Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.09.2019 23.03.2004 yildagi 138-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.03.2004 yildagi 138-son
Date of entry into force
23.03.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.09.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Iqtisodiy nochor korxonalarning sud boshqaruvchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-sentabrdagi 765-sonli “Sud boshqaruvchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi tahrirdagi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq hamda bankrotlik tartibotlarini amalga oshirishda sud boshqaruvchilari faoliyatining zarur normativ-huquqiy bazasini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud boshqaruvchilari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda respublikaning barcha mintaqalarida sud boshqaruvchilarini tayyorlash uchun oʻquv kurslari tashkil etsin va ularni mazkur qarorga muvofiq attestatsiyadan oʻtkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan doimiy monitoring va nazoratni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 23-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
138-son

Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 23-martdagi 138-son qaroriga
1-ILOVA

Sud boshqaruvchilari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda qarzdor korxonaning bankrotligi tartibotlarini amalga oshirishda sud boshqaruvchilari tomonidan vakolatlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik toʻgʻrisidagi aniq ish boʻyicha quyidagi turdagi sud boshqaruvchilari tayinlanadi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatish tartiboti joriy etilganda — muvaqqat boshqaruvchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud sanatsiyasi tartiboti oʻtkazilganda — sanatsiya boshqaruvchisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi boshqaruv joriy etilganda — tashqi boshqaruvchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatishga doir ish boshlanganda — tugatish boshqaruvchisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sud boshqaruvchisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatish tartiboti joriy etilganda — kreditor (kreditorlar) tomonidan taklif etilgan nomzodlardan tayinlanadi. Kreditor (kreditorlar) tomonidan muvaqqat boshqaruvchi nomzodi tavsiya qilinmagan taqdirda, u Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan tavsiya qilingan nomzodlardan tayinlanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud sanatsiyasi tartiboti oʻtkazilganda — kreditorlar yigʻilishi yoki majburiyatlarning bajarilishi taʼminlanishini zimmasiga olgan shaxslar tomonidan taklif etilgan nomzodlardan tayinlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi boshqaruv joriy etilganda va tugatishga doir ish boshlanganda — kreditorlar yigʻilishi yoki Qoʻmita yoxud uning hududiy boshqarmasi tomonidan taklif etilgan nomzodlardan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartiboti joriy etilganda yoxud tugatishga doir ish boshlanganda muvaqqat boshqaruvchi vakolatini amalga oshirib turgan shaxsning nomzodi sud boshqaruvchisi sifatida koʻrib chiqilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasiga muvofiq sud boshqaruvchisi sifatidagi faoliyatni amalga oshirishiga cheklashlar mavjud boʻlgan shaxslar sud boshqaruvchilari etib tayinlanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sud boshqaruvchilarining faoliyati “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida nazarda tutilgan hollarda toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Bankrotlik tartibotlarini amalga oshirishda sud boshqaruvchilarining faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1. Muvaqqat boshqaruvchi faoliyati tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Muvaqqat boshqaruvchi iqtisodiy sud tomonidan tayinlangan vaqtdan boshlab:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
namunaviy kalendar ish rejasini tuzadi;

