21.12.2005 yildagi 275-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.12.2005 yildagi 275-son
Date of entry into force
21.12.2005
Hujjat 03.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XALQ TAʼLIMI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASHNING TAKOMILLASHTIRILGAN TIZIMINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish va uni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 25-noyabrdagi PQ–227-son qarorini bajarish yuzasidan hamda iqtidorli, oʻz kasbiga sodiq pedagoglarni ragʻbatlantirish, oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlashning adolatli va oshkora mexanizmini joriy etish hisobiga ularning tashabbuskorligi va kasb mahorati oʻsishini ragʻbatlantirish, umumtaʼlim maktablari xodimlari mehnatini baholash va moddiy ragʻbatlantirish masalalarini hal qilishda maktablarning mustaqilligini oshirish hamda pedagogik jamoalar huquqlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisida davlat hokimiyati mahalliy organlari, xalq taʼlimini boshqarish hududiy organlari, pedagoglar jamoatchiligi vakillari ishtirokida xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimi har tomonlama muhokama qilinganligi va maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq taʼlimi muassasalarining pedagog va rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09.19/823/3834-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor jamgʻarmasi barcha umumtaʼlim muassasalarida — maktablarda tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari faqat umumtaʼlim muassasalarining oʻqituvchilariga ustamalar belgilash uchun yoʻnaltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor jamgʻarmasi mablagʻlaridan ustamalar bilan umumtaʼlim muassasalarining oʻquv-tarbiya jarayoniga katta shaxsiy hissa qoʻshayotgan, oʻz kasbiga sodiqlik va tashabbuskorlik, yuqori kasb darajasini namoyon etayotgan iqtidorli oʻqituvchilari ragʻbatlantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumtaʼlim muassasalari xodimlariga Direktor jamgʻarmasidan har oylik ustamalar va boshqa ragʻbatlantirishlar belgilash toʻgʻrisidagi qarorlar umumtaʼlim muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda xalq taʼlimini boshqarish hududiy organlarining umumtaʼlim muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar faoliyatiga va ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga qoʻshimcha haq toʻlovlari mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15 nafar oʻquvchigacha — 26,4 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16 nafardan 20 nafar oʻquvchigacha — 31,6 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21 nafardan 25 nafar oʻquvchigacha — 36,9 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26 nafardan 30 nafar oʻquvchigacha — 42,1 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31 nafar va undan koʻp oʻquvchi boʻlganda — 52,8 foiz;
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (oʻquvchilar ikki guruhga boʻlib oʻqitiladigan fanlar boʻyicha ham) sinfdagi (sinf — komplektdagi) oʻquvchilar soni 15 nafargacha boʻlganda — 8,8 foiz, 15 nafar va undan ortiq boʻlganda — 17,6 foiz.
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) informatika kabineti mudirligi uchun — 17,6 foiz;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda oʻqituvchilar yozgi yillik mehnat taʼtilidan qaytgandan keyin ularga yangi oʻquv yili boshlangunga qadar daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti mudirligi uchun qoʻshimcha haq toʻlovlari amalga oshirilmaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda, Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, ikki hafta muddatda Umumtaʼlim muassasasi-maktab huzuridagi maxsus komissiya toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, unda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus komissiyaning huquqlari va masʼuliyati, uning majlislarini oʻtkazish va qarorlar qabul qilish tartibini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagogik mehnatni baholash mezonlari asosida oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga ustamalarning aniq miqdorlarini belgilash tartibini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi va mansabdor shaxslarning masʼuliyatini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus komissiyalarning samarali faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻliq boshqa masalalarni tartibga solish nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda bir oy muddatda xalq taʼlimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini hamda Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni, keyinchalik ularni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazgan holda, qayta koʻrib chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, ularda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog xodimlar malakasini, bilim darajasini va pedagogik mahoratini baholashning ular malakasi xolisona baholanishini taʼminlovchi mezonlarini takomillashtirish, shuningdek pedagog malakasi pasaygan taqdirda belgilangan toifani pasaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqituvchilar lavozimiga faqat oliy yoki oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan xodimlar qabul qilinadigan tartibni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka toifasi berish uchun zarur boʻlgan eng kam staj muddatlarini belgilash nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2006-yil 1-yanvargacha xalq taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish yuzasidan, ayniqsa joylarda zarur tayyorgarlik va tushuntirish ishlarini amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2006-2007-yillar mobaynida umumtaʼlim muassasalarining barcha pedagog xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsin hamda uning natijalariga koʻra xodimlarga tegishli malaka toifalarini belgilasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining 2006-yil I yarim yilligi yakunlari boʻyicha majlisida axborot berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xalq taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish bilan bogʻliq chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan qattiq monitoring oʻrnatsinlar.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi monitoring asosida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha xarajatlarning oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirilishi toʻgʻrisida belgilangan tartibda axborot bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2006-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari V.A. Golishev va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 21-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
275-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Lavozimlar nomi

