08.10.2025 yildagi 632-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.10.2025 yildagi 632-son
Date of entry into force
09.10.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Yoshlarning oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻqish xarajatlari uchun subsidiya ajratish hamda oʻquv markazlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 26-martdagi PF-61-son Farmoni va “Yoshlarni xorijiy tillarga oʻqitish tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 27-iyundagi PQ-239-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlarning oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻqish xarajatlari bir qismi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv markazlari reytingini shakllantirish va reyting asosida oʻquv markazlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2025 — 2030-yillarda 100 ming nafargacha yoshlarning oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻqish xarajatlari uchun subsidiya ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi loyiha ofisi” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan oʻquv markazlari haqida maʼlumotlar yuritiladigan “yonda.uz” elektron platformasi va uning mobil ilovasi (keyingi oʻrinlarda — elektron platforma) yaratilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida elektron platforma orqali quyidagi imkoniyatlarni yaratsin hamda elektron platformaning doimiy ish faoliyatida boʻlishini taʼminlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv markazlarida yoshlarning xorijiy tillarni oʻrganish uchun oʻquv mashgʻulotida qatnashishini qayd etib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqish xarajati uchun toʻlovlarni onlayn toʻlov tizimlari orqali amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv markazlari reytingini shakllantirish va eʼlon qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining “Milliy sertifikatlar” elektron platformasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq qoʻmitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” hamda “Ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish” elektron platformalarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vazirligining “Litsenziya” axborot tizimini belgilangan tartibda elektron platformaga integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan yoshlarga oʻqish va imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish tartibini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 13-apreldagi 209-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustga qadar ushbu qarorga muvofiq joriy etiladigan yoshlarning xorijiy tillarni oʻqish xarajatlari uchun subsidiya ajratish hamda oʻquv markazlarini ragʻbatlantirish bilan bogʻliq jarayonlarni puxta tahlil qilgan holda, uni takomillashtirish yuzasidan asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 8-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
632-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-son qaroriga
1-ILOVA

Yoshlarning oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻqish xarajatlari bir qismi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, yapon, koreys va xitoy tili)ni oʻrganayotgan yoshlarning nodavlat taʼlim tashkilotlarida oflayn shaklda amalga oshiriladigan oʻqish xarajatlarining bir qismi uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

