31.12.2025 yildagi 849-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.12.2025 yildagi 849-son
Date of entry into force
01.01.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARORI

Yoshlarni IT sohasiga jalb qilish, ularning raqamli bilim va koʻnikmalarini oshirish orqali yuqori daromadli kasblarga yoʻnaltirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida jamiyat hayotining turli sohalarida raqamli texnologiyalarni samarali joriy etish, yoshlarni IT sohasiga yanada qiziqtirish, zamonaviy IT kasblarga oʻqitish, mazkur yoʻnalishda malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha tizimli yondashuvni joriy etish orqali ularning yuqori daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish va ularni munosib ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasini amalga oshirish va mazkur loyiha doirasida yil yakuniga koʻra eng yuqori natijaga erishgan yoshlar, ularning oʻqituvchilari hamda taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, har yili “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni taqdirlash boʻyicha milliy tanlov (keyingi oʻrinlarda — tanlov) oʻtkazib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tanlov gʻoliblari pul mukofotlari va qimmatbaho sovgʻalar, jumladan, 100 nafar oʻqituvchi 1 000 AQSH dollari ekvivalentida pul mukofoti, 10 nafar oʻqituvchi xorijiy sayohatga yoʻllanma, 500 nafar yoshlar noutbuk va 500 nafar yoshlar qimmatbaho sovgʻalar, 3 ta oliy taʼlim tashkiloti pul mukofoti hamda 2 ta umumtaʼlim maktabi “Prezident sovgʻasi” — elektromobil bilan taqdirlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasining hududlarda samarali joriy etilishini muvofiqlashtirish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasining hududlar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasining hududlarda samarali joriy etilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov ishtirokchilarini baholash tartibi aks ettirilgan nizomni tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov natijasiga koʻra eng yuqori natija koʻrsatgan nomzodlarni tanlab olish va taqdirlash yuzasidan xarajatlar smetasini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov ishtirokchilari orasidan eng yuqori natija koʻrsatgan nomzodlarni tanlab olish va taqdirlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Hududlarda “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasining ijobiy tajribasi asosida ushbu loyihani bosqichma-bosqich Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida yoshlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamlashtirish sohasida zamonaviy kasblarga, jumladan, IT-loyiha boshqaruvchisi, startap loyihasi boshqaruvchisi hamda xorijiy tillarga bepul oʻqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro professional darajadagi IT-sertifikatlarni olish boʻyicha oʻquv kurslarida bepul taʼlim olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
informatika, robototexnika, kibersport va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha musobaqa hamda tanlovlarda ishtirok etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega boʻlgan yosh mutaxassislarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 17-fevraldagi 95-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov, maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E.G. Karimova hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 31-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
849-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-dekabrdagi 849-son qaroriga
1-ILOVA

“Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasining hududlarda samarali joriy etilishini muvofiqlashtirish komissiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI

1.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri, komissiya rahbari

2.

Sh.A. Karimov

maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari

3.

S.B. Radjabov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

R.O. Karimjonov

raqamli texnologiyalar vazirining oʻrinbosari

5.

E.Sh. Qurbonov

raqamli texnologiyalar vazirligi boʻlim boshligʻi

6.

N.O. Barnoyev

IT-taʼlim uyushmasi raisi

7.

A.K. Eshankulov

“Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi” DM direktori, komissiya kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-dekabrdagi 849-son qaroriga
2-ILOVA

Hududlarda “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasini amalga oshirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Moliyalashtirish manbai

Ijrochilar

1.

“Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni taqdirlash boʻyicha milliy tanlovni oʻtkazish tartibini tasdiqlash.

Nizom loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil yanvar

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2.

“Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasini keng joriy qilish.

1. Hududlar kesimida loyihaning maqsadli koʻrsatkichlarini tasdiqlash.

Bunda, 2025-yilda 100 ming nafar, 2026-yilda 500 ming nafar va 2035-yilgacha 5 million nafar yoshlarni oʻqitishni nazarda tutish.

2026-yil yanvar

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga begʻaraz asosda ajratilgan mablagʻlar,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Yoshlarni xalqaro taʼlim platformalarining kurslarida oʻqishga jalb etishni tashkil etish.

2026-yildan boshlab

3.

“Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasini keng jamoatchilik oʻrtasida targʻib qilishni tashkil etish va yoshlarni jalb etish.