uch kun mobaynida rasmiy nashrlarga qarzdor korxonaga nisbatan kuzatish tartiboti joriy etilganligi toʻgʻrisida xabar yoʻllanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
matbuotda eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda aniqlangan barcha kreditorlarni kuzatish tartiboti joriy etilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi, mehnatga haq toʻlash boʻyicha kreditorlar bundan mustasno. Xabarni eʼlon qilish va kreditorlarni xabardor qilishga doir barcha xarajatlar qarzdor korxona hisobiga amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor korxonaning boshqaruv organlarini kuzatish tartiboti joriy etilganligi va muvaqqat boshqaruvchi tayinlanganligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi, shuningdek qarzdor korxona boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini kuzatish davrida ularning vazifalari roʻyxati bilan imzo qoʻydirib tanishtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor korxona rahbarining qarzdor korxona xodimlarini, muassisni (qatnashuvchini) yoki qarzdor korxona mol-mulki egasini qarzdor korxonaga nisbatan kuzatish tartiboti joriy etilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish boʻyicha xatti-harakatlari ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor korxonaning mol-mulkini saqlash taʼminlanishini tashkil etadi. Zarur hollarda qarzdor korxonaning mol-mulki saqlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida iqtisodiy sudga iltimosnoma bilan murojaat qiladi;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor korxona bitishuvlari qarorlariga rozilik beradi. Qarzdor korxona murojaat qilgandan keyin uch kun muddatda uning bitishuv tuzishiga yoki qarzdor korxona tomonidan “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 64-moddasiga muvofiq qarorlar qabul qilishiga yozma ravishda rozilik (rad javobi) beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning soxta bankrotligi va bankrotlikni yashirish alomatlarini aniqlash harakatlarini amalga oshiradi va ularning yakunlari boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli xulosa tayyorlaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-oktabrdagi 277-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 551-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxonaning buxgalteriya va moliyaviy hujjatlari (balans, shartnomalar, hisobotlar va boshqalar) asosida qarzdor korxonaning moliyaviy ahvoli tahlil qilinishini tashkil etadi. Bunda muvaqqat boshqaruvchi ushbu ishlarni tashkil etish uchun boshqa shaxslarni qarzdor korxonaning mablagʻlari hisobiga jalb qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxonaga tegishli boʻlgan mol-mulkni tahlil qiladi va pul mablagʻlarini (qarzdor korxonaning likvidli aktivlarini) aniqlaydi, shuningdek qarzdor korxonaga tegishli boʻlgan boshqa mol-mulkning, uning ham balans qiymatini, ham sotishdan taxminan tushishi mumkin boʻlgan qiymatini koʻrsatgan holda roʻyxatini tuzadi, ushbu tushumdan sud xarajatlarini qoplashga, sud boshqaruvchisiga mukofot puli toʻlash hamda kreditorlar talablarini qondirish uchun foydalanilishi mumkin. Zarur hollarda muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxona mol-mulkini xatlovdan oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qilish uchun zarur va yetarli boʻlgan axborot bazasini aniqlashi va shakllantirishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy tahlil uchun zarur axborot mavjud boʻlmagan yoxud qarzdor korxona tomonidan bunday axborot taqdim etilmagan taqdirda muvaqqat boshqaruvchi tegishli soliq xizmati hududiy organlariga, budjetdan tashqari fondlarga, koʻchmas mulkka oid bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga hamda qarzdor korxona hamda unga tegishli mol-mulk toʻgʻrisida zarur axborotga ega boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa vakolatli organlarga soʻrov bilan murojaat qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Olingan maʼlumotlar asosida muvaqqat boshqaruvchi, qarzdor korxonaga tegishli mol-mulkning sud xarajatlarini qoplash, sud boshqaruvchisiga mukofot puli toʻlash va kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli ekanligini (yetarli emasligini) aniqlash uchun, qarzdor korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor korxonaning moliyaviy ahvolini oʻrganish jarayonida muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxona tomonidan fuqarolarning hayoti va sogʻligiga yetkazilgan zarar uchun majburiyat boʻyicha ularga toʻlanadigan summa, shuningdek qarzdor korxonaning mehnatga haq toʻlash boʻyicha qarzlari summasi aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Muvaqqat boshqaruvchi tomonidan likvidli mol-mulkni sotishdan tushadigan taxminiy tushum miqdorini hamda kreditorning qondirilishi lozim boʻlgan talablari miqdorini solishtirish asosida qarzdor korxonaga tegishli likvidli mol-mulkining kreditorlar talablarini qoplash uchun yetarli ekanligi (yoxud yetarli emasligi) toʻgʻrisida xulosa chiqariladi. Qarzdor korxonaning likvidli mol-mulki kreditorlar talablarini qondirish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxona moliyaviy ahvolining tahlili va uning xoʻjalik faoliyati natijalari asosida qarzdor korxonaga nisbatan keyinchalik bankrotlikning quyidagi — sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv, tomonlarning kelishuvi yoxud tugatishga doir ish qoʻzgʻash tartibotini tanlab olishni iqtisodiy jihatdan asoslashi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qarzdor korxonaning moliyaviy ahvoli va uning toʻlovga qodir emasligi sabablarining tahlilidan kelib chiqqan holda muvaqqat boshqaruvchi tomonidan qarzdor korxonada tashqi boshqaruv doirasida toʻlovga qodirlikni tiklash yoxud qarzdor korxonaning tomonlar kelishuvi shartlarini bajarishni taʼminlashi uchun ichki resurslarning mavjudligi yoki bunday manbalarning mavjud emasligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvni yoxud tomonlar kelishuvini amalga oshirish uchun ichki manbalar mavjud boʻlmagan taqdirda muvaqqat boshqaruvchi ushbu tartibotlarni amalga oshirishning tashqi manbalarini (qarzdor korxona majburiyatlarini bajarish uchun uchinchi shaxslarni jalb etish imkoniyatini) koʻrib chiqishi va tahlil qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxonaning toʻlovga qodir emasligi sabablarining tahliliga asoslangan holda qarzdor korxonaning toʻlovga qodirligini tiklashga yoʻnaltirilgan, shu jumladan tomonlar kelishuvi doirasida qarzdor korxonaning majburiyatlarini tarkibiy oʻzgartirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va tavsiya etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor korxonaning majburiyatlarini tarkibiy oʻzgartirish qarzdor korxona majburiyatlarining bajarilishini kechiktirish yoki ularni boʻlib-boʻlib bajarish, qarzdor korxona talablari huquqini oʻzgalarga berish, uning majburiyatlari uchinchi shaxslar tomonidan bajarilishi, qarzidan chegirish, talablarni aksiyalarga almashtirish, kreditorlar talablarini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa usullar bilan qondirish sifatida boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Moliyaviy tahlil tugallangandan keyin muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxonaning toʻlovga qodirligini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligi toʻgʻrisida, bankrotlikning keyingi tartibotlarini joriy etish maqsadga muvofiqligini asoslab takliflar tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Muvaqqat boshqaruvchi tomonidan oʻtkazilgan tahlillarning natijalari bilan kreditorlarning tanishish imkoniyatini taʼminlash, shuningdek ularni iqtisodiy sudga taqdim etish uchun tahlillar natijalari qarzdor korxonaning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi xulosa shaklida rasmiylashtiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlardan tushgan talablar asosida ularning talablarini qondirish miqdori va navbatini belgilash ishlarini olib boradi, zaruriyat boʻlganda iqtisodiy sudga kreditorlarning talablari yuzasidan eʼtiroz yuboradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlar talablari reyestrini yuritadi va kreditorlarga ushbu reyestr bilan tanishish uchun imkoniyat yaratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxona kreditorlarining birinchi yigʻilishini “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 71-moddasida belgilangan tartibda tashkil etadi va oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
181. Vaqtincha boshqaruvchi imzolangandan keyin oʻn ish kunidan kechikmay:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soxta bankrotlik va bankrotlikni yashirish alomatlari mavjudligi toʻgʻrisidagi xulosani — kreditorlar yigʻilishiga, iqtisodiy sudga va prokuratura organlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soxta bankrotlik va bankrotlikni yashirish alomatlari mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosani — kreditorlar yigʻilishiga, iqtisodiy sudga taqdim etadi.
(181-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Muvaqqat boshqaruvchi iqtisodiy sudga oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni, qarzdor korxonaning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda qarzdor korxonaning toʻlovga qodirligini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligi toʻgʻrisida takliflarni, kreditorlar yigʻilishining zarur hujjatlar ilova qilingan protokolini tayyorlaydi va “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2. Sanatsiya boshqaruvchisi faoliyati tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Sanatsiya boshqaruvchisi iqtisodiy sud tomonidan tayinlangan vaqtdan boshlab:
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
namunaviy kalendar ish rejasini tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor korxonaning boshqaruv organlarini sud sanatsiyasi tartiboti joriy etilganligi va sanatsiya boshqaruvchisi tayinlanganligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi, shuningdek qarzdor korxona boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini sud sanatsiyasi davrida ularning vazifalari roʻyxati bilan imzo qoʻydirib tanishtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kreditorlar yigʻilishi (qoʻmitasi) majlisi oʻtkazilishini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Sanatsiya boshqaruvchisi kreditorlar talablari reyestrini yuritadi va kreditorlarga ushbu reyestr bilan tanishish uchun imkoniyat yaratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Sanatsiya boshqaruvchisi har oyda kamida bir marta kreditorlar yigʻilishiga (qoʻmitasiga) oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot va qarzdor korxonaning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida axborot taqdim etadi. Buning uchun sanatsiya boshqaruvchisi sud sanatsiyasi rejasi hamda qarzni toʻlash jadvali bajarilishi ustidan doimiy nazoratni tashkil qiladi va taʼminlaydi, qarzdor korxona rahbari tomonidan sud sanatsiyasi rejasi hamda qarzni toʻlash jadvali bajarilishi yuzasidan hisobot va qarzdor korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyatining tahlili oʻz vaqtida taqdim etilishini talab qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi olingan axborotlar asosida kreditorlar yigʻilishiga tegishli xulosalarni taqdim etadi. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida pul oqimlari harakatini oʻrganadi, joriy (shu jumladan muddati oʻtgan) kreditorlik va debitorlik qarzlarning paydo boʻlish sabablarini tahlil qiladi, qarzdor korxonaning hisob raqamida kreditorlar talablari boʻyicha hisob-kitob qilish uchun pul mablagʻlari yigʻilishini kuzatib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Sanatsiya boshqaruvchisi qarzdor korxona rahbari tomonidan sud sanatsiyasi rejasi bajarilmasligi yoki zarur darajada bajarilmasligi yoxud uning tomonidan qarzdor korxonaning, kreditorlarning, majburiyatlar bajarilishini zimmasiga olgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakat (harakatsizlik) qilish hollarini aniqlagan taqdirda sanatsiya boshqaruvchisi qarzdor korxona rahbarini oʻz vazifasidan chetlatish toʻgʻrisida iqtisodiy sudga iltimosnoma yuboradi. Iqtisodiy sud tomonidan qarzdor korxona rahbari oʻz vazifasidan chetlatilgan taqdirda qarzdor korxona rahbari vazifasi sanatsiya boshqaruvchisi zimmasiga yuklanishi mumkin.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Sud sanatsiyasini muddatidan oldin tugatish vaziyati mavjud boʻlgan taqdirda sanatsiya boshqaruvchisi muddatidan oldin tugatish uchun asos paydo boʻlgan vaqtdan boshlab ikki hafta mobaynida sud sanatsiyasini muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisida iqtisodiy sudga iltimosnoma bilan murojaat qilish haqidagi masalani koʻrib chiqish uchun kreditorlar yigʻilishini chaqirishi shart. Mazkur masalani koʻrib chiqishda sanatsiya boshqaruvchisi kreditorlar yigʻilishiga qarzdor korxona rahbarining hisoboti boʻyicha oʻzining xulosasini taqdim etadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Sud sanatsiyasi tugaganda yoki u muddatidan ilgari tugatilganda sanatsiya boshqaruvchisi barcha kreditorlarni qarzdor korxona rahbarining sud sanatsiyasini oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish yuzasidan sud majlisining sanasi, vaqti va oʻtadigan joyi toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Sanatsiya boshqaruvchisi oʻz faoliyati toʻgʻrisida hamda qarzdor korxona majburiyatlarining bajarilishini zimmasiga olgan shaxslar tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarishi yakunlari toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydi va belgilangan muddatlarda iqtisodiy sudga taqdim etadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.3. Tashqi boshqaruvchi faoliyati tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Tashqi boshqaruvchi iqtisodiy sud tomonidan tayinlangan vaqtdan boshlab:
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
namunaviy kalendar ish rejasini tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor korxonaning boshqaruv organlarini tashqi boshqaruv tartiboti joriy etilganligi hamda tashqi boshqaruvchi tayinlanganligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning bankrotlikni yashirish alomatlarini aniqlash harakatlarini amalga oshiradi va ularning yakunlari boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli xulosa tayyorlaydi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-oktabrdagi 277-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 551-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Tashqi boshqaruv tartiboti joriy etilgan paytdan boshlab qarzdor korxona boshqaruv organlarining vakolatlari toʻxtatiladi. Qarzdor korxona rahbari va qarzdor korxonaning boshqa boshqaruv organlari vakolatlari tashqi boshqaruvchiga oʻtadi, kreditorlar yigʻilishiga (qoʻmitasiga) oʻtadigan vakolatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Tashqi boshqaruvchi uch kun muddatda qarzdor korxona rahbarining oʻz vazifalarini bajarishdan chetlatilishini taʼminlaydi, qarzdor korxona rahbari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi. Bunda qarzdor korxona rahbari uning roziligiga koʻra rahbar oʻrinbosari, tashqi boshqaruvchi yordamchisi yoxud ushbu korxonada boshqa ishga oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Qarzdor korxonaning boshqaruv organlari tashqi boshqaruvchi tayinlangan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida yuridik shaxsning buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlari, muhrlar va shtamplar, moddiy va boshqa boyliklarning tashqi boshqaruvchiga berilishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Tashqi boshqaruvchi tashqi boshqaruvni joriy etish va kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun maxsus hisob raqami ochadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Tashqi boshqaruvchi oʻzi tayinlangan vaqtdan boshlab bir oy muddatda tashqi boshqaruv rejasini ishlab chiqishi kerak, uni tasdiqlash uchun kreditorlar yigʻilishiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruv rejasida qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari, koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish shart-sharoitlari va tartibi, ularni amalga oshirish uchun xarajatlar va qarzdor korxonaning boshqa xarajatlarini, shuningdek qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini tiklash muddati nazarda tutilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini tiklash uchun quyidagi chora-tadbirlar koʻrilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishni qayta ixtisoslashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rentabelsiz (foyda keltirmaydigan va zarar bilan ishlayotgan) ishlab chiqarishni yopish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
debitorlik qarzlarni undirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor korxona mol-mulkining qarzdor korxona faoliyatining amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilmaydigan qismini sotish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor korxona talablari huquqini oʻzgalarga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor korxona majburiyatlarining uchinchi shaxslar tomonidan bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor korxonaning qoʻshimcha aksiyalarini joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor korxona uchun manfaatli boʻlmagan bir qancha shartnomalardan voz kechish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor korxonani (uning biznesini) sotish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor korxonaning aktivlarini almashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini tiklashning boshqa usullari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlardan tashqari, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi taqdimnomasiga koʻra iqtisodiy sud tomonidan ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonaning ishlamayotgan obyektlarini konservatsiya qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilishi mumkin.
(32-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruv rejasi tashqi boshqaruvchi tomonidan tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan ikki oydan kech boʻlmagan muddatda belgilangan tartibda chaqiriladigan kreditorlar yigʻilishida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Tashqi boshqaruvchi oʻz faoliyatida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar talablari reyestrini yuritadi hamda kreditorlarga ushbu reyestr bilan tanishish uchun imkoniyat yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha kreditorlarga tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan boshlab ularning talablariga moratoriy joriy etilganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor korxona mol-mulki xatlovdan oʻtkazilishini, zaruriyat boʻlganda esa uni baholashni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor korxonaning uchinchi shaxslardagi mol-mulkini aniqlash va uni qaytarish chora-tadbirlarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor korxonani moliyaviy sogʻlomlashtirish va qarzdor korxonaning kreditorlari talablarini mutanosib ravishda qondirish maqsadida tashqi boshqaruv rejasini bajarish ishlarini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor korxonaning buxgalteriya hamda statistika hisobi va hisoboti yuritilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi boshqaruv rejasining bajarilishi va yakunlari toʻgʻrisida hisobot taqdim etgan holda kreditorlar yigʻilishi (qoʻmitasi) majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Tashqi boshqaruvchi kreditorlarning taqdim etilgan talablarini koʻrib chiqadi va ularni koʻrib chiqish yakunlariga koʻra kreditorlar talablari reyestriga tegishli talab olingandan keyin ikki haftadan ortiq boʻlmagan muddatda tegishli yozuvni yozib qoʻyadi. Tashqi boshqaruvchi koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida kreditorning talabi olingandan keyin bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda tegishli kreditorni xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchi tomonidan kreditorlarning talablarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha eʼtirozlar kreditor tomonidan bildirishnoma olingan paytdan boshlab bir oy muddatda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqayotgan iqtisodiy sudga berilishi mumkin.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
341. Tashqi boshqaruvchi imzolanganidan keyin oʻn ish kunidan kechikmay:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrotlikni yashirish alomatlari mavjudligi toʻgʻrisidagi xulosani — kreditorlar yigʻilishiga, iqtisodiy sudga va prokuratura organlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrotlikni yashirish alomatlari mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosani — kreditorlar yigʻilishiga, iqtisodiy sudga taqdim etadi.
(341-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Tashqi boshqaruvchi tashqi boshqaruv tugashi munosabati bilan yoki uni muddatidan oldin toʻxtatish uchun asoslar mavjud boʻlganda uning yakunlariga koʻra hisobot tayyorlaydi va uni koʻrib chiqish uchun kreditorlar yigʻilishiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchi hisobotni “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda yigʻilishga taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Tashqi boshqaruvchi kreditorlar yigʻilishi tomonidan koʻrib chiqilgan hisobotni va kreditorlar yigʻilishi protokolini kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilgandan keyin besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda iqtisodiy sudga taqdim etadi. Tashqi boshqaruvchining hisoboti iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanishi kerak.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Qarzdor korxonaning toʻlovga qodirligi tiklanganligi munosabati kreditorlar yigʻilishi tomonidan tashqi boshqaruvni muddatidan oldin toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda tashqi boshqaruvchi tashqi boshqaruvchining hisoboti iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab kreditorlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishga haqlidir.
