Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
07.05.2026
30.12.2025
24.10.2022
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 28-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2022-yil 28-aprelda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning amal qilishi ichimlik suvini qadoqlangan tarzda, tovar belgisidan va xizmat koʻrsatish belgisidan foydalangan holda ishlab chiqarishga hamda realizatsiya qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchi — ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ichimlik suvi taʼminoti va (yoki) oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlardan foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi — organizmning ichimlik suviga boʻlgan talabini, shuningdek sanitariyaga oid ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun sanitariya qoidalari, normalariga va gigiyena normativlariga, davlat standartlariga muvofiq tayyorlangan, inson sogʻligʻi uchun xavfsiz boʻlgan suv;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi inshooti — ichimlik suvi taʼminoti tashkilotining tasarrufida boʻlgan, suv obyektidan suv olish va uni ichimlik suvi sifatida tayyorlash uchun texnologiyalarni oʻz ichiga olgan inshoot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti — ichimlik suvini ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlari orqali va (yoki) transportda isteʼmolchilarga yetkazib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti — faoliyatining asosiy turi isteʼmolchilarga ichimlik suvi taʼminoti va (yoki) oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishdan iborat boʻlgan hamda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining reyestriga kiritilgan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish oqova suvlari — tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar koʻrsatish jarayonida hosil boʻladigan oqova suvlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kommunal-ekologik normativ — ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizib yuborishning isteʼmolchilar uchun yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori koʻrsatkichlarini tartibga soluvchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lokal tozalash inshooti — oqova suvlarni oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga oqizib yuborishdan oldin dastlabki zararsizlantirish va tozalash uchun moʻljallangan inshoot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maishiy oqova suvlar — insonning hayot faoliyati jarayonida hosil boʻladigan oqova suvlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oqova suvlar — suvni isteʼmol qilish va (yoki) undan foydalanish natijasida hosil boʻladigan hamda oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlari orqali oqizib yuboriladigan suv;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oqova suvlarni tozalash inshooti — ichimlik suvi taʼminoti tashkilotining tasarrufida boʻlgan, oqova suvlarni qabul qilish va ularni belgilangan talablarga muvofiq zararsizlantirgan tarzda suv obyektlariga oqizib yuborish uchun moʻljallangan inshoot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oqova suvlarni chiqarib yuborish — oqova suvlarni ichimlik suvi taʼminoti tashkilotining tasarrufida boʻlgan oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga qabul qilish va ularni oqova suvlarni tozalash inshootlariga chiqarib yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik shart — jismoniy va yuridik shaxslarni ichimlik suvi taʼminoti hamda (yoki) oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga ulash uchun ular tomonidan ijro etilishi lozim boʻlgan tadbirlar roʻyxatini oʻz ichiga olgan hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi asosiy prinsiplar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik, isteʼmolchilar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi asosiy prinsiplardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Ichimlik suvi taʼminoti xizmatlariga doir kafolatlar
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida isteʼmolchilarning belgilangan sifatdagi ichimlik suvi bilan isteʼmol normalari doirasida taʼminlanishi kafolatlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvining isteʼmol normalarini belgilash qonunchilikda belgilangan tartibda, umumeʼtirof etilgan standartlar va tasniflarga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilarga suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari koʻrsatish qoidalarining 87-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi davlat-xususiy sheriklik
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi davlat-xususiy sheriklik “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasini tartibga solish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarining xavfsiz hamda ishonchli ishlashini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va avtomatlashtirilgan raqamlashtirish tizimlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
resurslarni tejaydigan texnologiyalar joriy etilishini qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha sifatli xizmatlar koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini modernizatsiya qilish hamda ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarini texnik jihatdan qayta jihozlash maqsadida investitsiyalarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻlom raqobat muhitini yaratish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarning toʻliq va oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazorat hamda monitoringni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlarning hisobga olinishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarining bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida oʻz vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
(8-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hamda uning vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
