04.08.2025 yildagi PF-126-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 04.08.2025 yildagi PF-126-son
Date of entry into force
08.08.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bandlik sohasini takomillashtirish, bandlik organlarini ish beruvchilarning hamkoriga aylantirish, ish beruvchilarga toʻsiq boʻlayotgan javobgarlik choralarini bekor qilish, xalqaro standartlar asosida kadrlar tayyorlash, ularning malakasini mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Asosiy yoʻnalish va maqsadlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar mehnat munosabatlari va kasbga oʻqitish tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalish va maqsadlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi mehnatga oid munosabatlarning samarali, adolatli va oʻzaro manfaatli tizimini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) kasbga oʻqitish bilan bir qatorda malaka oshirish tizimini, shu jumladan, xususiy sektor ishtirokida joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) ish beruvchilarning ehtiyojiga muvofiq ularni malakali kadrlar bilan taʼminlash tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) inson resurslarini boshqarish va mehnat muhofazasi sohasini rivojlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Bandlik organlari va ish beruvchilar oʻrtasida hamkorlikni mustahkamlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab ish beruvchilar uchun belgilangan quyidagi talablar bekor qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) boʻsh ish oʻrinlariga bandlik organlari tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi hisobotlarni majburiy taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 2025-yil 1-noyabrdan boshlab belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) xoʻjalik yurituvchi subyektlar faqat nogironligi boʻlgan shaxslar, oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar, Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning aʼzolari, muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim shaxslar, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining majburiy zaxiralarini shakllantiradi. Bunda majburiy zaxiralash:
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) xodimlar umumiy sonining uch foizidan oshmasligi zarur;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) xodimlari soni 100 nafardan ortiq boʻlgan tashkilotlarga nisbatan qoʻllanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) budjet tashkilotlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar faqat nogironligi boʻlgan shaxslar, oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar, Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning aʼzolari, muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim shaxslar, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan hamda odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun ish oʻrinlarining majburiy zaxiralarini shakllantiradi. Bunda majburiy zaxiralash:
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) xodimlar umumiy sonining yetti foizidan oshmasligi zarur;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) xodimlari soni 20 nafardan ortiq boʻlgan tashkilotlarga nisbatan tatbiq etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) bandlik organlari zaxiradagi ish oʻrinlariga yoʻllanmalarni tashkilotlarning roʻyxatdagi navbati boʻyicha beradi. Yoʻllanmalarni berishda nogironligi boʻlgan shaxslarning yashash manziliga yaqinligi va tashkilotlarda faoliyat koʻrsatayotgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan boʻlgan xodimlarning amaldagi soni inobatga olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) xodimlari soni 50 kishigacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ham mikrofirmalar toifasiga kiritilgan ish beruvchilar uchun Mehnat kodeksining 29-bobida belgilangan xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari tatbiq etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga toʻlanadi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) ishsizlik nafaqasi soʻnggi besh yilda kamida 18 oy ishlagan shaxslarga mehnat shartnomasi bekor qilingandan soʻng ular olti oy ichida murojaat qilganda, ularning oxirgi 18 oylik oʻrtacha ish haqi hisobidan 3 oy davomida toʻlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) birinchi oyda oʻrtacha oylik ish haqining 75 foizi, lekin mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda, ikkinchi va uchinchi oylarda esa oʻrtacha oylik ish haqining 50 foizi, lekin mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda toʻlovlar amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) ishsizlik nafaqasini takroran belgilashda dastlabki tayinlangan nafaqani olish muddati tugagandan soʻng qoʻshimcha ravishda kamida 12 oylik ish staji talab etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) ishsizlik nafaqasini oluvchi shaxs bandlik organlari tomonidan yuborilgan yoki eʼlon qilingan boʻsh ish oʻrinlariga suhbatga bormagan yoki taklif etilgan maqbul ishdan bosh tortgan taqdirda, nafaqa toʻlovi keyingi oyning birinchi sanasidan toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mehnat munosabatlarini “bandlik organlari — ish beruvchilarning hamkori” tamoyili asosida tashkil etish maqsadida belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 2026-yil 1-yanvarga qadar dastlab Toshkent shahrida hamda kelgusida respublikaning barcha hududlarida ish beruvchilarga amaliy bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassislarni topib berishda bandlik organlari tomonidan koʻmaklashish tizimi joriy etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida (keyingi oʻrinlarda — YAMMT):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) 2025-yil 1-sentabrdan boshlab xodimlari soni 50 nafargacha boʻlgan xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi va qurilish sohasida faoliyat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga YAMMTda biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali elektron mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishni rasmiylashtirishga ruxsat beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) tashkilot tugatilganligi yoki faoliyat yuritmayotganligi sababli ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish imkoni boʻlmaganda, “Yagona milliy mehnat tizimi” direksiyasiga fuqaroning murojaatiga asosan mehnat munosabatlari haqiqatda tugaganligi toʻgʻrisidagi qaydlarni YAMMTga kiritish vakolati beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Mehnat huquqlarini himoya qilish samaradorligini oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 2025-yil 1-sentabrdan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) davlat mehnat inspektorlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar haqida vakolatli organni oldindan xabardor qilish tartibi bekor qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) “Xavfni tahlil etish” tizimining tahlil natijalariga asosan oʻtkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik subyektini xabardor qilish tartibi davlat mehnat inspektorlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlarga tatbiq etilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 2026-yil 1-yanvardan boshlab YAMMT orqali qayd etilgan mehnat qonunchiligi buzilishini ish beruvchi ishtirokisiz koʻrib chiqish va qonunbuzilishi holatlari boʻyicha elektron maʼmuriy qaror qabul qilish tizimi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Kasbga oʻqitish va malaka oshirish tizimini takomillashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, 2026-yil 1-martga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tashkil etiladigan kasb-hunarga oʻqitish bosqichma-bosqich uch bosqichli (videodarsliklar, kasbga oʻqitish va malaka oshirish) tizimga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) kasb-hunarga oʻqitish nazariy va amaliy tarzda amalga oshiriladi. Bunda nazariy bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilar (test imtihonlari yakunlari bilan) amaliy oʻquv bosqichiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 2026-yil 1-fevralga qadar oʻquv dasturlarining nazariy qismi asosida videodarsliklar tayyorlanishi va bepul foydalanish uchun internet tarmogʻiga joylashtirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) oʻquv va imtihon jarayonini nazorat qilish tizimini va ish beruvchilarga tinglovchilarning imtihondan oʻtish jarayonini onlayn kuzatish imkoniyatini yaratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) videodarsliklar, qisqa metrajli videoroliklar yaratish hamda oʻquv va imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib borish tizimini joriy etishda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlaridan foydalansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 2025-yil 1-noyabrdan boshlab malakasini oshirish va kasbga qayta tayyorlanish istagidagi shaxslarga qoʻshimcha taʼlim olish uchun “kasb vaucheri” berish tartibi joriy etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) “kasb vaucheri” ssuda sifatida beriladi. Shaxs oʻqishni tugatib sertifikat olgach, ishga joylashganidan soʻng olingan ssudani ikki yil davomida Jamgʻarmaga (nogironligi boʻlgan shaxslar va Ijtimoiy reyestrdagi oilalar aʼzolari bundan mustasno) qaytaradi;
(8-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) nogironligi boʻlgan shaxslarga, shuningdek, muddati uch oydan ortiq davom etadigan kurslarda taʼlim olayotgan Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning aʼzolariga va yashash manzilidan boshqa hududga qatnab taʼlim olayotgan shaxslarga kasb-hunar kurslarida taʼlim olish davrida Jamgʻarma hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravari miqdorida stipendiya toʻlanadi. Bunda ishsizlik nafaqasi toʻlanishi davrida oʻquvchilarga stipendiya tayinlanmaydi.
(8-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) ikki oy muddatda har bir hududning ixtisoslashuvi va imkoniyatlaridan kelib chiqib, kamida bittadan kasbiy koʻnikmalar markazini muayyan kasbni oʻrgatishga ixtisoslashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini aniq muddatlar va amalga oshirish mexanizmlarini nazarda tutgan holda tasdiqlasin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) ixtisoslashgan kasbiy koʻnikmalar markazlari (keyingi oʻrinlarda — markazlar) tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda va yirik ish beruvchilarni kadrlar tayyorlash jarayoniga jalb qilgan holda tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) markazlarda mutaxassislar chuqurlashtirilgan holda tayyorlanadi, mahorat darslari oʻtkaziladi, kasblar boʻyicha malaka oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) markazlarni tashkil etish va moliyalashtirish xususiy sektor, Jamgʻarma, xalqaro tashkilotlarning grant va qarz mablagʻlari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 2026-yil 1-iyulga qadar xususiy sektor bilan birgalikda xalqaro miqyosda tan olingan malakani baholash markazlarini tashkil etsin. Bunda dastlabki bosqichda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish hamda mehnatni muhofaza qilish yoʻnalishlarida kasbiy standartlar va malakani baholash vositalarini ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) Olmazor tumani kasbiy koʻnikmalar markazi binosining bir qismida Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻyicha mutaxassislar tayyorlash markazini tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻyicha mutaxassislar tayyorlash markazida tegishli mutaxassislik boʻyicha oʻrta muddatli oʻquv kurslarini yoʻlga qoʻysin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur Farmon ijrosini taʼminlash uchun masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 4-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-126-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni ragʻbatlantirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHORA-TADBIRLAR
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalash-tirish manbasi

