonuniy harakatlarga quyidagilar ham kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor mol-mulkining yoki majburiyatlarining hammasini yoxud bir qismini yashirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq hisobga olishga oid har qanday hujjatini yashirish, yoʻq qilish, buzib koʻrsatish, soxtalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulkni (shu jumladan pul mablagʻlarini) yashirish maqsadida boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berib yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya hujjatlariga zarur yozuvlarni kiritmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning kreditga olingan va haqi toʻlanmagan mol-mulkining hammasini yoki bir qismini sotish, yoʻq qilish, garov sifatida qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mansabdor shaxslarning yoki qarzdor mol-mulki egasining shaxsiy manfaatlarini yoxud uchinchi shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aylanma mablagʻlarni qaytarmay boshqa maqsadlarga ishlatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlarga zarar yetkazish maqsadini koʻzlagan holda qasddan bankrotlikka olib kelish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorning talablarini boshqa kreditorlarning zarar koʻrishi hisobiga afzalroq qondirish, shunday qondirishga rozilik berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyatini bajarishdan qochish maqsadida qasddan oʻzini oʻzi tugatishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
191-modda. Nizolarni hal qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik jarayonida yuzaga kelgan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.