17.04.2026 yildagi PQ-143-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 17.04.2026 yildagi PQ-143-son
Date of entry into force
20.04.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARORI

Qoraqalpogʻiston Respublikasida maxsus mayning zonasini tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasiga investitsiyalarni jalb qilish, aholi farovonligini oshirish va mayningni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Maqsadlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar ushbu qarorning asosiy maqsadi va ustuvor vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) mayning faoliyatini amalga oshirish uchun barcha turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda qulay shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish hamda yangi ishchi oʻrinlar yaratish orqali aholi daromadlarini koʻpaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida maxsus mayning zonasini tashkil etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3832-son qaroriga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) kripto-aktivlar aylanmasi maxsus normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun yuridik shaxslar tomonidan yigʻimlar toʻlanishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi (keyingi oʻrinlarda — maxsus zona) tashkil etilsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) maxsus zonaning hududi Qoraqalpogʻiston Respublikasining butun hududi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) maxsus zona doirasida quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) mayningni amalga oshirish uchun yagona elektr energetika tizimidan va barcha turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, shuningdek, vodorod elektr stansiyasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalanishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) mayning natijasida olingan kripto-aktivlar belgilangan tartibda milliy kripto-birjalar yoki xorijiy platformalar orqali, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotilishiga va (yoki) ularni boshqa likvidli kripto-aktivlarga ayirboshlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) mayning natijasida olingan (shu jumladan, boshqa yuqori likvidli kripto-aktivlarga ayirboshlangan) kripto-aktivlarni sotishdan tushgan tushumni majburiy tarzda Oʻzbekiston Respublikasidagi banklarning hisobvaraqlariga oʻtkazishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iv) faqatgina Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida davlat roʻyxatidan oʻtgan holda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar rezident boʻlishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) rezidentlarga mayning amalga oshirish natijasida hosil boʻladigan issiqlik energiyasi hisobidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarida belgilangan tartibda issiqxonalar tashkil etishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi muassisligida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi direksiyasi” (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tashkil etilsin va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish boʻyicha ishchi organ etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq maxsus zona doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) talabgorlar (yuridik shaxslar) maxsus zona rezidentligini va mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish toʻgʻrisida ariza bilan Direksiyaga murojaat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) talabgorlarning arizalari Direksiya tomonidan koʻrib chiqiladi, ijobiy xulosa berilganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) talabgorga Direksiya tomonidan maxsus zona rezidenti (keyingi oʻrinlarda — rezident) maqomi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) rezidentga mayning faoliyatini amalga oshirish uchun Agentlik tomonidan qoʻshimcha hujjatlar talab qilinmasdan ruxsatnoma beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Direksiya rezidentlarni roʻyxatdan oʻtkazadi, ularning hisobini yuritadi va arizalar sifatli koʻrib chiqilishiga javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 2035-yil 1-yanvarga qadar rezidentlarning mayning faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq operatsiyalardan olingan daromadlari soliqlar va yigʻimlardan ozod qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) maxsus zonada mayning faoliyatini amalga oshirganlik uchun rezidentlar har oyda ushbu faoliyatdan olgan daromadining 1 foizi miqdorida Direksiyaga toʻlov toʻlaydi, bunda Direksiyaning sof foydasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) yagona elektr energetika tizimiga ulanish orqali elektr energiyasidan foydalanilgan taqdirda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlovlar II tarif guruhiga nisbatan ikki baravar oʻsuvchi koeffitsiyentga muvofiq toʻlanadi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-189-son Farmoniga 1-ilovada nazarda tutilgan holatlar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) isteʼmol qilingan elektr energiyasining hisobi alohida hisobga olish uskunasini oʻrnatgan holda yuritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) maxsus zonaning faoliyat yuritish tartibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Agentlik Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarorning 6-bandi “a” kichik bandidan kelib chiqib, Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Energetika vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Agentlikning salohiyatli investorlar tomonidan maxsus zona hududida norentabel, past debitli, qazib chiqarilishi kamayib borayotgan, shuningdek, uglevodorodlarni yetkazib berishning transport tizimi mavjud boʻlmagan yoki eskirgan konlarni yanada oʻzlashtirish, saqlash va jihozlash orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish va undan mayningni amalga oshirish uchun foydalanish boʻyicha loyihani hayotga tatbiq etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Energetika vazirligi Agentlik bilan birgalikda ikki oy muddatda norentabel, past debitli, qazib chiqarilishi kamayib borayotgan, shuningdek, uglevodorodlarni yetkazib berishning transport tizimi mavjud boʻlmagan yoki eskirgan konlarni investorlarga mayningni amalga oshirish uchun foydalanishga berish toʻgʻrisidagi tartib ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun asosiy talab va shartlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Direksiyaning tashkil etilishi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi va joylashtirish uchun joy ajratilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Energetika vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasida mayning amalga oshirish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish maqsadida yer uchastkalari ajratishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Agentlik ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi va rezidentlarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda ularning faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.U. Ermanov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 17-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-143-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PQ-143-son qaroriga
