Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.06.2017 29.11.1994 yildagi 573-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.11.1994 yildagi 573-son
Date of entry into force
29.11.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.06.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTAN RESPUBLIKASIDA INTERPOLnING MILLIY MARKAZIY BYuROSINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 343-sonli “O‘zbekiston Respublikasida Interpolning Milliy markaziy byurosini faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat qidiruv politsiyasining xalqaro tashkiloti (Interpol)ga kirishi munosabati bilan va bu xalqaro tashkilotning Ustavi talablariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ichki ishlar vazirligining tuzilmasida mustaqil boshqarma huquqi bilan O‘zbekiston Respublikasida Interpolning Milliy markaziy byurosi tashkil etilsin va uning shtatdagi xodimlari soni 20 nafardan iborat etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasida Interpolning Milliy markaziy byurosi tuzilmasi va uning to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin (1 va 2-ilovalar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasida Interpolning Milliy markaziy byurosi yuridik shaxs hisoblanadi, Jinoyat qidiruv politsiyasining xalqaro tashkiloti ramzi tasvirlangan muhrga hamda hisob-kitob schyotiga, shu jumladan, chet el valyutasidagi hisob-kitob schyotiga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ichki ishlar vazirligining shtatdagi xodimlari soni ko‘payganligi munosabati bilan uni mablag‘ bilan ta’minlasin hamda 1995-yilda va keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasining Interpolga a’zolik badallarini to‘lash uchun va Interpolning Milliy markaziy byurosi faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun Respublika valyuta fondi hisobidan chet el valyutasida zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yil 29-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
573-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
29-noyabrdagi 573-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida Interpolning Milliy markaziy byurosi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshliq
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshliq o‘rinbosari, ayni paytda bo‘lim boshlig‘i
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborotlarni tezkorlik bilan ishlash bo‘limi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumjinoiy jinoyatlar va xalqaro qidiruv bo‘limi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompyuterda hisobga olish va texnik ta’minot guruhi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy ta’minot guruhi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kanselyariya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
29-noyabrdagi 573-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida Interpolning Milliy markaziy byurosi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasida Interpolning Milliy markaziy byurosi* Interpol Ustavining 4 va 32-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan Jinoyat qidiruv politsiyasining xalqaro tashkiloti (Interpol)ga a’zoligi to‘g‘risida berilgan Vazirlikning vakolatlariga muvofiq tashkil etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* keyingi o‘rinlarda — Interpolning MMB deb ataladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Interpolning MMB O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatining boshqarma huquqidagi mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Interpolning MMB o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriga bo‘ysunadi, vazir MMBning shtatlari va funksiyalarini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Interpolning MMB jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlarining xalqaro faoliyatini muvofiqlashtiruvchi markaz hamda ayni bir vaqtda — Jinoyat qidiruv politsiyasining xalqaro tashkiloti tashkiliy tuzilmasining bir qismi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Interpolning MMBga boshliq rahbarlik qiladi, u O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Interpolning MMB o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga va boshqa huquqiy hujjatlariga, O‘zbekiston qatnashchisi hisoblangan xalqaro shartnomalarga, Jinoyat qidiruv politsiyasi xalqaro tashkilotining Ustaviga va boshqa normativ hujjatlariga, mazkur Nizomga va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining normativ hujjatlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Interpolning MMBning asosiy vazifasi milliy qonunchilikka va insonning umum tan olingan huquq va erkinliklariga rioya qilgan holda jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlarining Interpolga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning ana shunday organlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Interpolning MMB o‘z funksiyasini faqat umumjinoiy jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari bo‘yicha amalga oshiradi hamda siyosiy, harbiy, diniy yoki irqiy tusdagi faoliyatga daxl qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Interpolning MMB bu Tashkilotning Bosh kotibiyati, boshqa mamlakatlarning Interpol Milliy markaziy byurolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi opganlari bilan Jinoyat qidiruv politsiyasining xalqaro tashkiloti Ustavida belgilab berilgan prinsiplar asosida va xalqaro politsiya hamkorligi Reglamenti