Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.05.2002 06.05.1993 yildagi 833-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 06.05.1993 yildagi 833-XII-son
Date of entry into force
09.06.1993
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.05.2002
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SUGʻURTA TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 5-apreldagi 359-II-sonli “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun sugʻurtani rivojlantirishning, sugʻurta bozorini shakllantirishning huquqiy asoslarini, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda sugʻurtaning mavqei va oʻrnini belgilab beradi, fuqarolar va yuridik shaxslarning sugʻurta xizmatlariga boʻlgan talablari toʻliqroq qondirilishini kafolatlaydi, sugʻurta munosabatlari barcha ishtirokchilarining manfaatlari himoya qilinishi va majburiyatlariga rioya etilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I bob. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonun bilan tartibga solib turiladigan munosabatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Sugʻurta toʻgʻrisida”gi Qonun sugʻurta tashkilotlari bilan fuqarolar, yuridik shaxslar, chet el fuqarolari va yuridik shaxslari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻrtasidagi, sugʻurta tashkilotlari oʻrtasidagi oʻzaro sugʻurtaga doir munosabatlarni tartibga soladi, shuningdek sugʻurta faoliyati davlat tomonidan tartibga solinishining asosiy qoidalarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tomonlarning sugʻurtaga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablari ushbu Qonunda, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qarab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Qonun davlat ijtimoiy sugʻurtasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasida sugʻurta faoliyati ushbu Qonun hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunlari bilan tartibga solib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Sugʻurta tushunchasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta – inson faoliyatining turli sohalarida sodir boʻladigan tabiiy ofatlar, favqulodda hodisa va boshqa voqealar natijasida yetkazilgan zarar hamda talafotlarni jismoniy va yuridik shaxslar toʻlagan sugʻurta badallari (sugʻurta puli)dan hosil qilinadigan pul fondlari hisobidan toʻliq yoki qisman qoplash yoʻli bilan jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlari sugʻurtalanishini taʼminlashga doir munosabatlar dyemakdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Sugʻurta obyektlari va shakllari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi, mehnat qobiliyati, fuqarolar va yuridik shaxslarning mol-mulki, moddiy boyliklari, javobgarlik majburiyatlari, mulkiy hamda mulkka oid boʻlmagan huquqlari yoki manfaatlari sugʻurta obyektlari hisoblanadi. Sugʻurta ixtiyoriy va majburiy shakllarda amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻayrihuquqiy manfaatlarni sugʻurtalashga yoʻl qoʻyilmaydi. Oʻyinlarda, lotereyalarda ishtirok etishdan hamda garov oʻynashdan koʻriladigan zararlarni sugʻurtalashga, shuningdek garovga olingan odamlarni qutqarish maqsadida shaxs majburan toʻlashi mumkin boʻlgan pulni sugʻurtalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Majburiy sugʻurta hamda davlat majburiy sugʻurtasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Majburiy sugʻurta hamda davlat majburiy sugʻurtasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat majburiy sugʻurtasi davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Majburiy sugʻurta hamda davlat majburiy sugʻurtasining shartlari, sugʻurta tariflari hamda ularni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Majburiy sugʻurtani oʻtkazish huquqiga tegishli sugʻurta turini amalga oshirish uchun litsenziyasi boʻlgan har qanday sugʻurta tashkiloti ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat majburiy sugʻurtasi davlat sugʻurta tashkilotlari yoki davlatga qarashli boshqa tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sugʻurta tashkilotlari majburiy sugʻurtalanishi hamda davlat tomonidan majburiy sugʻurtalanishi kerak boʻlgan obyektlar saqlanishini nazorat qilishga haqlidir.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Ixtiyoriy sugʻurta
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tomonlarning xohish-irodasiga koʻra amalga oshiriladigan sugʻurta ixtiyoriy sugʻurta hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ixtiyoriy sugʻurtaning shartlari tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sugʻurtalanuvchi va sugʻurtalovchining huquqlari hamda burchlari, shuningdek, har bir sugʻurta turining aniq shartlari tegishli sugʻurta shartnomalari bilan belgilab qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Sugʻurta munosabatlarining subyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sugʻurtalanuvchilar va sugʻurtalovchilar sugʻurta munosabatlarining subyektlari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan boʻlib, sugʻurta toʻlovlarini toʻlayotgan va sugʻurtalovchilar bilan muayyan sugʻurta munosabatlariga kirishayotgan, fuqarolik salohiyatiga toʻliq ega boʻlgan jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslar sugʻurtalanuvchilar deb hisoblanadi.