ariza beruvchi — xorijiy tillarni oʻqish xarajati uchun subsidiya olish istagidagi oʻn toʻrt yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2+6” dasturi — ushbu Nizomga 1-ilovada belgilangan xorijiy tillarni bilish boʻyicha ballning (darajaning) kamida minimal koʻrsatkichli sertifikatiga ega boʻlgan ariza beruvchi oʻquv markazi tomonidan unga xorijiy tilni oʻqitish xizmatini koʻrsatgani uchun dastlabki ikki oy uchun oʻqish xarajatini oʻz hisobidan toʻlaganda, keyingi olti oygacha oʻqish xarajati uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Yoshlar ishlari agentligi)ning Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida subsidiya ajratilishini nazarda tutuvchi dastur;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davomat — oʻquv markazlarida tahsil olayotgan yoshlarning darslarga qatnashganini kunlik elektron nazorat qilish tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikat — ushbu Nizomga 1-ilovadagi xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi, maxsus seriya raqamiga ega hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv markazi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan holda xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini amalga oshiruvchi nodavlat taʼlim tashkiloti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqish xarajati — oʻquv markaziga ariza beruvchini xorijiy tilga oʻqitish xizmatini koʻrsatganlik uchun toʻlanadigan toʻlov;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron platforma — ariza beruvchilarning oʻquv markazlarida xorijiy tilni oʻrganish uchun oʻquv mashgʻulotida qatnashishini qayd etib boruvchi, ularning xorijiy tilni oʻqish xarajati uchun subsidiya ajratiladigan oʻquv markazlari roʻyxati, shuningdek, ushbu oʻquv markazlari reytingi eʼlon qilib boriladigan elektron platforma va uning mobil ilovasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “2+6” dasturiga muvofiq yoshlarga har oy yakuni boʻyicha quyidagi miqdorda subsidiya ajratiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida — bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar)larda — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravarigacha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2025-2026-yillarda oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻrganadigan 20 ming nafargacha, 2031-yilga qadar har yili 20 ming nafargacha yoshlarga oʻqish xarajatlari uchun subsidiya ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tegishli yilda subsidiya ajratilgan yoshlar soni 20 ming nafardan oshgan taqdirda, oʻsha yil uchun subsidiya ajratish keyingi yilga qadar toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ariza beruvchiga quyidagi davlat ijtimoiy yordamlari doirasida muqaddam xorijiy tilni oʻrganish uchun mablagʻ ajratilgan boʻlsa, ushbu ariza beruvchiga “2+6” dasturi doirasida aynan shu xorijiy tilni oʻrganish xarajati uchun subsidiya ajratish rad etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan yoshlarga oʻqish va imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish tartibini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 13-apreldagi 209-son qaroriga muvofiq ariza beruvchiga ushbu xorijiy til boʻyicha imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-iyundagi 312-son qaroriga muvofiq ariza beruvchiga xorijiy tilni oʻqish xarajati uchun “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan subsidiya ajratilgan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu Nizomga muvofiq ariza beruvchilarga faqat bitta xorijiy tilni oʻqish xarajati uchun subsidiya ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Yoshlarning xorijiy tillarni oʻqish xarajati uchun subsidiya ajratiladigan oʻquv markazlari roʻyxatini shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ariza beruvchilarning xorijiy tilni oʻqish xarajati uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv markazlarining reytingini shakllantirish uchun belgilangan tartibda elektron platforma orqali roʻyxatdan oʻtgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchilarning oʻquv mashgʻulotlarida qatnashganini kunlik elektron nazorat qilish imkonini beruvchi elektron platformaga integratsiya qilingan oʻquv markazlariga “2+6” dasturi doirasida subsidiya ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ariza beruvchilarning xorijiy tilni oʻqish xarajati uchun subsidiya ajratiladigan oʻquv markazlari roʻyxati Yoshlar ishlari agentligi tomonidan shakllantiriladi va elektron platforma orqali eʼlon qilib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ushbu roʻyxatga kiritish uchun oʻquv markazlari elektron platforma orqali Yoshlar ishlari agentligiga quyidagi hujjatlarni yuboradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati boʻyicha litsenziya yoki xabarnoma qabul qilingani toʻgʻrisidagi tasdiqnoma (integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali);

