22.10.2025 yildagi PF-189-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 22.10.2025 yildagi PF-189-son
Date of entry into force
27.10.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sunʼiy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasiga muvofiq mamlakatimizda zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, sunʼiy intellektni keng joriy qilish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, ushbu yoʻnalishga qoʻshimcha investitsiyalarni jalb qilish hamda malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Maqsadlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Farmonning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 2026-yil yakuniga qadar davlat boshqaruvi organlari, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy qilish boʻyicha kamida 100 ta loyihani amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 2030-yil yakuniga qadar zamonaviy sunʼiy intellekt infratuzilmasini rivojlantirishga 1 milliard AQSH dollaridan ortiq miqdorda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim hamda oliy taʼlim tizimining oʻquv dasturlari va darsliklariga sunʼiy intellekt texnologiyalarini oʻqitish boʻyicha mavzularni kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) 2026-yil yakuniga qadar mamlakatda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlarida 15 ta sunʼiy intellekt laboratoriyalarini ishga tushirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Sunʼiy intellektni rivojlantirish boʻyicha institutsional tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilishda institutsional bazani takomillashtirish boʻyicha davlat organlari xodimlari, tadbirkorlik subyektlari, xorijdagi vatandoshlar va chet ellik mutaxassislardan iborat tarkibda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzurida Maslahatlashuv kengashi tashkil qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 2025-yil yakuniga qadar sunʼiy intellekt yoʻnalishida amalga oshirilayotgan loyihalar, dasturlar, startaplar va bepul onlayn kurslar haqidagi maʼlumotlarni aks ettiruvchi “ai.gov.uz” milliy portali ishga tushiriladi. Bunda portalni yaratish, qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish va uning axborot xavfsizligini taʼminlash vazifasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) yuklanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar hamda startaplarga ularning ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun grafik ishlov berish bloklari (GPU klaster) va “katta maʼlumotlar” bazalaridagi maʼlumotlardan Markaz tomonidan belgilanadigan axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanish yoʻlga qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) Markaz mazkur Farmonga muvofiq Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratilayotgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladigan sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha loyihalarning buyurtmachisi va ularning amaliyotga joriy etilishi uchun masʼul organ hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 2026-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarning va texnik topshiriqlarning loyihalari Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan majburiy tartibda kelishiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) sunʼiy intellekt texnologiyalarini kriptoaktivlar aylanmasi, elektron tijorat, sugʻurta va qimmatli qogʻozlar sohalarida hamda blokcheyn asosida faoliyat yuritadigan axborot tizimlarida joriy etish tartib-taomillari Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) yoshlarning sunʼiy intellekt texnologiyalariga qiziqishini yanada oshirish va ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Sunʼiy intellekt yoʻnalishida eng yaxshi startap” (President AI Award) tanlovi oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) davlat organlari, ustav fondi (ustav kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va xoʻjalik jamiyatlari) hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining raqamli transformatsiya holatini baholashda sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish koʻrsatkichlari inobatga olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) reyting natijasiga asosan 2026-yil 1-martdan boshlab yiliga ikki marotaba eng yaxshi sunʼiy intellekt loyihalarini joriy etgan vazirlik va idoralar oʻrtasida “Sunʼiy intellekt boʻyicha eng yaxshi loyiha” tanlovi oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Raqamli texnologiyalar vazirligining sunʼiy intellektni rivojlantirish sohasida quyidagi vazifalarni bajarish maqsadida “Sunʼiy intellekt alyansi” nodavlat notijorat tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — Alyans)ni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) davlat organlari, xususiy sektor va ilmiy jamoatchilikning saʼy-harakatlarini birlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) vazirlik, idora va hokimliklar, yetakchi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va akseleratorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) maxsus mediakontent yaratish va xalqaro PR-kampaniyalar oʻtkazish, keng koʻlamli tushuntirish ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) mahalliy tashkilotlar va mutaxassislarning xalqaro koʻrgazmalar, forumlar va konferensiyalardagi ishtirokiga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) xalqaro ekspertlar, investorlar va tadbirkorlarni jalb etgan holda maʼruzalar va mahorat darslari tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 2026-yildan boshlab Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasiga Raqamli texnologiyalar vazirligining soʻrovlariga muvofiq 100 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarning quyidagi taqsimot asosida ajratilishini taʼminlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 90 million AQSH dollari 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga foizsiz kredit sifatida quyidagi maqsadlarga ajratiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) sunʼiy intellekt infratuzilmasini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) sunʼiy intellekt yoʻnalishidagi loyihalarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 10 million AQSH dollari begʻaraz asosda quyidagi maqsadlarga ajratiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) sunʼiy intellekt yoʻnalishida malakali kadrlar tayyorlash va oʻqituvchi-pedagoglarning malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) tanlovlar va xakatonlarni oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) Alyans faoliyatini yoʻlga qoʻyish va qoʻllab-quvvatlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Farmonning 6-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtirish komissiyasi) tomonidan taqsimlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Farmonning 6-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan mablagʻlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlar va ular ishtirokidagi korxonalar, shuningdek, respublika oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida tanlov oʻtkazish orqali sunʼiy intellekt yoʻnalishidagi loyihalarni amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Sunʼiy intellekt loyihalarini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Qoraqalpogʻiston Respublikasida qiymati 100 million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan sunʼiy intellekt infratuzilmasini yaratish loyihalari boʻyicha investorlarga 1-ilovaga muvofiq imtiyoz va preferensiyalar maxsus paketi taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari va xoʻjalik jamiyatlariga grafik protsessorlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning rasmiy distribyutorlari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilishga ruxsat etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) 2026-yil 1-iyundan boshlab sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar)ni joriy etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat xaridlarini:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) Raqamli texnologiyalar vazirligi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq yuritiluvchi reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 ming barobaridan oshmagan shartnomalar doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yoshlarning sunʼiy intellekt texnologiyalariga qiziqishini oshirish va startap ekotizimini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Umummilliy sunʼiy intellekt xakatoni” (keyingi oʻrinlarda — Xakaton)ni oʻtkazish yoʻlga qoʻyilsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Xakaton