Masʼul ijrochilar

I. Mehnat munosabatlarini takomillashtirish

1.

Ish beruvchilarga amaliy bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassislarni topib berishda mehnat organlari tomonidan koʻmaklashish tizimini joriy etish

1. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida rekruting tashkilotini yoki rekruterlarni yollash orqali malakali mutaxassislardan iborat loyiha guruhini tashkil etish.

2025-yil avgust

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. Loyiha guruhi:

Toshkent shahridagi ish beruvchilarning talabini aniqlash orqali boʻsh (vakant) ish oʻrinlari bazasini shakllantirib, maxsus platformaga joylashtiradi;

maxsus platforma faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritadi;

talabgorlardan ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maxsus platforma orqali oladi;

ish qidiruvchilar orasidan amaliy bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassislarni tanlab oladi;

ish beruvchilarga malakasi toʻgʻri keladigan mutaxassislarning rezyumelarini yuboradi;

talabgorlar bilan suhbat oʻtkazib, ish beruvchilarga maqbul keladigan mutaxassislarni tanlab olishda koʻmaklashadi;

ish beruvchining talabidan kelib chiqib, vazirlikka kasbga oʻqitish yoʻnalishlari boʻyicha taklif kiritadi.

Doimiy

3. Loyihani respublikaning boshqa hududlarida joriy etish.

2026-yildan boshlab

2.

Ish oʻrinlarini zaxiralash tizimini takomillashtirish

1. Ish oʻrinlarini zaxiralash tizimini xodimlar soni 100 nafardan ortiq boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlariga tatbiq etish (davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar bundan mustasno).

Bunda majburiy zaxiralanadigan ish oʻrinlari soni umumiy xodimlar sonining uch foizidan oshmasligi zarur.

2026-yildan boshlab

Mablagʻ talab etilmaydi

Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari, tuman (shahar) hokimliklari

2. Budjet tashkilotlari hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar uchun zaxiralashning amaldagi tizimini saqlab qolgan holda zaxiralanadigan ish oʻrinlarini nogironligi boʻlgan shaxslar, oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar, Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning aʼzolari, muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar va odam savdosidan jabrlangan shaxslargagina tatbiq etish.

Bunda xodimlar soni 20 nafardan ortiq boʻlganda tashkilotlarda majburiy zaxiralanadigan ish oʻrinlari soni umumiy xodimlar sonining yetti foizidan oshmasligi zarur.

3. Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari zaxira ish oʻrni yaratadigan ish beruvchilar roʻyxatini shakllantirib, tuman (shahar) hokimliklariga taqdim etish.

Har yili 1-oktabrga qadar

4. Xalq deputatlari mahalliy kengashlari qarori bilan ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash.

Har yili 1-noyabrga qadar

5. Tashkilotlar tomonidan ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish.

2026-yildan boshlab

3.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatini isloh qilish hamda ish beruvchilarning faoliyatini rivojlantirish

1. Mehnat bozorini prognozlash, mavjud maʼlumotlarni tahlil qilishni yoʻlga qoʻyish, bandlik va kasbiy taʼlimni rivojlantirishda yoʻnalishlarni belgilash uchun “katta toʻrtlik” (Deloitte, PwC, EY, KPMG) tashkilotlaridan birini shartnoma asosida jalb etish.