1. Loyihani targʻib qiluvchi materiallar va videoroliklarni ishlab chiqish.

2. Ommaviy axborot vositalari, maktab va oliy taʼlim tashkilotlarida loyihani targʻibot qilish.

2026-yildan boshlab

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga begʻaraz asosda ajratilgan mablagʻlar, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

4.

Xalqaro onlayn taʼlim tashkilotlarining kurslarini oʻzbek tiliga tarjima qilish.

1. Xalqaro onlayn taʼlim tashkilotlari va/yoki ularning Oʻzbekistondagi rasmiy hamkorlari bilan muzokaralar oʻtkazish.

2026-yil mart

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga begʻaraz asosda ajratilgan mablagʻlar, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi” DM

2. Oʻzbek tiliga tarjima qilinadigan oʻquv kurslar roʻyxatini shakllantirish.

2026-yil may

3. Oʻquv kurslarni oʻzbek tiliga tarjima qilish.

2026-2027-yillar

5.

“Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida taqdim etiladigan onlayn oʻquv kurslari sonini koʻpaytirish.

1. Zamonaviy onlayn oʻquv kurslar sonini koʻpaytirish maqsadida tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish.

2026-yil mart

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga begʻaraz asosda ajratilgan mablagʻlar, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi” DM

2. Belgilangan tartibda oʻquv kurslarini sotib olish boʻyicha xarid jarayonlarini tashkil etish.

2026-yil may

3. Oʻquv kurslarini loyihaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilish.

2026-2027-yillar

6.

“Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasi ishtirokchilarini ragʻbatlantirish.

1. Taqdirlash marosimi xarajatlari smetasini ishlab chiqish.

2. Xarajatlar smetasi asosida xarid jarayonlarini tashkil etish.

Bunda, xaridlar “Sunʼiy intellekt alyansi” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.

Har yili 1-noyabrga qadar

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga begʻaraz asosda ajratilgan mablagʻlar, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlar,

“Sunʼiy intellekt alyansi” nodavlat notijorat tashkiloti

3. Tantanali ravishda taqdirlash marosimini tashkil etish hamda loyiha doirasida eng yuqori natija koʻrsatgan ishtirokchilarni (yoshlar, oʻqituvchilar va taʼlim tashkilotlari) pul mukofotlari va qimmatbaho sovgʻalar, jumladan, 100 nafar oʻqituvchini 1 000 AQSH dollari ekvivalentida pul mukofoti, 10 nafar oʻqituvchi uchun xorij sayohatiga yoʻllanma, 500 nafar yoshlarni noutbuk va 500 nafar yoshlarni qimmatbaho sovgʻalar (planshet, aqlli soat va boshqa zamonaviy texnologik qurilmalar, kitob olish uchun vaucher, taʼlim platformalarida oʻqish uchun litsenziya va boshqalar), 3 ta oliygohga pul mukofoti hamda 2 ta maktabni “Prezident sovgʻasi” — elektromobil bilan taqdirlash.

2025 — 2030-yillarda

7.

“Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasi ishtirokchilarini monitoring qilib borish.

Loyiha ishtirokchilarini maxsus axborot tizimi orqali monitoring qilib borishni tashkil etish.

Bunda ishtirokchilarning qaysi taʼlim tashkilotlarida oʻqishlari hamda ularning bandligini monitoring qilish imkoniyatini yaratish.

2026-yil iyul

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga begʻaraz asosda ajratilgan mablagʻlar, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi” DM

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-dekabrdagi 849-son qaroriga
3-ILOVA

“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasini amalga oshirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Moliyalashtirish manbai

Ijrochilar

1.

“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida tashkil etiladigan maxsus guruhlarni taʼlim jarayonlari uchun zarur bino va texnik vositalar bilan taʼminlash.

Bunda, maxsus guruhlar ajratilgan binolarga bepul joylashtiriladi.

1. Binolarni saqlash hamda belgilangan tartibda aloqa va kommunal xizmatlar bilan taʼminlash.

2. Texnik talablar va topshiriqlarni ishlab chiqish.

3. Xarid jarayonlarini uchun xarajatlar smetasini ishlab chiqish.

4. Belgilangan tartibda xarid jarayonlarini amalga oshirish.

2026-yildan boshlab

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari,

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi,

tashabbuskor tadbirkorlar,

homiylik mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi” DM

2.

“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi asosida oʻqitish yoʻlga qoʻyiladigan maxsus guruhlarga iqtidorli yoshlarni jalb qilish.

