09.04.2026 yildagi 159-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.04.2026 yildagi 159-son
Date of entry into force
10.04.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti ajratish tartibini joriy etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 26-martdagi PF-61-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, ilm-fanni ommalashtirish, mamlakatda ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanuvchi mutaxassislarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-martdagi PF-61-son Farmoni bilan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida “PhD” va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja olgan (keyingi oʻrinlarda — ilmiy daraja) 35 yoshgacha boʻlgan mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun imtiyoz berish nazarda tutilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklari tomonidan uy-joy sotib olish uchun kreditlarni moliyalashtirish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy darajaga ega 35 yoshgacha boʻlgan mutaxassis (keyingi oʻrinlarda — kredit oluvchi)larning kredit olish uchun elektron tarzda roʻyxatdan oʻtish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklari tomonidan kredit oluvchilarga kredit ajratish hamda kreditning asosiy qarz toʻlovlarini kredit oluvchilar tomonidan qaytarish shartlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan birgalikda 2026-yil 1-mayga qadar oxirgi 10 yillik reytingda, 2027-yildan boshlab esa har yili 10-yanvarga qadar xalqaro miqyosda tan olingan va Oʻzbekiston Respublikasi bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan QS (Quacquarelli Symonds) yoki THE (Times Higher Education) yoxud ARWU (Academic Ranking of World Universities) xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan eʼlon qilingan reytingda yuqori 100 talik roʻyxatga (keyingi oʻrinlarda — reyting tashkilotlari roʻyxati) kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatini tasdiqlasin hamda uni Vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kredit Davlat budjetidan har yili budjet qonunchiligida belgilangan tartibda Vazirlikka ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) kredit Vazirlikning Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus hisobvaraqlariga ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) kredit reyting tashkilotlari roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy darajaga hamda bankning ichki qoidalariga muvofiq toʻlov qobiliyatiga ega kredit oluvchilarga ajratiladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit oluvchilar xorijiy oliy taʼlim tashkilotida oʻqishni yakunlab, ilmiy daraja berilgan kunda xorijiy oliy taʼlim tashkiloti reyting tashkilotlari roʻyxatiga kirgan boʻlishi talab etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit uy-joy sotib olish uchun har bir kredit oluvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 2 150 baravarigacha miqdorda oʻn yil muddatga beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik budjet qonunchiligida belgilangan tartibda Vazirlikka ajratilgan respublika budjeti mablagʻlari hisobidan tijorat banklariga kredit ajratish uchun 10 foiz stavkada depozit joylashtiradi hamda tijorat banklari tomonidan kredit oluvchilarga 14 foiz stavkada kredit ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit boʻyicha hisoblangan foiz toʻlovlari Vazirlik tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan har oy uchun keyingi oyning 25-sanasiga qadar toʻliq qoplab beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilgan kredit (asosiy qarz miqdori) kredit oluvchilar tomonidan bank bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq kredit rasmiylashtirilganidan keyingi oydan boshlab oʻn yil davomida har oylik toʻlovlar asosida qaytariladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik har yil yakuniga qadar tijorat banklari tomonidan qaytarilgan kreditlarni Davlat budjetiga qaytaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditni ajratish boʻyicha arizalar Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorning ijrosi bilan bogʻliq xarajatlar 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi, 2027-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 23-avgustdagi 714-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 9-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
159-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 159-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti ajratish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida “PhD” va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajaga ega (keyingi oʻrinlarda — ilmiy daraja) 35 yoshgacha boʻlgan mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti (keyingi oʻrinlarda — kredit) ajratish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kredit xalqaro miqyosda tan olingan va Oʻzbekiston Respublikasi bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan QS (Quacquarelli Symonds) yoki THE (Times Higher Education) yoxud ARWU (Academic Ranking of World Universities) xalqaro reyting tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — xalqaro reyting tashkilotlari) tomonidan eʼlon qilingan reytingda yuqori 100 talik roʻyxatga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha boʻlgan mutaxassis (keyingi oʻrinlarda — kredit oluvchi)larga ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan eʼlon qilingan reytingda yuqori 100 talik roʻyxatga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan birgalikda har yili 10-yanvarga qadar tasdiqlanadi hamda Vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchi tashkilot — Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlari, ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foizdan kam boʻlmagan davlat tashkiloti hamda nodavlat tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat bankiVazirlik bilan kredit oluvchilarning uy-joy sotib olishlari uchun kreditni moliyalashtirish boʻyicha bosh bitim tuzgan bank;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy — qurilishi tugallangan va belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilingan (mulk huquqi yuzaga kelgan) hamda qabul qilib olinganiga uch yildan koʻp boʻlmagan, shuningdek, birlamchi uy-joy bozoridan olingan toʻrt qavatdan past boʻlmagan koʻp kvartirali uy-joylardagi kvartiralar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi hududida birlamchi uy-joy bozoridan uy-joy sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 150 baravarigacha miqdorda oʻn yil muddatga har oyda qaytarish sharti bilan kredit ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlik va tijorat banki oʻrtasida kredit ajratish yuzasidan bosh bitim tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kredit tijorat banki tomonidan ularning qaytarilishi, toʻlovlilik, muddatlilik va ulardan maqsadli foydalanish shartlari asosida belgilangan talablarga muvofiq ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Kredit oluvchi tomonidan kredit hisobidan sotib olinadigan uy-joy bankning ichki qoidalariga muvofiq, kredit boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi taʼminoti sifatida garovga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kredit kredit oluvchiga ushbu Nizom va bankning ichki qoidalariga muvofiq tijorat banki resurslari (mablagʻlar) hisobidan yillik 14 foiz stavkada, kredit rasmiylashtirilgan