Tarif stavkalari miqdorlari:

oliy malaka toifali

birinchi malaka toifali

ikkinchi malaka toifali

oliy maʼlumotli

oʻrta maxsus maʼlumotli

1. Umumtaʼlim muassasalarining boshlangʻich va yuqori sinflari oʻqituvchisi, oʻqituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri, oʻqituvchi-defektolog, inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan va tayanch korreksion sinflar ochilgan umumtaʼlim maktablarining maxsus pedagogi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari qoshidagi metodika kabinetlari, davlat taʼlim standartlari monitoringi boʻlimlari hamda oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari xodimlari, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining metodik taʼminlash, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va davlat taʼlim standartlari monitoringi guruhlari xodimlari

2 881 828

2 607 826

2 340 317

2 090 399

1 954 033

1.1. Yoshlar yetakchisi, ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi

2 090 399

2. Respublika muassasa va tashkilotlari metodistlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari metodistlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari qoshidagi metodika kabinetlari, davlat taʼlim standartlari monitoringi boʻlimlari hamda oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari metodistlari, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari metodistlari

2 881 828

3. Maktabdan tashqari muassasaning oʻqituvchi-treneri, oliy sport mahorati maktablari, sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpia zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining, bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining instruktor-metodistlari, sport psixologi

2 117 518

1 978 039

1 851 265

1 725 279

1 603 710

4. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchisi

2 197 828

2 056 958

1 916 981

1 781 907

1 652 203

5. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi konsertmeysteri

1 916 981

1 781 907

1 652 203

1 527 724

1 410 683

6. Xalq taʼlimi barcha tipdagi muassasalarining tarbiyachisi, katta tarbiyachisi (tarbiyachi-metodist)

2 881 828

2 607 826

2 340 317

2 090 399

1 465 523

6.1. Umumiy oʻrta tipdagi muassasalar psixologlari, “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari psixologlari

2 282 408

2 151 458

2 014 709

1 881 360

1 758 629

6.2. Xalq taʼlimi barcha tipdagi muassasalarining psixologi (6.1.-bandda koʻrsatilgan tashqari) va maktabdan tashqari muassasalar instruktor-metodisti

1 277 984

1 187 933

1 101 470

1 018 482

940 454

7. Xalq taʼlimi barcha muassasalaridagi metodist (3-bandda koʻrsatilgandan tashqari), pedagog-tashkilotchi, toʻgaraklar, studiyalar, seksiyalar rahbarlari, barcha ixtisosliklar instruktorlari, katta vojatiy, akkomponiator, musiqa rahbari, ekskursovod, madaniyat ishlari boʻyicha tashkilotchi

1 124 607

1 034 572

948 124

865 627

787 178

8. “Barkamol avlod” bolalar maktablarining toʻgarak rahbarlari, instruktor-metodistlar va metodistlar, “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari toʻgarak va musiqa rahbarlari, mehnat va trener yoʻriqchisi

1 939 949

1 784 640

1 635 515

1 493 207

1 357 882

9. Kutubxona mudiri

x

x

x

1 251 639

1 147 152

10. Kutubxonachi

x

x

x

1 047 107

994 752

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabdan tashqari muassasalar boʻlim, seksiya, laboratoriya, kabinet mudirining ish haqi miqdori (kontingentdan qatʼi nazar) ikkinchi malaka toifali toʻgarak rahbarining ish haqiga teng miqdorda belgilanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi muassasalari rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Lavozimlar nomi

Tarif stavkalari

miqdorlari

I guruh

II guruh

III guruh

IV guruh

1. Rahbar xodimlar:

1.1. Umumtaʼlim muassasasi direktori

3 467 983

3 278 418

3 091 716

2 895 520

1.2. “Mehribonlik” uyi direktori

3 091 716

2 895 520

x

x

1.3. Maktabdan tashqari muassasa direktori

1 277 984

1 187 933

1 101 470

x

1.4. “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori

1 980 876

1 841 297

1 707 277

x

1.5. Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi “Mehribonlik” uylari respublika sogʻlomlashtirish oromgohi rahbari

