28.12.1993 yildagi 1004-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 28.12.1993 yildagi 1004-XII-son
Date of entry into force
28.01.1994
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
METROLOGIYA TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-apreldagi O‘RQ-614-sonli ““Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish xaqida”gi Qonuniga asosan yangi tahrirda qabul qilingan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilmoqda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“metrologiya” — o‘lchovlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash usullari va vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yagona o‘lchov birligi” — o‘lchovlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda aks ettirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda ma’lum bo‘lgan o‘lchov holati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“o‘lchov vositasi” — o‘lchovlar uchun foydalaniladigan va normalangan metrologik xususiyatga ega bo‘lgan texnika vositasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“birlik etaloni” — o‘lcham birligini boshqa o‘lchov vositalariga o‘tkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchov vositasi;
(1-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“davlat etaloni” — vakolat berilgan milliy organning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘lchov birligining o‘lchami sifatida e’tirof etilgan etalon;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“metrologiya xizmati” — davlat organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tarmog‘i hamda ularning o‘lchovlar yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“davlat metrologiya nazorati” — metrologiya qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari amalga oshiradigan faoliyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish” — o‘lchov vositalarining belgilab qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“o‘lchov vositalarini kalibrlash” — metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini va o‘lchov birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi (markazi) bajaradigan operatsiyalar majmui;
(1-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni bilan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“o‘lchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish” — yagona namunalarda ishlab chiqariladigan (yoki O‘zbekiston hududiga yagona namunalarda olib kiriladigan) o‘lchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida ular qo‘llanish uchun haqqoniy ekanligining metrologiya xizmati tomonidan e’tirof etilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish” — metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarining belgilangan akkreditatsiya qilish sohasida o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarishga vakolatli ekanligining rasmiy jihatdan tasdiqlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini, o‘lchov vositalarini kalibrlash bo‘yicha kalibrlash laboratoriyalarini (markazlarini) akkreditatsiya qilish” — yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining, kalibrlash laboratoriyalarining (markazlarining) belgilangan sohada o‘lchov vositalarini kalibrlash bo‘yicha ishlarni bajarishga vakolatli ekanligining rasmiy jihatdan tasdiqlanishi;
(1-moddaning o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish” — o‘lchovlarni bajarish uslubiyotining unga qo‘yilgan metrologiya talablariga mosligini baholash hamda tasdiqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“o‘lchovlarning bajarilish uslubiyoti” — operatsiyalar va qoidalar majmui bo‘lib, ularning bajarilishi xatolari ma’lum bo‘lgan o‘lchov natijalari olishni ta’minlaydi.
(1-moddaning o‘n beshinchi va o‘n oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“sinov vositalarini metrologik attestatsiya qilish” — sinov vositalarining normalangan texnik tavsiflari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“sinov vositasi” — sinovlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, normalangan texnik tavsiflari bo‘lgan texnik qurilma, modda va (yoki) material.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuniga asosan o‘n oltinchi va o‘n yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuniga muvofiq o‘n ikkinchi—o‘n oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va O‘zbekiston Respublikasining o‘zga qonun hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasida metrologiya sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti xalqaro shartnomada yoki bitimda O‘zbekiston Respublikasining metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya bo‘yicha milliy organ — O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart” agentligi) amalga oshiradi.
(4-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zstandart” agentligi vakolatiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, metrologiyaga oid faoliyatni mintaqalararo va tarmoqlararo muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llab-quvvatlash hamda ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash qoidalarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘lchov vositalari, usullari va natijalariga qo‘yiladigan umumiy metrologik talablarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metrologiya masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni qabul qilish, shu jumladan davlatning boshqa boshqaruv organlari bilan hamkorlikda qabul qilish;
(4-moddaning ikkinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining metrologiya sohasidagi xalqaro shartnomalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metrologiya masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash tizimi faoliyat olib borishi va rivojlanishini hamda uning xalqaro o‘lchov tizimi va boshqa mamlakatlarning o‘lchovlar tizimlari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iste’molchilar huquqlarini, fuqarolarning sog‘lig‘i va xavfsizligini, atrof muhitni hamda davlat manfaatlarini noto‘g‘ri o‘lchov natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish kiradi.
(4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41-modda. O‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid normativ hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid, metrologiya normalari va qoidalarini belgilovchi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni “O‘zstandart” agentligi amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining korxonalari, tashkilotlari, davlat boshqaruv organlari, yuridik shaxslar birlashmalari metrologiya sohasidagi davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiradan tashqaridagi normalar va qoidalarni belgilaydigan, o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid, “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlarni aniqlashtiradigan va ularga zid bo‘lmagan normativ hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqishlari hamda tasdiqlashlari mumkin.
(Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuniga muvofiq 41-modda bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II BO‘LIM. O‘LChAM BIRLIKLARI, ULARNI QAYTA HOSIL QILISh VA QO‘LLASh
(II bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. O‘lcham birliklari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro o‘lchamlar tizimi (SI)ning o‘lcham birliklarini belgilangan tartibda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. O‘lcham birliklarining nomi, belgisi, ularni yozish va qo‘llash qoidalari “O‘zstandart” agentligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xalqaro o‘lchamlar tizimiga kiritilmagan o‘lchamlarni qo‘llashga ruxsat berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chog‘ida kontrakt shartlariga muvofiq o‘lchamlarning o‘zga birliklari ham ishlatilishi mumkin.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. O‘lchamlar birliklarining etalonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘lchamlarning birliklari etalonlar vositasida saqlanadi va qayta tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llash tartibini “O‘zstandart” agentligi belgilaydi.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. O‘lchov vositalari va sinov vositalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydalanishda bo‘lgan o‘lchov vositalari va sinov vositalari o‘lchov natijalarining qonunlashtirilgan birliklarda belgilab qo‘yilgan aniqlikda bo‘lishini ta’minlashi va qo‘llash shartlariga mos kelishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnika vositalarini o‘lchov vositalari va sinov vositalari jumlasiga kiritish mezonlarini “O‘zstandart” agentligi belgilaydi.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. O‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari o‘lchov natijalarining xatoliklarini baholashni o‘z ichiga olishi va o‘lchov o‘tkazishning mavjud sharoitlarida belgilab qo‘yilgan aniqlikni ta’minlashi lozim. O‘lchovlar belgilangan tartibda attestatsiya qilingan o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlariga muvofiq holda amalga oshirilishi lozim.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘lchovlarni bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish va metrologik attestatsiya qilish tartibini “O‘zstandart” agentligi belgilaydi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III BO‘LIM. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING METROLOGIYA XIZMATLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati davlat metrologiya xizmatidan va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlaridan tarkib topadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Davlat metrologiya xizmati
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zstandart” agentligi boshchilik qiladigan davlat metrologiya xizmatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat metrologiya xizmati organlari kiradi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat metrologiya xizmati organlari davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini, shuningdek faoliyatning boshqa turlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari zarurat bo‘lgan hollarda o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish va metrologiya nazoratini amalga oshirish uchun tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining huquq va burchlari davlat metrologiya xizmati organlari bilan kelishib olingan nizomlar bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV BO‘LIM. DAVLAT METROLOGIYA TEKShIRUVI VA NAZORATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini o‘tkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati metrologiya sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining obyektlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
etalonlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘lchov vositalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sinov vositalari;
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-o‘lchov tizimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan o‘zga obyektlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy boyliklarni va energetika resurslarini hisobga olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo-tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o‘tkazish, telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish;
(14-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaharli, yengil alangalanuvchan, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilib tashlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mudofaasini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatlanadigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodezik va gidrometeorologik ishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘lchov vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalarni qazib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy va xalqaro sport rekordlarini ro‘yxatga olishga nisbatan tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga binoan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati faoliyatning o‘zga doiralariga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat metrologiya tekshiruvi quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘lchov vositalarining turlarini sinash va tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘lchov vositalarini, sinov vositalarini va o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish;
(15-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘lchov vositalarini, shu jumladan etalonlarni tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘lchov vositalarini, sinov vositalarini hamda o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini sinash, tekshiruvdan o‘tkazish, metrologik attestatsiya qilish, o‘lchov vositalarini, sinov vositalarini va metrologiya faoliyatning boshqa muayyan turlarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish;
(15-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘lchovlarning, sinovlarning bajarilish sifatini va metrologiya faoliyatining boshqa turlarini baholash.
(15-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat metrologiya nazorati:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘lchov vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, ularning ijarasi bilan shug‘ullanish, ularni realizatsiya qilish, ularning holati va qo‘llanilishi (o‘lchamlar birliklari etalonlarini, moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalarini, o‘lchov tizimlarini qo‘shgan holda);
(15-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarining qo‘llanilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda “O‘zstandart” agentligi qaroriga binoan metrologiya tekshiruvi va nazoratning boshqa turlari va shakllari ham belgilanishi mumkin.