(6-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el yuridik shaxslari Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari bilan teng ravishda sugʻurtalanish huquqidan foydalanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(6-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sugʻurta qildiruvchilar uchinchi shaxslar foydasiga sugʻurta shartnomalari tuzishga haqlidirlar.
(6-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq 4-band bilan almashtirilgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda) 7-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tijorat tashkiloti boʻlgan hamda tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi bor yuridik shaxslar, agar qonunlarda boshqa qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, sugʻurtalovchi sifatida sugʻurta shartnomasini tuzishi mumkin.
(6-moddaning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq 5-band bilan almashtirilgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Sugʻurta vakillari va sugʻurta brokerlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sugʻurtalovchilar sugʻurta faoliyatini sugʻurta vakillari va sugʻurta brokerlari orqali amalga oshirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sugʻurta vakillari oʻzlariga berilgan vakolatlarga muvofiq sugʻurtalovchi nomidan va uning topshirigʻi asosida ish koʻradigan jismoniy yoki yuridik shaxslardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sugʻurta brokerlari belgilangan tartibda tadbirkor sifatida roʻyxatga olingan, sugʻurtalanuvchi yoki sugʻurtalovchining topshirigʻi asosida sugʻurta boʻyicha oʻz nomidan vositachilik faoliyatini amalga oshirishuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el sugʻurta tashkilotlari nomidan sugʻurta shartnomalarini tuzish bilan bogʻliq vositachilik faoliyatini amalga oshirishga, basharti, Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokidagi davlatlararo bitimlarda oʻzga qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Sugʻurta tavakkalchiligi, sugʻurta hodisasi, sugʻurta toʻlovi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sugʻurta tavakkalchiligi – taxmin qilingan voqea boʻlib, ana shu voqea yuz berishidan ehtiyoti shart sugʻurta qilish amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sugʻurta shartnomasida yoki qonunda nazarda tutilgan voqeaning yuz berganligi sugʻurta hodisasi hisoblanadi. Bunday hodisa yuz berganda sugʻurtalovchining sugʻurtalanuvchiga, sugʻurta qilingan shaxsga yoki boshqa uchinchi shaxslarga sugʻurta haqi toʻlash majburiyati yuzaga keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mol-mulkka daxldor sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurta toʻlovi sugʻurta tovoni sifatida, sugʻurtalanuvchining yoki uchinchi shaxsning shaxsiga daxldor sugʻurta hodisasi yuz berganida esa – sugʻurta taʼminoti sifatida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Sugʻurta puli, sugʻurta tovoni, sugʻurta taʼminoti
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sugʻurta summasi – muayyan summa boʻlib, ana shu miqdorda sugʻurtalovchi mol-mulk sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovonini toʻlash majburiyatini oladi yoki u shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha summani toʻlash majburiyatini oladi.
(9-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mol-mulkni yoki tadbirkorlik xavfini sugʻurta qilishda sugʻurta summasi, agar sugʻurta shartnomasida boshqa qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, sugʻurtalanayotgan obyektning sugʻurta qiymatidan (sugʻurta bahosidan) ortiq boʻlmasligi kerak.
(9-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sugʻurta tovoni sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurtalanuvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun sugʻurta puli doirasida toʻlanadigan pul mablagʻlaridir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tibbiyot, huquqni muhofaza qilish, sud, meteorologiya, veterinariya muassasalari, kommunal muassasalar sugʻurta tashkilotlarining soʻrovlariga koʻra sugʻurta puli yoki sugʻurta tovoni toʻlash masalalarini hal etish uchun ularga kerakli hujjatlar va xulosalarni taqdim etishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sugʻurta tashkilotlari toʻlaydigan sugʻurta tovon summalariga soliq solinmaydi.
(9-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sugʻurta taʼminoti sugʻurtalanuvchiga yoki uchinchi shaxsga boshqa sugʻurta shartnomalari boʻyicha, shuningdek ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot boʻyicha va zararni qoplash tartibiga koʻra ularga tegishli boʻlgan puldan qatʼi nazar toʻlanadi. Bunda sugʻurtalanuvchi vafot etgan taqdirda shaxsiy sugʻurta boʻyicha naf koʻruvchiga tegishli boʻlgan sugʻurta taʼminoti meros qolgan mol-mulk tarkibiga kirmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Sugʻurta toʻlovlari va tariflari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sugʻurta toʻlovlari (sugʻurta mukofotlari) – sugʻurtalanuvchi sugʻurtalovchiga toʻlaydigan badallar boʻlib, ularni hisoblab chiqarish tartibi va ularning miqdori sugʻurta shartnomasida belgilab qoʻyiladi hamda ular soʻmda ham, chet el valyutasida ham toʻlanishi mumkin.