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi boshqaruvchi tomonidan kreditorlar bilan hisob-kitoblar kreditorlar talablari reyestriga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Tashqi boshqaruvning toʻxtatilishi, qarzdor korxona boshqa organlarining hamda qarzdor korxona mol-mulki egasining vakolatlari tiklangan holda, tashqi boshqaruvchi vakolatlarining toʻxtatilishiga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tashqi boshqaruv tomonlar kelishuviga koʻra yoki kreditorlar talablari qoplanishi munosabati bilan tugallansa tashqi boshqaruvchi yangi rahbar tayinlangungacha (saylangungacha) qarzdor korxona rahbari vakolatlari doirasida oʻz vazifalarini bajarib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Agar iqtisodiy sud tomonidan qarzdor korxonani bankrot deb eʼlon qilish va uni tugatishga doir ish boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, tugatish boshqaruvchisi etib esa boshqa shaxs tayinlansa, tashqi boshqaruvchi ishlarni tugatish boshqaruvchisiga topshirgungacha oʻz vazifalarini bajarib turadi. Tashqi boshqaruvchi tugatish boshqaruvchisi tayinlangan sanadan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay ishlarni tugatish boshqaruvchisiga topshirishi shart.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.4. Tugatish boshqaruvchisi faoliyati tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Tugatish boshqaruvchisi iqtisodiy sud tomonidan tayinlangan vaqtdan boshlab:
(40-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
namunaviy kalendar ish rejasini tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs — qarzdorning boshqaruv organlarini, shuningdek xodimlarini tugatishga doir ish boshlanganligi hamda tashqi boshqaruvchi tayinlanganligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulk soligʻini, yer soligʻini, shuningdek ilgari hisoblab yozilgan hamda undirilmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha penya va jarimalarni hisoblab yozishni toʻxtatib turish maqsadida iqtisodiy sudning yuridik shaxsni bankrot deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qarorini ilova qilgan holda davlat soliq xizmati organini yozma ravishda xabardor qiladi.
(40-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash harakatlarini amalga oshiradi va ularning yakunlari boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli xulosa tayyorlaydi;
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-oktabrdagi 277-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 551-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxsning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlar toʻxtatilganda va toʻlovga qodirligi tiklanganda, iqtisodiy sudning bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan sanadan boshlab tugatish boshqaruvchisi bu toʻgʻrida davlat soliq xizmati organini Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab yozish uchun yozma ravishda xabardor qiladi.
(40-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Tugatish boshqaruvchisi rasmiy nashrlarda qarzdor korxona bankrot deb eʼlon qilinganligi va “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 127-moddasiga muvofiq tugatishga doir ish boshlanganligi toʻgʻrisidagi xabar eʼlon qilinishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Tugatish boshqaruvchisi uch kun muddatda qarzdor korxona rahbarining oʻz vazifalarini bajarishdan chetlatilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Tugatish boshqaruvchisi tasdiqlangan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida bankrot korxonaning buxgalteriyaga oid va boshqa hujjatlarini, muhrlarini va shtamplarini, moddiy va boshqa boyliklarini qabul qilib oladi. Yuridik shaxs — qarzdor korxona rahbari tugatish boshqaruvchisi talabiga koʻra unga qarzlar summasini koʻrsatgan holda oʻz kreditorlari va debitorlarining toʻliq roʻyxatini, aktivlar va passivlarning batafsil balansini, moliyaviy ahvol toʻgʻrisidagi hisobotni, kitoblarda, hisob raqamlarida hamda boshqa hujjatlarda moliyaviy-xoʻjalik va iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisidagi mavjud barcha zarur axborotlarni taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi bankrot korxona tugatilganda tugatish boshqaruvchisi oʻzi tasdiqlangan vaqtdan boshlab ikki kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markaziga aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlari vakolati toʻxtatilganligi va emitentning ishlab chiqarish faoliyati toʻxtatib qoʻyilganligi toʻgʻrisida axborot yuborishi shart. Agar emitentning aksiyalari fond bozorlarida muomalada boʻlsa tugatish boshqaruvchisi ikki kun muddatda fond birjasiga ham axborot taqdim etishi shart.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-oktabrdagi 277-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 551-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Tugatishga doir ish boshlanganda bitta bankdagi soʻmlardagi va valyutadagi yagona hisob raqamlaridan foydalaniladi. Tugatish davrida pul-kassa operatsiyalarini yuritish uchun tugatish boshqaruvchisi bankning hisob kartochkasidagi imzoni oʻz nomiga va buxgalteriya hisobini yuritish uchun masʼul boʻlgan shaxs nomiga qayta rasmiylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Tugatish boshqaruvchisi qarzdor korxonaning tugatishga doir ish boshlangan vaqtda maʼlum boʻlgan hamda tugatishga doir ish jarayonida aniqlangan banklardagi boshqa barcha hisob raqamlarini yopadi. Qarzdor korxonaning boshqa hisob raqamlari aniqlangan taqdirda qarzdor korxonaning pul mablagʻlari qoldigʻi koʻrsatib oʻtilgan hisob raqamlaridan asosiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Tugatish boshqaruvchisi oʻzi tayinlangan vaqtdan boshlab yuridik shaxs — qarzdor korxonaning xodimlarini ular bundan buyon ishdan boʻshatilishi toʻgʻrisida xabardor qilishi shart. Yuridik shaxs — qarzdor korxonaning xodimlarini ishdan boʻshatish Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi. Tugatish boshqaruvchisi joylardagi mehnat organlariga yuridik shaxs — qarzdor korxonaning xodimlari ishdan boʻshab qolayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni yetkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
471. Tugatuvchi boshqaruvchi imzolangandan keyin oʻn ish kunidan kechikmay:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlari mavjudligi toʻgʻrisidagi xulosani — kreditorlar yigʻilishiga, iqtisodiy sudga va prokuratura organlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlari mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosani — kreditorlar yigʻilishiga, iqtisodiy sudga taqdim etadi.
(471-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Tugatish boshqaruvchisi bankrot korxonani tugatish rejasini ishlab chiqadi va kreditorlar yigʻilishi bilan kelishib oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrot korxonani tugatish rejasiga muvofiq tugatish boshqaruvchisi tugatish massasini shakllantiradi, qarzdor korxonaning mol-mulki sotilishini, debitorlik qarzlari undirib olinishini, kreditorlar talablarini mutanosib ravishda qondirish uchun pul mablagʻlarining bankdagi yagona hisob raqamiga jamlanishini taʼminlaydi, shuningdek qarzdor korxonaning uchinchi shaxslardagi mol-mulkini aniqlash va ularni qaytarib olish chora-tadbirlari koʻrilishini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Tugatish boshqaruvchisi tugatish davrida kreditorlar talablari reyestrini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar talablari reyestrida har bir kreditor, uning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha talablari miqdori, har bir talabni qondirish navbati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talablarning tarkibi, miqdori va ularni qondirish navbati toʻgʻrisida kreditorlar va tugatish boshqaruvchisi oʻrtasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
(49-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarga kreditorlar talablari reyestri bilan tanishish imkoniyati taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Tugatishga doir ishlar davomida tugatish boshqaruvchisi qarzdor korxona mol-mulki qiymatini xatlovdan oʻtkazadi va uning qiymatini aniqlaydi. Ushbu maqsadlar uchun tugatish boshqaruvchisi auditorlarni, baholovchi tashkilotlarni, shuningdek mutaxassislarni, agar kreditorlar yigʻilishi qarorida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ular xizmatiga tugatish xarajatlari hisobidan haq toʻlagan holda jalb etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish boshqaruvchisi balansda boshqa maqsadlarda, shu jumladan tijorat maqsadlarida ham foydalanilishi mumkin boʻlmagan ijtimoiy va kommunal infratuzilma obyektlari mavjud boʻlgan taqdirda ushbu obyektlarni mahalliy davlat hokimiyati organlariga dalolatnoma boʻyicha berishga majbur. Mahalliy davlat hokimiyati organlari koʻrsatib oʻtilgan obyektlarni qoldiq qiymati boʻyicha balansga qabul qilib oladi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Yuridik shaxs — qarzdor korxona mol-mulkini xatlovdan oʻtkazish va baholash yakunlari boʻyicha tugatish boshqaruvchisi koʻrsatib oʻtilgan mol-mulkni, agar kreditorlar yigʻilishida mol-mulkni sotishning boshqacha tartibi belgilanmagan boʻlsa, ochiq savdolarda sotishga kirishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulk dastlabki savdolarda sotilmagan taqdirda tugatish boshqaruvchisi kreditorlar yigʻilishining roziligi bilan qarzdor korxonaning mol-mulkini oldi-sotdi shartnomasi asosida, shu jumladan haqini boʻlib-boʻlib toʻlash asosida, sotib oluvchi tomonidan xizmat koʻrsatuvchi bank kafolatini taqdim etish sharti bilan sotishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish boshqaruvchisi mablagʻlarni tugatish xarajatlarini toʻlash uchun topshirish maqsadida kreditorlar yigʻilishining roziligi bilan kam qimmatli va tez eskiradigan mol-mulkni, shuningdek xomashyo va tayyor mahsulot qoldiqlarini kim oshdi savdolari oʻtkazmasdan, oldi-sotdi shartnomasi asosida sotishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Tugatish boshqaruvchisi savdolar tashkilotchisi boʻlishga yoxud shartnoma shartlariga koʻra savdolarni tashkil etish va oʻtkazish zimmasiga yuklangan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan shartnoma tuzishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Tugatish boshqaruvchisi kreditorlar yigʻilishi roziligi bilan qarzdor korxonaning talab qilish huquqini (debitorlik qarzlarni) savdoga qoʻyishga haqlidir. Talab qilish huquqlarini sotishni istisno hollarda, talab qilishning ushbu huquqlarini tegishli majburiyatlarda qarzdor korxona nomidan ish koʻruvchi shaxslarga taqdim etish yoʻli bilan sotishning real imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda qoʻllanish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Tugatish boshqaruvchisi qarzdor korxonaning mol-mulki sotilgandan keyin “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq qarzdor korxona talablari boʻyicha hisob-kitob qilishga kirishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan keyin tugatish boshqaruvchisi tugatishga doir ishlarni amalga oshirish natijalari toʻgʻrisida yakuniy hisobot tuzadi va uni koʻrib chiqish uchun kreditorlar yigʻilishiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish boshqaruvchisi tugatish ishlarini amalga oshirish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni iqtisodiy sudga taqdim etadi.
(55-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish boshqaruvchisi hisobotga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor korxona mol-mulki sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar reyestri, unda har bir kreditor qarzining miqdori va talablarni qondirish navbati koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar talablari qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar (ular qoplanmagan taqdirda sabablari koʻrsatilgan holda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning mol-mulki toʻgʻrisida “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 143-moddasida nazarda tutilgan maʼlumotlar;