2 782 545

2 605 968

2 605 968

x

1.6. Oliy sport mahorati maktabi, sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpia zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori

2 260 662

x

x

x

1.7. Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi direktori

2 117 518

1 978 039

1 851 265

x

1.8. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori

2 637 392

2 468 349

x

x

2. Rahbarlarning oʻrinbosarlari:

2.1. Umumtaʼlim muassasasi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, ixtisoslashtirilgan fanlar boʻyicha oʻrinbosari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari

3 278 418

3 091 716

2 895 520

2 704 330

2.2. Umumtaʼlim muassasalarining Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash boʻyicha direktor oʻrinbosari-Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari

2 090 399

2.3. “Mehribonlik” uyi direktorining birinchi oʻrinbosari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

2 895 520

2 704 330

x

x

2.4. Maktabdan tashqari muassasa direktorining oʻrinbosarlari (2.9.-banddan tashqari)

1 187 933

1 101 470

1 018 482

x

2.5. “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktorining oʻrinbosarlari (2.9.-banddan tashqari)

1 841 297

1 707 277

1 578 649

x

2.6. Oliy sport mahorati maktabi, sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktorining oʻrinbosari

2 117 518

X

x

x

2.7. Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktorining oʻrinbosari, filial direktorlari

1 978 039

1 851 265

1 725 279

x

2.8. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktorining oʻquv-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

2 468 349

2 300 378

x

x

2.9. Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari

1 473 637

1 360 575

1 251 639

1 147 152

”.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish va uni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 25-noyabrdagi PQ–227-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan yoki aralash moliyalashtiriladigan xalq taʼlimi muassasalari pedagog xodimlari va rahbarlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomning amal qilishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlari uchun qoʻllaniladigan Yagona tarif setkasi asosida xalq taʼlimi tizimi muassasalarining texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga muvofiq Yagona tarif setkasi asosida xalq taʼlimi davlat boshqaruvi organlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xalq taʼlimi tizimi xodimlari mehnatining ish haqi bazaviy tarif stavkasini hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilikda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlarni oʻz ichiga oladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Xalq taʼlimi muassasalari xodimlarining tarif stavkalari (lavozim maoshlari)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xalq taʼlimi xodimlarining lavozim maoshlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq taʼlimi muassasalarining pedagog xodimlari va rahbar xodimlarining har bir lavozimi va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari asosida shakllantiriladi. Bazaviy tarif stavkasi Yagona tarif setkasi boʻyicha tarif stavkasini hamda qonunchilikda belgilangan tarif stavkasiga doimiy ustamalarni, shuningdek pedagog va rahbar xodimlarning ayrim toifalari ish haqiga qoʻshilgan kompensatsiya toʻlovlarini oʻz ichiga oladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarga qonunchilikda belgilangan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar asosida shakllantiriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimning lavozimiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimning malaka toifasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq taʼlimi muassasasining tipiga bogʻliq ravishda tabaqalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi muassasalari rahbarlarining bazaviy tarif stavkalari quyidagi jadvalga binoan oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar) kontingentiga qarab muassasalar guruhidan kelib chiqib belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Xalq taʼlimi muassasasining tipi

Kontingent soni (kishi)