LexUZ sharhi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi dasturlar, strategiyalar hamda konsepsiyalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar bilan qamrab olinishini monitoring qilish uchun yangilab boriladigan elektron bazani doimiy asosda yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi punktlarini ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar bilan taʼminlash uchun davlat ijtimoiy buyurtmalarini beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishida xususiy sektorning ishtirokini kengaytirish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida kengaytirish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi tarif siyosatini shakllantirishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasidagi ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini rivojlantirishning bosh sxemasi ishlab chiqilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etadi hamda muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida kadrlarga boʻlgan ehtiyojni tahlil qiladi hamda ularni tayyorlashda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining reyestrini yuritadi va uni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiradi, ular faoliyati samaradorligining asosiy mezonlarini belgilaydi va baholaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi loyihalarning amalga oshirilishini davlat kapital mablagʻlari hamda davlat kafolatlari ostida jalb etilgan chet el investitsiyalari hisobidan taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi va oqova suvlarni tozalash inshootlarini texnologik auditdan oʻtkazishni tashkil etadi hamda suvni tejash boʻyicha zarur choralarni belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari uchun suvning texnologik jihatdan sarflanishini va yoʻqotilishini hisob-kitob qilish tartibini, shuningdek ularning yoʻl qoʻyiladigan normalarini (limitlarini) belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari tomonidan ijro etilishi majburiy boʻlgan hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilishga doir aniq yoʻnaltirilgan dasturlarni ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini rivojlantirish rejalari asosida shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilishga doir aniq yoʻnaltirilgan roʻyxatlarni ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar bilan taʼminlanishini istiqbolli prognoz qilish maqsadida muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari hamda xalqaro davlat moliya institutlari ishtirokida amalga oshiriladigan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi loyihalar boʻyicha loyihaoldi hamda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishib olish va tasdiqlash choralarini koʻradi, shuningdek loyihalarni moliyalashtirishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi loyihalarning roʻyobga chiqarilishi monitoringini mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi davlat nazorati organi hamda uning vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy inspeksiyalari ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organdir (bundan buyon matnda davlat nazorati organi deb yuritiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat nazorati organi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvini samarali ishlab chiqarish, yetkazib berish, realizatsiya qilish, ichimlik suvidan oqilona foydalanish, shuningdek oqova suvlarni chiqarib yuborish va tozalash boʻyicha xizmatlar sohasida texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi inshootlarini va oqova suvlarni tozalash inshootlarini texnologik auditdan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlariga ulanishda texnik shartlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, shuningdek ushbu tarmoqlarga oʻzboshimchalik bilan ulanishning oldini olish boʻyicha choralar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish chogʻida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridagi va boshqa inshootlardagi avariyalar bartaraf etilishini, ular yuzaga kelishining oldini olish boʻyicha ishlab chiqilgan tadbirlarning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv obyektlaridan suv olishdan to isteʼmolchilarga realizatsiya qilishga qadar boʻlgan barcha jarayonlarda suvning texnologik jihatdan sarflanishi va yoʻqotilishining yoʻl qoʻyiladigan normalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer osti suvlari quduqlarining holati va ulardan foydalanish shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilarning ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar bilan qamrab olinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari tomonidan isteʼmolchilarga yetkazib berilayotgan ichimlik suvining sifati va belgilangan talablarga muvofiqligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlariga hamda isteʼmolchilarga ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmogʻiga normadan yuqori darajada ifloslantirilgan oqova suvlarni oqizib yuborganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini qonunchilikda belgilangan tartibda hisob-kitob qiladi hamda jismoniy va yuridik shaxslardan undiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvini olishning belgilangan limitlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni qonunchilikda belgilangan tartibda yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish obyektlarida, shu jumladan yer osti suvlari quduqlarida qurilish-montaj ishlari (rekonstruksiya qilish) ustidan nazorat olib boradi, loyiha-smeta hujjatlarini tahlil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat nazorati organi ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasini rivojlantirishga qaratilgan hududiy dasturlarni tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun tariflarni tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasini rivojlantirishga qaratilgan hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi hamda amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishiga xususiy sektorni jalb etishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi loyihalarning roʻyobga chiqarilishi monitoringini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(11-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Fuqarolarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi tadbirlarda ishtirok etishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari qonunchilikka muvofiq ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari, ularning asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakli
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi tashkilotlar ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti sifatida faoliyatni amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining reyestri ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining roʻyxatini oʻz ichiga oladi va maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotini boshqarish