(10-modda 1-bandining birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda— Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta shartnomasi amal qilgan davrda toʻlangan sugʻurta toʻlovi (sugʻurta mukofotlari)ga jarima solinishi mumkin emas, qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sugʻurta tariflari sugʻurtaga doir toʻlovlar stavkalari boʻlib, ular sugʻurta tashkilotini sugʻurta puli (sugʻurta tovoni) toʻlash, zaxira fondi va boshqa fondlar hosil qilish uchun moliyaviy mablagʻ bilan taʼminlaydigan miqdorlarda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(10-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan— Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ixtiyoriy sugʻurta turlariga doir sugʻurta tariflarining miqdori tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Qayta sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish, qoʻshaloq sugʻurta va ikki tomonlama sugʻurta
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qayta sugʻurta qilish – sugʻurtalovchining sugʻurta tovon pulini yoki sugʻurta summasini toʻlash xavfini butunlay yoki qisman boshqa sugʻurta tashkilotiga (tashkilotlariga) ular oʻrtasida tuzilgan qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha topshirishdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta tashkilotlari chet elda oʻz tavakkalchiliklarini qayta sugʻurta qilish uchun chet el sugʻurta va brokerlik tashkilotlarining xizmatlaridan bevosita foydalanishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta sugʻurta qilishda sugʻurta tovon pulini yoki sugʻurta summasini toʻlash uchun asosiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta qildiruvchi oldida ushbu shartnoma boʻyicha sugʻurtalovchi javobgar boʻlib qolaveradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Birgalikda sugʻurta qilish deb bitta sugʻurtalanayotgan obyekt boʻyicha ikki yoki undan ortiq sugʻurtalovchining bitta sugʻurta shartnomasini tuzishiga aytiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchilarning har biri sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) oldida, agar shartnomada boshqa qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, solidar javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoʻshaloq sugʻurta deb umumiy sugʻurta summasi sugʻurtalanayotgan obyektning sugʻurta qiymatidan (bahosidan) oshib ketganda, aynan bir sugʻurtalanayotgan obyektni ikki yoki undan ortiq sugʻurtalovchida sugʻurtalashga aytiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulk yoki tadbirkorlik xavfi qoʻshaloq sugʻurta qilinganda sugʻurta tovon pulining umumiy summasi haqiqiy zarardan ortiq boʻlishi mumkin emas, qoʻshaloq shaxsiy sugʻurta qilish hollari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ikki tomonlama sugʻurta – sugʻurta himoyasining shunday shakllaridan biriki, unda sugʻurta qildiruvchilar (fuqarolar va yuridik shaxslar) zarur mablagʻlarni kiritish yoʻli bilan ikki tomonlama sugʻurta qilish jamiyatlariga birlashadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki tomonlama sugʻurta qilish jamiyati oʻz aʼzolarining mol-mulki hamda boshqa mulkiy manfaatlarini sugʻurta qilishni amalga oshiradi va tijoratchi boʻlmagan tashkilot hisoblanadi
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II bob. SUFURTA ShARTNOMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Sugʻurta shartnomasi tushunchasi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sugʻurta shartnomasi yozma ravishdagi bitim boʻlib, unga koʻra sugʻurta tashkiloti koʻzda tutilgan voqea (sugʻurta hodisasi) yuz berganda sugʻurtalanuvchiga yoki sugʻurta pulini olishga haqli boʻlgan boshqa kishiga yetkazilgan zararni qoplash yoxud sugʻurta puli toʻlash majburiyatini, sugʻurtalanuvchi esa belgilangan muddatda sugʻurta toʻlovlarini (sugʻurta mukofotini) toʻlash majburiyatini oladi.
(12-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sugʻurta shartnomasida sugʻurtalanuvchi va uning huquqiy vorisi, sugʻurtalovchi, sugʻurta puli hamda sugʻurta badalining miqdorlari, shartnomaning amal qilish muddati koʻrsatiladi, sugʻurta hodisasining tavsifi beriladi va boshqa shartlar qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Sugʻurta shartnomasi tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sugʻurta shartnomasi tuzish uchun sugʻurtalanuvchi sugʻurtalovchiga belgilangan shaklda yozma ariza taqdim etadi yoki sugʻurta shartnomasi tuzish niyatida ekanligi haqida mumkin boʻlgan boshqa usulda maʼlum qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sugʻurtalovchining sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovon pulini yoki sugʻurta summasini toʻlash majburiyati, agar shartnomada boshqa qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, sugʻurta mukofoti yoki uning birinchi badali toʻlangan paytdan boshlab kuchga kiradi.
