Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2008 30.12.1994 yildagi 632-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.12.1994 yildagi 632-son
Date of entry into force
30.12.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2008
Hujjat 30.12.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKiSTON RESPUBLIKASIDA TRANSPORT VOSITALARI VA BOShQA OʻZIYuRAR MAShINA HAMDA MEXANIZMLAR EGALARI FUQAROLIK JAVOBGARLIgiNING DAVLAT MAJBURIY SUGʻURTASI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-sonli “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sugʻurta toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida transport vositalaridan foydalanish natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1995-yil 1-yanvardan boshlab transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining davlat majburiy sugʻurtasi joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan mulkchilikning barcha shakllaridagi transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining davlat majburiy sugʻurtasiga jalb qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining davlat majburiy sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta puli va bitta transport vositasi uchun bir yilda bir marta olinadigan sugʻurta tariflari stavkalari miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Har yili sugʻurta toʻlovlarini toʻlash uchun quyidagi muddatlar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar uchun — 1-iyulgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar uchun — 1-sentabrgacha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta toʻlovlarini toʻlash uchun belgilangan muddat tamom boʻlgancha, toʻlanmagan pul qarz deb hisoblansin va toʻlash muddati oʻtib ketgan har bir kun uchun qarzning 0,1 foizi miqdorida jarima (penya) hisoblangan holda undirib olinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining davlat majburiy sugʻurtasi toʻlovlari toʻlanishini nazorat qilish Davlat avtomobil nazorati, Davlat qishloq xoʻjaligi texnika nazorati va “Oʻzdavsugʻurta” organlariga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tushgan sugʻurta toʻlovlaridan fuqarolar halok boʻlishining va ularning mol-mulki nobud boʻlishining oldini olish tadbirkorlariga ajratmalar summasi 5 foiz miqdorida belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining davlat majburiy sugʻurtasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani hamda fuqarolar halok boʻlishining va ularning mol-mulkini nobud boʻlishining oldini olish tadbirlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yil 30-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
632-son

Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 30-dekabrdagi
632-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining davlat majburiy sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta javobgarligining hajmiga qarab bitta transport vositasi uchun bir yilda bir marta undiriladigan sugʻurta toʻlovlari stavkalari miqdori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(foizlarda)‎‎
Transport vositalari‎‏‎‏
‎‎Qabul qilingan sugʻurta javobgarligi hajmiga nisbatan sugʻurta toʻlovlari stavkalari (eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida)

yuridik shaxslar uchun‎

jismoniy shaxslar uchun‎‎
Yengil avtomobillar, avtobuslar‎ 1,5‎ 1‎
Yuk avtomobillari‎ 2‎ 1,5‎
Trolleybuslar, tramvaylar‎ 1‎ —‎
Traktorlar, kombaynlar va boshqa oʻziyurar mashina hamda mexanizmlar‎ 1‎ 1‎
M�xsus yengil avtomobillar va kichik avtobuslar‎ 1‎ —‎
Mototransport‎ 0,5‎ 0,5‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash uchun toʻlanadigan sugʻurta pulining cheklangan miqdori quyidagichadir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulkka yetkazilgan zararni qoplash uchun — Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻlimga olib kelgan zararni qoplash uchun — eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdorida.
Keyingi tahrirga qarang.