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotini boshqarish uning taʼsis hujjatlariga va ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti tomonidan qabul qilingan boshqa hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda boshqarish uchun javob beradigan tashkilot belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvini tayyorlash, shuningdek isteʼmolchilarni ichimlik suvi bilan shartnoma asosida uzluksiz va bir maromda taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilarga shartnoma asosida oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oqova suvlarni qabul qilish va ularni qonunchilik talablariga muvofiq tozalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik va oqova suv quvurlari hamda inshootlaridan samarali foydalanish, ularni soz holatda saqlash, avariyalar va nosozliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvning texnologik jihatdan sarflanishini va yoʻqotilishini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan isteʼmol qilinayotgan suvning va koʻrsatilayotgan xizmatlarning hajmini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish hisobidan kamaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvini tayyorlashda ichimlik suvi inshootlari elektr energiyasi bilan taʼminlanishi uchun zarur choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy suvni hisobga olish asboblarini va energiyani tejaydigan nasos uskunalarini oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatganlik uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida yigʻish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi tashkilotining moliyaviy-iqtisodiy jihatdan barqarorligini taʼminlash boʻyicha amaliy choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminotini va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasini rivojlantirishga, aholini ushbu sohadagi xizmatlar bilan qamrab olishni kengaytirishga qaratilgan dasturlar, strategiyalar hamda konsepsiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oqova suvlarni tozalash inshootlaridagi oqova suvlarni ifloslantiruvchi moddalar yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori normaga yetkazilguniga qadar tozalashni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvining yetkazib berilishi va undan foydalanilishi monitoringini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvning texnologik jihatdan sarflanishiga va yoʻqotilishiga doir yigʻma hisobotni ishlab chiqish hamda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarga ichimlik suvini yetkazib berish uchun limitlar belgilash.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining huquqlari va majburiyatlari
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni quyidagi hollarda isteʼmolchini kamida besh kalendar kun oldin xabardor qilgan holda toʻliq yoki qisman toʻxtatish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarning ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlari, qurilmalari hamda inshootlari texnik jihatdan yaroqsiz holga kelganda, ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti tomonidan aniqlangan texnik kamchiliklar bartaraf etilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatilgan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun isteʼmolchilarning qarzdorligi mavjud boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlari, ichimlik suvi va oqova suvlarni tozalash inshootlari rejali taʼmirlanayotganda, ularga profilaktik jihatdan xizmat koʻrsatilayotganda, shuningdek yangi isteʼmolchilar ulanayotganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni quyidagi hollarda isteʼmolchini ogohlantirmasdan toʻliq yoki qisman toʻxtatish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy ofatlar chogʻida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasini yetkazib berish ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan holda toʻxtatib turilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlarida, shuningdek ichimlik suvi va oqova suvlarni tozalash inshootlarida avariya boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻin oʻchogʻiga ichimlik suvi yetkazib berishni koʻpaytirish zarur boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari tasarrufida boʻlgan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga jismoniy hamda yuridik shaxslarning oʻzboshimchalik bilan ulanganligi aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) oqova suvlarni chiqarib yuborish joylarini, shuningdek isteʼmolchilarga beriladigan ichimlik suvini hisobga olish joylarini har oyda kamida bir marta inventarizatsiyadan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish qoidalarining buzilishlari toʻgʻrisida davlat nazorati organini yozma yoki elektron shaklda xabardor qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari:

ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlarning uzluksizligini va xavfsizligini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oqova suvlarni tozalashni amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlari, shuningdek ichimlik suvi va oqova suvlarni tozalash inshootlari texnik holatining muntazam monitoringini olib borishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlaridagi va ichimlik suvi inshootlaridagi ichimlik suvi sifatining monitoringini olib borishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilarga yetkazilgan zararning oʻrnini qonunchilikda belgilangan tartibda qoplashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlarida taʼmirlash ishlari natijasida shikast yetkazilgan obyektlarni hamda boshqa inshootlarni tiklashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti tizimidagi davomiyligi 12 soatdan koʻp boʻlgan rejali uzib qoʻyishlarni yoki toʻxtalishlarni bartaraf etish chogʻida aholini transportda ichimlik suvi bilan taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimida avariyalar aniqlangan kundan eʼtiboran bir sutka ichida ularning sabablari, xizmatlar cheklanadigan muddatlar, shuningdek koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatining oʻzgarishi sabablari haqida isteʼmolchilarni xabardor qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun tariflar hamda maxsus ustamalar oʻzgarishi toʻgʻrisida ushbu oʻzgarishlar joriy etilishidan oʻn besh kalendar kun oldin isteʼmolchilarni ommaviy axborot vositalari orqali va oʻz rasmiy veb-saytida xabardor qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning rejalashtirilayotgan toʻxtatilishi haqida isteʼmolchilarni besh kalendar kun oldin xabardor qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi navbatda jismoniy shaxslarning, oziq-ovqat sanoati korxonalarining va tibbiyot tashkilotlarining ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojlari taʼminlanishini amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat nazorati organi tomonidan nazorat tadbirlarini oʻtkazishga koʻmaklashishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti isteʼmolchilariga koʻrsatilayotgan xizmatlar va oqova suvlarni chiqarib yuborish hajmini, suvni hisobga olish asboblarining hamda yongʻin gidrantlarining holatini oyiga kamida bir marta oʻrganishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat nazorati organini ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga oʻzboshimcha ulanishning aniqlangan hollari toʻgʻrisida xabardor qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli davlat organining ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi topshiriqlari bajarilishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining javobgarligi
