Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.04.2002 19.03.1994 yildagi 150-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.03.1994 yildagi 150-son
Date of entry into force
19.03.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.04.2002
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON OLTIN QAZIB OLISh VA OLMOSGA IShLOV BERISh KORXONALARI (“OʻZOLMOSOLTIN”) UYuShMASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-apreldagi 145-sonli “Respublika oltin qazib olish sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasi tugatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Birlashmalar, korxonalar, tashkilotlarning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-ilovaga muvofiq birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston oltin qazib olish va olmosga ishlov berish korxonalari (“Oʻzolmosoltin”) uyushmasini taʼsis etish toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzolmosoltin” uyushmasi tomonidan Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasi qabul qilgan majburiyatlar, tuzgan shartnomalar, bitimlar va unga tegishli mol-mulklar boʻyicha huquqiy vorislik funksiyalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzolmosoltin” uyushmasi ijro etuvchi apparatining 2-ilovaga muvofiq tuzilmasi va xodimlari soni (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 42 nafar, shu jumladan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan uyushma raisi hamda uning ikki nafar oʻrinbosari boʻlishiga rozilik berilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 20-aprel 165-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, ijro etuvchi apparatni mablagʻ bilan taʼminlash uyushma qatnashchilari — birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning ajratmalari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzolmosoltin” uyushmasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma taʼsischilarini huquqiy himoya qilish hamda davlat va mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarida ularning qonuniy manfaatlarini ifodalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor konyunkturasi va mahsulot marketingidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishni rivojlantirish strategiyasini belgilash, uyushma aʼzolarining — mulkchilikning barcha shakllaridagi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning faoliyatini oʻzaro muvofiqlashtirish, ularning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushma doirasida raqobatbardoshli mahsulotlarni yaratish va ishlab chiqarishni taʼminlaydigan yagona ilmiy-texnika va investitsiya siyosatini oʻtkazish, mavjud asosiy fondlardan samarali foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzolmosoltin” uyushmasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga 1994-1995-yillarda davlat korxonalarining mulkchilik shakllarini qonun bilan belgilangan tartibda oʻzgartirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzolmosoltin” uyushmasiga uyushma aʼzolari — davlat birlashmalari, korxonalari, tashkilotlarini, davlat tasarrufidan chiqarilgandan keyin esa — davlat korxonalari negizida tashkil etilgan, uyushma tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlarini, shirkatlarni davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar, paylar)ga muvofiq boshqarish huquqini bersin.
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 525-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzolmosoltin” uyushmasi ikki hafta muddatda Ustav ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda uni qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi “Oʻzolmosoltin” uyushmasi korxonalarining barcha mahsulotlari davlat ehtiyojlariga yetkazib berilishini hisobga olib, qimmatbaho metallar ishlab chiqarish tamoyilidan kelib chiqadigan vazifalarni soʻzsiz bajarish, 1994-yildan boshlab har yili belgilangan tartibda “Oʻzolmosoltin” uyushmasiga ishlab chiqarishni moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash maqsadida savdo va ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish uchun tozalangan mis, rux, qoʻrgʻoshin ajratishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzolmosoltin” uyushmasi bir oy muddatda Chodak oltin qazib olish konining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish va Oltinkon ishchilar shaharchasining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Chodak oltin qazib olish konining balansida boʻlgan ijtimoiy infrastruktura muassasalarini uy-joy fondi bilan birgalikda belgilangan tartibda Namangan viloyati hokimligiga bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Namangan viloyati hokimligi qayd etilgan obyektlarni qabul qilib olsin. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Namangan viloyati hokimiyati bilan birgalikda berilayotgan obyektlarni saqlash uchun 1994-yildan boshlab zarur mablagʻlar ajratish masalasini koʻrib chiqsin va hal qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tugatilayotgan Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasidagi oʻrnatilgan barcha telefonlarni va aloqa turlarini “Oʻzolmosoltin” uyushmasida saqlab qolsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Oʻzolmosoltin” uyushmasi Toshkent shahar, Toʻraqoʻrgʻon tor koʻchasi, 26-uyda joylashgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasi masalalari toʻgʻrisida” 1991-yil 19-sentabrdagi 238-9-son va “Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 19-sentabrdagi 238-9-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1993-yil 7-iyundagi 273-18-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari A.N. Voznenko zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yil 19-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
150-son

Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 19-martdagi 150-son qaroriga
1-ILOVA

“Oʻzolmosoltin” uyushmasiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

1. Angren oltin qazib olish koni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Zarnitsa” oltin qidiruvchilar arteli, Angren shahri.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Chodak oltin qazib olish koni, Namangan viloyati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kauldi oltin qazib olish koni, Toshkent viloyati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Marjonbuloq” oltin qazib olish koni, Jizzax viloyati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Zarmitan oltin qazib olish koni, Samarqand viloyati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Chilten” aksiyadorlik jamiyati, Toshkent viloyati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Qizilqum” oltin qidiruvchilar arteli, Toshkent shahri.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Shaxtaquruvchi” aksiyadorlik jamiyati, Toshkent shahri.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Oʻzranglimetallenergiya” aksiyadorlik jamiyati, Toshkent shahri.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Oʻzsanoatavtomatika” jamoa korxonasi, Olmalik shahri.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Oʻzrangmetloyiha” aksiyadorlik jamiyati, Toshkent shahri.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Oltintaʼminot” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Toshkent shahri.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ishchilar taʼminoti Angren boʻlimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ishchilar taʼminoti Chodak boʻlimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ishchilar taʼminoti Marjonbuloq boʻlimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ishchilar taʼminoti Zarmitan boʻlimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. “Oltin Yombi” pansionati, Toshkent viloyati.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 20-apreldagi 165-son qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 19-martdagi 150-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzolmosoltin” uyushmasi ijro etuvchi apparati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Rahbariyat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy faoliyat boʻlimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy tahlil, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻlimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Resurslar va marketing boʻlimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kon-geologiya boʻlimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnologiya va ilm fan boʻlimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xavfsizlik texnikasi va atrof muhitni muhofaza qilish boʻlimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy buxgalteriya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlar boshqarmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi boʻlim

“Oʻzolmosoltin” uyushmasi boshqaruvining ijro etuvchi apparati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hamma xodimlar soni - 42 kishi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 20-apreldagi 165-son qarori tahririda)