ILOVA
T/r | Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
1. | 1. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali xorijda oʻqiyotgan har bir talaba bilan doimiy muloqotda boʻlib, ularning ehtiyojlarini aniqlash, Vatanga qaytib, oʻz oʻrnini topishi, muvaffaqiyatli karyera qilishiga koʻmaklashish. Bunda Jamgʻarma orqali xorijda oʻqib qaytgan yoshlar hamda ularning ota-onalari hamjamiyatlarini tashkil etish. 2. “El-yurt umidi” jamgʻarmasining energetika, transport, urbanizatsiya, zamonaviy arxitektura, tibbiyot yoʻnalishlaridagi kvotalari sonini yanada oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | - | “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (Bekmurodov), Boshqaruv samaradorligi agentligi (U. Xusainov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev) |
2. | 1. “El-yurt umidi” jamgʻarmasining yangi stipendiya yoʻnalishi sifatida “Yorqin isteʼdod” loyihasini amalga oshirish tartibini ishlab chiqish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: iqtidorli, bilimga chanqoq, ogʻir oilaviy sharoiti sababli oʻqish imkoniyatiga ega boʻlmagan kambagʻal oilalar farzandlarini xorijda oʻqitish maqsadida har bir mahalladan faol yoshlarni saralash tartibi; yoshlarning iqtidorini aniqlash orqali ularni salohiyatiga mos xorijiy oliygohlarga yuborish uchun tayyorgarlik kurslarida oʻqitish tartibi; tayyorgarlik kurslaridan muvaffaqiyatli oʻtgan yoshlarni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishga yuborish, oʻqish va yashash xarajatlarini qoplab berish tartibi. 2. “Yorqin isteʼdod” loyihasi doirasida yoshlarni saralab olish jarayonlariga Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini jalb etish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2025-yil may | 2025-yilda Davlat budjetidan 300 mlrd soʻm hamda kelgusi yillardan hisob-kitoblarga asosan | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (Mirzayev), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (Bekmurodov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Qoʻchqorov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev) |
3. | “Yorqin isteʼdod” loyihasi doirasida xorijda yoshlarni oʻqitish uchun nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan muzokaralar olib borish hamda loyiha doirasida oʻqishga yuboriladigan yoshlarning imtiyozli shartlar asosida taʼlim olishiga shart-sharoit yaratish boʻyicha kelishuvga erishish choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil II — IV choraklar | - | Tashqi ishlar vazirligi (Saidov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (Bekmurodov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (Musayev), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
4. | “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali xorijiy mamlakatlarda taʼlim olib qaytgan stipendiatlarni milliy kadrlar zaxirasiga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritish hamda ularni davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olish amaliyotini joriy etish. | Qonun loyihasi, amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil may | - | “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (Bekmurodov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (Musayev) |
5. | Milliy qahramon obrazini yaratish, Vatanga muhabbat, tabiatni asrash tuygʻularini kuchaytirishga qaratilgan “Bek va Lola”, “Al-Xorazmiy”, “Yashil makon” kabi milliy video kontentlarni, shuningdek, “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “Ustoz AI” loyihalarini maktabgacha va maktab taʼlimi jarayonlarida namoyish etish orqali yanada ommalashtirish choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil aprel | - | Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova) |
6. | Kreativ parklar bazasida tashkil etiladigan biznes maktablarda yoshlarga yangi va zamonaviy biznes yuritish hamda elektron tijorat kabi xizmat koʻrsatishning innovatsion usullarini oʻrgatish choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar | Kreativ parklar tashkil etilgandan soʻng bir oy ichida | Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (Umerova) |
7. | Ilgari ajratilgan yerga qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekib, kamida 100 million soʻm daromad olgan yoshlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-18-son Farmoniga asosan joriy etilgan yangicha tartib asosida qoʻshimcha yer maydonlari ajratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil oktabr | - | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Abduraxmonov), Kadastr agentligi (Pulatov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev) |