xorijiy tilni oʻqitish uchun mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida faoliyat yuritishi (bino yoki xonaning kadastr raqami) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (pdf formatda);

oʻquv markazida xorijiy tilni oʻqitish faoliyatini amalga oshiruvchi kamida “B2” darajadagi yoki unga tenglashtirilgan darajadagi milliy yoxud xalqaro sertifikatga ega boʻlgan oʻqituvchilar, shuningdek, tahsil olayotgan oʻquvchilari haqidagi maʼlumotlar (pdf formatda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy tilni oʻqitish faoliyatini amalga oshirishda foydalaniladigan oʻquv xonalari, jihozlari va inventarlar (nomi va soni) toʻgʻrisida maʼlumot (pdf formatda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻquv markazi tomonidan yuborilgan hujjatlar va maʼlumotlar ushbu Nizomning 7 va 9-bandlariga muvofiq boʻlgan taqdirda, Yoshlar ishlari agentligi elektron platforma orqali oʻquv markaziga bu haqida xabarnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻquv markazining oʻquvchilar davomatini kunlik nazorat qilish tizimi elektron platforma bilan integratsiya qilinib, oʻquv markazi tomonidan ommaviy oferta shartlari qabul qilingandan soʻng ushbu oʻquv markazi ariza beruvchilarni xorijiy tilga oʻqitish xarajati uchun subsidiya ajratiladigan oʻquv markazlari roʻyxatiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yoshlarning xorijiy tillarni oʻqish xarajati uchun subsidiya ajratish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻquv markazlarida yoshlarning xorijiy tillarni oʻqish xarajati uchun subsidiya ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ariza beruvchi oʻz xohishiga koʻra yagona identifikatsiya tizimi (One ID) orqali elektron platformaga kirib, avtorizatsiyadan oʻtadi va sertifikatni yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu sertifikatni u berilgan sanadan boshlab bir kalendar yil ichida yuborish talab etiladi, ushbu muddat oʻtgandan soʻng yuborilganda “2+6” dasturi doirasida oʻqish xarajati uchun subsidiya ajratilishi rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Sertifikat ushbu Nizomga 1-ilovadagi roʻyxatga muvofiq boʻlganda, uning haqiqiyligi tasdiqlanganda va ushbu Nizomda belgilangan muddatda yuborilganda, ariza beruvchi xorijiy tilni oʻqitish faoliyatini amalga oshiruvchi oʻquv markazlaridan birini va unda faoliyat yurituvchi oʻqituvchini ixtiyoriy ravishda tanlaydi va oʻzi oʻrganishni istagan xorijiy tilning nomi, xorijiy tilni oʻrganish vaqti va umumiy muddatini belgilab, xorijiy tilni oʻqitish xizmatini koʻrsatish haqidagi shartnomani (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) bir tomonlama imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ariza beruvchining taklifi oʻquv markazi tomonidan maʼqullanganda, oʻquv markazi yetti kun ichida shartnomani imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ariza beruvchining xorijiy tilni oʻrganish uchun oʻquv mashgʻulotiga qatnashishi elektron platformada qayd etib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ariza beruvchi dastlabki ikki oy davomida xorijiy tilni oʻqish xarajatini oʻz hisobidan elektron platforma orqali oʻquv markazining tegishli bank hisobvaragʻiga toʻlaganda, uning keyingi olti oygacha boʻlgan oʻqish xarajati oʻquv markazi tomonidan elektron platforma orqali yuborilgan hisob-fakturaga asosan, ariza beruvchining davomatiga mutanosib ravishda Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida oʻquv markazining tegishli bank hisobvaragʻiga shartnomada belgilangan muddatlarda oʻtkazib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu toʻlovlarning amalga oshirilgani haqida ariza beruvchining elektron platformadagi shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ariza beruvchi ushbu Nizom talablari ijrosiga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlarning oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻqish xarajatlari bir qismi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Yoshlarning “2+6” dasturi doirasida oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻqish xarajatiga subsidiya ajratilishi uchun ushbu yoshlar tomonidan taqdim etiladigan sertifikatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