2026-yil yakuniga qadar

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatini isloh qilish hamda ish beruvchilarning faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish uchun xalqaro va milliy ekspertlarni (kompaniyalarni) toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida jalb qilish hamda ular tomonidan amalga oshiriladigan xizmatlarni muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJda loyiha guruhini tashkil etish.

Loyiha guruhi xalqaro va milliy ekspertlarning (kompaniyalarning):

faoliyatini va uni bajarish muddatlarini, resurslarini qamrab olgan ish reja asosida muvofiqlashtirish ishlarini tashkil etadi;

faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan inson resurslari, asbob-uskunalar va materiallarni taqsimlaydi;

doimiy ravishda kuzatadi, grafikdan ogʻishlarni aniqlaydi va zarur boʻlganda tuzatishlar kiritadi;

barcha amalga oshirayotgan ishlarining natijalari va yuzaga keladigan muammolar haqida vazirlikka muntazam ravishda hisobot berib boradi.

2025 — 2027-yillarda

II. Kasbga oʻqitish va malaka oshirish tizimini takomillashtirish

4.

Kasb-hunarga oʻqitishni bosqichma-bosqich uch bosqichli (videodarsliklar, kasbga oʻqitish hamda malaka oshirish) tizimga oʻtkazish

1. “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ tarkibida videodarsliklar va oʻqitishning nazariy qismini tashkil etish boʻyicha loyiha guruhi tuziladi hamda unga quyidagi vazifalar yuklanadi:

2025-yil avgust

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

bepul videodarsliklar, qisqa metrajli videoroliklar yaratish va kasb-hunarga oʻqitishning nazariy qismini yaratish rejasini vazirlik bilan birgalikda ishlab chiqish va tasdiqlash;

videodarsliklar va kasb-hunarga oʻqitishning nazariy qismini yaratish jarayoniga shartnoma asosida xususiy sektorni jalb etish;

videodarsliklarni ommalashtirish va keng targʻib qilish maqsadida xalq orasida mashhur, oʻz sohasining yetuk mutaxassislarini shartnomaviy asosda jalb etish;

videodarsliklar va kasb-hunarga oʻqitishning nazariy qismini tasvirga olish uchun maxsus studiya tashkil etish va zarur uskunalarni xarid qilish.

2025-yil avgust

2. Oʻquv dasturlarini yoʻnalishlar boʻyicha bosqichma-bosqich nazariy va amaliy qismlariga ajratish va zarur hollarda ekspertlarni jalb qilish.

2025 — 2027-yillarda

3. Xususiy sektor vakillari bilan hamkorlikda kasbiy koʻnikmalar markazlarida zamonaviy nazorat tizimi (proktoring)ni joriy qilish orqali nazariy bosqichning imtihon jarayonini tashkil etish.

2026-yil fevral

4. Nazariy bosqichni muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan ishsiz va ish qidirayotgan tinglovchilar uchun vaucher olish va oʻquv muassasasini mustaqil tanlash imkoniyatini yaratish.

2026-yil fevral

5. Stipendiya tayinlash, oʻquv va imtihon jarayonini nazorat qilish boʻyicha dasturiy taʼminotlarni takomillashtirish.

2025-yil yakuniga qadar

6. Kasb-hunarga oʻqitishga jalb etishni kengaytirish maqsadida yirik ish beruvchilar va assotsiatsiyalar bilan hamkorlikda professional taʼlimning afzalliklari haqida videoroliklar ishlab chiqish.

2025 — 2027-yillarda

7. Kasb-hunarga tegishli, shu jumladan, stipendiya tayinlash va toʻlash, imtihon oʻtkazishni kuzatish imkoniyatini beruvchi dasturiy taʼminotni yaratish, ishga tushirish va saqlash yuzasidan YAMMT direksiyasi bilan shartnoma tuzish.

2025-yil yakuniga qadar

8. Kasb-hunarni uch bosqichli oʻqitish tizimiga (videodarsliklar, kasbga oʻqitish hamda malakani oshirish) oʻtkazish bilan bogʻliq vazifalarni, shu jumladan, tizimni targʻibot qilish, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, jamoatchilik fikrini oʻrganishni vazirlik va “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan amalga oshirish.