I guruh

II guruh

III guruh

IV guruh

Umumtaʼlim maktablari*

1601 nafar va undan ortiq

881 — 1600

401 — 880

400 nafargacha

“Mehribonlik” uylari

201 nafar va undan ortiq

200 nafargacha

Musiqa maktablari va sanʼat maktablari

401 nafar va undan ortiq

400 nafargacha

Maktabdan tashqari muassasalar

601 nafar va undan ortiq

301 — 600

300 nafargacha

Bolalar va oʻsmirlar sport maktablari

Muassasalarni tegishli guruhga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Umumtaʼlim muassasalariga umumtaʼlim maktablari hamda barcha tip va nomdagi maktab-internatlar kiradi.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xalq taʼlimi xodimlarining kasbiy oʻsishini ragʻbatlantirish uchun quyidagi malaka toifalari va ushbu malakalarni olish uchun xodimlarning maʼlumot darajasiga qoʻyiladigan asosiy talablar belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus, kasbiy (pedagogik yoki bajarilayotgan lavozim vazifalariga muvofiq boʻlgan) maʼlumotga ega boʻlgan, toifasi boʻlmagan xodim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bakalavr darajasiga yoki oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassis;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotga ega boʻlgan ikkinchi toifali mutaxassis;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotga ega boʻlgan birinchi toifali mutaxassis;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotga ega boʻlgan oliy toifali mutaxassis.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi xodimlariga malaka toifalari berish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga muvofiq oshirilgan taqdirda xalq taʼlimi muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari (lavozim maoshlari) belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda qayta koʻrib chiqiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xodim xalq taʼlimining bir muassasasida boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda va shu munosabat bilan bazaviy tarif stavkasi oʻzgarganda mehnat shartnomasi oʻzgarishi tartibini belgilaydigan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qoidalari qoʻllaniladi (VI bob, 3-§).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Umumtaʼlim muassasalarining oʻrta maxsus, kasbiy yoki oliy maʼlumotga ega boʻlmagan, mazkur Nizom kuchga kirgan paytda pedagogik faoliyatni amalga oshirayotgan pedagog xodimlari uchun, ularning pedagogik tajribasini, shuningdek ular 2006-2007 oʻquv yilida maʼlumot olish uchun tegishli oʻquv muassasalariga oʻqishga kirishlarini hisobga olgan holda, oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy yoki oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni umumtaʼlim muassasalariga pedagogik lavozimlarga qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oliy taʼlim muassasasining kunduzgi, kechki, sirtqi taʼlim shakllarining pedagogika yoʻnalishlarida oʻqiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab oʻqishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumtaʼlim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Ustamalar va qoʻshimcha haqlar
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga qoʻshimcha haq toʻlovlari mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15 nafar oʻquvchigacha — 26,4 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16 nafardan 20 nafar oʻquvchigacha — 31,6 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21 nafardan 25 nafar oʻquvchigacha — 36,9 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26 nafardan 30 nafar oʻquvchigacha — 42,1 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31 nafar va undan koʻp oʻquvchi boʻlganda — 52,8 foiz;
(10-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (oʻquvchilar ikki guruhga boʻlib oʻqitiladigan fanlar boʻyicha ham) sinfdagi (sinf — komplektdagi) oʻquvchilar soni 15 nafargacha boʻlganda — 8,8 foiz, 15 nafar va undan ortiq boʻlganda — 17,6 foiz.
(10-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) informatika kabineti mudirligi uchun — 17,6 foiz.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda oʻqituvchilar yozgi yillik mehnat taʼtilidan qaytgandan keyin ularga yangi oʻquv yili boshlangunga qadar daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti mudirligi uchun qoʻshimcha haq toʻlovlari amalga oshirilmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Xodimdan qoʻshimcha pedagogik malakani talab etadigan mehnatning alohida sharoitlarida ishlaganlik uchun bazaviy tarif stavkasiga ustamalar qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimdan qoʻshimcha pedagogik malakani talab etadigan pedagogik lavozimlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Noqulay mehnat sharoitlarida band boʻlgan xodimlarga mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar amalda boʻlgan ustamalar saqlanib qoladi, ularning miqdori esa xodimning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan foizlarda hisoblab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Mehnatga soatbay haq toʻlash tartibi va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq toʻlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ketma-ket ikki oydan ortiq boʻlmagan davrda kasallik yoki boshqa sabablar bilan ishda boʻlmagan xodimlarning oʻrnini bosish tartibida ishlab berilgan soatlar uchun haq toʻlashda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa muassasalardan jalb etiladigan oʻqituvchilar va boshqa mutaxassislarning, shu jumladan oʻrindoshlik boʻyicha boshqa maktablardan jalb etiladigan oʻqituvchilar va mutaxassislarning pedagogik ishi uchun haq toʻlashda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrnini bosish tartibida umumtaʼlim muassasalari rahbarlari tomonidan oʻtilgan oʻquv