(13-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sugʻurta shartnomasi tuzilganligi fakti sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta polisi (kvitansiyasi, sertifikati, shahodatnomasi) berish orqali tasdiqlanadi.
(13-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Tomonlarning huquqlari va burchlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sugʻurta shartnomasi amal qilayotgan davrda sugʻurtalanuvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) sugʻurta toʻlovlarini belgilangan tartibda toʻlab borishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sugʻurta obyektining but boʻlishi uchun qoʻlidan kelgan choralarni koʻrishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) sugʻurtalangan mol-mulkda yuz bergan jiddiy oʻzgarishlar, xususan uning shikastlanish yoki yoʻq boʻlish xavfini oshiruvchi, tabiiy ofat xavfidan tashqari, har qanday oʻzgarish haqida sugʻurtalovchiga xabar berishi;
(14-modda 1-bandining “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) sugʻurtalovchini sugʻurta hodisasi yuz berganligi toʻgʻrisida shartlashilgan muddatda va shartnomada koʻrsatilgan usulda xabardor qilishi shart. Agar naf oluvchi oʻzining foydasiga tuzilgan shartnoma boʻyicha sugʻurta tovon pulini olish huquqidan foydalanmoqchi boʻlsa, yuqoridagi majburiyat uning zimmasida ham boʻladi.
(14-modda 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq “g” kichik bandi bilan toʻldirilgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sugʻurta shartnomasi amal qilayotgan davrda sugʻurtalanuvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) agar sugʻurtaning muayyan turi shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa, shartnomaning amal qilish muddatiga, sugʻurta puli miqdoriga oʻzgartirish kiritilganligini maʼlum qilib qoʻyishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) agar shartnoma shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa, tovon pulini olib sugʻurta shartnomasini muddatidan avval bekor qilishga (tovon pulining miqdori sugʻurtaning ushbu turi shartlari bilan belgilanadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oʻzi vafot etgan taqdirda sugʻurta pulini oladigan istalgan kishini tayinlab qoʻyishga haqlidir. Ushbu shaxs olgan sugʻurta puli meros qolgan mulk tarkibiga kirmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qonun yoki sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurtalovchi shartnomada qayd etilgan shaxsga sugʻurta shartnomasida belgilangan muddatda sugʻurta pulini (sugʻurta tovonini) toʻlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sugʻurtalovchi qoplashi lozim boʻlgan zararni kamaytirish maqsadida qilingan xarajatlar, agar bunday xarajatlar zarur boʻlgan boʻlsa yoki sugʻurtalovchining koʻrsatmalarini bajarish uchun qilingan boʻlsa, tegishli choralar muvaffaqiyatsiz boʻlib chiqsa ham, sugʻurtalovchi tomonidan qoplanishi lozim. Bunday xarajatlar boshqa zararlarni qoplash xarajatlari bilan birgalikda sugʻurta pulidan oshib ketishi mumkinligidan qatʼi nazar, sugʻurta summasining sugʻurta qiymatiga nisbatiga mutanosib ravishda qoplanadi.
(14-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Agar sugʻurta shartnomasiga koʻra tomonlar qoʻllayotgan huquqlar uchinchi tomon manfaatlariga daxl etsa, tomonlarning barcha xatti-harakatlari manfaatdor uchinchi tomon bilan kelishilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Sugʻurta tovoni toʻlashni rad etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Basharti sugʻurta hodisasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) sugʻurtalanuvchining yoki nomiga sugʻurta shartnomasi tuzilgan shaxsning sugʻurta hodisasini keltirib chiqarish uchun ataylab qilgan xatti-harakatlari natijasida (oʻzining fuqarolik burchini bajarish yoki sugʻurtalanuvchi yoxud uchinchi shaxslarning hayoti, sogʻligʻi, shaʼni va obroʻsini himoya qilish bilan bogʻliq xatti-harakatlar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sugʻurta tashkilotiga sugʻurta obyekti haqida atayin soxta maʼlumotlar xabar qilinishi oqibatida;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) sugʻurta shartnomasida va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa hollar tufayli yuz bergan boʻlsa, sugʻurta tashkiloti sugʻurtalanuvchiga sugʻurta pulini (sugʻurta tovonini) toʻliq yoki qisman toʻlashni rad etishga haqlidir.