8. | “Surxondaryo tajribasi” asosida yoshlar sanoat zonalarida sanoat ipotekasi asosida barpo etilgan ishlab chiqarish bino-inshootlarini ajratish bilan birgalikda zarur uskunalar xaridi uchun yosh tadbirkorlarga Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi qarorisiz toʻgʻridan-toʻgʻri tijorat banklari orqali 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda kredit ajratish masalasini koʻrib chiqib, taklif kiritish. | Tahliliy maʼlumotnoma | 2025-yil aprel | Tijorat banklari kreditlari | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Markaziy bank (Ishmetov), Surxondaryo viloyati hokimligi (Qosimov) |
9. | Kreativ park, uning hududlardagi filiallarini, shuningdek, ularda kreativ soha vakillari oʻqitiladigan biznes maktablar faoliyatini tashkil etish hamda zarur sharoit yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil may | Mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, homiylik mablagʻlari | Vazirlar Mahkamasi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (Umerova), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
10. | Kreativ soha vakillarini kreativ park rezidentligiga qabul qilish hamda rezidentlarga soliq imtiyozlarini qoʻllash shartlarini belgilab berish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2025-yil may | - | Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (Umerova), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Qoʻchqorov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev) |
11. | Xususiy oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻrganadigan yoshlarga oʻquv xarajatlarini “2+6” shaklida toʻlab berish orqali 100 ming nafar yoshlarni xorijiy tillarga oʻqitishga qaratilgan dastur ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2025-yil may | Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari | Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev) |
12. | 1. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 300 ming yoshlarni oʻqitishni tashkil etish. 2. 50 ming nafar xotin-qizlarni axborot texnologiyalari boʻyicha bepul oʻqitish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlar mablagʻlari, homiylik mablagʻlari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova) |
3. “Kursera” platformasida bosqichma-bosqich 3 mingdan ortiq kursda sunʼiy intellekt yordamida yoshlar uchun oʻzbek tilida taʼlim olish imkoniyatini yaratib borish. | 2025-yil sentabrdan boshlab | ||||
4. “Bir million dasturchi” va “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihalarini hamda yoshlar uchun moʻljallangan boshqa raqamli taʼlim loyihalarini (shu bilan birga xalqaro olimpiada hamda tanlovlar ishtirokchilarini) monitoring qiluvchi “Raqamli yoshlar” platformasini ishlab chiqish. | 2025-yil sentabr | ||||
13. | Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million sunʼiy intellekt foydalanuvchilari” loyihasini amalga oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil 1-iyundan boshlab | - | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
14. | 1. Xorazm viloyatida amalga oshirilgan “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi tajribasi asosida ushbu loyihani bosqichma-bosqich Qoraqalpogʻiston Respublikasida joriy etish. 2. “Bir million dasturchi” loyihasining navbatdagi bosqichini barcha hududlarda joriy qilishda eng yuqori natijaga erishgan oʻquvchi-talabalar va ularning oʻqituvchilari, shuningdek, taʼlim muassasalarini qimmatbaho sovgʻalar bilan ragʻbatlantirish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2025-yil iyun | - | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Ermanov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova) |
15. | IT sohasidagi loyihalarni muvaffaqiyatli tugatgan ming nafar qizlar orasidan saralangan iqtidorli qizlarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi, Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova) |
16. | Yoshlarni birlashtirish, yosh avlodda milliy qadriyatlarni shakllantirish maqsadida ularning qiziqish va ehtiyojlarini sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida barvaqt aniqlash, salohiyatini monetizatsiya qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarga jalb etish boʻyicha raqamli ijtimoiy ekotizimni joriy etishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2025-yil iyun | - | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (Davletov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (Xasanov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
17. | Toshkent shahridagi 1 ta taʼlim muassasasida oʻquvchi-talabalarni dunyoning nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining TOP-10 talik roʻyxatiga kiruvchi oliygohlarga puxta tayyorlash guruhini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil aprel | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining budjet tashqari mablagʻlari, Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Fanlar akademiyasi (Ayupov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov) |
18. | Dunyoning eng nufuzli TOP-10 talik roʻyxatiga kiruvchi oliygohlarida oʻqish istagidagi oʻquvchi-talabalar uchun kvotalar sonini oshirish boʻyicha muzokaralar olib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil avgust | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Tashqi ishlar vazirligi (Saidov) |
19. | Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi milliy va foydali mediakontentlar yaratish hamda eng yaxshi intellektual shoularni tashkil etish uchun 100 million soʻmgacha grantlar ajratish tartibini, shu jumladan, talabgorlar va loyihalarni tanlab olish mexanizmlarini koʻzda tutgan holda ishlab chiqish. Bunda grant mablagʻlarini ajratish boʻyicha arizalarni taqdim etish va koʻrib chiqish jarayonlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishini nazarda tutish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil may | Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Djurabayev) |
20. | Yoshlarda tabiatga muhabbat hissini uygʻotish, ularning atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun Yoshlar ishlari agentligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Yashil tashabbuslar”ni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil may | Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamgʻarmasi | Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (Abduxakimov) |
21. | Olmazor tumani tajribasi asosida respublikaning har bir tumanida (shaharda) kamida 1 tadan maktabda muhandislik laboratoriyalarini tashkil etib, ularni zarur jihozlar bilan taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil avgust | Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari va homiylik mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar, tuman (shahar) hokimliklari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova) |
22. | Ilm-fan va taʼlim yoʻnalishidagi foydali milliy internet resurslari (“Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “Ustoz AI”, “Qizlar akademiyasi”, “UzChess” va boshqa) reyestrini shakllantirib, ulardan internet tarmogʻi orqali bepul foydalanishni yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil aprel | - | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
23. | Har bir mahallada yoshlar oʻrtasida mahalla — tuman — viloyat — respublika darajasida “Shijoat va gʻayrat” sport oʻyinlarini oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish hamda gʻolib mahallalarga sport inshootini qurib berish va zarur anjomlar bilan taʼminlash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi, amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil aprel | Mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, ijrochilarning oʻz mablagʻlari va homiylik mablagʻlari | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Kuranbayev), Davlat xavfsizlik xizmati (Joʻrayev), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari |
24. | 1. Yoshlarda vatanparvarlik ruhini kuchaytirishga qaratilgan “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati jamoalari oʻrtasida maktab — tuman — viloyat — respublika bosqichlarida sport va ijodiy musobaqalar tashkil etish. 2. “Vatan tayanchi” va “Shijoat va gʻayrat” musobaqalari gʻoliblariga harbiy oliygohlarga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish amaliyotini joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi, amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil aprel | Respublika budjetidan ajratiladigan 50 mlrd soʻm mablagʻ | Mudofaa vazirligi (Qarshiyev), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Boqiyev), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Buzrukxonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Qoʻchqorov) |
25. | 1. Hududiy va mahalliy boʻlinma rahbarlari yoshlar yetakchilari bilan birgalikda oʻz harakat dasturini ishlab chiqib, jamoatchilikka murojaat qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. 2. “Mutolaa” loyihasi doirasida yoshlarimizda kitobga mehrni oshirish, buyuk sohibqiron Amir Temurning bolalik davri haqida bolalar uchun kitob, “Ildiz” toʻplami hamda animatsion multfilmlar tayyorlab, ommalashtirish. 3. Xotin-qizlarni psixologik qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Koll-markaz” faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev) |
26. | Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanidagi “Axmad klub” nodavlat taʼlim muassasasi namunasi asosida respublikaning boshqa tuman (shahar)larida sport klublari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari va homiylik mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari, Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortikov) |
27. | “Yoshlar ovozi” gazetasining 100 yilligini munosib nishonlash, Davlat rahbarining yoshlar bilan ochiq muloqotida ishtirok etgan iqtidorli va tashabbuskor yoshlarning erishgan yutuqlari hamda ularning faoliyatini gazetada keng yoritish, gazeta tahririyati bilan birgalikda ularning faoliyati aks etgan “Yoshlar — xalqimiz, Vatanimizning oltin fondi” nomli maxsus kitob-albom tayyorlash va chop etish choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil iyun | Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev) |