(15-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. O‘lchov vositalarining turlarini tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan doiralarda foydalaniladigan, ishlab chiqarilishi va import bo‘yicha chetdan olib kelinishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari davlat sinovlaridan (keyinchalik ularning turini tasdiqlash sharti bilan) yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘lchov vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, turini tasdiqlash va Davlat reyestriga kiritishni “O‘zstandart” agentligi amalga oshiradi.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasdiqlangan o‘lchov vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi Davlat reyestri belgisini qo‘yishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘tkazilgan o‘lchov vositalarini sinash va metrologik attestatsiya qilish natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
(16-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. O‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari turkumlarining ro‘yxati “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologik xizmatlariga o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish huquqi berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘tkazilgan o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
(17-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
171-modda.O‘lchov vositalarini kalibrlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning 14-moddasida ko‘rsatib o‘tilganidan bo‘lak sohalarda qo‘llaniladigan va majburiy tekshiruvdan o‘tkazilmaydigan o‘lchov vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish, ta’mirlashda va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda kalibrlashdan o‘tkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘lchov vositalarini kalibrlash huquqi yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlariga, akkreditatsiya qilingan kalibrlash laboratoriyalariga (markazlariga) berilishi mumkin.
(171-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini, kalibrlash laboratoriyalarini (markazlarini) o‘lchov vositalarini kalibrlash bo‘yicha ishlarni bajarish uchun akkreditatsiya qilish tartibi va kalibrlashni o‘tkazish tartibi “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilanadi.
(171-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘tkazilgan o‘lchov vositalarini kalibrlash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
(171-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
(Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuniga muvofiq 171-modda bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
181-modda. Yuridik shaxslarni metrologiya ishlarini va xizmatlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lish uchun akkreditatsiya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini, ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan sohada qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarining, sinov vositalarining, o‘lchovlar bajarilishi uslubiyotlarining metrologik attestatsiyasini o‘tkazish, o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash, sinash huquqiga ega bo‘lishi uchun yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish belgilangan tartibda “O‘zstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini, ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan sohada qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarining, sinov vositalarining, o‘lchovlar bajarilishi uslubiyotlarining metrologik attestatsiyasini, o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazishni, kalibrlashni, sinashni amalga oshiruvchi akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyatining inspeksiya nazorati belgilangan tartibda “O‘zstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(181-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Metrologiya normalari va qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning qoidalari, shuningdek metrologiya normalari va qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, davlat boshqaruv organlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V BO‘LIM. METROLOGIYA IShLARINI MOLIYAVIY TA’MINLASh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Davlat tomonidan albatta moliyaviy ta’minlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tomonidan quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metrologiyani rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metrologiya sohasida rasmiy axborotlar bilan ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metrologiya bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy tashkilotlarning ishida qatnashish va metrologiya bo‘yicha chet el milliy xizmatlari bilan ishlar bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metrologiya bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy normalar hamda qoidalarni ishlab chiqish va ishlab chiqishga qatnashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metrologiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
(20-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metrologiya bo‘yicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va o‘zga ishlarni o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlashga doir “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
(20-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘lcham birliklarining etalonlarini va o‘ta aniq namunaviy o‘lchov vositalarini ishlab chiqish, takomillashtirish, yasash, saqlash, qo‘llash, sotib olish va asrash, shuningdek ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash;
(20-moddaning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddalar va materiallar tarkibi hamda hossalarining standart namunalarini, shuningdek moddalar va materiallarning fizik konstantalari hamda xossalariga oid standart spravka ma’lumotlari ishlab chiqish va joriy etish davlat tizimlarini rivojlantirishga doir ishlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratiga doir ishlar albatta budjetdan moliyaviy ta’minlanishi shart.
(20-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlari uchun haq to‘lash
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘lchov vositalarini sinash, tekshiruvdan o‘tkazish, o‘lchovlar bajarilishining uslubiyotlarini attestatsiya qilish, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, texnik jihatdan asosliligi hamda belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga muvofiqligini baholash, o‘lchovlar va sinovlar bajarilishining sifatini baholashga doir metrologiya ishlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, shuningdek metrologiya faoliyatining davlat tomonidan moliyalashtirish sohasiga kirmaydigan boshqa turlari uchun haq tuziladigan shartnomalar shartlariga muvofiq manfaatdor shaxslar tomonidan to‘lanadi.
(21-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 28-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1004-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 48-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 18-son, 233-modda; 2014-y., 50-son, 588-modda)