oyning keyingi oyidan boshlab oʻn yil davomida kredit shartnomasiga muvofiq qaytarish sharti bilan ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ajratilgan kredit boʻyicha tijorat bankining marjasi yillik 4 foizni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Kreditni ajratish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Uy-joy sotib olish uchun kredit ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxema asosida ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Kredit oluvchi kreditni olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi va ommaviy oferta shartlarini qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Kredit oluvchi mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi va uni Vazirlikka YIDXP orqali yuboradi (bepul tarzda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda kredit oluvchining murojaatiga oid quyidagi maʼlumotlar avtomatik tarzda aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiga doir maʼlumotlar — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentining elektron axborot tizimi orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashash manzili — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining manzil-maʼlumot elektron axborot tizimi orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar kredit oluvchiga jismoniy shaxs kafil boʻlayotgan boʻlsa, uning soʻnggi 12 oylik ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari — “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatda ilmiy daraja olganlik haqidagi diplomi nostrifikatsiyadan oʻtgani toʻgʻrisidagi maʼlumot — Oliy attestatsiya komissiyasining elektron axborot tizimi orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish joyi va lavozimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining elektron axborot tizimi orqali.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq Vazirlik uch ish kuni ichida kredit oluvchiga kredit ajratish toʻgʻrisida YIDXP orqali dastlabki xulosani shakllantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kredit oluvchiga kredit, u quyidagi shartlarning barchasiga javob berganda ajratiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit oluvchi kredit olish uchun ariza bilan murojaat qilgan kunda 35 yoshdan oshmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit oluvchi ushbu Nizom talablariga muvofiq xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan eʼlon qilingan reytingda yuqori 100 talik roʻyxatga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja olganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit oluvchining xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja olganligi haqidagi diplomi belgilangan tartibda nostrifikatsiya qilinganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Kredit oluvchi ipoteka krediti ajratish boʻyicha YIDXP orqali quyidagilarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit olish toʻgʻrisida ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit oluvchi tomonidan sotib olinadigan uy-joy boʻyicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Kredit oluvchi tomonidan ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgandan soʻng, tijorat banki uch ish kuni ichida uning toʻlovga layoqatini oʻrganib, uy-joy sotib olish uchun unga ajratilishi mumkin boʻlgan kredit miqdori toʻgʻrisida bank xulosasini Vazirlikka taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda kredit sotib olinadigan uy-joy qiymatining 80 foizidan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit oluvchining daromadlari yuqori miqdordagi kredit uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, doimiy daromadga ega boʻlgan uchinchi shaxsni birgalikda kredit oluvchi sifatida jalb qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit oluvchi kredit olish uchun ushbu Nizom talablari hamda tijorat bankining ichki qoidalariga muvofiq yetarli toʻlov qobiliyatiga va (yoki) ijobiy kredit tarixiga ega boʻlmaganda, tijorat banki kredit ajratishni rad etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Vazirlik besh ish kuni ichida Vazirlik, ish beruvchi tashkilot hamda kredit oluvchi ishtirokida kredit oluvchi ish beruvchi tashkilotda kamida besh yil ishlab berishi boʻyicha uch tomonlama shartnoma tuzilishini muvofiqlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch tomonlama shartnomani tuzish uchun kredit oluvchining hujjatlarini koʻrib chiqish YIDXP orqali taqdim etilgan arizaning kelib tushgan kuni va vaqtiga asosan ketma-ketlikda muvofiqlashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch tomonlama shartnomada belgilangan kredit oluvchiga ajratiladigan kredit miqdori tijorat bankining xulosasida qayd etilgan kredit oluvchiga ajratilishi mumkin boʻlgan kredit miqdoridan yuqori boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit oluvchi tijorat bankiga, uning ichki qoidalariga muvofiq dastlabki badal mablagʻlari shakllantirilganini tasdiqlovchi hujjatni besh ish kuni ichida taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tijorat banki kredit oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni uch ish kuni ichida koʻrib chiqib, kredit shartnomasini tuzadi hamda bankning ichki talablariga muvofiq oʻz mablagʻlari hisobidan uy-joy sotib olish uchun kreditni ajratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tijorat banki tomonidan kredit kredit oluvchining kredit hisobvaragʻidan kredit shartnomasida koʻrsatib oʻtilgan hisobvaraqqa pul oʻtkazish orqali ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ushbu Nizomning 16-bandiga muvofiq tijorat banki tomonidan kredit ajratish toʻgʻrisida kredit oluvchiga bank xulosasi taqdim etilgan vaqtga nisbatan toʻlov qobiliyati va (yoki) kredit tarixi salbiy tomonga oʻzgarganligi sababli bankning ichki kredit talablariga mos kelmagan hollarda, tijorat banki tomonidan kredit ajratilishi rad etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banki tomonidan kredit ajratish rad etilganda, rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda kredit oluvchi xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banki xulosasi (arizani rad etish yoki uni tegishli muddatda qabul qilmaganlik) ustidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Tijorat bankining oʻz mablagʻlari hisobidan ajratilgan kreditni qayta moliyalashtirish va kreditni qaytarish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Vazirlik tomonidan tijorat bankining talabnomasiga asosan har oy uchun keyingi oyning 25-sanasiga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki resursi hisobidan ajratilgan kreditni qoplash uchun yillik 10 foiz stavkada, oʻn yildan koʻp boʻlmagan muddatga depozitlar joylashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat bankida ochilgan alohida hisobvaragʻiga kredit foizlarini qoplash uchun tegishli mablagʻlar oʻtkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ajratilgan kredit (asosiy qarz miqdori) kredit oluvchilar tomonidan bank bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq kredit rasmiylashtirilganidan keyingi oydan boshlab oʻn yil davomida har oylik toʻlovlar asosida qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit oluvchi kredit boʻyicha asosiy qarzni kredit shartnomasida belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti ajratish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Kredit oluvchi

(ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha boʻlgan mutaxassis)

Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi va ommaviy oferta shartlarini qabul qiladi.

Soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi va uni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) YIDXP orqali yuboradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Vazirlik

Kredit ajratish toʻgʻrisida dastlabki xulosani YIDXP orqali shakllantiradi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Kredit oluvchi

Murojaat va unga ilova qilingan hujjatlarni YIDXP orqali tijorat bankiga yuboradi.

Avtomatik ravishda

4-bosqich

Tijorat banki

Kredit oluvchining toʻlovga layoqatini oʻrganib, uy-joy sotib olish uchun unga ajratilishi mumkin boʻlgan kredit miqdori toʻgʻrisida xulosani Vazirlikka taqdim etadi.

3 ish kuni ichida

5-bosqich

Vazirlik

1. Tijorat banki tomonidan berilgan xulosani koʻrib chiqadi.

2. Ish beruvchi tashkilot hamda kredit oluvchi ishtirokida kredit oluvchi ish beruvchi tashkilotda kamida 5 yil ishlab berishi boʻyicha uch tomonlama shartnoma tuzilishini muvofiqlashtiradi.

5 ish kuni ichida

6-bosqich

Kredit oluvchi

Tijorat bankiga, uning ichki qoidalariga muvofiq dastlabki badal mablagʻlari shakllantirilganini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.

5 ish kuni ichida

7-bosqich

Vazirlik

Kredit oluvchiga kredit ajratish toʻgʻrisida xulosa YIDXP orqali shakllantiriladi.

Avtomatik ravishda

8-bosqich

Tijorat banki

1. Kredit oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, kredit shartnomasini tuzadi hamda bankning ichki talablariga muvofiq oʻz mablagʻlari hisobidan uy-joy sotib olish uchun kredit ajratadi.