(55-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 76-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 157-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatish ishini oʻtkazishga taalluqli boshqa hujjatlar, iqtisodiy sud talabiga koʻra.
(55-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Kreditorlar talablari qondirilgandan keyin sotilmagan mol-mulk qolgan taqdirda, tugatish boshqaruvchisi besh kun muddatda muassislarni (qatnashchilarni) yoki qarzdor korxona egasini ushbu mol-mulkni balansga qabul qilish zarurligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tugatish boshqaruvchisi tomonidan xabar yuborilgan sanadan boshlab ikki hafta mobaynida muassislar (qatnashchilar) yoki qarzdor korxona egasi qolgan mol-mulkka oʻz huquqlari toʻgʻrisida ariza bermasa, tugatish boshqaruvchisi mahalliy davlat hokimiyati organlarini ushbu mol-mulkni balansga qabul qilish zarurligi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qolgan mol-mulk toʻgʻrisida xabar olingandan keyin oʻn besh kun mobaynida ushbu mol-mulk balansdan balansga qabul qilinishini taʼminlaydilar va uning taʼminoti boʻyicha barcha xarajatlarni zimmasiga oladilar.
(56-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-dekabrdagi 328-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 518-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Iqtisodiy sudning tugatishga doir ish tugallanganligi toʻgʻrisidagi ajrimi davlat reyestriga qarzdor korxona tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvni yozib qoʻyish uchun asos hisoblanadi. Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga aksiyadorlik jamiyati shaklidagi bankrot korxona tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuv yozib qoʻyilganda tugatish boshqaruvchisi emitent faoliyati tugatilganligi haqida ikki kun mobaynida xabar eʼlon qiladi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Davlat reyestriga qarzdor korxona tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuv yozib qoʻyilgan vaqtdan boshlab tugatish boshqaruvchisining vakolatlari toʻxtatiladi, tugatishga doir ish tugallangan, qarzdor korxona esa — tugatilgan va qarzlardan ozod hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Sud boshqaruvchisining pul mukofoti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Sud boshqaruvchisi pul mukofoti olish huquqiga ega. Sud boshqaruvchisining har oylik pul mukofoti miqdori oʻz funksiyalarini:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvaqqat boshqaruvchi sifatida amalga oshirganda — iqtisodiy sud tomonidan belgilanadi va keyinchalik kreditorlar yigʻilishi iltimosnomasiga koʻra oʻzgartirilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanatsiya boshqaruvchisi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi sifatida amalga oshirganda — kreditorlar yigʻilishida belgilanadi va iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanadi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Kreditorlar yigʻilishi qaroriga koʻra sud boshqaruvchisiga uning faoliyati natijalariga koʻra toʻlanadigan qoʻshimcha pul mukofoti belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Sud boshqaruvchisi faoliyatini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Sud boshqaruvchisi tomonidan oʻz vazifalariga rioya etilishi ustidan nazorat Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari oʻz vakolatlari doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud boshqaruvchisi faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishlar oʻtkazishda paydo boʻladigan masalalar yuzasidan sud boshqaruvchisidan zarur tushuntirishlar va materiallarni soʻrash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishlar natijalariga koʻra, aniq buzilishlarni koʻrsatgan holda dalolatnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud boshqaruvchisiga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish hamda ularni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud boshqaruvchisini ogohlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud boshqaruvchisi attestatining amal qilishini toʻxtatib turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud boshqaruvchisi tomonidan unga yuklangan vazifalarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Sud boshqaruvchisi Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tekshirishlar oʻtkazish uchun shart-sharoitlarni taʼminlashi, shu jumladan zarur axborot va materiallarni taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Sud boshqaruvchisining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Qarzdor korxona, kreditorlar sud boshqaruvchisidan uning noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) oqibatida yetkazilgan zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplashni talab qilishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan sud boshqaruvchisi belgilangan tartibda javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 23-martdagi 138-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda sud boshqaruvchilari sifatida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga malakaviy va professional talablarni, ularni attestatsiyadan oʻtkazish, attestat berish, uning amal qilishini toʻxtatib turish, tiklash va toʻxtatish tartibini, shuningdek Sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazadi va Sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya jismoniy shaxslarning sud boshqaruvchilariga qoʻyiladigan malakaviy va professional talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sud boshqaruvchisi sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun Qoʻmita toʻrt toifali:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar bankrotligining soddalashtirilgan tartibotlarini amalga oshirish uchun — toʻrtinchi toifali attestat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatish va tugatish tartibotlarini amalga oshirish uchun — uchinchi toifali attestat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatish, sud sanatsiyasi va tugatish tartibotlarini amalga oshirish uchun — ikkinchi toifali attestat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatish, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv va tugatish tartibotlarini amalga oshirish uchun — birinchi toifali attestat beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Toʻrtinchi toifali attestat olishni xohlovchi shaxslarga nisbatan attestatsiyadan oʻtkazishning Qoʻmita tomonidan belgilanadigan soddalashtirilgan tartibi qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Barcha toifali attestatlarning amal qilish muddati — 5 yil.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Sud boshqaruvchilariga professional va malakaviy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sud boshqaruvchisi quyidagi professional talablarga javob berishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qilish koʻnikmalariga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya hisobi, mol-mulkni baholash va menejmentga oid bilimlar asosiga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asoslarini bilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud boshqaruvchisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor korxonani moliyaviy sogʻlomlashtirish va kreditorlar talablarini mutanosib ravishda qondirish yuzasidan yechimlar topishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonani inqirozga yoʻl qoʻymasdan boshqarish sohasida professional bilimlarga ega boʻlishi, ularni doimiy ravishda takomillashtirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuksak axloqiy sifatlarga ega boʻlishi — topshirilgan ishga vijdonan munosabatda boʻlishi, oʻz faoliyatini amalga oshirishda ijrochi, tashabbuskor, intizomli, bosiq va ruhiy barqaror boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud boshqaruvchilariga mazkur Nizomga muvofiq belgilanadigan malaka talablariga javob berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagi malaka talablariga javob beruvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy maʼlumotga ega boʻlgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassisligi boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasida attestatsiyadan oʻtgan shaxslar sud boshqaruvchilari etib tayinlanishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatib oʻtilgan asosiy talablardan tashqari sud boshqaruvchilariga quyidagi qoʻshimcha malaka talablari qoʻyiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kuzatish va tugatish tartibotlarini amalga oshiruvchilarga — oʻrta boʻgʻin rahbari (sex boshligʻi, uchastka boshligʻi, boʻlim boshligʻi va boshqalar) sifatida kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sud sanatsiyasi tartibotlarini amalga oshiruvchilarga — rahbarlik lavozimida (tashkilotning rahbari, rahbar oʻrinbosari, bosh buxgalteri va boshqalar) kamida ikki yillik ish stajiga yoxud uchinchi toifali sud boshqaruvchisi sifatida kamida oʻn ikki oylik ish stajiga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tashqi boshqaruv tartibotlarini amalga oshiruvchilarga — oʻrta boʻgʻin rahbari sifatida va rahbarlik lavozimida kamida besh yillik ish stajiga, shu jumladan rahbarlik lavozimida kamida uch yillik ish stajiga yoxud ikkinchi toifali attestatga ega boʻlgan davrda kamida ikki marta sud sanatsiyasini va (yoki) tugatish jarayonini amalga oshirishda sud boshqaruvchisi sifatida ish stajiga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) bankrotlikning soddalashtirilgan tartibotlarini amalga oshiruvchilarga — ushbu holda tegishli toifali attestatga ega boʻlgan soliq inspeksiyasi xodimlari tayinlanadi.
(8-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Attestat olishga talabgor shaxslarning arizalarini koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Uchinchi toifali attestat olishga talabgor shaxs (keyingi oʻrinlarda attestat talabgori deb ataladi) Qoʻmitaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) attestat berish toʻgʻrisida ariza;
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-oktabrdagi 277-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 551-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) anketa (1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oliy maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplomning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) mehnat daftarchasining nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tegishli toifali sud boshqaruvchilari dasturi boʻyicha oʻqiganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi (attestatning amal qilish muddati tugashi munosabati bilan attestatsiyadan oʻtishda shart emas);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) tegishli davlat organining sudlanganlikning bekor boʻlishi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-oktabrdagi 277-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 551-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) pasportning nusxasi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-oktabrdagi 277-sonli qaroriga asosan “z” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 551-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ikkinchi toifali attestat olish uchun rahbarlik lavozimida kamida ikki yillik ish staji boʻlmagan taqdirda ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlardan tashqari Qoʻmitaga xoʻjalik sudining:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestat talabgorining sud boshqaruvchisi etib ilgarigi tayinlanishlari toʻgʻrisidagi;