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.14.00 Suvga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka hamda shartnoma shartlariga muvofiq ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha isteʼmolchilarga sifatli xizmatlar koʻrsatmaganlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga belgilangan tartibda ulanish uchun texnik shartlarni isteʼmolchilarga oʻz vaqtida taqdim etmaganlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilarni suvni hisobga olish asboblarini belgilangan muddatlarda tekshiruvdan oʻtkazish haqida ogohlantirmaganlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchining hayotiga, sogʻligʻiga hamda mol-mulkiga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazganlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarining texnik holati uchun ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining foydalanishga doir javobgarligi chegaralari doirasidagi avariyalarni oʻz vaqtida bartaraf etmaganlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka va shartnoma shartlariga muvofiq ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining zimmasiga yuklatilgan boshqa majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Isteʼmolchilarning huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Isteʼmolchilarning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilar quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlarning uzluksiz va xavfsiz koʻrsatilishini, shuningdek oʻz hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga xavf tugʻdirmaydigan sifatga va miqdorga ega boʻlgan ichimlik suvi berilishini shartnoma shartlariga muvofiq talab qilish;
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti shartnomada koʻrsatilgan oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, jarimalar (penyalar) va boshqa toʻlovlar toʻlanishini qonunchilikka muvofiq talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asossiz ravishda undirilgan toʻlovlarning qaytarilishini ichimlik suvi taʼminoti tashkilotidan talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va (yoki) oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun tegishli toʻlovlarni toʻliq toʻlagan holda shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvining sifati toʻgʻrisidagi axborotni hamda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun qarzdorlik haqidagi maʼlumotlarni ichimlik suvi taʼminoti tashkilotidan bepul olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Isteʼmolchilarning majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatganlik uchun tariflar oshgan taqdirda, oldindan toʻlangan toʻlovning qayta hisob-kitobini amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridagi, inshootlardagi avariyalar yoki shikastlanishlar, ichimlik suvini hisobga olish asboblaridagi va ularning plombalaridagi shikastlanishlar toʻgʻrisida ichimlik suvi taʼminoti tashkilotini xabardor qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridagi texnik holat uchun isteʼmolchilarning foydalanishga doir javobgarligi chegaralari doirasidagi avariyalarni oʻz vaqtida bartaraf etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni hisobga olish asboblarining aniq koʻrsatkichlarini ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlariga oʻz vaqtida taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish oqova suvlaridagi ifloslantiruvchi moddalarning lokal tozalash inshootlarida belgilangan normativlarga qadar tozalanishini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlardan foydalanish uchun ruxsat etilgan nuqtalarga ulanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Ichimlik suvi taʼminoti manbalarini tanlash va ulardan foydalanish. Ichimlik suvi va oqova suvlarni tozalash inshootlarining sanitariya-muhofaza zonalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Ichimlik suvi taʼminoti manbalari
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, davlat standartlariga muvofiq boʻlgan suv obyektlari birinchi navbatda ichimlik suvi taʼminoti ehtiyojlari uchun foydalanishga beriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer osti suvlari zaxiralari kam boʻlgan taqdirda, ular texnik-iqtisodiy asosga muvofiq ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti tomonidan sunʼiy ravishda toʻldirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Suv obyektlaridan ichimlik suvi taʼminoti ehtiyojlari uchun foydalanish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti ehtiyojlari uchun birinchi navbatda yer usti suv obyektlaridan, keyin esa yer osti suv obyektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining ichimlik suvi manbalarining yetarliligi toʻgʻrisidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ular sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, davlat standartlariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalariga muvofiq foydalaniladi.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Ichimlik suvi va oqova suvlarni tozalash inshootlarining sanitariya-muhofaza zonalari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi va oqova suvlarni tozalash inshootlarining, ichimlik suvi uchun suv olish joylarining sanitariya-muhofaza zonalarini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlarining muhofaza qilinadigan zonalari shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq belgilanadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi uchun suv olish, yer usti hamda yer osti manbalari joylarida joylashgan sanitariya-muhofaza zonalarida ichimlik suvi taʼminotiga taalluqli boʻlmagan xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishga hamda sanoat va fuqarolik obyektlarini (binolar va inshootlarni) qurishga yoʻl qoʻyilmaydi.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Ichimlik suvini tayyorlash va yetkazib berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Ichimlik suvi inshootlarining toifalari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi inshootlarining turi va sxemasini tanlash joyning va suv obyektlarining geologik, gidrogeologik va sanitariya shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi inshootlari suv taʼminoti darajasi boʻyicha quyidagi toifalarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I toifa — xizmat koʻrsatiladigan aholi soni 50 mingdan ortiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II toifa — xizmat koʻrsatiladigan aholi soni 5 mingdan 50 minggacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III toifa — xizmat koʻrsatiladigan aholi soni 5 minggacha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Ichimlik suvi inshootlarida ichimlik suvini tayyorlashning texnologik bosqichlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvini tayyorlash suv obyektidagi suvning sifati, ichimlik suvi inshootining quvvati va uning geografik joylashuvi hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer usti suv obyektlaridan olinadigan ichimlik suvini tayyorlashning texnologik bosqichlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv loyqaligini tindirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni sizotlashni hamda zararsizlantirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, davlat standartlari talablariga muvofiq ichimlik suvini tayyorlashni (ishlab chiqarishni).