2. Tijorat banklari tomonidan kredit ajratish rad etilganda, rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda kredit oluvchini xabardor qiladi.

3 ish kuni ichida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti ajratish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SOʻROVNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Ariza t/r

Qabul qilish sanasi

Qabul qilgan shaxs

-

-

-

I. Ariza beruvchi (kredit oluvchi) jismoniy shaxs haqida maʼlumot:

1.1. F.I.O.:

(avtomatik aniqlanadi)

1.2. Tugʻilgan sanasi:

(avtomatik aniqlanadi)

1.3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

(avtomatik aniqlanadi)

1.4. Telefon raqami:

(maʼlumot kiritiladi)

1.5. Yashash joyi:

(avtomatik aniqlanadi)

1.6. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ekanligi va 35 yoshgacha boʻlganligi toʻgʻrisida maʼlumot

(avtomatik aniqlanadi)

1.7. Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja olganligi haqidagi diplom maʼlumotlari

(avtomatik aniqlanadi)

1.8. Ish joyi va lavozimi toʻgʻrisidagi maʼlumot

(avtomatik aniqlanadi)

II. Ariza beruvchiga kafil boʻluvchi jismoniy shaxs haqida maʼlumot:

(kreditni qaytarmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi taqdim etilsa, toʻldirilmaydi)

2.1. F.I.O.:

(avtomatik aniqlanadi)

2.2. Tugʻilgan sanasi:

(avtomatik aniqlanadi)

2.3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

(avtomatik aniqlanadi)

2.4. Telefon raqami:

(maʼlumot kiritiladi)

2.5. Yashash joyi:

(avtomatik aniqlanadi)

2.6. Soʻnggi 12 oylik ish haqi toʻgʻrisida maʼlumot

(avtomatik aniqlanadi)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

NAMUNA

Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti ajratishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida

000000-son

DASTLABKI XULOSA

Ariza raqami: ____________

Berilgan sanasi: 20____ yil “____” ____________

Amal qilish muddati: 20____ yil “____” ____________

Fuqaro _______________________________________________________________________________________________________________________________________________

(F.I.O.)

Vazirlar Mahkamasining 20__ yil “__” _____dagi ___-son qarori bilan tasdiqlangan Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq deb topildi.

Pasport (ID-karta) maʼlumotlari: seriyasi ______ raqami __________________

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) _____________

Kim tomonidan va qachon berilgan: _____________________________________,

Yashash manzili: _____________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Oʻzbekiston Respublikasi hududida birlamchi uy-joy bozoridan uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti oʻn yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 2 150 baravarigacha miqdorda toʻlab beriladi.

Izoh. Ushbu xulosa fuqaroga kredit ajratilishini kafolatlamaydi. Kredit ajratish tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

F.I.O va ishonch raqami

QR kod

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 159-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 23-avgustdagi 714-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1, 7-bandlar, 10-bandning “b” kichik bandi, 14, 15-bandlardagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Universitetda Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablarini hisobga olgan holda, Universitet tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha oʻzbek, koreys, rus va ingliz tillarida kunduzgi va kechki taʼlim shakllarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqitiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshidagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 16-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universitetining vasiylik kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

X.X. Bozarov

Fargʻona viloyati hokimi, Vasiylik kengashi raisi

2.

S.B. Radjabov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

3.

Edvard Kim

Koreya Respublikasidagi Koreya-Oʻzbekiston biznes markazi raisi

4.

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

B.J. Aʼloyev

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

Park Jun Xo

Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universiteti taʼsischisi va rektori

7.

Park Tae Kyung

Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universiteti boshqaruvi raisi oʻrinbosari, Vasiylik kengashi kotibi

Koreya Respublikasi oliy taʼlim muassasalari konsorsiumidan

8.

Lavozimi boʻyicha

Koreya Respublikasi “Sun moon” universiteti prezidenti (kelishuv asosida)

9.

Lavozimi boʻyicha

Koreya Respublikasi “Halla” universiteti prezidenti (kelishuv asosida)

10.

Lavozimi boʻyicha

Koreya Respublikasi “Kwangwoon” universiteti prezidenti (kelishuv asosida)

11.

Lavozimi boʻyicha

Koreya Respublikasi “Sunshin Womenʼs” universiteti prezidenti (kelishuv asosida)

12.

Lavozimi boʻyicha

Koreya Respublikasi “Gwangju” universiteti prezidenti (kelishuv asosida)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik kengashi tarkibiga, zarur hollarda Vasiylik kengashining taklifiga asosan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2026-y., 09/26/159/0337-son)