sogʻliqni saqlash, taʼlim, sud tizimi, suv xoʻjaligi va tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻnalishlarida Alyans tomonidan oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Xakatonni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan begʻaraz asosda Raqamli texnologiyalar vazirligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan teng ulushlarda jami 50 milliard soʻmgacha miqdorda qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Xakatonda gʻolib boʻlgan yoshlarning istiqbolli startap loyihalariga Yoshlar ishlari agentligining “Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasi hisobidan investitsiya mablagʻlari ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) Xakaton ishtirokchilarini roʻyxatga olish, jamoalarni shakllantirish va ularning reytingini yuritish hamda Xakaton yoʻnalishlari va bosqichlari haqida maʼlumotlarni eʼlon qilish Raqamli texnologiyalar vazirligining Startap loyihalar ekotizimi platformasi orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Raqamli texnologiyalar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 2026-yil 1-martga qadar sunʼiy intellektni qoʻllagan holda ob-havoni oldindan prognoz qilish tizimini joriy qilsin hamda ushbu tizimni favqulodda vaziyatlar, transport va energetika yoʻnalishlarida qoʻllash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 2026-yil yakuniga qadar kamida 15 milliard parametrni oʻz ichiga olgan “Oʻzbek tili korpusi” yaratilishini hamda uning kamida 5 ta ochiq katta til modellariga joriy etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Muvofiqlashtirish komissiyasi bir oy muddatda soha va tarmoqlarda sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha loyihalar roʻyxatini tasdiqlasin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) loyihalar “soha va tarmoqlar — taʼlim va ilm-fan” zanjiri asosida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) loyihalar roʻyxati sohalardagi xavf-xatarlar darajasidan kelib chiqib, davlat organlari va xoʻjalik jamiyatlari faoliyatida mavjud muammolarni sunʼiy intellektga asoslangan yechimlar orqali hal etish asosida shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) loyihani amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar davlat organlari va xoʻjalik jamiyatlari tomonidan loyihalar joriy etilgandan soʻng besh yil davomida toʻliq miqdorda Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasiga qaytariladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) loyihalarning oʻz muddatida va sifatli joriy etilishi postmonitoringi Markaz tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) Muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan loyihalarning joriy holati va samaradorlik koʻrsatkichlariga erishilishi har yili kamida ikki marotaba muhokama qilib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Malakali kadrlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Quyidagilarni nazarda tutuvchi sunʼiy intellekt texnologiyalari boʻyicha malakali kadrlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish hamda yoshlarning ushbu yoʻnalishga qiziqishini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining oʻquvchilarini sunʼiy intellekt boʻyicha oʻqitish, bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan “Sunʼiy intellekt kuni” milliy dasturini joriy etish hamda dastur doirasida oʻquvchilar darsliklari va oʻqituvchilar uchun qoʻllanmalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab “Informatika va axborot texnologiyalari” boʻyicha maktab dasturlariga sunʼiy intellekt asoslari va bazaviy koʻnikmalarini oʻqitishga oid mavzularni kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) “Bir million dasturchi” loyihasining uzviy davomi boʻlgan “Bir million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasini kengaytirish va yil yakunlari boʻyicha eng yuqori natija koʻrsatgan yoshlar, oʻqituvchilar hamda taʼlim tashkilotlarini taqdirlash boʻyicha milliy tanlov oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) 2026-yil yanvar oyidan boshlab “Yangi Oʻzbekiston” universitetida sunʼiy intellekt boʻyicha trener-oʻqituvchilarni tayyorlash hamda trener-oʻqituvchilar tomonidan umumiy oʻrta taʼlim va oliy taʼlim tashkilotlarining pedagoglarini kaskad usulida oʻqitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) 2026/2027 oʻquv yilida mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt sohalari taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari uchun oliy taʼlim tashkilotlariga ajratilgan davlat granti kvotalarini 35 foizga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining raqamlashtirishga masʼul rahbar oʻrinbosari va xodimlarining sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 2026-yil 1-martga qadar “Yangi Oʻzbekiston” universiteti bazasida homiylik mablagʻlari hisobidan “Sunʼiy intellekt klasteri”ni tashkil qilsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) klaster faoliyati “Universitet — sanoat — xalqaro hamkor” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) klasterda sunʼiy intellekt, katta maʼlumotlar va hisoblash texnologiyalari yoʻnalishlarida innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar orqali sohadagi yetuk kadrlarni tayyorlash hamda ularning ishlanmalarini tijoratlashtirish yoʻlga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) “Oʻzbek tili korpusi” loyihasini amalga oshirish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligiga oʻzbek tilidagi materiallarni taqdim etadigan davlat organlari va tashkilotlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Sunʼiy intellekt laboratoriyalari tashkil etiladigan oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 2026-yil 1-mayga qadar oliy taʼlim tashkilotlari, shu jumladan, nufuzli xorijiy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda sunʼiy intellekt boʻyicha taʼlim dasturlarini takomillashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab “Yangi Oʻzbekiston” universitetida xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda sunʼiy intellekt boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturini yoʻlga qoʻysin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklarida raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga masʼul boʻlgan maslahatchi lavozimi kiritilsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) maslahatchi lavozimiga nomzodlar Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan xorijiy va vatandosh mutaxassislar orasidan tavsiya etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) maslahatchining ish haqini mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda belgilashga ruxsat etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) qoʻshimcha shtat birliklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-son Farmoniga muvofiq respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini raqamlashtirish hisobiga maqbullashtiriladigan boshqaruv shtat birliklari hisobidan shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Raqamli texnologiyalar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Sunʼiy intellekt boʻyicha xalqaro hamkorlik dasturiga qoʻshilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda Markazga kamida 10 nafar xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida sunʼiy intellekt yoʻnalishida tahsil olgan yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) 2025-yil yakuniga qadar davlat organlari va xoʻjalik jamiyatlari faoliyatida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan samarali hamda xavfsiz foydalanish boʻyicha metodik tavsiyalarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasida sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va foydalanish boʻyicha tamoyillar hamda xavfsizlik va etika meʼyorlarini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratilayotgan 100 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasida alohida hisobraqam tashkil etgan holda yuritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov, maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E.G. Karimova hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 22-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-189-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasida qiymati 100 million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan sunʼiy intellekt infratuzilmasini yaratish loyihalari boʻyicha investorlarga taqdim etiladigan imtiyoz va preferensiyalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAXSUS PAKETI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Normativ-huquqiy hujjat