T/r

Sertifikatlar nomi

Muvofiqlik darajalari

Oʻqish xarajati qoplanishi uchun lozim boʻlgan ballning (darajaning) minimal koʻrsatkichi

Common European Framework of Reference (CEFR) shkalasi boʻyicha

A1

A2

B1

B2

C1

C2

I. Ingliz tili

1.

Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat

(Bilim va malakalarni baholash agentligi)

B1

B2

C1

B1

2.

International English Language Testing System — IELTS

2.0

3.0

4.0-5.0

5.5-6.5

7.0-8.0

8.5-9.0

4.0-5.0

3.

Cambridge Assessment English

(KET, PET, FCE, CAE, CPE)

KET

120 — 139

PET

140 — 159

FCE

160 — 179

CAE

180 — 199

CPE

200 — 220

PET

140 — 159

4.

Cambridge Assessment English Linguaskill

A1

A2

B1

B2

C1

B1

5.

International Test of English Proficiency iTEP Academic — Plus

A1

A2

B1

B2

C1

C2

B1

6.

“Ibrat farzandlari” loyihasining maxsus sertifikati

A1

A2

B1

B2

B2

II. Fransuz tili

7.

Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat

(Bilim va malakalarni baholash agentligi)

B1

B2

C1

B1

8.

Diplôme dʼEtudes en Langue Française (DELF)

B1

B2

B1

9.

Test de Connaissance du Français (TCF)

A1

A2

B1

B2

C1

C2

B1

10.

“Ibrat farzandlari” loyihasining maxsus sertifikati

A1

A2

B1

B2

B1

III. Nemis tili

11.

Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat

(Bilim va malakalarni baholash agentligi)

B1

B2

C1

B1

12.

Goethe-Zertifikat

A1

A2

B1

B2

C1

C2

B1

13.

Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF)

TDN 3 (B2.1),

TDN 4 (B2.2 — C1.1)

TDN 5

(C1.2)

TDN 3

14.

“Ibrat farzandlari” loyihasining maxsus sertifikati

A1

A2

B1

B2

B1

IV. Xitoy tili

15.

Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat

(Bilim va malakalarni baholash agentligi)

B1

B2

C1

B1

16.

Hanyu Shuiping Kaoshi (HSK)

HSK

3

HSK

4

HSK

5

HSK

6

HSK

3

17.

“Ibrat farzandlari” loyihasining maxsus sertifikati

A1

A2

B1

B2

B1

V. Yapon tili

18.

Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat

(Bilim va malakalarni baholash agentligi)

B1

B2

C1

B1

19.

Japanese-Language Proficiency Test (JLPT)

N5

N4

N3

N2

N1

N4

20.

“Ibrat farzandlari” loyihasining maxsus sertifikati

A1

A2

B1

B2

B1

VI. Koreys tili

21.

Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat

(Bilim va malakalarni baholash agentligi)

B1

B2

C1

B1

22.

Test of Proficiency in Korean (TOPIK II)

Level 3

120 — 149

Level 4

150 — 189

Level 5

190 — 229

Level 6

230 — 300

Level 3

120 — 149

23.

“Ibrat farzandlari” loyihasining maxsus sertifikati

A1

A2

B1

B2

B1

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlarning oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻqish xarajatlari bir qismi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlarning oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻqish xarajatlari bir qismi uchun subsidiya ajratish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Oʻquv markazi

Ariza beruvchilarning xorijiy tilni oʻqish xarajati uchun subsidiya ajratiladigan oʻquv markazlari roʻyxatiga kiritishni soʻrab elektron platforma orqali ariza yuboradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Yoshlar ishlari agentligi

Ariza qoldirgan oʻquv markazlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib, belgilangan talablarga muvofiq deb topilgan oʻquv markazlariga oʻquvchilarining oʻquv mashgʻulotlarida qatnashganini kunlik nazorat qilish imkonini beruvchi elektron tizimini Yoshlar ishlari agentligining elektron platformasiga integratsiya qilinganidan soʻng oʻqish xarajati uchun subsidiya ajratilishi haqida xabarnoma yuboradi.

10 kun ichida

3-bosqich

Yoshlar ishlari agentligi

Oʻquv markazi oʻquvchilarining oʻquv mashgʻulotlarida qatnashganini kunlik nazorat qilish imkonini beruvchi elektron tizimini belgilangan tartibda Yoshlar ishlari agentligining elektron platformasiga integratsiya qilib, ommaviy oferta shartlari maʼqullangandan soʻng ushbu oʻquv markazini ariza beruvchilarni xorijiy tilga oʻqitish xarajati uchun subsidiya ajratiladigan oʻquv markazlari roʻyxatiga kiritadi.

Doimiy

4-bosqich

Ariza beruvchi

Xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatni ilova qilgan holda oʻquv markazida xorijiy tilni oʻqish xarajatlari uchun subsidiya ajratishni soʻrab elektron platforma orqali ariza yuboradi.

Sertifikat berilgan sanadan boshlab bir yil mobaynida

5-bosqich

Yoshlar ishlari agentligi

Ariza beruvchi tomonidan yuborilgan sertifikatni verifikatsiyadan oʻtkazadi. Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlangandan soʻng ariza beruvchiga oʻquv markazi bilan ikki tomonlama shartnoma imzolash imkonini yaratib beradi.

7 ish kuni ichida

6-bosqich

Ariza beruvchi / oʻquv markazi

1. Ariza beruvchi elektron platforma orqali shartnoma shaklini (xorijiy til yoʻnalishi, oʻquv markazi, oʻqituvchi, dars kunlarini tanlash orqali) toʻldiradi va yagona identifikatsiya tizimi (One ID) orqali shartnomani bir tomonlama imzolab, oʻquv markaziga yuboradi.

1. Doimiy.

2. Oʻquv markazi ariza beruvchi tomonidan bir tomonlama imzolab yuborilgan shartnomani koʻrib chiqib, shartnomani imzolaydi yoki asoslantirilgan holda rad etadi.

2. 7 kun ichida.

7-bosqich

Ariza beruvchi

Oʻquv markazi bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq dastlabki ikki oylik oʻqish xarajatini oʻz hisobidan elektron platforma orqali oʻquv markaziga toʻlaydi.

Shartnomada belgilangan muddatda

8-bosqich

Yoshlar ishlari agentligi

Oʻz mablagʻlari hisobidan oʻquv markazida ikki oy davomida tahsil olgan ariza beruvchilarning uchinchi oydan boshlab toʻlovlarini oʻquv markazi tomonidan elektron platforma orqali yuborilgan hisob-fakturaga asosan ariza beruvchining davomatiga mutanosib ravishda Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oʻquv markazining tegishli bank hisobvaragʻiga shartnomada belgilangan muddatlarda oʻtkazib boradi.