Yer osti suv obyektlaridan olinadigan ichimlik suvini tayyorlashning texnologik bosqichlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni tortib chiqarishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni zararsizlantirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, davlat standartlari talablariga muvofiq ichimlik suvini tayyorlashni (ishlab chiqarishni).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Ichimlik suvining sifati
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi epidemiologik, radiatsiyaviy va kimyoviy jihatdan xavfsiz boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv obyektlaridan olinadigan suvning va tayyorlangan ichimlik suvining tarkibiga doir talablar, shuningdek tahlil oʻtkazish muddatlari hamda tahlillarning turlari davlat standartlariga muvofiq belgilanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi sifatining tahlili ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining laboratoriyalarida amalga oshiriladi. Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarida laboratoriyalar mavjud boʻlmagan taqdirda, ichimlik suvi sifatining tahlili shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining yoki davlat nazorati organining laboratoriyalarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvining sifati ustidan davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va davlat nazorati organi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Laboratoriyalar vakolatlarini tasdiqlash
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi sifatining tahlili oʻtkaziladigan laboratoriyalarning malakaliligi vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-iyuldagi 456-son qarori bilan tasdiqlangan Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Ichimlik suvini yetkazib berish
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi isteʼmolchilarning ehtiyojlari uchun ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlari yoki transportda yetkazib berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti tizimlari masofadan maʼlumot uzatuvchi zamonaviy hisobga olish asboblari va manometrlar bilan jihozlanadi hamda ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari tomonidan dispetcherlik xizmatlari orqali boshqariladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari avariyalar va nosozliklarning oldini olish maqsadida ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlari, inshootlari va uskunalarini muntazam ravishda texnik tekshiruvdan oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Ichimlik suvi taʼminoti xizmatlarini koʻrsatish chegaralari
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti ichimlik suvi taʼminoti tarmogʻining isteʼmolchiga tegishli hududga kirgan qismiga (koʻp qavatli uylarning kiruvchi qismiga) qadar javobgar boʻladi va mazkur chegaraga qadar xizmatlar koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp kvartirali uyni boshqarish organi ichimlik suvi taʼminoti tarmogʻining koʻp kvartirali uylarga kirgan qismidan to isteʼmolchiga tegishli hududga qadar javobgar boʻladi va unga xizmat koʻrsatilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilar oʻziga tegishli hududdagi ichimlik suvi taʼminoti tarmogʻi uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Oqova suvlarni chiqarib yuborish va tozalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridan va oqova suvlarni tozalash inshootlaridan foydalanish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oqova suvlar isteʼmolchilardan oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlari orqali ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining oqova suvlarni tozalash inshootlariga keyinchalik zararsizlantirish va tozalash uchun uzluksiz tarzda yetkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maishiy va ishlab chiqarish oqova suvlari oqova suvlarni tozalash inshootlari tomonidan qabul qilinadi, ekologik normalar va qoidalarga muvofiq tozalanadi va ulardan xavfsiz foydalanilishi taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish chegaralari
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmogʻining isteʼmolchiga tegishli hududga kirgan qismiga (koʻp qavatli uylarning kiruvchi qismiga) qadar javobgar boʻladi va mazkur chegaraga qadar xizmatlar koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp kvartirali uyni boshqarish organi koʻp kvartirali uyda oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmogʻi uchun javobgar boʻladi va unga xizmat koʻrsatilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilar oʻziga tegishli hududdagi oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmogʻi uchun javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-fevraldagi 19-sonli “Aholi punktlarida davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga ichimlik suv taʼminotini va oqova suv xizmatini yaxshilash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Ishlab chiqarish oqova suvlarini qabul qilish xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kommunal-ekologik normativ ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizib yuboruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqiladi hamda ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan normadan yuqori darajada ifloslangan ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizib yuboruvchi yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar oqova suvlarni lokal tozalash inshootlarida birlamchi tozalash ishlarini bajarishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi isteʼmolchilarni, shu jumladan mavjud isteʼmolchilarning yangitdan ishga tushiriladigan, tovarlarni ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) jarayonida belgilangan normadan yuqori darajada ifloslangan oqova suvlarni hosil qiluvchi obyektlarini oqova suvlar tarmoqlariga ulashga faqat oqova suvlarning belgilangan normaga qadar tozalanishini taʼminlaydigan lokal tozalash inshootlari mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Belgilangan normadan yuqori darajada ifloslangan oqova suvlarni oqizib yuborganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga belgilangan normadan yuqori darajada ifloslangan oqova suvlarni oqizayotgan jismoniy va yuridik shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi loyihalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.01.