Normativ-huquqiy hujjat bilan berilgan imtiyoz va preferensiyalar

I. Amaldagi imtiyoz va preferensiyalar

1.

Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

33-bob. Soliq solishdan ozod etish

243-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma

Agar ushbu Kodeksning 260-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagilarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi:

25) telekommunikatsiya tarmoqlarida operativ-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga hamda ularga xizmat koʻrsatishga doir xizmatlar.

246-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish

6) oʻxshashi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalar;

10) maxsus vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdigʻi mavjud boʻlgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish boʻyicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari.

308-modda. Investitsiyaviy chegirma

Soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 306-moddasiga muvofiq aniqlanadigan aktivning boshlangʻich qiymatidan kelib chiqqan holda amortizatsiya qilinishi lozim boʻlgan amortizatsiya qilinadigan aktivlar boʻyicha investitsiyaviy chegirmalarni ushbu moddada belgilangan tartibda va shartlarda qoʻllashga haqli.

Investitsiyaviy chegirma amortizatsiya xarajati deb eʼtirof etiladi.

Investitsiyaviy chegirma quyidagi miqdorda qoʻllaniladi:

1) yangi texnologik uskunalar qiymatining, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash xarajatlarining va (yoki) axborot tizimlarini yaratishga doir investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy taʼminotini sotib olishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summalarining 20 foizi miqdorida.

483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari

Budjet tashkilotlari tomonidan xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan toʻliq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida, shuningdek davlat korxonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan infratuzilma loyihalari (elektr, gaz va issiqlik taʼminotiga, suv taʼminoti va kanalizatsiyaga, suv xoʻjaligiga, yoʻl-transport infratuzilmasiga, aloqa va telekommunikatsiyalarga, agrologistikaga, sanitariya jihatdan tozalashga, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishga doir loyihalar) uchun xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi (bundan Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari mustasno), texnik yordam koʻrsatish (grantlar) hisobidan toʻliq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma, shuningdek ularni olib kirish qoʻshilgan qiymat soligʻidan 2028-yil 1-yanvarga qadar ozod qilinadi. Bunda mazkur imtiyoz loyiha ishtirokchilariga nisbatan ham qoʻllaniladi.

Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar (bundan Oʻzbekiston Respublikasi bilan ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisida bitim tuzgan davlatlarning soliq rezidentlari mustasno) eksport xizmatlari hajmi kalendar yil davomida 10 million AQSH dollaridan oshgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarni koʻrsatishdan olgan (shu jumladan royalti toʻlanadigan) daromadlari qismida foyda soligʻini toʻlashdan 2025-yil 1-fevraldan 2030-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ozod qilinadi.

Jami daromadi tarkibida eksport hajmi 50 foizdan ortiq boʻlgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari taʼsischilarining (ishtirokchilarining) — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning dividendlar tarzidagi daromadlariga nisbatan 2025-yil 1-fevraldan 2040-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hamda foyda soligʻi Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha hisoblanadi.

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari barcha turdagi soliqlarni (bundan qoʻshilgan qiymat soligʻi mustasno) toʻlashdan 2028-yil 1-yanvardan 2040-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ozod qilinadi.

Ushbu moddaning oltmish ikkinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlari quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:

kalendar yil davomida jami daromadi tarkibida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari tomonidan amalga oshirilishi uchun ruxsat etilgan faoliyat turlari boʻyicha eksporti hajmi 50 foizdan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga;

oʻn sakkiz yoshdan oshgan bitiruvchilarining 50 foizi kalendar yil davomida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari boʻlgan eksportchi korxonalarga ishga joylashgan IT-taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarga.

Nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) toʻlashdan 2030-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ozod qilinadi.

Ushbu moddaning oltmish toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlar natijasida boʻshaydigan mablagʻlardan nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini zamonaviy oʻquv qoʻllanmalari bilan jihozlash, zarur tovarlar va asbob-uskunalarni sotib olish, binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish hamda kapital taʼmirlash, shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul taʼlim xizmatlarini koʻrsatish uchun maqsadli tarzda foydalaniladi.

473-modda. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solish shartlari

Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda soligʻini toʻlashdan oʻzi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab:

3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha boʻlgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 3 yil muddatga;

5 million AQSH dollaridan 15 million AQSH dollarigacha boʻlgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 5 yil muddatga;

15 million AQSH dollari va undan yuqori miqdordagi investitsiyalar uchun — 10 yil muddatga ozod etiladi.

2.

Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

297-modda. Tarif imtiyozlari

Bojxona bojidan ozod etish tarzidagi tarif imtiyozlari quyidagilarga nisban beriladi:

11) Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi ellik million AQSH dollari ekvivalentidan ortiq boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyani amalga oshirgan chet ellik yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga, basharti olib kirilayotgan tovarlar ularning oʻz ishlab chiqarish mahsuloti boʻlsa;

13) Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalarga;

14) maxsus vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdigʻi boʻlgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari hamda tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish boʻyicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalariga;

16) tovarlarni qayta ishlashda hosil boʻladigan chiqindilarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganda.

299-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar

Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarini toʻlashdan quyidagilar ozod etiladi:

1) bojxona chegarasi orqali begʻaraz, insonparvarlik yordami yoki xayriya maqsadlari, shu jumladan texnik koʻmak uchun olib oʻtilayotgan tovarlar.

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-apreldagi “Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4434-son Farmoni

3-band bilan qiymati 50 mln AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz boʻlgan investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish budjet mablagʻlari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshirish boʻyicha tartib oʻrnatilgan.

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qarori

1-ilova bilan import bojxona bojlari stavkalari tasdiqlangan boʻlib, ushbu ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ayrim tovar va mahsulotlarga bojxona bojining nol stavkasi belgilangan.

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-avgustdagi “Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5233-son qarori

1-band bilan Investorning qiymati 200 mlrd soʻmdan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun — 50 mlrd soʻmdan) oshadigan, uning oʻz mablagʻlari ulushi 25 foizdan kam boʻlmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi taklifga rozilik berilgan.

6.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik asbob-uskunalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 352-son qarori

1-band bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxati tasdiqlangan.

II. Yangi joriy etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar

1.

Qurilish-montaj ishlari “fast-track” uslubida (bir vaqtning oʻzida loyihalash, xarid qilish va qurish) foydalanishga “tayyor holda topshirish” sharti asosida amalga oshiriladi.

2.

Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlgan xorijiy pudrat tashkilotlari, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish va toʻlovlarni amalga oshirish uchun kerakli mablagʻlarni ushlab turishga ruxsat beriladi.

3.

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari uchun berilgan imtiyozlar taqdim etiladi.

4.

Investorlar 2030-yil 1-yanvarga qadar barcha kompyuter komponentlari va sovutish uskunalarini olib kirishda bojxona bojidan ozod etiladi.

5.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan investorlarga infratuzilma uchun zarur boʻlgan yer maydoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PF-10-son Farmoniga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarori bilan ajratiladi.

6.