1-ILOVA

“Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun asosiy
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TALAB VA SHARTLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yuridik shaxs Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mayningni faqat roʻyxatga olingan paytda koʻrsatilgan manzilda amalga oshirish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mayning uskunalarini oʻrnatish uchun moʻljallangan alohida joy mavjud boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mayning uskunalarini oʻrnatish uchun moʻljallangan joyning sanitariya normalari va qoidalariga javob berishi hamda texnik xavfsizlik talablarini inobatga olgan holda elektr energiyasi taʼminoti tizimining texnik sozligini taʼminlash lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mayning yagona elektr energetika tizimiga ulangan holda amalga oshirilgan taqdirda, isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi alohida hisoblanishini taʼminlash maqsadida Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (EHNAT) ulanish imkoniyatiga ega boʻlgan, roʻyxatdan oʻtkazilgan elektr energiyasini hisobga olish uskunasi boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlarni sodir etganlik uchun gumonlanayotgan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan yoxud sudlanganlik holati tugallanmagan shaxslar tomonidan rezidentni boshqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Rezidentning ustav kapitalida egasi va (yoki) yakuniy benefitsiar mulkdori sifatida quyidagi shaxslarning ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) mazkur talab va shartlarning 6-bandida koʻrsatilgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda roʻyxatdan oʻtgan kompaniyalar hamda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslarning boʻlishiga (ishtirok etishiga).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yashirin mayning, anonim kripto-aktivlar mayningini hamda muqaddam muomalada boʻlgan kripto-aktivlarni muomalaga kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi vakolatli organning talabiga muvofiq faoliyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bepul taqdim qilish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Maxsus zonada faoliyat yuritish uchun qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan ajratmalarni oʻz vaqtida va toʻliq toʻlash shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PQ-143-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3832-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidan “(turli kripto-aktivlarda yangi birliklar va komissiya yigʻimlari formatida mukofot olish imkonini beradigan taqsimlash platformasini taʼminlash va yangi bloklar yaratish boʻyicha faoliyat)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) “v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“v) mayning bu hisoblash operatsiyalarini bajarish orqali maʼlumotlarning taqsimlangan reyestrini yuritish, bloklarning yaxlitligini yaratish va tasdiqlash faoliyatidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi, “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi hududida amalga oshiriladigan mayning bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona elektr energetika tizimiga ulangan holda elektr energiyadan foydalanilgan taqdirda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlovlar belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar oʻsuvchi koeffitsiyentga muvofiq toʻlanadi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-189-son Farmoniga 1-ilovada nazarda tutilgan holatlar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tigʻiz davrda isteʼmol qilingan elektr energiya uchun tegishli tariflarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ustamalar qoʻllaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmol qilingan elektr energiyasining hisobi alohida hisoblagich oʻrnatilgan holda yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mayning Agentlik tomonidan majburiy roʻyxatdan oʻtkaziladi va litsenziyalanadigan faoliyat turiga kirmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mayning bilan shugʻullanuvchi shaxslar (maynerlar) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maynerlarni roʻyxatdan oʻtkazish faqat Internet tarmogʻi orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maynerlar oʻz faoliyatini faqat roʻyxatga olingan paytda koʻrsatilgan manzilda, yongʻin xavfsizligi hamda sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirishi lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) “d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“d) 2023-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash boʻyicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali belgilangan tartibda amalga oshiradi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) “i” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“i) xizmatlar provayderlari faoliyatiga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda joylashgan elektron platforma va (yoki) texnik hamda dasturiy vositalar majmuining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kripto-aktivlar bilan bogʻliq barcha operatsiyalar boʻyicha maʼlumotlarni, platforma ishtirokchilarining identifikatsiya maʼlumotlarini, xizmatlar provayderlarining platforma ishtirokchilari bilan munosabatlariga oid materiallarni (shu jumladan, platforma ishtirokchilari oʻrtasida), shu jumladan, ish yozishmalarini besh yil davomida saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kripto-aktivlar aylanmasi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish hamda shaxsga doir maʼlumotlarni saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi reklamaga qoʻyiladigan, shu jumladan, kripto-aktivlardan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatning samaradorligi (daromadi) haqida vaʼdalar berish, kripto-aktivlar bilan bitimlarni tuzish boyishning yengil usuli ekanligi haqidagi maʼlumotlarni tarqatish taqiqlanganligi hamda kripto-aktivlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov yoki toʻlovni qabul qilish vositasi (qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno) sifatida qoʻllanilishi mumkin emasligi haqidagi talablarga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