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan aholiga ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni kengaytirish hamda takomillashtirish yuzasidan loyiha takliflari maxsus vakolatli davlat organi tomonidan shakllantiriladi va tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlari muhokamasiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesidagi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlaridagi muhokama yakunlari boʻyicha maʼqullangan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi loyihalar tegishli dasturlar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi loyihalarda majburiy tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik va oqova suv quvurlarini uy xoʻjaliklarigacha oʻtkazish va suvni hisobga olish asboblarini oʻrnatish nazarda tutiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti obyektlarining atrof muhitga, shuningdek qoʻshni hududlardagi mavjud va rejalashtirilayotgan ichimlik suvi taʼminoti obyektlariga taʼsiri hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha bitta obyektni qurish va rekonstruksiya qilishni turli manbalardan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda moliyalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida davlat ijtimoiy buyurtmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish markazlashtirilgan ichimlik suvi taʼminoti mavjud boʻlmagan tumanlarda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi ijtimoiy loyihalarni roʻyobga chiqarish ijrochini tanlov asosida aniqlash yoʻli bilan amalga oshiriladi, tanlov haqidagi eʼlon ommaviy axborot vositalariga, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalariga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi ijtimoiy loyihalar nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat ijtimoiy buyurtmasini berish orqali maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi isteʼmolchilarning guruhlari
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suviga va oqova suvlarni chiqarib yuborishga boʻlgan ehtiyojga koʻra isteʼmolchilar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi guruh — jismoniy shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi guruh — idoraviy uy-joy fondi va yotoqxonalar, budjet tashkilotlari, diniy tashkilotlar, elchixonalar, diplomatik vakolatxonalar hamda ularga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, koʻp kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilotlar, uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari va issiqlik taʼminoti tashkilotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi guruh — birinchi va ikkinchi guruhlarga kirmaydigan yuridik shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga jismoniy va yuridik shaxslarni ulash
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy va yuridik shaxslarning ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga ulanishi ulash nuqtasi orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvining miqdori va bosimi, shuningdek oqova suvlarni qabul qilish sigʻimi yetarli boʻlganda, jismoniy va yuridik shaxslar ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti tomonidan taqdim etilgan texnik shartlar asosida ulanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdim etilgan texnik shartlar asosida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tayyorlangan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga ulanish loyihalari ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari bilan kelishib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-modda. Ichimlik suvi taʼminoti va (yoki) oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun shartnoma
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti va (yoki) oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish isteʼmolchi bilan tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomada ichimlik suvining bosimi, sifati, oqova suvlarni chiqarib yuborish quvvati, taraflarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, hisob-kitoblar va toʻlovlar tartibi, nizolarni hal etish tartibi, yengib boʻlmas kuch holatlari hamda shartnomaning amal qilish muddati koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflarning kelishuviga koʻra shartnomaga boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxslar bilan tuziladigan shartnoma muddatsizdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-modda. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga doir taqiqlar
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi hollarda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish va ulardan foydalanish taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma tuzmasdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning 36-moddasida belgilangan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga ulash tartibining buzilishi bartaraf etilgunga qadar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Ichimlik suvini transportda yetkazib berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-modda. Ichimlik suvini transportda yetkazib berish tartibi
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.04.00 Suv transporti]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi jismoniy va yuridik shaxslarga ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari yoki mazkur sohada faoliyatni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan transportda yetkazib berilishi mumkin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi quyidagi hollarda transportda yetkazib beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti tashkilotining tarmoqlari mavjud boʻlmagan hududlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi quvurlaridagi va ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlarining boshqa inshootlaridagi avariyalar chogʻida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlarida taʼmirlash-tiklash ishlari amalga oshirilayotganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvini transportda yetkazib berish sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, davlat standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40-modda. Ichimlik suvini transportda yetkazib berishga doir asosiy talablar