1. Maxsus guruhlar sigʻimini (quvvatini) aniqlash va tasdiqlash.

2026-yil mart

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari,

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi,

tashabbuskor tadbirkorlar,

homiylik mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

“Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi” DM

2. Reja-grafik asosida maxsus guruhlarga umumtaʼlim maktablarining 8-sinf oʻquvchilari orasidan iqtidorli yoshlarni saralab borish.

Reja-grafik asosida

3.

Raqamli texnologiyalar va xorijiy tillar boʻyicha zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega mentorlarni jalb qilish.

1. Maxsus guruhlar sonidan kelib chiqib, mentorlarni jalb qilish.

2. Mentorlarni taʼlim jarayoniga tayyorlash va ularning malakasini oshirib borish.

3. Belgilangan tartibda mentorlarning xizmatiga haq toʻlash:

har bir oʻquvchi uchun axborot texnologiyalari boʻyicha taʼlim beruvchi mentorlarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 0,3 baravarigacha;

xorijiy til boʻyicha taʼlim beruvchi mentorlarga esa mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 0,2 baravarigacha.

Reja-grafik asosida

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari,

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi,

tashabbuskor tadbirkorlar,

homiylik mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

“Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi” DM

4.

Maxsus guruhlardagi oʻquvchi va mentorlarni zamonaviy adabiyotlar hamda materiallar bilan taʼminlash.

1. Raqamli texnologiyalar va xorijiy tillar boʻyicha zamonaviy oʻquv adabiyotlari va raqamli kontentlar roʻyxatini hamda xarajatlar smetasini ishlab chiqish.

2. Belgilangan tartibda xarid jarayonlarini amalga oshirish.

2026-yildan boshlab

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari,

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi,

tashabbuskor tadbirkorlar,

homiylik mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

“Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi” DM

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-dekabrdagi 849-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“8. Xalqaro IT-sertifikatlar boshlangʻich darajada boʻlganda 30 foiz, oʻrta darajada boʻlganda 40 foiz hamda professional darajada boʻlganda 60 foiz miqdorda sarflangan xarajatlar qoplab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro IT-sertifikatlar boshlangʻich darajada boʻlganda 30 foiz, oʻrta darajada boʻlganda 40 foiz hamda professional darajada boʻlganda 60 foiz miqdorda sarflangan xarajatlar qoplab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ingliz tili boʻyicha B2 va undan yuqori darajadagi hamda professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatga ega boʻlgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatni olish xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatga ega boʻlgan yoshlarning mazkur sertifikatni olish xarajatlari ushbu Reglamentga 2-ilovada nazarda tutilgan ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar roʻyxatiga muvofiq toʻliq qoplab beriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. Xalqaro IT-sertifikatlarni olish uchun oʻquv markazlarida oʻqiganlik xarajatlari toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi tijorat banki maʼlumotnomasi yoki toʻlov kvitansiyasi nusxasi (pdf shaklda) taqdim etilganda qoplab beriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ariza beruvchi (yoki uning ota-onasi yoxud qonuniy vakili) tomonidan xalqaro IT-sertifikat uchun oʻqish va uni olish xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi tijorat banki maʼlumotnomasi va toʻlov kvitansiyasining nusxasi (pdf shaklda)”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“agar ariza beruvchi xalqaro IT-sertifikatni olish uchun oʻquv kursiga sarflangan xarajatlarni qoplash maqsadida soʻrovnoma toʻldirayotgan boʻlsa, u holda ariza beruvchi (yoki uning ota-onasi yoxud qonuniy vakili) hamda oʻquv markazi oʻrtasida xalqaro IT-sertifikatni olish uchun tuzilgan shartnoma nusxasi va oʻquv kursini tamomlaganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (pdf shaklida)”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“15. Ariza beruvchi tomonidan toʻldirilgan soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlar avtomatik tarzda ishchi organga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Ishchi organ tomonidan soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarda kamchiliklar aniqlansa, bu haqida besh ish kuni ichida ariza beruvchiga YIDXP orqali kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan xabarnoma yuboriladi va ariza rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi mavjud kamchiliklarni bartaraf etib, yangi soʻrovnoma bilan takroran murojaat qilish huquqiga ega”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“xalqaro IT-sertifikat vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan sertifikatlar roʻyxatida mavjud boʻlmasa”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ariza beruvchi tamomlagan oʻquv markazining taʼlim faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasi yoki tasdiqnomasi mavjud boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻrovnomaga ilovaga qilinishi lozim boʻlgan hujjat va maʼlumotlar toʻliq hajmda taqdim etilmaganda”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha oʻninchi-oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2026-y., 09/26/849/0002-son)