Maʼlumotlar markazining elektr energiyasi tarifi 1 kVt/soat uchun 0,05 AQSH dollari (qoʻshilgan qiymat soligʻisiz) miqdorida belgilanadi. Bunda:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida shamol tezligi va davomiyligi normadan baland boʻlganda rejim boʻyicha ishlaydi;

sutkaning tigʻiz vaqtlarida, yaʼni 07:00 — 10:00 va 18:00 — 22:00 oraligʻida data markaz obyektlari yuklamasi 20 foizga tushiriladi (80 foiz quvvat “dispetcherizatsiya” qilinadi);

data markazda isteʼmol quvvatining 30-35 foizga teng quvvatda elektr energiyasini saqlash tizimlari (BESS) oʻrnatiladi;

sutkaning tigʻiz vaqtlarida, yaʼni 07:00 — 10:00 va 18:00 — 22:00 oraligʻida elektr energiyasi isteʼmoli uchun toʻlovlar 1,5 oshirilgan koeffitsiyentda amalga oshiriladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Ushbu ilovada belgilanayotgan imtiyoz va preferensiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasida qiymati 100 million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan kriptoaktivlar mayningi infratuzilmasini amalga oshirayotgan investorlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sunʼiy intellekt texnologiyalari boʻyicha malakali kadrlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish hamda yoshlarning ushbu yoʻnalishga qiziqishini oshirishga qaratilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Moliyalashtirish manbai

Ijrochilar

1.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani oʻquv dasturlarini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish.

1. “Informatika va axborot texnologiyalari” fani oʻquv dasturlari va darsliklariga sunʼiy intellekt sohasiga oid mavzularni kiritish.

2026-yil may

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Karimova),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

2. “Informatika va axborot texnologiyalari” fani oʻquv dasturlari va darsliklarini belgilangan tartibda davriyligiga koʻra bosqichma-bosqich yangilab borish.

Darsliklarni chop etish davriga muvofiq

2.

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti bazasida “Umumtaʼlim maktablari va oliy taʼlim muassasalarining informatika, axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt yoʻnalishlari oʻqituvchilarini Massachusets texnologiya institutining sunʼiy intellekt taʼlim dasturi asosida kasbiy rivojlantirish va mentor sifatida tayyorlash” loyihasini amalga oshirish.

Loyiha doirasida:

har bir hududdan 100 nafardan informatika oʻqituvchilarini malaka oshirish kursiga jalb qilish va mentor sifatida tayyorlash;

malaka oshirish kurslarida mashgʻulotlar olib borish uchun xalqaro tajribaga ega, malakali professor-oʻqituvchilarni jalb qilish;

eng yaxshi 100 nafar oʻqituvchini dunyoning yetakchi universitetlariga malaka oshirishga yuborish;

oʻqituvchilar va tinglovchilar uchun oʻquv qoʻllanmalar tayyorlash.

1. Loyiha doirasida har bir hududdan jalb qilinadigan oʻqituvchilar roʻyxatini hamda ularni oʻqitish reja-grafigini tasdiqlash.

2025-yil noyabr

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga begʻaraz asosda ajratilayotgan mablagʻlar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Karimova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

2. Tasdiqlangan roʻyxat va reja-grafik asosida trener-oʻqituvchilarni tayyorlash ishlarini amalga oshirish.

2025-2026 yillar

3. Oʻqituvchilar va tinglovchilar uchun oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqish.

2025-yil dekabr

4. Trener-oʻqituvchilar tomonidan respublika hududlarida informatika oʻqituvchilarini oʻqitishni tashkil etish.

2026-2027 yillar

5. Eng yaxshi 100 nafar oʻqituvchini dunyoning yetakchi universitetlariga malaka oshirishga yuborish.

Alohida reja-grafik asosida

3.

“Sunʼiy intellekt kuni” milliy dasturi doirasida oʻquvchilar darsliklari va oʻqituvchilar uchun qoʻllanmalar ishlab chiqish.

Bunda maktab oʻquvchilari uchun sunʼiy intellekt tadbirini tashkil etish va targʻibot ishlarini olib borish.

1. Oʻquvchilar darsliklari va oʻqituvchilar uchun qoʻllanmalarni oʻzbek tiliga tarjima qilish va tahrirlash.

2025-yil dekabr

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga begʻaraz asosda ajratilayotgan mablagʻlar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Karimova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti

(Ahmedov)

2. Oʻquvchilar darsliklari va oʻqituvchilar uchun qoʻllanmalarni chop etish va tarqatish.

2026-yil davomida

4.

“Bir million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasini kengaytirish.

Bunda yil yakunlari boʻyicha eng yuqori natija koʻrsatgan yoshlar, oʻqituvchilar hamda taʼlim tashkilotlarini taqdirlash.

1. Loyihani respublika hududlarida keng targʻibot qilish.

2026-2027-yillarda

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga begʻaraz asosda ajratilayotgan mablagʻlar, ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Karimova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

2. Tanlov nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil iyun

3. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish.

2026-yil dekabr

5.

Mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt sohasi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari uchun oliy taʼlim tashkilotlariga ajratilgan davlat granti kvotalarini 35 foizga oshirish.

1. Axborot texnologiyalari sohasi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oliygohlarga ajratiladigan grant kvotalar sonini tahlil qilish.