sud boshqaruvchisining bankrotlik tartibotlarini oʻtkazish boʻyicha hisobotini tasdiqlash, uchinchi toifali sud boshqaruvchisi sifatida jami kamida oʻn ikki oy vazifalarni ijro etganligini tasdiqlovchi hisobotini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimlari nusxalari taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻrta boʻgʻin rahbari sifatida va rahbarlik lavozimida kamida besh yillik ish staji, shundan rahbarlik lavozimida kamida uch yillik ish staji mavjud boʻlmaganda birinchi toifali attestat olish uchun ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlardan tashqari, Qoʻmitaga iqtisodiy sudning:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestat talabgorining sud boshqaruvchisi etib ilgarigi tayinlanishlari toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud boshqaruvchisining attestat talabgorining ikkinchi toifali attestatga ega boʻlgan ish davrida kamida ikkita tugallangan sud sanatsiyasi va (yoki) tugatishga doir ish tartibotlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimlari nusxalari taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Attestat talabgorining arizasini koʻrib chiqishda operatsiya xarajatlarini qoplash uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida haq undiriladi toʻrtinchi toifali attestat talabgori bundan mustasno. Ariza koʻrib chiqilganligi va attestat berilganligi uchun toʻlov Qoʻmitaning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga tushadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-oktabrdagi 277-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 551-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Attestat olish uchun taqdim etilgan barcha hujjatlar sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda attestatsiya komissiyasi deb ataladi) tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi. Taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati nusxasi attestat talabgoriga beriladi. Taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi. iqtisodiy sudlar ajrimlaridan tashqari, hujjatlar nusxalari notarius tomonidan tasdiqlangan boʻlishi yoki asl nusxa koʻrsatilishi kerak.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Hujjatlar ular attestatsiya komissiyasiga topshirilgan vaqtdan boshlab uch ish kunidan oshmaydigan muddatda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya komissiyasi attestat talabgorini attestatsiyadan oʻtishga qoʻyishni rad etishga haqlidir va unga ariza tushgan vaqtdan boshlab uch ish kunidan kechikmay yozma ravishda asoslangan rad javobini joʻnatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar rad etish uchun asos hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan hujjatlarning zarur darajada rasmiylashtirilmaganligi yoki hujjatlarning toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestat talabgori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestat talabgorining malakaviy va professional talablarga muvofiq emasligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa sabablarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rad etilgan taqdirda ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlov qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish va attestat berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Attestat talabgori taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha kamchiliklar mavjud boʻlmagan taqdirda attestatsiyadan oʻtishga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Attestat olish uchun barcha attestat talabgorlari attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan dastur boʻyicha va muddatlarda test imtihoni topshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Attestatsiya (qayta attestatsiya) test imtihoni metodi boʻyicha oʻtkaziladi. Test imtihoni qabul qilish hujjatlar berilgan kundan boshlab oʻttiz kundan kechikmay amalga oshiriladi. Test imtihonlarini oʻtkazish tartibi Qoʻmita tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test imtihoni kompyuter dasturidan foydalangan holda test savollariga javoblar shaklida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Test imtihoni topshirishda toʻrtinchi toifali attestat uchun kamida 50% ijobiy javoblar olish, uchinchi toifali attestat uchun — 60%, ikkinchi toifali attestat uchun 70 foiz, birinchi toifali attestat uchun 75 foiz ijobiy javoblar olish ijobiy natija hisoblanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-oktabrdagi 277-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 551-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Test imtihoni yakunlariga koʻra attestat talabgori (natija ijobiy boʻlganda) attestatsiyadan oʻtgan yoki (natija salbiy boʻlganda) attestatsiyadan oʻtmagan deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestat talabgorlari test imtihoni topshirishda maʼlumotnomalardan, maxsus yoxud boshqa adabiyotlardan foydalanish huquqiga ega emas. Koʻrsatib oʻtilgan talablar buzilgan taqdirda attestat talabgorlari attestatsiyadan chiqarib yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Attestatsiya natijalari attestatsiya komissiyasi protokoli bilan rasmiylashtiriladi, protokol attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Attestatsiya natijalari attestatsiya komissiyasi protokolidan koʻchirma tarzida, test imtihoni topshirish maʼlumotlari bilan birga attestat talabgorlariga attestatsiya oʻtkazilgan sanadan boshlab besh ish kunidan kechikmay yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Attestatsiyadan oʻtmagan deb eʼtirof etilgan shaxs test imtihonini oxirgi attestatsiya oʻtkazilgan kundan boshlab bir oydan erta boʻlmagan muddatda takroriy topshirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya komissiyasi attestatsiyadan oʻtmagan deb eʼtirof etilgan shaxsni takroriy attestatsiyadan oʻtkazish kunini belgilaydi. Ilgari attestatsiyadan oʻtmagan deb eʼtirof etilgan shaxs test imtihonini takroriy topshirish natijalariga koʻra attestatsiyadan oʻtgan deb hisoblangan taqdirda unga attestat umumiy asoslarda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestat talabgori test imtihonini takroriy topshirishda eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida haq toʻlaydi toʻrtinchi toifali attestat talabgori bundan mustasno.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-oktabrdagi 277-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 551-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Test imtihonini takroriy topshirish yakunlariga koʻra salbiy natija olinganda, shuningdek Qoʻmita qaroriga binoan sud boshqaruvchisi attestatining amal qilish muddati toʻxtatilganda attestat talabgori navbatdagi test imtihoniga faqat belgilangan tartibda tegishli toifadagi sud boshqaruvchilari dasturi boʻyicha oʻquv kursini takroriy oʻtagandan keyingina qoʻyiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Attestat talabgorlari attestatsiya komissiyasining attestatsiya natijalari yuzasidan oxirgi attestatsiya oʻtkazilgan kundan boshlab bir oy mobaynida shikoyat arizasi berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyat arizasi berish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestat talabgorining test imtihoni natijalaridan rozi emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test imtihonini oʻtkazish tartibining buzilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Attestat talabgori asosiy eʼtirozlar asosli ravishda bayon qilingan shikoyat arizasini attestatsiya komissiyasi raisi nomiga beradi. Shikoyat arizasini koʻrib chiqish muddati shikoyat arizasi berilgan kundan boshlab uch kundan oshmasligi kerak. Koʻrib chiqish natijasi protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takroriy shikoyat arizasi berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Attestatsiya komissiyasi qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda attestat talabgori attestatsiya komissiyasi qarori yuzasidan sud tartibida shikoyat arizasi taqdim etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Attestatlar 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha rasmiylashtiriladi. Attestatni berish attestatsiya oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kun muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Attestatlar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, himoyalanganlik darajasiga, hisobga olish seriyasi va tartib raqamiga ega boʻladi. Blankalarni sotib olish, hisobini yuritish va saqlash Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Qoʻmita Sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestr quyidagi shakllarda yuritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qogʻozli manbalarda (Qoʻmitaning tikilgan va muhrlangan jurnallari shaklida, tikilgan sahifalar miqdori koʻrsatilgan holda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron manbalarda, maʼlumotlar bazasiga yozish shaklida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qogʻozli va elektron manbalardagi maʼlumotlar nomuvofiq boʻlgan taqdirda qogʻozli manbadagi yozuvlarga ustunlik beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. “Sud boshqaruvchilarining yagona reyestri” jurnali qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi va Qoʻmitada saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnalda va maʼlumotlar bazasida sud boshqaruvchilari toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) familiyasi, ismi, otasining ismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yashash joyi va pasportiga doir maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) attestatning berilgan joyi, tartib raqami, sanasi va amal qilishining tugash muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) attestat blankasining tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) attestat olingan sana va uni olgan shaxsning imzosi (attestatsiyadan oʻtkazilgan shaxslarni roʻyxatga olish jurnalida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) sud boshqaruvchilarini yagona dastur boʻyicha oʻqitish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) sud boshqaruvchisi sifatida tayinlash toʻgʻrisida va uning faoliyati natijalari toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) attestatning amal qilish muddatini toʻxtatib turish, tiklash, uzaytirish yoki toʻxtatish hamda dublikat berish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) sud boshqaruvchisini Reyestrdan chiqarish va chiqarish uchun asoslar toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) sud boshqaruvchisini Reyestrdan chiqarish sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) izohlar, unda attestatsiyani amalga oshiruvchi organ kompyuter dasturiga kiritishni zarur deb hisoblaydigan har qanday qoʻshimcha maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Reyestrga kiritish unda tegishli yozuvlarni qayd qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Reyestrdagi maʼlumotlar ochiq hisoblanadi, sud boshqaruvchilarining pasportiga doir maʼlumotlar va uy manzili bundan mustasno. Yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan tartibda haqini toʻlash asosida Reyestr maʼlumotlari bilan tanishish huquqiga ega. Maʼlumotlar berilganligi uchun Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida toʻlov undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pasportga doir maʼlumotlar va uy manzili faqat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, ularning vakolatlariga muvofiq rasmiy soʻrovlariga binoan berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Reyestrdagi maʼlumotlarni berish muddati Qoʻmita tomonidan tegishli soʻrovnoma olingan kundan boshlab besh kundan oshishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Sud boshqaruvchisi Reyestrdan Qoʻmitaning faoliyat turi uchun attestatning amal qilishi toʻxtatilgani toʻgʻrisidagi qarori asosida, ushbu Nizomda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Qoʻmita tomonidan sud boshqaruvchisini Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan keyin uch kun mobaynida Reyestrda tegishli yozuv qayd qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestrdan chiqarilgan sud boshqaruvchisining hujjatlarini saqlash muddati chiqarish kunidan boshlab besh yildan kam boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Attestatsiya komissiyasining ish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Attestatsiya komissiyasi jismoniy shaxslarni sud boshqaruvchisi attestati olish uchun attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazishni amalga oshiruvchi kollegial organ hisoblanadi. Attestatsiya komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom va uning shaxsiy tarkibi Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Attestatsiya komissiyasi majlislari zaruriyatga koʻra oʻtkaziladi. Attestatsiya komissiyasi kotibi attestatsiya komissiyasi majlisini tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Attestatsiya komissiyasi majlisi uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya komissiyasi qarorlari attestatsiya komissiyasi majlisida qatnashayotgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda attestatsiya komissiyasining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Attestatsiya komissiyasi qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Attestatsiya komissiyasining navbatdagi majlisini oʻtkazish (sanasi, joyi va vaqti) toʻgʻrisida attestatsiya komissiyasi aʼzolari attestatsiya komissiyasi kotibi tomonidan xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Attestatlarni qayta rasmiylashtirish va attestatlar dublikatlarini berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Attestatni qayta rasmiylashtirish sud boshqaruvchisining familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgargan taqdirda uning arizasi asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatni qayta rasmiylashtirganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatni qayta rasmiylashtirish davrida uning egasi faoliyatni Qoʻmita tomonidan ilgari berilgan attestat asosida amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Ilgari berilgan attestatda koʻrsatilgan maʼlumotlarning oʻzgarganligi munosabati bilan attestatni qayta rasmiylashtirish uchun Qoʻmitaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Qoʻmitaga attestatni qayta rasmiylashtirish uchun ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) malaka attestatining asl nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) kiritilgan oʻzgartirishlar va tuzatishlar (FHDY organi tomonidan berilgan tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomadagi familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgartirilganligi munosabati bilan qaydlar) toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) attestatning qayta rasmiylashtirilganligi uchun toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Attestat qayta rasmiylashtirilganda tegishli toifa va amal qilish muddati koʻrsatilgan holdagi attestatning yangi blankasi beriladi. Ilgari berilgan attestat blankasi yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Attestat yoʻqolgan taqdirda attestat egasi tomonidan Qoʻmitaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) attestat dublikati berish toʻgʻrisida ariza, unda ilgari berilgan attestatning yoʻqolishi sabablari va holatlari koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yoʻqolgan attestatning bekor qilinganligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalaridagi (arizachining mablagʻlari hisobiga) eʼlonning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) attestat dublikati berilganligi uchun toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Attestat blankasi yaroqsiz boʻlib qolgan taqdirda attestat egasi tomonidan Qoʻmitaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) attestat dublikati berish toʻgʻrisida ariza, unda ilgari berilgan attestatning yaroqsiz boʻlib qolganligi sabablari va holatlari koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) attestat dublikati berilganligi uchun toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ilgari berilgan attestatning yaroqsiz boʻlib qolgan blankasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Attestat dublikati berishda Qoʻmita sud boshqaruvchisiga attestat amal qilishining ilgari belgilangan muddati yozilgan, “DUBLIKAT” yozuvi qayd qilingan attestatning yangi blankasini beradi. Dublikat berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida toʻlov undiriladi. Attestat yoʻqolganda yoki ilgari berilgan attestat blankasi yaroqsiz boʻlib qolganda uning egasi faoliyatini attestatsiya komissiyasi tomonidan beriladigan vaqtinchalik ruxsatnoma asosida amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Attestatni qayta rasmiylashtirish yoki attestat dublikatini berish Qoʻmita tomonidan ariza olingan vaqtdan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Ilgari berilgan attestatning yaroqsiz boʻlib qolgan blankasi dublikat berilgandan keyin yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Attestat dublikati olingandan keyin attestatning ilgarigi yoʻqolgan asl nusxasi topilgan taqdirda attestat dublikatini olgan sud boshqaruvchisi koʻrsatib oʻtilgan holat roʻy bergandan keyin besh kundan kechikmay Qoʻmitaga attestatning asl nusxasini yoʻq qilish uchun qaytarishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Attestatni qayta rasmiylashtirish va attestat dublikatini olish uchun attestatsiyadan oʻtish talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestat dublikati olish uchun zarur hujjatlar lozim darajada rasmiylashtirilmagan taqdirda ariza egasiga asoslangan holdagi rad etish ariza berilgan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida yozma shaklda yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Attestatlarning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Qoʻmita attestatning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Qoʻmita attestatning amal qilishini quyidagi asoslarga koʻra toʻxtatib turishga haqlidir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) attestat olingandan keyin attestatsiyaga ilgari taqdim etilgan hujjatlarda maʼlumotlarning notoʻgʻri koʻrsatilganligi aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bankrotlik tartibotlarida qatnashuvchi sud boshqaruvchisi majburiyatlari bajarilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Qoʻmitaning aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi yozma buyruqlari yoki farmoyishlari sud boshqaruvchisi tomonidan bajarilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) sud boshqaruvchilari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining buzilishi hollari aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) sud qarori asosida.