soatlari uchun haq toʻlashda qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Umumtaʼlim muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga soatbay haq toʻlash stavkalari miqdori belgilangan tartibda aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Xalq taʼlimi muassasasining rahbar xodimi tomonidan uning egallab turgan shtat birligidan qatʼi nazar, asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda oʻqituvchi lavozimi bilan qoʻshib olib borilishiga (oʻquv yuklamasi yuritilishiga) yoʻl qoʻyiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Xalq taʼlimi muassasalarida mehnatni normalashtirishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Xalq taʼlimi muassasalari pedagog xodimlari mehnatini normalashtirish yillik, choraklik va oylik ish rejalariga asoslangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yillik ish rejasi oʻquv, tarbiyaviy va tashkiliy tusdagi asosiy tadbirlarni bajarish uchun zarur boʻlgan ish vaqti sarfi koʻrsatilgan holda ularning roʻyxatini oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqituvchilarning yillik ish rejasi choraklar va oylar boʻyicha taqsimlangan bir yildagi 1548 soat miqdoridagi ish vaqtining jamlangan hisobidan kelib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yillik ish rejasi har bir pedagog xodim uchun yakka tartibda belgilanadi va kengaytirilgan pedagogik kengashda muhokama qilingandan keyin xalq taʼlimi muassasasi maʼmuriyati tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish rejalarining bajarilishini nazorat qilish xalq taʼlimi muassasasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Yakka tartibdagi yillik ish rejalarini ishlab chiqishda xalq taʼlimi muassasasi maʼmuriyati oʻqituvchilar va pedagog xodimlar boshqa toifalarining oʻquv yuklamasi soatlari hajmini umumiy belgilangan normativlarga nisbatan kamaytirishi yoki koʻpaytirishi mumkin. Bunda oʻquv yuklamasining belgilangan normativlariga tuzatish kiritish hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy rejadagiga nisbatan kamaytirish yoki koʻpaytirish tomonga 10 foizdan ortiq boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Alohida hollarda xalq taʼlimi muassasalarida xodimning roziligi bilan kasblar (lavozimlar)ni birga qoʻshib olib borishga, shuningdek oʻzining asosiy ishi bilan birgalikda ishda vaqtincha boʻlmagan xodimlarning vazifalarini bajarishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda lavozimlarni birga qoʻshib olib borish boʻyicha ish vaqtining jami davom etishi mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan jami ish vaqtining 50 foizidan, yaʼni yil mobaynida 774 soatdan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Xalq taʼlimi muassasasining har bir xodimi ish rejasi bajarilishi toʻgʻrisida pedagogik kengashda yoki xalq taʼlimi muassasasini boshqarishning boshqa kollegial organida yarim yilda kamida bir marta hisobot beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxati asosida oʻqituvchilarga bir yarim stavka miqdorigacha belgilangan dars soatlarining bir stavkadan ortiq boʻlgan qismi boʻsh ish oʻrinlari sifatida qayd etilmaydi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Pedagog xodimlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan ustamalar, shu jumladan mavjud sertifikatlari uchun toʻlanadigan ustamalar, tarifikatsiya roʻyxatida ajratilgan dars soatlariga (oʻqituvchining tarif stavkasiga) mutanosib ravishda toʻlab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Boʻlib oʻqitiladigan fanlar boʻyicha guruhlardan birining oʻqituvchisi turli sabablarga koʻra darsda boʻlmagan holatlarda guruhlar qoʻshib oʻqitiladi hamda qoʻshib oʻqitganligi uchun qoʻshimcha haq toʻlovlari amalga oshirilmaydi.
(21 va 22-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09.19/823/3834-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2006-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotayotgan qarorlari roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq taʼlimi muassasalarining qoʻshimcha haq toʻlanadigan xodimlarining lavozimlari, qoʻshimcha haqning turlari va miqdorlari roʻyxatidagi 5, 9-11, 13-14, 20 va 22-bandlar (1-ilova).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarining mehnatini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 2-iyuldagi 310-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 62-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻqituvchilar mehnatini qoʻshimcha ragʻbatlantirishga doir eksperiment oʻtkazish va xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarmoq setkasiga oʻtish toʻgʻrisida” 2004-yil 15-iyuldagi 335-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 66-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 379-modda; 2006-y., 51-52-son, 507-modda; 2009-y., 46-son, 498-modda; 2011-y., 25-son, 260-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda; 2012-y., 36-son, 412-modda, 52-son, 587-modda; 2014-y., 52-son, 625-modda; 2015-y., 9-son, 100-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 09/18/10/0533-son, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son; 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son, 20.02.2019-y., 09/19/146/2637-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son, 30.09.2019-y., 09.19/823/3834-son, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son, 16.10.2021-y., 09/21/646/0963-son; 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son; 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son; 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son; 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son; 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son; 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)