09.10.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3689
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrugʻi, 09.10.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3689
Date of entry into force
13.10.2025
Hujjat 13.10.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 9-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3689]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi, “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF-111-son “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir B. ZAXIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 23-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-2025/B-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishildi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. XIDOYATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 12-sentabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 18-2025/B-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 6-dekabrdagi 199-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2187, 2011-yil 28-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 4-5-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Maxsus suyuqliklar (benzin, benzol, sulfat kislota, ishqorlar, texnik moylar) bilan ishlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Mazkur Qoidalar maxsus suyuqliklar (benzin, benzol, sulfat kislota, ishqorlar, texnik moylar) bilan ishlashda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.”;

3) 4 va 5-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari ishlab chiqiladi va xodimlar hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 8-banddagi “QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talabiga” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari” talablariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 9-banddagi “QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 24 va 25-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“24. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) 33-banddagi “QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talabiga” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) 64-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“64. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilish kerak.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 10-noyabrdagi 188-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2188, 2011-yil 28-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 4-5-son, 41-modda) bilan tasdiqlangan Metallarga kimyoviy ishlov berish va ularga galvanik va kimyoviy qoplamalar surtishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Qoidalar metallarga kimyoviy ishlov berish va ularga galvanik va kimyoviy qoplamalar surtishda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Ushbu Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 5 va 11-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.

7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“12. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari ishlab chiqiladi va xodimlar hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 32 — 35-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“32. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.

33. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.

34. Majburiy tibbiy koʻriklar korxonalarga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa korxona joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi. Majburiy tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.”;

8) 36-banddagi “Davriy tibbiy koʻriklar” degan soʻzlar “Davriy majburiy tibbiy koʻriklar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

9) 39-banddagi “QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash talablari”ga” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) 40 va 41-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“40. Ishlab chiqarish binolari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” hamda SanQvaN 0020-22 “Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”ga muvofiq jihozlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi lozim.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) 52-banddagi “QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) 2-bobning 11-paragrafi nomidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) 58-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“58. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlar tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi kerak.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) 61 va 62-bandlardagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) 63-banddagi “QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) 70-banddagi “QMQ II-89-80 “Sanoat tashkilotlarini bosh plani” talabiga” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17) 91-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“91. Elektr qurilmalarini va tarmoqlarini montaj qilish va ishlatish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilish kerak.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 17-yanvardagi 1-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2192, 2011-yil 31-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 6-son, 50-modda) bilan tasdiqlangan Charm-galantereya mahsulotlari ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Qoidalar charm-galantereya ishlab chiqarishida mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 5 va 12-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;

4) 7 va 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.”;

5) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”;

6) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“13. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari ishlab chiqiladi va xodimlar hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 33 — 36-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“33. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Majburiy tibbiy koʻriklar korxonalarga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa korxona joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi. Majburiy tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) 37-banddagi “Davriy tibbiy koʻriklar” degan soʻzlar “Davriy majburiy tibbiy koʻriklar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) 39-banddagi “QMQ II 89-80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani” talablariga” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) 45 va 46-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“45. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va talablariga mos kelishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi lozim.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) 57-banddagi “QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va talablariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) 64-banddagi “QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talablariga” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va talablariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) 2-bobning 12-paragrafi nomidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

14) 70-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“70. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlar tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi kerak.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) 73 va 74-bandlardagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) 75-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“75. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilish kerak.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 10-noyabrdagi 70-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2289, 2011-yil 9-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 49-son, 508-modda) bilan tasdiqlangan Savdo tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Qoidalar savdo qilish jarayonlarida mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 5 va 12-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 7 va 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“13. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari ishlab chiqiladi va tashkilot xodimlarini hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 32 — 35-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“32. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi. Majburiy tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) 36-banddagi “Davriy tibbiy koʻriklar” degan soʻzlar “Davriy majburiy tibbiy koʻriklar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) 39-bandning uchinchi xatboshisidagi “QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yorugʻlik. Loyihalashtirish meʼyorlari”ga” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik qoidalari va normalari talablariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) 41-banddagi “QMQ II 89 — 80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani” talabiga” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik qoidalari va normalari talablariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) 52 va 53-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“52. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik qoidalari va normalari talablariga mos kelishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik qoidalari va normalari talablariga mos kelishi lozim.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) 64-banddagi “QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talabiga” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik qoidalari va normalari talablariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) 2-bobning 12-paragrafi nomidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) 70-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“70. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlar tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik qoidalari va normalari talabiga mos kelishi kerak.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) 73 va 74-banddagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) 75-banddagi “QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik qoidalari va normalari talablariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17) 108-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“108. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilish kerak.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3689/0924-son)