(15-modda “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Naf oluvchini, sugʻurtalangan shaxsni, sugʻurta qildiruvchini almashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sugʻurta qildiruvchi sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan naf oluvchini sugʻurtalovchiga yozma ravishda maʼlum qilgan holda boshqa shaxs bilan almashtirishga haqlidir. Shaxsiy sugʻurta shartnomasiga binoan, sugʻurtalangan shaxs roziligi bilan tayinlangan naf oluvchi sugʻurtalangan shaxs roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Naf oluvchi sugʻurta shartnomasidagi biron-bir majburiyatni bajarganidan yoxud sugʻurtalovchiga sugʻurta tovon pulini yoki sugʻurta summasini toʻlash toʻgʻrisidagi talabni taqdim etganidan keyin, u boshqa shaxs bilan almashtirilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Keltirilgan zarar uchun javbgarlik xavfini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta qildiruvchidan boshqa shaxsning javobgarligi sugʻurtalangan holda, shartnomada boshqa qoida nazarda tutilmaganligi sababli sugʻurta qildiruvchi sugʻurta hodisasi yuz bergunga qadar istalgan paytda bu shaxsni boshqasiga almashtirib, sugʻurtalovchiga buni yozma ravishda maʼlum qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mol-mulkni sugʻurta qilish shartnomasi tuzgan sugʻurta qildiruvchi vafot etgan taqdirda, sugʻurta qildirgan shaxsning huquq va majburiyatlari ushbu mol-mulkni meros tartibida qabul qilib olgan shaxsga oʻtadi. Mulk huquqi oʻtgan boshqa hollarda sugʻurta qildiruvchining huquq va majburiyatlari, agar shartnomada yoki qonun hujjatlarida boshqa qoida belgilangan boʻlmasa, sugʻurtalovchining roziligi bilan yangi mulkdorga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Shaxsiy sugʻurta shartnomasini sugʻurtalangan shaxs foydasiga tuzgan sugʻurta qildiruvchi vafot etgan taqdirda, ushbu shartnomada belgilab qoʻyiladigan huquq va majburiyatlar sugʻurtalangan shaxsning roziligi bilan unga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sugʻurta shartnomasi amal qilib turgan davrda sugʻurta qildiruvchi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoxud muomala layoqati cheklangan deb topilsa, bunday sugʻurta qildiruvchining huquq va majburiyatlarini uning vasiysi yoki homiysi oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sugʻurta qildiruvchining uchinchi shaxslar oldidagi javobgarligi sugʻurta qilingan hollarda sugʻurta shartnomasi sugʻurta qildiruvchining muomala layoqati tugagan yoki cheklangan paytdan boshlab tugaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yuridik shaxs boʻlgan sugʻurta qildiruvchi sugʻurta shartnomasi davrida qayta tashkil etilgan taqdirda uning ushbu shartnoma boʻyicha huquq va majburiyatlari sugʻurtalovchining roziligi bilan tegishli huquqiy vorisga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtadi.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Sugʻurta shartnomasini toʻxtatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sugʻurta shartnomasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) amal qilish muddati tugaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sugʻurtalovchi shartnoma boʻyicha sugʻurtalanuvchi oldidagi majburiyatlarini bajarib boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) sugʻurtalanuvchi sugʻurta badallarini shartnomada belgilangan muddatlarda toʻlamaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yuridik shaxs hisoblangan sugʻurtalanuvchi tugatilganda yoki jismoniy shaxs hisoblangan sugʻurtalanuvchi vafot etganda, ushbu Qonunning 11-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) sugʻurtalovchi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) sud sugʻurta shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqida qaror qabul qilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Basharti, sugʻurta shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa, sugʻurtalanuvchi yoki sugʻurtalovchining talabi bilan, shuningdek tomonlarning kelishuviga binoan sugʻurta shartnomasi muddatidan ilgari toʻxtatilishi mumkin, shartnomaning toʻxtatilishi uchinchi tomon manfaatlariga daxl etadigan hollar bundan mustasnodir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Basharti, shartnomada oʻzga qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurta shartnomasini muddatidan ilgari toʻxtatish niyatini tomonlar bir-biriga sugʻurta shartnomasini toʻxtatish moʻljallanayotgan paytdan kamida oʻttiz kun oldin xabar qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) sugʻurta shartnomasidan muddatidan ilgari voz kechgan taqdirda sugʻurtalovchiga toʻlangan sugʻurta mukofoti, agar shartnomada boshqa qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qaytarib berilmaydi. Basharti, sugʻurtalanuvchining bunday talabiga sugʻurtalovchining sugʻurta qoidalarini buzishi sabab boʻlgan boʻlsa, sugʻurtalovchi sugʻurtalanuvchiga u toʻlagan sugʻurta badallarini toʻliq qaytaradi.