va Interpolning hisobga olish ichki nazorati qoidalariga muvofiq hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Interpol orqali keluvchi va beriladigan barcha axborot bilan ishlash faqat Interpolning MMB apparati tomonidan amalga oshiriladi, u O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlarida Interpolning xorijiy Milliy markaziy byurolaridan olinadigan so‘rovlarni belgilangan tartibda qayta ishlaydi. Interpolning MMB mazkur bo‘limning 7-bandida bayon qilingan talablarga zid bo‘lgan so‘rovlarni bajarish uchun qabul qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Interpolning MMB zarur bo‘lgan hollarda va tegishli idoralararo bitimlar tuzilgan taqdirda o‘z vakillarini tegishli milliy politsiya xizmatlari bilan tezkor o‘zaro hamkorlikni tashkil etish uchun xorijiy mamlakatlar Interpol Milliy markaziy byurolariga yuborishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Interpolning MMB xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari tegishli xizmatlari va xalqaro tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari bilan o‘z vakolati doirasida hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Interpolning MMB xodimlari Interpolning MMBga o‘z vakolatlari doirasida va amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq yuklangan funksiyalarni bajarish uchun tezkor-qidiruv faoliyatni amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Interpolning MMB Interpol Bosh kotibiyati, Interpolga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning Milliy markaziy byurolari bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlari bilan axborot almashishda (berishda va olishda) radio, telefon, telegraf, pochta aloqasidan va aloqaning maxsus turlaridan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Interpolning MMB yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z nomi o‘zbek va ingliz tillarida yozilgan muhrga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli bo‘limida hisob-kitob schyotiga, shu jumladan, chet el valyutasidagi hisob-kitob schyotiga ega bo‘ladi, o‘z faoliyatida Jinoyat qidiruv politsiyasining xalqaro tashkiloti ramzidan foydalanadi. Interpol MMBning boshliqlar tarkibiga kiruvchi xodimlari tegishli xizmat guvohnomasiga va belgilangan namunadagi maxsus jetonlarga ega bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Interpolning MMB, odatda, Interpolning bir yoki bir necha rasmiy tillarini biladigan, o‘zlarining shaxsiy, axloqiy va kasb-kor fazilatlariga ko‘ra Interpolning MMBga yuklangan vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslardan va xizmatchilardan butlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Interpolning MMBda ish yuritish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq va Interpol Bosh kotibiyatining tavsiyalarini hisobga olgan holda respublikaning davlat tilida va Interpolning rasmiy tillarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Interpolning MMB schyotiga dotatsiyalar, badallar va xayr-ehsonlar tarzida tushuvchi mablag‘lardan belgilangan tartibda faqat uning o‘z funksiyalarini bajarish bilan bog‘liq faoliyatida, shu jumladan, moddiy-texnika ta’minoti maqsadlarida foydalaniladi. Ulardan foydalanishning to‘g‘riligini nazorat qilish amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Interpol MMB xodimlarining xorijiy xizmat safarlari bilan bog‘liq chet el valyutasidagi xarajatlar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan pul mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Interpol MMB har yili respublika Moliya vazirligiga Respublikaning Jinoyat qidiruv politsiyasining xalqaro tashkiloti (Interpol)ga a’zolik badallari to‘lash, xodimlarning xizmat safarlari bo‘yicha zarur hisob-kitoblarni taqdim etadi, shuningdek, foydalanilgan valyuta mablag‘lari uchun belgilangan tartibda hisob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Interpol MMBning asosiy funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Interpolning MMV O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlarining xalqaro darajadagi hamkorligining muvofiqlashtiruvchi markazi hisoblangan holda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari bo‘yicha rasmiy va maxfiy (tezkor-qidiruv) axborot almashishni ta’minlaydi, buning uchun O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari, O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish va boshqa davlat organlari, xorijiy diplomatik vakolatxonalar xizmatlari va xalqaro tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari, Interpolning Bosh kotibiyati va Interpolning boshqa mamlakatlar Milliy markaziy byurolari bilan, shuningdek, zarur bo‘lgan hollarda boshqa manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan aloqalarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Interpolning Bosh kotibiyatiga va Interpolga a’zo bo‘lgan davlatlarning MMBga O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlarining jinoyatlar va jinoyatchilar haqidagi, shaxslarni, buyumlar va hujjatlarni qidirish, jinoiy faoliyatda shubha qilinayotgan shaxslarni kuzatishni amalga oshirish haqida axborot berish, shuningdek, jinoyatlarning oldini olish va ularni ochish to‘g‘risidagi axborotlarni taqdim etish haqidagi iltimosnomalari bildirishnomalarini yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Interpolning Bosh kotibiyati va Interpolga a’zo bo‘lgan davlatlar MMBning shunga o‘xshash iltimosnomalari va bildirishnomalarini