platforma faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq maʼlumotlarni vakolatli organning soʻroviga binoan bepul taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan, norezidentlarga, litsenziatning ustav kapitalidagi ulushini realizatsiya qilishni litsenziyalovchi organ bilan kelishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatning rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari), shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm, ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatish, ularni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tarkibiy boʻlinma rahbarini almashtirish masalasini litsenziyalovchi organ bilan kelishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa talablar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar kripto-birjalarga qoʻyiladigan qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kripto-aktivlarni kotirovkalashni ularga boʻlgan talab va taklif asosida amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza berilgan sanada pul mablagʻi shaklida bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh ming baravari miqdorida shakllantirilgan ustav jamgʻarmasi (kapitali) mavjudligi, shundan uch ming baravarini Oʻzbekiston Respublikasining tijorat bankida alohida hisobvaraqda zaxiraga qoʻyish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iv) “m” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“m) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yuridik shaxslar yigʻim toʻlaydilar. Yigʻimlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Agentlik oʻrtasida taqsimlanadi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigʻimlar miqdori, ularni toʻlash va ularning taqsimlanishi Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda tasdiqlanadigan tartib asosida amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) xizmatlar provayderlariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatilgan xizmatlar uchun, shu jumladan, kripto-aktivlar shaklida mukofot olish, uning miqdorini va uni mijozlardan undirish tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bilan kripto-aktivlarni milliy va xorijiy valyutaga sotib olish va (yoki) begonalashtirishga, shuningdek, kripto-aktivlarni boshqa kripto-aktivlarga ayirboshlashga qaratilgan bitimlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) kripto-doʻkonlarga oʻz faoliyatini faqat elektron platforma orqali amalga oshirish jarayonida mijozlarining mablagʻlarini tranzaksiya amalga oshirilgan va maʼlumotlarning taqsimlangan reyestrida tegishli yozuv paydo boʻlgan paytdan boshlab Agentlik tomonidan belgilangan muddatda saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) maynerlarga mayning natijasida olingan kripto-aktivlarni milliy kripto-birjalar yoki xorijiy platformalar orqali, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, belgilangan tartibda sotish va (yoki) ularni boshqa kripto-aktivlarga ayirboshlash huquqi berilsin. Bunda mayning natijasida olingan kripto-aktivlarni boshqa yuqori likvidli kripto-aktivlarga ayirboshlash va ularni keyinchalik milliy kripto-birjalar yoki xorijiy platformalar orqali, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotishga yoʻl qoʻyiladi. Mayning natijasida olingan (shu jumladan, boshqa yuqori likvidli kripto-aktivlarga ayirboshlangan) kripto-aktivlarni sotishdan tushgan tushum majburiy tarzda Oʻzbekiston Respublikasidagi bankning hisobvaraqlariga oʻtkaziladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) quyidagi mazmundagi 5-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Shunday tartib oʻrnatilsin, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bir vaqtning oʻzida quyidagi mezonlardan kamida ikkitasi mavjud boʻlganda, kripto-aktivlar bilan operatsiya (keyingi oʻrinlarda — operatsiya) oʻtkazish joyi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi tan olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyaning bir tomoni Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti (jismoniy yoki yuridik shaxs) boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiya Oʻzbekiston Respublikasining hududida amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiya Oʻzbekiston Respublikasining hududida roʻyxatdan oʻtgan IP-manzildan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro kodi mavjud boʻlgan mobil telefon raqamidan foydalangan holda amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiya boʻyicha hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banki tomonidan emissiya qilingan bank kartasidan foydalanilganda yoki toʻlovlarga ishlov berish va ularning kliringi Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyani amalga oshirish uchun xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasining hududida yashovchi mijozlar uchun moʻljallanganda, shu jumladan, davlat tilida taqdim etilganda yoki reklama qilinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Agentlikka quyidagi vakolatlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga kripto-aktivlar aylanmasi sohasida noqonuniy xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy yuridik shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — xorijiy yuridik shaxslar) faoliyatini tekshirish. Bunda ushbu tekshirishlarga Oʻzbekiston Respublikasining tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati sohasidagi qonunchilik hujjatlari tatbiq etilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun xorijiy yuridik shaxslarga nisbatan jarimalar qoʻllash. Bunda ushbu jarimaning 50 foizi litsenziyalovchi organning hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) 6-bandning “a” va “b” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a) xizmatlar provayderlarini:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terroristik faoliyatda yoki ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlik uchun gumonlanayotgan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan yoxud oʻtalmagan shaxslar tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda doimiy yashayotgan, boʻlib turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar tomonidan boshqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xizmatlar provayderlarining ustav jamgʻarmasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan shaxslarning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda roʻyxatdan oʻtgan kompaniyalar ishtirok etishi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga 1-ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 2-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mayning — hisoblash operatsiyalarini bajarish orqali maʼlumotlarning taqsimlangan reyestrini yuritish, bloklarning yaxlitligini yaratish va tasdiqlash faoliyatidir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 80-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“80. Mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bunda “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasida barcha qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mayning uchun yagona elektr energetika tizimiga belgilangan tartibda ruxsat olib ulangan holda elektr energiyasidan foydalangan taqdirda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilar isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlovlarni II tarif guruhiga nisbatan ikki baravar oʻsuvchi koeffitsiyentga muvofiq toʻlaydilar. Bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil22-oktabrdagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-189-son Farmoniga 1-ilovada belgilangan holatlar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmol qilingan elektr energiyasining hisobi alohida hisoblagich oʻrnatilgan holda yuritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda ruxsat olmasdan mayning bilan shugʻullanuvchi shaxslarning yagona elektr energetika tizimiga ulanish holatlari aniqlanganda, ularga II tarif guruhiga nisbatan amaldagi tarifga besh baravar oʻsuvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2026-y., 07/26/143/0386-son)