2026-yil yanvar

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

2. Xalqaro va mahalliy mehnat bozori tendensiyalarini oʻrganib chiqish.

2026-yil mart

3. 2026/2027 oʻquv yilida grant kvotalarini oshirish boʻyicha taklifni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga kiritish.

2026-yil may

6.

Davlat organlarining raqamlashtirishga masʼul rahbar oʻrinbosari, xodimlari hamda tuman (shahar) hokimlari va ularning oʻrinbosarlarini sunʼiy intellekt yoʻnalishida malakalarini oshirish.

1. Qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining oʻquv dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil noyabr

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga begʻaraz asosda ajratilayotgan mablagʻlar, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi

(Salixov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Malakasi oshiriladigan rahbar oʻrinbosarlari, xodimlar hamda tuman (shahar) hokimlari va ularning oʻrinbosarlari roʻyxatini va reja-grafigini shakllantirish.

2025-yil dekabr

3. Reja-grafik asosida Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida taʼlim jarayonlarini tashkil etish.

2026-yil yanvar — mart

7.

“Sunʼiy intellekt maktabi” (AI-maktab) loyihasini amalga oshirish.

Taʼlim platformasi orqali maktab oʻquvchilari uchun sunʼiy intellekt boʻyicha onlayn kurslarda taʼlim olish imkoniyatini yaratish.

2026-yil yanvardan boshlab

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga begʻaraz asosda ajratilayotgan mablagʻlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Karimova)

8.

“Yangi Oʻzbekiston” universitetida xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda sunʼiy intellekt boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturini yoʻlga qoʻyish.

1. Hamkorlik yuzasidan xorijiy taʼlim muassasalari bilan muzokaralar oʻtkazish.

2026-yil fevral

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga begʻaraz asosda ajratilayotgan mablagʻlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti

(Ahmedov)

2. Muzokaralar natijasi boʻyicha shartnoma imzolash.

2026-yil may

3. Qoʻshma taʼlim dasturi asosida talabalarni qabul qilish va oʻquv jarayonini yoʻlga qoʻyish.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab

9.

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti bazasida “Sunʼiy intellekt klasteri”ni tashkil etish.

1. “Sunʼiy intellekt klasteri” konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil dekabr

Homiylik mablagʻlari, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

2. Zarur uskuna va jihozlarni xarid qilish.

2026-yil yanvar

3. “Sunʼiy intellekt klasteri”ni ishga tushirish.

2026-yil fevral

10.

Yoshlarning xalqaro masofaviy taʼlim platformalari professional kurslarida oʻzbek tilida taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish.

1. Nufuzli taʼlim platformalarining professional kurslari roʻyxatini shakllantirish.

2026-yil yanvar

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga begʻaraz asosda ajratilayotgan mablagʻlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

2. Xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar oʻtkazish.

2026-yil may

3. Roʻyxatga muvofiq professional kurslari materiallarini oʻzbek tiliga tarjima qilish.

2026-yil iyuldan boshlab

11.

Axborot texnologiyalariga oid taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilishdagi test sinovlarini takomillashtirish.

1. 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalari axborot texnologiyalariga oid taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilishdagi test sinovlari fanlar blokiga informatika va axborot texnologiyalari hamda chet tillari fanlarini kiritish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

2026-yil may

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

2. Mazkur takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga kiritish.

2026-yil iyul

12.

Toshkent shahridagi Inxa universitetida Raqamli texnologiyalar vazirligi va soha tashkilotlari xodimlari uchun Sunʼiy intellekt va maʼlumotlar tahlili boʻyicha magistratura kurslarini tashkil etish.

Bunda:

magistratura kurslariga qabul universitet tomonidan belgilanadigan tartibga asosan amalga oshiriladi;

oʻqish xarajatlari yuboruvchi tashkilotning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Magistratura kurslari dasturlarini tasdiqlash va mazkur dasturlar asosida oʻquv jarayonini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil noyabrdan boshlab

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Toshkent shahridagi Inxa universiteti

(Abdullayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

13.

Internet tarmogʻida Oʻzbekiston tarixi va madaniyati toʻgʻrisidagi ilmiy va asoslangan materiallar joylashtirilishi, jumladan, sunʼiy intellekt asosida yaratilishi va boyitilishi hamda yoshlar orasida keng targʻib qilinishini taʼminlash.

1. Oʻzbekiston tarixi va madaniyati toʻgʻrisidagi ilmiy va asoslangan materiallarni sunʼiy intellekt asosida yaratish va boyitish yuzasidan xarajatlar smetasi va amalga oshiriladigan ishlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil mart

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga begʻaraz asosda ajratilayotgan mablagʻlar

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

2. Xarajatlar smetasiga asosan Madaniyat vazirligiga mablagʻlarni oʻtkazish.

3. Rejaga muvofiq materiallarni joylashtirish va targʻibot ishlarini amalga oshirish.

2026-yil davomida

14.

Sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar)ni joriy etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat xaridlarini toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish ruxsat etilgan tadbirkorlik subyektlari reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqish.