Ushbu toʻlovlarning amalga oshirilganligi haqida ariza beruvchining elektron platformadagi shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboradi.

Shartnomada belgilangan muddatda

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv markazlari reytingini shakllantirish va reyting asosida oʻquv markazlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashgan nodavlat taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — oʻquv markazlari) reytingini shakllantirish, yuritish va ushbu reytingda yuqori oʻrinlarni egallagan oʻquv markazlarini ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2+6” dasturi — oʻqish xarajati qoplanishi uchun xorijiy tillarni bilish boʻyicha lozim boʻlgan ballning (darajaning) minimal koʻrsatkichli sertifikatiga ega boʻlgan yosh fuqaro oʻquv markazi tomonidan unga xorijiy tilni oʻqitish xizmatini koʻrsatgani uchun dastlabki ikki oy uchun oʻqish xarajatini oʻz hisobidan toʻlaganda, keyingi olti oygacha oʻqish xarajati uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Yoshlar ishlari agentligi)ning Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida subsidiya ajratilishini nazarda tutuvchi dastur;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barqarorlik reytingi — Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasi orqali aniqlanadigan oʻquv markazlarining barqarorlik reytingi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompensatsiya — Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 209-son qaroriga muvofiq Yoshlar ishlari agentligi tomonidan xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini qoplash uchun toʻlab beriladigan toʻlov;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olis va chekka hududlar — Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 426-son qarori bilan tasdiqlangan Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan biznes loyihalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi olis va chekka hududlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron platforma — ariza beruvchilarning oʻquv markazlarida xorijiy tilni oʻrganishi uchun oʻquv mashgʻulotida qatnashishini qayd etib boruvchi, ularning xorijiy tilni oʻrganish xarajati uchun subsidiya ajratiladigan oʻquv markazlari roʻyxati, shuningdek, ushbu oʻquv markazlari reytingi eʼlon qilib boriladigan elektron platforma va uning mobil ilovasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv markazi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan holda xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini amalga oshiruvchi nodavlat taʼlim tashkiloti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizomga muvofiq Yoshlar ishlari agentligi tomonidan elektron platforma orqali oʻquv markazlari reytingi (keyingi oʻrinlarda — reyting) yuritiladi va eʼlon qilib boriladi (maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasbiy, oliy, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim berish faoliyatini amalga oshiruvchi nodavlat taʼlim tashkilotlari bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu reyting respublika, hudud, tuman (shahar) hamda olis va chekka hududlardagi oʻquv markazlari kesimida shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Reytingni shakllantirish uchun oʻquv markazlarini elektron platforma orqali roʻyxatdan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻquv markazlarining reytingini shakllantirish uchun ularni roʻyxatdan oʻtkazishda barqarorlik reytingi shkalasi boʻyicha kamida “S” koʻrsatkichga ega boʻlishi talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv markazlari elektron platforma orqali roʻyxatdan oʻtkazish uchun Yoshlar ishlari agentligiga quyidagi hujjatlarni yuboradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati boʻyicha litsenziya yoki xabarnoma qabul qilingani toʻgʻrisidagi tasdiqnoma (integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy tilni oʻqitish uchun mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida faoliyat yuritishi (bino yoki xonaning kadastr raqami) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (pdf formatda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv markazida xorijiy tilni oʻqitish faoliyatini amalga oshiruvchi oʻqituvchilar haqidagi maʼlumotlar (pdf formatda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va maʼlumotlarni yuborgan oʻquv markazlari elektron platforma orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda ularning reytingi shakllantirib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Oʻquv markazlari reytingini shakllantirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻquv markazlari reytingi quyidagi koʻrsatkichlar asosida har oy yakuni boʻyicha ballarni jamlash orqali shakllantirib boriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “2+6” dasturi doirasida xorijiy tilni oʻqish xarajati uchun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan subsidiya ajratilgan har bir yosh fuqaro kompensatsiya olganda — 3 ball;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) “2+6” dasturi doirasida xorijiy tilni oʻqish xarajati uchun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan subsidiya ajratilgan har bir yosh fuqaro kamida “B2” darajadagi yoki unga tenglashtirilgan darajadagi milliy yoxud xalqaro sertifikat olganda — 3 ball;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oʻquv markazida oʻz hisobidan tahsil olgan har bir yosh fuqaro kompensatsiya olganda — 2 ball;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) oʻquv markazida faoliyat olib borayotgan har bir oʻqituvchi malaka toifasi hamda xorijiy tilni bilish boʻyicha kamida “B2” darajadagi yoki unga tenglashtirilgan darajadagi milliy yoxud xalqaro sertifikatga ega boʻlganda — 1 ball;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) barqarorlik reytingi boʻyicha — jami 100 ballgacha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu bandning “a”, “b”, “v” va “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan ballar doimiy ravishda oʻzaro qoʻshib boriladi, “d” kichik bandidagi har bir kalendar kunda shakllangan ballarning bir oy davomidagi oʻrtacha koʻrsatkichini “a”, “b”, “v” va “g” kichik bandlaridagi ballarga qoʻshish orqali reyting aniqlanadi hamda ushbu bir oylik reyting ballari oy yakuni boʻyicha elektron platforma orqali jamoatchilikka eʼlon qilib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandda nazarda tutilgan ball berish uchun asos boʻlgan holatlar yuzaga kelganda, tegishli axborot tizimlari bilan elektron platformaning integratsiyasi orqali oʻquv markazining ballari real vaqt rejimida avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻquv markazlarining bir yillik reytingi har yili 1-yanvar holatiga koʻra aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda oʻquv markazining yillik reytingi ushbu Nizomning 5-bandi “a”, “b”, “v” va “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan ballarning yil davomidagi oʻzaro yigʻindisiga “d” kichik bandidagi har oyda shakllanadigan ballarning oʻrtacha koʻrsatkichini qoʻshish orqali aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bir yillik reyting ballari elektron platforma orqali jamoatchilikka eʼlon qilinadi hamda har yili 1-yanvardan boshlab reyting ballari “0” balldan boshlab qayta shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Eʼtirozlarni koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Reyting ballarining shakllantirilishi boʻyicha oʻquv markazida eʼtirozlar mavjud boʻlganda, elektron platformadagi oʻz shaxsiy kabineti orqali Yoshlar ishlari agentligiga murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ushbu eʼtirozlar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan oʻn ish kuni davomida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va natijasi boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eʼtirozlar asosli deb topilganda, elektron platformadagi maʼlumotlarga tegishli tuzatishlar kiritilgan holda oʻquv markazining ballari qayta shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eʼtirozlar asossiz deb topilganda, reyting ballari oʻzgarishsiz qoldirilib, bu haqida oʻquv markazining shaxsiy kabinetiga tegishli tushuntirish yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Reytingda yuqori natijalarni qayd etgan oʻquv markazlarini ragʻbatlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Olis va chekka hududlardagi oʻquv markazlari kesimida shakllantiriladigan reytingning yillik natijalari boʻyicha eng yuqori ball olgan 100 tagacha oʻquv markazlariga kelasi olti oy davomida oʻz faoliyatini amalga oshirish maqsadida ijara shartnomasiga asosan har bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorda ijara toʻlovlari har oy yakuni bilan oʻquv markazi tomonidan taqdim etiladigan ijara toʻlovini tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiq Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida kompensatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu bandda nazarda tutilgan ijara shartnomasining haqiqiyligi tegishligicha Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining “Ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish” elektron tizimi maʼlumotlari asosida tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻquv markazlari ushbu Nizom talablari ijrosiga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan yoshlarga oʻqish va imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish tartibini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 13-apreldagi 209-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Nomidagi “oʻqish va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “oʻqish va” soʻzlari chiqarib tashlansin;