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.04.00 Suv transporti]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvini ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan transportda yetkazib berish uchun transport vositasi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq boʻlishi, transportda oʻrnatilgan idish esa kamida bir kub metr suv sigʻimiga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari tomonidan transportda suv yetkazib berish boʻyicha transport xizmatlarini koʻrsatganlik uchun tariflar va toʻlov tartibga solinadigan hamda shaffof boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvini transportda ushbu modda talablariga rioya etmagan holda yetkazib berish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41-modda. Ichimlik suvini yetkazib beradigan transport vositalariga qoʻyiladigan asosiy talablar
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.04.00 Suv transporti]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvini yetkazib beradigan transport vositalari sogʻliqni saqlash organlarida ularning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi jihatidan har oʻn besh kunda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haydovchilar va ichimlik suvini tayyorlashda bevosita ishtirok etuvchi xizmat koʻrsatuvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan talablarga muvofiq tibbiy koʻrikdan oʻtishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2012-yil 10-iyuldagi 200-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 29.08.2012-y.).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Suvning yoʻqotilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42-modda. Suvning texnologik ehtiyojlar uchun sarflanishi va yoʻqotilishi
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti tomonidan ichimlik suvini tayyorlash va ishlab chiqarish jarayonida suvning texnologik ehtiyojlar uchun sarflanishi va yoʻqotilishi suvning texnologik jihatdan sarflanishi, ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlaridagi hisobga olinmagan yoʻqotishlar hamda ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun ichimlik suvi sarflanishidan tarkib topadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43-modda. Suvning texnologik jihatdan sarflanishini va yoʻqotilishini hisob-kitob qilish tartibi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suvning texnologik jihatdan sarflanishini va yoʻqotilishini hisob-kitob qilish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suvning texnologik jihatdan sarflanishini va yoʻqotilishini hisob-kitob qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi inshootlaridagi texnologik ehtiyojlar uchun sarflanishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvning ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlarini taʼmirlash, butlovchi va ehtiyot qismlarni taʼmirlash va (yoki) almashtirish chogʻida sarflanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvining yangi yotqizilgan ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlarini ulash uchun sarflanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvning, shu jumladan ichimlik suvining ichimlik suvi taʼminoti tizimidagi avariyalar va nosozliklar hamda ularni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar natijasida yoʻqotilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nosozliklar natijasida ichimlik suvi taʼminoti tarmogʻidan ichimlik suvining yoʻqotilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvining yongʻinni oʻchirish ehtiyojlari (yongʻinni oʻchirish, oʻt oʻchirishga qarshi gidrantlarni tekshirish, yongʻin-taktik mashqlar va mashgʻulotlar) uchun yoʻqotilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun ichimlik suvi sarflanishini.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari suvni oʻz ehtiyojlari uchun sarflashda suvni hisobga olish asboblaridan majburiy tartibda foydalanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44-modda. Suvning texnologik jihatdan sarflanishiga va yoʻqotilishiga oid hisobot hamda normalashtirish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suvning texnologik jihatdan sarflanishiga va yoʻqotilishiga oid hisobot har yili ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti tomonidan tuziladi hamda hisobot yilidan keyingi 1-martdan kechikmay maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari uchun quyidagilarni inobatga olgan holda suvning joriy yil uchun texnologik jihatdan sarflanishi va yoʻqotilishi normalarini (limitlarini) 1-apreldan kechiktirmay belgilaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti tashkilotining avvalgi yil uchun suvning texnologik xarajatlari va yoʻqotishlari haqidagi hisobotini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari tomonidan xizmat koʻrsatiladigan hududlarda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarni va joriy etilayotgan obyektlarini.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-bob. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun tariflar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45-modda. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun tariflarni shakllantirish (qayta koʻrib chiqish)
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar, shu jumladan ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari tomonidan ichimlik suvini transportda yetkazib berish uchun tariflarni qonunchilikda belgilangan tartibda ishlab chiqadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-apreldagi 309-son qarori bilan tasdiqlangan Suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun tariflar mahsulot tannarxiga kiritilgan xarajatlar, joriy xarajatlar, moliyaviy xarajatlar, soliqlar (suvning texnologik jihatdan normativdan yuqori darajada sarflanganligi va yoʻqotilganligi uchun soliqlardan tashqari) va boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek sof foyda summasidan shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun tariflarni shakllantirishda ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish uchun xarajatlar hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar, shu jumladan transport xizmatlari uchun tariflar darajasiga taʼsir koʻrsatadigan omillar keskin oʻzgargan taqdirda, tariflarni oʻzgartirish boʻyicha takliflar loyihasi tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari jamoatchilik muhokamasi tugaganidan keyin ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun tariflarni qayta koʻrib chiqish tashabbusi bilan hududiy iqtisodiyot va moliya organlariga murojaat qiladi.
(45-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tariflarni qayta koʻrib chiqish haqidagi takliflar olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda ichimlik suvi taʼminoti tashkilotiga ushbu takliflarni rad etish, qayta koʻrib chiqish yoki qabul qilish toʻgʻrisidagi oʻz xulosalarini taqdim etadi.