(17-modda 3-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta shartnomasi sugʻurtalovchining talabi bilan muddatidan ilgari toʻxtatilgan taqdirda, sugʻurtalovchi sugʻurtalanuvchiga u toʻlagan sugʻurta badallarini toʻliq qaytaradi, agar sugʻurta shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa. Basharti sugʻurtalovchining bunday talabiga sugʻurtalanuvchining sugʻurta qoidalarini bajarmaganligi sabab boʻlsa, sugʻurtalovchi toʻlangan sugʻurta badallarining shartnoma tugamagan muddatiga tegishli qismini ketgan sarf-xarajatlarni chegirib tashlagan holda sugʻurtalanuvchiga qaytarib beradi.
(17-modda 3-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Sugʻurta shartnomasining haqiqiy emasligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Basharti sugʻurta shartnomasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) fuqarolik salohiyatiga ega boʻlmagan yoki salohiyati cheklangan shaxslar bilan, shuningdek yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlmagan tashkilotlar bilan tuzilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) salohiyatli, lekin shartnoma tuzish paytida oʻz xatti-harakatining mohiyatini tushuna olmaydigan holatdagi shaxs bilan tuzilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan, roʻyxatga olingan, xatlangan yoki sud hukmi bilan musodara qilinishi zarur boʻlgan mulkka nisbatan tuzilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) sugʻurtalanuvchi shartnoma tuzish chogʻida atayin noqonuniy yoʻl bilan foyda koʻrishni koʻzlagan hollarda, shuningdek sugʻurta hodisasi yuz berganidan keyin foyda koʻrish maqsadida tuzilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) shartnomaning yozma shakliga amal qilinmasdan tuzilgan boʻlsa, haqiqiy emas deb topiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yuqorida aytib oʻtilgan hollarda sugʻurta shartnomasi sud tartibida haqiqiy emas deb topiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III bob. SUFURTALOVChILARNING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TAʼMINLASh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Sugʻurtalovchilarning moliyaviy barqarorligini taʼminlash shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchilarda qiymati toʻlangan ustav kapitalining va sugʻurta zaxiralarining mavjud boʻlishi, shuningdek qayta sugʻurta qilish tizimi sugʻurtalovchilar moliyaviy barqarorligining negizi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari va fondlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sugʻurtalovchilar zimmalariga olgan sugʻurta majburiyatlarini bajarishni taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilangan tartibda va shartlarda olingan sugʻurta badallaridan boʻlgʻusi toʻlovlar uchun shaxsiy sugʻurta, mulkiy sugʻurta hamda javobgarlik sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta zaxiralarini vujudga keltiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchilar vujudga keltirgan sugʻurta zaxiralari musodara qilinishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sugʻurtalovchilar soliqlar toʻlanganidan keyin qoladigan va oʻz ixtiyorlariga kelib tushadigan daromadlardan oʻz faoliyatlarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan fondlar hosil qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sugʻurta tashkiloti oʻz balansini har yili Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda eʼlon qilib turishi shart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Sugʻurta tashkilotlarining sugʻurta hodisalarining oldini olish yoʻsinidagi tadbirlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sugʻurta tashkilotlari fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza qilishni taʼminlaydigan shart-sharoit yaratishga yoki sugʻurta hodisalarining oldini olishga qaratilgan ogohlantirish yoʻsinidagi tadbirlarni oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashlari mumkin.
(21-modda 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ogohlantirish yoʻsinidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ajratiladigan majburiy sugʻurta badallarining miqdori Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiyoriy sugʻurta badallarining ana shu tadbirlarga moʻljallangan qismini sugʻurta tashkilotlarining oʻzi belgilaydi. Ana shu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sugʻurta tashkilotlarining xarajatlariga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Sugʻurtalovchilar toʻlov qobiliyatining kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sugʻurtalovchilar oʻz toʻlov qobiliyatlarini taʼminlash va sugʻurta qildiruvchilarning manfaatlarini himoya qilish uchun Davlat sugʻurta nazorati tomonidan belgilanadigan iqtisodiy normativlarga rioya etishlari shart.