uchinchi xatboshidagi “Oʻqish va imtihon” soʻzlari “Imtihon” soʻzi bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “oʻqish va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nomi va 1-banddagi “oʻqish va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “oʻqish va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “oʻqish va” soʻzlari chiqarib tashlansin;

“v” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “oʻqish yoki” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 5-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻqish va imtihon” soʻzlari “Imtihon” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “va oʻqish uchun” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“v” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsning ota-onasi tomonidan berilsa — oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi maʼlumotlari va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) Yoshlar ishlari agentligi tomonidan integratsiyalashgan maʼlumotlar bazasi orqali tekshiriladi;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“g” kichik band chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “oʻqish va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“b” kichik bandi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 15-banddagi “oʻqish va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) 16-banddagi “15 kalendar kun” soʻzlari “12 ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) 17-bandning “b” kichik bandi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) 18-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda maxsus sertifikat haqiqiyligi masʼul vakolatli tashkilot tomonidan 30 kun muddat oʻtib tasdiqlanganda, ariza beruvchi mazkur Reglament talablariga muvofiq takroran murojaat qilgandan soʻng unga imtihon uchun kompensatsiya toʻlab beriladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomidagi “Oʻqish va imtihon” soʻzlari “Imtihon” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bosqichda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tadbirlar” ustunidagi “oʻqish va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bajarish muddati” ustunidagi “15 kunda” soʻzlari “12 ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bosqichning “Tadbirlar” ustunidagi “oʻqish va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“II. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs va uning qonuniy vakili haqidagi maʼlumotlar:” boʻlimi quyidagi mazmundagi 2.1.4-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

2.1.4. 16 yoshga toʻlmagan shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

-

;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV boʻlim chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 209-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Xalqaro imtihon tizimlarining nomi

Bilish darajasi aniqlanadigan xorijiy til

Umumiy imtihon balli (darajasi)

Imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinishi uchun toʻplanishi lozim boʻlgan yuqori ballning (darajaning) minimal koʻrsatkichi

Imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qiluvchi

2021-yil 1-maydan boshlab imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari

1.

International English Language Testing System (IELTS)

Ingliz tili

1 — 9

7

Yoshlar ishlari agentligi

2.

Test of English as a Foreign Language internet Based Test (TOEFL) iBT

Ingliz tili

0 — 120

94*

3.

Graduate Management Admission Test (GMAT)

-

Verbal/Quantative

(200 — 800)

Integrated reasoning

(1 — 8)

Analytical writing

(0,5 — 6)

Imtihon natijalari (Verbal/Quantative) boʻyicha nisbat koʻrsatkichi (percentile) 75 va undan yuqori boʻlganda

4.

Graduate Record Examinations (GRE)

-

Verbal

(0 — 170)

Quantative

(0 — 170)

Writing

(0,5 — 6)

Imtihon natijalarining har biri (Verbal, Quantative, Writing) boʻyicha nisbat koʻrsatkichi (percentile) 75 va undan yuqori boʻlganda

5.

Scholastic Assessment Test (SAT)**

-

400 — 1600

1200

2022-yil 1-yanvardan boshlab imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari

6.

Cambridge Assessment English (CAE, CPE, BEC)

Ingliz tili

A1-S1

C1 (CAE advanced, CPE proficiency, BEC higher)

Yoshlar ishlari agentligi

7.

Test DAF

Nemis tili

TDN 3 — 5

TDN 4

8.

Goethe-Zertifikat

Nemis tili

A1-S1

C1

9.

DELF/DALF

Fransuz tili

DELF A1-DALF C2

DALF C1

10.

Test de Connaissance du Français (TCF)

Fransuz tili

A1-S1

S1

11.

DELE/SIELE

Ispan tili

A1-S1

C1

12.

CELI/CILS/AIL

Italyan tili

-

CELI 4, CILS Tre, DALI C1

13.

Türkçe Yeterlik Sınavı (TYS)

Turk tili

A1-S1

C1 (71 — 88)

14.

Test of Proficiency in Korean (TOPIK I-II)

Koreys tili

Level 1 — 6

Level 5 (190 — 229)

15.

Japanese-Language Proficiency Test (JLPT)

Yapon tili

N5-N1

N2

16.

Chinese Proficiency Test (HSK)

Xitoy tili

HSK 1 — 6

HSK 5

17.

ALPT/APT/E-TOAFL/ACTFL

Arab tili

A1-S1

C1

18.

Test of Russian as a Foreign Language (TORFL/ TRKI)

Rus tili

A1-S1

TRKI III-IV (C1)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.

*Ushbu imtihon turi boʻyicha ariza beruvchi taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Remote, Home Edition va boshqa turlari) imtihon topshirganda nutq qobiliyati (speaking) boʻyicha imtihon natijasi 16 ball va undan yuqori boʻlganda kompensatsiya toʻlab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Ariza beruvchining ushbu sertifikat boʻyicha qoʻlga kiritilgan natijalarini verifikatsiya qilish uchun elektron platforma (www.collegeboard.org) orqali Yoshlar ishlari agentligiga yuborish bilan bogʻliq xarajatlari toʻlov kvitansiyasiga muvofiq Agentlik tomonidan ariza beruvchiga imtihon topshirish xarajatiga qoʻshib toʻlab beriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)