1. Reyestrni yuritish tartibini ishlab chiqish.

2026-yil fevral

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(Li),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

2. Reyestrni yuritish tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil mart

15.

IT-park majmuasi obyektlarini qurish loyihasining navbatdagi bosqichini amalga oshirish “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tomonidan toʻliq sotib olingan Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani Olimlar koʻchasidagi eskirgan ikki qavatli 56 va 58-uylarga tutash 0,32 gektar yer uchastkalarida (keyingi oʻrinlarda — yer uchastkasi) Direksiya tomonidan renovatsiya loyihasini amalga oshirish.

1. Renovatsiya loyihasi hududidagi yer uchastkasi belgilangan tartibda “Toshkent invest kompaniyasi” AJ va Direksiya oʻrtasida tuziladigan investitsiya shartnomasi asosida Direksiyaga 49 yillik ijara huquqi bilan rasmiylashtirish.

2025-yil noyabr

Obyektlarni barpo etish — Investorlar mablagʻlari,

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Toshkent shahar hokimligi

(Umurzakov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

2. Baholash tashkiloti tomonidan aniqlangan renovatsiya loyihasi amalga oshiriladigan yer uchastkasining bozor qiymatini Direksiya tomonidan “Toshkent invest kompaniyasi” AJ bilan tuzilgan investitsiya shartnomasiga asosan bir yil davomida Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasiga har oyda teng miqdorda boʻlib-boʻlib toʻlab berish.

2026-yil noyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

3. Direksiya tomonidan renovatsiya loyihasini amalga oshirishda mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilgan holda koʻp qavatli ofis binolari, turar joylar, maishiy, ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish.

4. Investitsiya loyihalari doirasida:

salohiyatli investorlarni Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabrdagi 965-son qarori bilan belgilangan tartib asosida tanlash;

buyurtmachi tashkilot etib Direksiyani, bosh pudratchi va bosh loyihalovchi tashkilotlar etib Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabrdagi 965-son qaroriga asosan mazkur vazifalarni amalga oshirgan tashkilotlarni belgilash.

2026 — 2028-yillar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Toshkent shahar hokimligi

(Umurzakov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Xidoyatov)

16.

“Yashil energiya asosida Data sentr tashkil etish” loyihasini ishga tushirish.

1. “IT-Park” majmuasida “DataVolt” ijaraga berilgan 4 400 m2 yer maydoni hamda mazkur yer maydoniga tutash boʻlgan 900 m2 yer maydoni orasida hosil boʻlgan uzilish nuqtalarini birlashtirgan holda yaxlit yer maydoni sifatida kadastr hujjatini rasmiylashtirish.

2025-yil noyabr

Investor mablagʻlari

Kadastr agentligi

(Pulatov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

2. Loyihaning I bosqichini ishga tushirish.

2026-yil dekabr

17.

Vazirlik va idoralarning sunʼiy intellekt infratuzilmasi va axborot tizimlarini yagona nuqtada birlashtiruvchi va modullarga asoslangan sunʼiy intellekt platformasini yaratish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish.

Sunʼiy intellekt platformasini yaratish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrgangan holda tahliliy maʼlumot tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritish.

2026-yil yanvar

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Hisob palatasi

(Abdullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Xitoy xalqaro rivojlanish agentligi bilan oʻqituvchilarning malakasini oshirish, sunʼiy intellekt boʻyicha onlayn-platforma va virtual laboratoriyalar yaratish hamda maktablarni oʻquv jihozlari va amaliy laboratoriyalar bilan taʼminlash yuzasidan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

1. Hamkorlik yoʻnalishlarini belgilash yuzasidan muzokaralar oʻtkazish.

2026-yil yanvar

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Karimova),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov)

2. Muzokaralar natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritish.

2026-yil fevral

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-son Farmoniga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbek tili korpusi” loyihasini amalga oshirish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligiga oʻzbek tilidagi materiallarni taqdim etadigan davlat organlari va tashkilotlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Adliya vazirligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Fanlar akademiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Milliy statistika qoʻmitasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzarxiv” agentligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yoshlar ishlari agentligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oliy attestatsiya komissiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston milliy kutubxonasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Davlat organlari tizimidagi gazeta va jurnallar tahririyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) “Oʻzbek tili korpusi” loyihasi doirasida materiallar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga elektron shaklda yoki oʻz maʼlumotlar bazalariga integratsiya qilish orqali bepul taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) har bir tashkilot oʻzbek tilidagi (kirill, lotin va aralash yozuv) kamida 5 milliard soʻzni oʻz ichiga olgan matnli hujjatlarni taqdim etishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) maʼlumotlar istalgan matnli hujjatlar va ularga ilova qilingan metamaʼlumotlarni iborat boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-son Farmoniga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sunʼiy intellekt laboratoriyalari tashkil etiladigan oliy taʼlim tashkilotlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Oliy taʼlim muassasasi nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Hamkorlik qiluvchi bank

1.

Fargʻona davlat texnika universiteti

1. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan:

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB

2.