(22-modda 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻz mablagʻlari va sugʻurta zaxiralari hisobidan toʻlash imkoniyatlaridan ortiqcha hajmlarda majburiyatlar olgan sugʻurtalovchilar tegishli majburiyatlar ijrosi tavakkalini qayta sugʻurta qiluvchilarda sugʻurta qilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sugʻurta zaxiralarini joylashtirish sugʻurtalovchilar tomonidan diversifikatsiya, qaytariluvchanlik, foydadorlik va tugatiluvchanlik shartlarida amalga oshirilishi lozim.
(22-modda 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda— Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Sugʻurtalovchilarning birlashmalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sugʻurtalovchilar oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirib borish, oʻz aʼzolari manfaatlarini himoya qilish va qoʻshma dasturlarni amalga oshirish uchun uyushmalar, assotsiatsiyalar va boshqa birlashmalar tashkil etishlari (basharti, ularni tuzish Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablariga zid boʻlmasa) mumkin. Bu birlashmalar sugʻurta faoliyati bilan bevosita shugʻullanishga haqli emaslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sugʻurtalovchilarning birlashmalari ustavlar asosida ishlaydi va Davlat sugʻurta nazoratida davlat roʻyxatidan oʻtganidan keyin yuridik shaxs huquqini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Uchinchi shaxslardan undirish huquqining oʻtishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta tashkiloti sugʻurta tovonini qancha toʻlagan boʻlsa, sugʻurta tovonini olgan sugʻurtalanuvchining yoki oʻzga shaxsning yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsdan talab qilish huquqi shu summa doirasida sugʻurta tashkilotiga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Sugʻurta tashkilotlarining investitsiya va tijorat faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta tashkilotlari oʻz moliyaviy ahvollarini barqaror saqlab turish maqsadida investitsiya berishga yoki sugʻurta zaxiralari va oʻzga mablagʻlardan boshqa yoʻl bilan foydalanishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat faoliyatini qoʻshma va boshqa xil ishlab chiqarish hamda tijorat tuzilmalarini tashkil qilishda qatnashish yoʻli bilan ham amalga oshirish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV bob. SUFURTA FAOLIYATI USTIDAN DAVLAT NAZORATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Sugʻurta tashkilotlarining faoliyatini tartibga solish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sugʻurta tashkilotlarining faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sugʻurta munosabatlari barcha ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini taʼminlashga qaratilgandir. Davlat sugʻurta nazorati (“Oʻzdavsugʻurtanazorat”) sugʻurta tashkilotlarining ushbu Qonun talablariga rioya etishlarini taʼminlaydi va ularning faoliyatini nazorat qilib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzdavsugʻurtanazorat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritadigan sugʻurta tashkilotlarini roʻyxatga oladi va ularga sugʻurta faoliyatining muayyan turlari uchun ruxsatnomalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sugʻurta tashkilotlari sugʻurta toʻgʻrisidagi amaldagi qonunlar talablariga rioya etishlarini nazorat qilib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) hisob-kitobni yuritish, hisobotlar tuzish, rezerv va zaxira fondlar hosil qilishning bir xilda boʻlishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) sugʻurta ishi tajribasini umumlashtiradi, sugʻurtaga oid amaldagi qonunlarni tatbiq etish masalalari yuzasidan sugʻurta tashkilotlariga tushuntirishlar beradi, bu qonunlarni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) sugʻurta faoliyatini yaxshilash yuzasidan tavsiyalar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) sugʻurtalovchilarning, sugʻurtalovchilar birlashmalarining yagona davlat roʻyxatini, shuningdek sugʻurta brokerlari roʻyxatini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sugʻurta tashkiloti faoliyati toʻxtatilgan taqdirda Oʻzdavsugʻurtanazorat ana shu tashkilot bilan tuzilgan sugʻurta shartnomalari amal qilishini davom ettirish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzdavsugʻurtanazorat faoliyatining tashkiliy tuzilishini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Davlat sugʻurta nazoratining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzdavsugʻurtanazorat oʻziga yuklatilgan vazifalarni ado etishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ushbu Qonun asosida oʻziga berilgan huquqlar doirasida sugʻurta tashkilotlari faoliyatini tartibga solib turuvchi uslubiy va meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sugʻurta tashkilotlarining pul mablagʻlari ular qabul qilgan majburiyatlarga muvofiqligini, ularning sugʻurtaga oid amaldagi qonunlar talablarini bajarishlarini tekshirish, xato va kamchiliklar aniqlangan taqdirda farmoyishlar chiqarish, farmoyishlar belgilangan tartibda bajarilmagan taqdirda ruxsatnomalarning amal qilishini toʻxtatib turish yoki cheklab qoʻyish yoxud ruxsatnomalarni qaytarib olish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat sugʻurta nazoratining mansabdor shaxslari sugʻurtalovchining tijorat siri boʻlgan maʼlumotlardan gʻarazli maqsadda foydalanishga va ularni biron bir tarzda oshkor qilishga haqli emaslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Sugʻurta tashkilotlarini roʻyxatga olish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Barcha sugʻurta tashkilotlarining, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi sugʻurta tashkilotlarining faoliyati Davlat sugʻurta nazoratida albatta roʻyxatga olinishi va ularga ruxsatnoma berilishi shart.