51. Qoʻmita uch kun muddatda sud boshqaruvchisiga attestatning amal qilishi toʻxtatib turilishi toʻgʻrisida yozma bildirishnoma joʻnatadi, unda toʻxtatib turish asoslari va Qoʻmita tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy boʻlgan chora-tadbirlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Attestat egasi Qoʻmita tomonidan belgilangan muddatlarda bildirishnomada koʻrsatilgan chora-tadbirlarni bajarishi va ular toʻgʻrisida tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda Qoʻmitaga yozma ravishda xabar qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Attestatning amal qilishi toʻxtatib turilishi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan chora-tadbirlar belgilangan muddatlarda bajarilgan taqdirda Qoʻmita ushbu attestatning amal qilishini uch kun mobaynida tiklaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Qoʻmita attestatning amal qilishini quyidagi asoslarga koʻra toʻxtatishga haqlidir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qonun hujjatlarining bir necha marta (bir martadan koʻp) buzilishi hollari aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Qoʻmitaning yozma buyruqlari yoki farmoyishlari bajarilmaganda yoki zarur darajada bajarilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sud boshqaruvchisiga yuklangan majburiyatlar bajarilmaganda yoki zarur darajada bajarilmaganda, shuningdek sud boshqaruvchisining xatti-harakatlari qarzdor korxona yoki kreditorlar uchun zarar yetkazganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) sud boshqaruvchisining arizasiga koʻra;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) sud qarori asosida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Qoʻmita attestatning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kundan boshlab uch kun muddatda ushbu qaror toʻgʻrisida sud boshqaruvchisiga va iqtisodiy sudga tasdiqlovchi asoslar bilan yozma ravishda xabar qiladi.
(55-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita tomonidan attestatning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab uch yil mobaynida attestat talabgori test imtihonlarini qayta topshirishga qoʻyilmaydi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-oktabrdagi 277-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 551-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Amal qilishi toʻxtatib turilgan va toʻxtatilgan attestatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Qoʻmita tomonidan Reyestrga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Qoʻmita qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat arizasi berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga

Sud boshqaruvchisi attestatiga talabgorning anketasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.Familiyasi, ismi, otasining ismi _____________________________________________________
‎2. Tugʻilgan yili, kuni, oyi ___________________________________________________________
‎3.Paportiga oid maʼlumotlar (seriyasi, tartib raqami, berilgan vaqti, kim tomonidan berilgan____
‎__________________________________________________________________________________________‎‎
‎‎4.Yashash joyi:
‎_______________________________viloyati, _____________________________________________shahri,
‎_______________________________koʻchasi, ____________uy______________________________kvartira
‎telefoni____________________________________________faksi________________________________
‎‎5. Maʼlumoti
‎_________________________________________________________________________________________

(oʻquv yurtining nomi koʻrsatilgan holda)‎

‎‎mutaxassisligi___________________________tugatgan yili _____________________________________
‎‎6.Mehnat faoliyati

Yil va oy‎‎

‎Muassasa, tashkilot, korxona‎‏
‎koʻrsatilgan holda lavozimi

‎‎Muassasa, tashkilot, korxona‎‏ning‎‏
‎joylashgan joyi

ishga kirgan vaqti‎

ishdan ketgan vaqti‎

‎‎
‎7. Sud boshqaruvchisi sifatidagi mehnat faoliyati:

Yil va oy‎‎ ‎‎‎

Muassasa, tashkilot, korxona‎‏ ‎koʻrsatilgan holda lavozimiga
‎tayinlanishi

‎‎Muassasa, tashkilot,
‎ korxona‎‏ning‎‏ ‎joylashgan
‎joyi

tayinlangan vaqti‎

boʻshatilgan vaqti‎ ‎

‎Toʻldirilgan sana _______________________________ Shaxsiy imzosi ________________________‎‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎№ 000000‎

‎Seriya AAA‎

‎‎
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

‎____________toifali‎

‎‎SUD BOShQARUVChISI ATTESTATI

‎‎
‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Sud boshqaruvchilari attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasining 200____yil__________da oʻtkazilgan test imtihonlari asosidagi qaroriga binoan‎ ____________________________________________________________________
‎‎____________________________________________________________________

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎
‎“Sud boshqaruvchisi” malakasi beriladi.

‎‎
‎Mazkur sud boshqaruvchisi attestati uning egasini:
‎______________________________________
‎______________________________________
‎______________________________________
‎______________________________________

‎sifatida tayinlash‎

‎‎toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun asos hisoblanadi.
‎‎
‎Attestat 200_____yil_______________________________ gacha amal qiladi.

‎Muhr
‎oʻrni

‎Attestat 200____yil _______________ da berilgan‎‎
‎‎
‎Attestatsiya komissiyasining raisi __________________________________
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 12-son, 142-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda, 44-45-son, 385-modda; 2011-y., 50-son, 518-modda; 2013-y., 6-son, 70-modda, 37-son, 485-modda, 41-son, 551-modda; 2015-y., 13-son, 157-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)