(45-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun tariflar budjet parametrlari tasdiqlanganidan keyin bir yil davomida qayta koʻrib chiqilishi natijasida budjet tashkilotlari uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlaridan ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46-modda. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun tariflarni tasdiqlash
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.01.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlarga, shu jumladan transportda ichimlik suvini yetkazib berishga oid tariflarni oʻzgartirishga doir takliflarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga ushbu Qonun 45-moddasining oltinchi qismida koʻrsatilgan tashkilotlarning xulosalarini ilova qilgan holda kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun oʻzgartirilgan tariflarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47-modda. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun tariflarni amalga kiritish
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlangan tariflar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingandan keyin oʻn besh kun oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-bob. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarida koʻrsatilgan xizmatlarni hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48-modda. Ichimlik suvining va oqova suvlarning hisobini yuritish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvining hisobi oʻrnatilgan suvni hisobga olish asbobi koʻrsatkichlari asosida ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari tomonidan yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suvni hisobga olish asbobi mavjud boʻlmagan taqdirda, aholi uchun sarflangan ichimlik suvining hisobi belgilangan isteʼmol normalari asosida, yuridik shaxslar uchun esa ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlarining (ichimlik suvi quvurining) oʻtkazish qobiliyati boʻyicha yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maishiy oqova suvlar miqdori olingan ichimlik suvining miqdoriga teng ravishda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarish oqova suvlarining hisobi tovarlarni ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) chogʻida sarflangan ichimlik suvining (tovarga aylantirilgan, bugʻlangan va boshqa texnologik jarayonlarda yoʻqotilgan ichimlik suvi) miqdorini ushbu maqsadlar uchun olingan suvning miqdoridan chiqarib tashlash yoʻli bilan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maishiy va ishlab chiqarish oqova suvlarining miqdorini aniqlashda sugʻorishga, qurilishga va hududni obodonlashtirishga sarflanadigan suvning miqdori hisobga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49-modda. Oqova suvlarning qoʻshimcha chiqarib yuborilish miqdorini hisob-kitob qilish
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv markazlashtirilgan issiq suv taʼminoti va boshqa suv obyektlaridan shaxsiy ehtiyojlar uchun sarflanganda, oqova suvlar miqdori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markazlashtirilgan issiq suvni hisobga olish asbobining koʻrsatkichlari boʻyicha, hisobga olish asbobi mavjud boʻlmagan taqdirda — issiq suv isteʼmoli normalari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv boshqa suv obyektlaridan olinganda — hisobga olish asbobi koʻrsatkichlari boʻyicha, hisobga olish asbobi mavjud boʻlmagan taqdirda — ushbu suv obyektlarining quvvati boʻyicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar haqiqatda oqizib yuborilgan oqova suvlarning miqdori oqova suvlarning hisob-kitob qilingan miqdoridan kam boʻlsa, oqova suvlar miqdori isteʼmolchi tomonidan taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiq qayta hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50-modda. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanganlik uchun toʻlov miqdorini hisob-kitob qilish
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy va yuridik shaxslarning ichimlik suvi taʼminoti va (yoki) oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga ushbu Qonunning 36-moddasida belgilangan tartibni buzgan holda ulanishi ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish deb topiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti va (yoki) oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanib olingan taqdirda, isteʼmol qilingan ichimlik suvining va (yoki) chiqarib yuborilgan oqova suvlarning miqdori yuridik shaxslar uchun ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlarining (ichimlik va (yoki) oqova suv quvurining) oʻtkazish qobiliyatidan kelib chiqqan holda, jismoniy shaxslar uchun esa ichimlik suvini isteʼmol qilish normalaridan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilinadi. Bunda ichimlik suvi quvurida suv mavjud boʻlganligi, isteʼmolchining hisob-kitob qilingan ichimlik suvi miqdoridan foydalanish va uni oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmogʻiga oqizib yuborish mumkinligi fakti inobatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51-modda. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi xalqaro hamkorlik
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi xalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52-modda. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi yetkazilgan ziyon hamda zararning oʻrnini qoplash
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, davlat standartlariga muvofiq emasligi natijasida jismoniy shaxslarning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrni qonunchilikka muvofiq ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari tomonidan toʻliq hajmda qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlaridan foydalanish qoidalariga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan rioya etmaganlik, shu jumladan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga, inshootlarga shikast yetkazganlik, taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirishga monelik qilganlik, suv obyektlarini ifloslantirganlik natijasida yetkazilgan zararning oʻrni aybdor shaxslar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda toʻliq hajmda qoplanishi lozim.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobiga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53-modda. Nizolarni hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54-modda. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.14.00 Suvga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 203-moddasi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 72 — 76-moddalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning IX boʻlimiga (“Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibini buzganlik uchun javobgarlik”) qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 22-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-784-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2022-y., 03/22/784/0661-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)