(28-modda 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtmagan va qayta roʻyxatga olinmagan hamda tegishli ruxsatnoma olmagan sugʻurta tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida sugʻurta faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega emas va ularning ruxsatnomasiz sugʻurta faoliyatidan olgan hamma daromadi budjet foydasiga tortib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Taʼsis hujjatlaridagi har qanday oʻzgarishlar albatta qayd qilinib, roʻyxatga olish reyestriga zarur oʻzgartishlar kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sugʻurta tashkilotlari roʻyxatga oluvchi organga taqdim etgan maʼlumotlarining toʻgʻri boʻlishi uchun javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Sugʻurta faoliyatiga ruxsatnoma berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sugʻurta faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruxsatnomani Davlat sugʻurta nazorati beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tegishli ruxsatnoma olmagan sugʻurta tashkilotlari sugʻurta va qayta sugʻurta qilish faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega emaslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sugʻurtaning muayyan turini amalga oshirish huquqini beradigan ruxsatnomalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) belgilangan hajmdagi ustav fondi mavjudligi haqida bank yoki oʻzga kredit muassasasi bergan maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) muayyan sugʻurta turining qoidalari yoki shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) sugʻurta tarifining hisob-kitobi yoki asos-dalillari asosida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun sugʻurta tashkilotiga ruxsatnoma berish tartibini Davlat sugʻurta nazorati belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat sugʻurta nazorati barcha zarur hujjatlarni olganidan keyin oʻttiz kun mobaynida ruxsatnoma berishi shart. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda xuddi shu muddat ichida rad etish sabablari sugʻurta tashkilotiga xabar qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Sugʻurta bozorida monopolistik faoliyatni va gʻirrom raqobatni barham toptirish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta bozorida monopolistik faoliyatni va gʻirrom raqobatning oldini olish, uni cheklash va barham toptirish Oʻzbekiston Respublikasining monopoliyaga qarshi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyani yoʻqotish va raqobatni kuchaytirish qoʻmitasi tomonidan taʼminlanadi.
(30-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Sugʻurta tashkilotining faoliyatini toʻxtatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sugʻurta tashkilotining faoliyatini toʻxtatish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sugʻurta tashkilotini tugatish uchun tugatish komissiyasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish komissiyasi sugʻurta tashkiloti taqdim etgan eʼtirozlarni koʻrib chiqadi, sugʻurta badallarining sugʻurtalanuvchilarga qaytarilishi yoki sugʻurtalovchining majburiyatlari va huquqlari bilan birga boshqa sugʻurta tashkilotlariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan miqdorini aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sugʻurta faoliyatini toʻxtatishga doir qaror qabul qilgan tashkilot bu haqda sugʻurtalanuvchilarga xabar qiladi va vaqtli matbuotda eʼlon beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V bob. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Chet el sugʻurta tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el sugʻurta tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi sugʻurta faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi sifatida roʻyxatdan oʻtganlaridan va ushbu Qonunda belgilangan tartibda litsenziya olganlaridan keyingina amalga oshirishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el yuridik va jismoniy shaxslari Oʻzbekiston Respublikasida oʻzlarining ulushli yoki toʻliq qatnashishlariga asoslangan sugʻurta tashkilotlarini tuzishga haqlidir.
(32-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Nizolarni qarab chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma berishning rad etilishi, berilgan ruxsatnomalar amal qilishining toʻxtatib qoʻyilishi va bekor qilinishi bilan bogʻliq nizolar, shuningdek, tomonlarning sugʻurtaga taalluqli munosabatlaridan kelib chiquvchi boshqa hamma nizolar sudlar tomonidan ularning vakolatiga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda hal etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Xalqaro shartnomalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida sugʻurta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar nazarda tutilgan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(34-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 6-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
833-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 217-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 1998-y., 3-son, 38-modda; 2002-y., 4-5-son, 69-modda)