ijro etish uchun qabul qiladi, tarjima qilishni ta’minlaydi, O‘zbekiston Respublikasining tegishli organlari orqali shaxslarni, buyumlar va hujjatlarni topish, jismoniy va yuridik shaxslarni tekshirish zarur axborotni izlab topishga oid chora-tadbirlar ko‘rilishini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday so‘rovlarning ijro etilishi muddatlari va sifati ustidan nazoratni ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur bo‘lgan hollarda xorijiy fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi shuningdek jinoyat sodir etishda shubha ostiga olingan, O‘zbekiston Respublikasida ushlangan, jinoiy javobgarlikka tortilgan va hukm qilingan ajnabiy fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Interpolning Bosh kotibiyatiga va manfaatdor davlatlarning MMBga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan taqdim etiladigan axborotlar asosida Interpol faoliyatida nazarda tutilgan hisobotlarni tuzadi va ularni tashkilotning kotibiyatiga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlarining xalqaro hamkorligi jarayonida olingan axborot asosida shaxslar, faktlar, buyumlar va hujjatlar haqidagi ma’lumotlar bankini shakllantiradi. MMBda tezkor-ma’lumotlar hisobini yuritish ulardan foydalanish tartibini Interpolning tavsiyalarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlarini zarur hollarda esa boshqa davlat organlarini Interpol tizimida xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik qilish talablari va shartlari to‘g‘risida, jinoyatlarning oldini olish ularni ochish bo‘yicha birgalikda harakat qilish amaliyoti haqida xabardor qiladi, uni yanada takomillashtirishga oid takliflar tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘z vakolati doirasida Interpol Bosh Assambleyasining jinoyatchilikka qarshi kurash, tashkilotning faoliyatini yaxshilash muammolari bo‘yicha qarorlari va tavsiyalari bajarilishiga ko‘maklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Interpol Bosh kotibiyatining kutubxonasidan tashkilotga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari bo‘yicha qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarini, shu sohadagi xalqaro hamkorlikni tartibga soluvchi xalqaro-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, xorijiy mamlakatlar politsiya organlari faoliyati to‘g‘risida axborot so‘rab oladi. Bunday axborot fondini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Interpolning va boshqa davlatlar politsiya xizmatlarining Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkorlik qilish muammolari bo‘yicha materiallari yuzasidan tahliliy sharhlar, ma’ruzalar va xabarlar tayyorlaydi. Bunday axborotni O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlariga, boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlarining Interpolga a’zo bo‘lgan davlatlarning huquqni muhofaza qilish organlari bilan aniq jinoyatlarning oldini olish va ularni ochib tashlashda, ish tajribasi almashishda amaliy hamkorlik qilishlariga ko‘maklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Interpol Bosh kotibiyati tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda, Interpol Bosh Assambleyasining ishchi kengashlarida va konferensiyalarida, sessiyalarida qatnashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Interpol MMB boshlig‘ining huquq va burchlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Interpol MMB boshlig‘i Interpol Ustaviga, mazkur Nizomga va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining normativ hujjatlariga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Interpolning MMBga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Interpolning MMB tuzilmasini va shtatlarini takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriga takliflar kiritadi. Interpolning MMB tarkibiy bo‘linmalari, ular xodimlarining (funksional majburiyatlarini belgilaydi va tasdiqlaydi. Tarkibiy bo‘linmalarning ish rejalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Interpolning MMB xodimlarini lavozimga tayinlash to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Interpolning MMB xodimlariga maxsus unvonlar berish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Interpolning MMV xodimlarini xizmat attestatsiyasidan o‘tkazadi, berilgan vakolatlar doirasida ularni taqdirlaydi va ularga intizomiy jazolar beradi, ushbu masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriga takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Interpolning MMB xodimlariga navbatdagi mehnat ta’tillari beradi, xizmat safarlariga borishga ruxsat beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining belgilangan normativ hujjatlari doirasida moliyaviy ta’minot masalalarini hal etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining Interpol doirasida jinoyatchilikka qarshi kurashda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorligini ta’minlash masalalariga oid topshiriqlarini bajaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish va boshqa davlat organlari, tashkilotlari, muassasalari, korxonalari va jamoat birlashmalari bilan o‘zaro munosabatlarda, shuningdek Interpol Bosh kotibiyati, bu tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatlarning MMBlari, xorijiy mamlakatlarning politsiya xizmatlari, xalqaro tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasidagi xorijiy diplomatik vakolatxonalari bilan o‘zaro munosabatlarda Interpolning nomidan vakillik qiladi.