Namangan davlat texnika universiteti

“Asaka bank” AJ

3.

Navoiy davlat universiteti

“Sunʼiy intellekt” ilmiy laboratoriyasining texnik parametrlari tasdiqlanadi;

2025-yil noyabr

“Turon bank” ATB

4.

Buxoro davlat texnika universiteti

“Mikrokreditbank” ATB

5.

“Cyber university” davlat universiteti

texnik parametrlarga muvofiq zarur uskuna va jihozlarning xaridi muvofiqlashtiriladi.

2026-yil may

AT “Xalq banki”

6.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

“Agrobank” ATB

7.

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti

2. Oliy taʼlim muassasalari tomonidan ilmiy laboratoriya uchun ajratilgan bino-inshoot yoki maxsus xonalar taʼmirlanadi.

2026-yil iyun

AT “Aloqabank”

8.

Jizzax politexnika instituti

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB

9.

Toshkent davlat transport universiteti

3. Hamkor banklar tomonidan maxsus xonalar “Sunʼiy intellekt” ilmiy laboratoriyasi uchun zarur uskuna va jihozlar bilan taʼminlanadi.

2026-yil avgust

“Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-son Farmoniga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) “Jami” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “46 989” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “43 332” raqamlari tegishincha “47 020” va “43 363” raqamlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) “10. Raqamli texnologiyalar vazirligi” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

10. Raqamli texnologiyalar vazirligi

;

Raqamli texnologiyalar vazirligi

202

202

shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni

4

4

1.

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

60

60

shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni

2

2

2.

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi

118

118

shu jumladan, boshliq oʻrinbosarlari soni

1

1

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) quyidagi mazmundagi 38-boʻlim bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

38. Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi

”;

Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi

31

31

shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni

2

2

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“41. Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) izohlar qismida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “70” raqami “71” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshidagi “27” va “10” raqamlari “28” va “11” raqamlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) 2a-ilova quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

41.

Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi

Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi

Agentstvo po regulirovaniyu telekommunikatsiy

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-76-son Farmoniga 4-ilovadagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi” bloki ““Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi” bloki bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-martdagi “Toshkent shahrida Inxa Universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2155-son qarorining 3-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toshkent shahridagi Inxa Universiteti alohida mulkka, mustaqil balansga ega boʻlgan, oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻz tasarrufidagi pul mablagʻlari va mulki bilan javob beruvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi taʼsischiligidagi oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi. Bunda, Raqamli texnologiyalar vazirligiga uning tizim tashkilotlarini universitet ustavini shakllantirishga jalb etishga ruxsat etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Universitetga Koreya Respublikasidagi Inxa universiteti dasturlari bilan bir qatorda, boshqa yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan ham qoʻshma dasturlarni yoʻlga qoʻyishga hamda bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom va qoʻshimcha ravishda hamkor universitetlar diplomlarini berishga ruxsat etiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4699-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-307-son qaroriga 6b-ilovaning 29-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi “Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-357-son qarorining 7-bandi birinchi xatboshisi “Raqamli texnologiyalar vazirligiga” soʻzlaridan keyin “2 yillik imtiyozli davr bilan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-358-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 4-bandning birinchi xatboshisi “Raqamli texnologiyalar vazirligiga” soʻzlaridan keyin “2 yillik imtiyozli davr bilan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“71. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) sunʼiy intellekt texnologiyalari rivojlanishi uchun zarur normativ-huquqiy bazani shakllantirish, xalqaro standartlarni joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) maʼlumotlarni qayta ishlash hamda sunʼiy intellektga asoslangan loyihalarni ishga tushirish uchun texnik infratuzilmani yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) sunʼiy intellekt yoʻnalishidagi xalqaro indekslarda Oʻzbekistonning oʻrnini yaxshilash boʻyicha ishlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iv) “Katta maʼlumotlar” bazasini yaratish va uni toʻldirib borish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarishga raqamlashtirish jarayonlarining taʼsirini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(vi) ekspertlar hamjamiyati bilan hamkorlikda raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasida yangi yoʻnalishlar va zamonaviy texnologiyalarni chuqur oʻrganish orqali ularni davlat organlari va tashkilotlarida keng joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(vii) iqtisodiyotning turli tarmoqlarida “aqlli” va boshqa istiqbolli texnologiyalarni, shuningdek, katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlovchi texnologiyalarni joriy etishning konseptual va uslubiy asosini shakllantirish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) 2-ilovaning 3-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

3.

Vazirlik va idoralarning platforma va maʼlumotlar bazalarini bitta data markazga jamlangan holda, sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilish, xatarlarni aniqlash va yashirin tadbirkorlik faoliyatini aniqlash tizimini ishlab chiqish.

Tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va maʼlumotlarini tahlil qilish imkoniyatini yaratish orqali yashirin tadbirkorlik faoliyatini aniqlash tizimini ishlab chiqish.

2026 — 2028-yillar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Markaziy bank,
Bosh prokuratura, Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, tegishli vazirlik va idoralar

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 06/25/189/0978-son)