2025-yildan boshlab har yili

5.

“Kasb vaucheri” asosida oʻqitish toʻlovlarini ssuda shakliga oʻtkazish

1. “Kasb vaucheri” asosida oʻqitish uchun foizsiz ssuda ajratilayotganligi va uning afzalliklarini ommaviy axborot vositalari orqali targʻib qilish. Bunda nogironligi boʻlgan shaxslar va kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning aʼzolariga “Kasb vaucheri” toʻlovlarining qaytarilmaslik shartida amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratish.

2025-yil oktabr

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. Talabgorlar “Kasb vaucheri”ni olganda ssudani qaytarish yoki ishga joylashgandan soʻng, uning bank kartasidan mablagʻlarni 24 oy davomida avtomatik ravishda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga oʻtkazilishi yuzasidan roziligini taqdim etuvchi hujjatni rasmiylashtirish.

2025-yil noyabr

3. Taʼlim muassasalari “kasb vaucheri” tizimi orqali fuqarolarni oʻqitishlari uchun vazirlikning elektron reyestri roʻyxatidan oʻtishlarini talab etish. Bunda oʻquv jarayonini CRM tizimi orqali hamda oʻquvchilarning monitoringi (davomati)ni FACE-ID tizimi orqali amalga oshirish.

4. “Kasb vaucheri”ni hisobga olish va mablagʻlarni qaytarish tartibi boʻyicha dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2025-yil yakuniga qadar

5. YAMMT direksiyasi bilan “kasb vaucheri”ni joriy etish va hisobini yuritish boʻyicha dasturiy taʼminotni yaratish, ishga tushirish va saqlash yuzasidan shartnoma tuzish.

2025-yil avgust

6.

Kasb va xorijiy tillarga oʻqitishda vaucher tizimini toʻliq joriy etish

1. Vaucher tizimini Toshkent shahri va Samarqand viloyati tajribasidan kelib chiqib, respublika miqyosida keng joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilish.

2025-yil sentabr

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. Kasbiy koʻnikmalar markazlarida vaucher tizimini joriy etishni Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirish.

3. Vaucher tizimi asosida oʻqitishga oʻtgan kasbiy koʻnikmalar markazlarini saqlash xarajatlarini qoplash imkoni boʻlmaganda, ularni moliyalashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Bunda kasbiy koʻnikmalar mintaqaviy markazlarining ham vaucher tizimida ishtirok etish huquqi boʻlib, amaldagi moliyalashtirish mexanizmi saqlab qolinadi.

2025-yil noyabr

4. YAMMT direksiyasi bilan vaucher tizimini respublika miqyosida toʻliq joriy etish va hisobini yuritish boʻyicha dasturiy taʼminotni takomillashtirish va saqlash yuzasidan shartnoma tuzish.

2025-yil avgust

7.

Stipendiya toʻlovlarini takomillashtirish

1. Muddati uch oydan ortiq davom etadigan kasb-hunar kurslarida taʼlim olayotgan nogironligi boʻlgan shaxslar, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning aʼzolari, shuningdek, boshqa hududdan qatnab taʼlim oladigan shaxslarga stipendiya toʻlash. Bunda boshqa hududdan qatnab taʼlim oladigan shaxslar deganda quyidagilar nazarda tutiladi:

taʼlim olayotgan hududga boshqa maʼmuriy hududdan qatnaydigan shaxslar;

taʼlim olayotgan hududda yotoqxona yoki boshqa turar joylarda yashab, kurslarda tahsil oladigan shaxslar.

Farmon qabul qilingan kundan

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. Jamgʻarma hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravari miqdorida stipendiya toʻlash. Bunda ishsizlik nafaqasi oluvchi oʻquvchilarga stipendiya tayinlanmaydi va ishsizlik nafaqasi toʻlanishi toʻxtatilmaydi.

3. Farmon eʼlon qilingunga qadar tayinlangan stipendiyalarni muddati tugagunga qadar toʻlash.

8.

Kasbiy koʻnikmalar markazini muayyan kasbga ixtisoslashtirish

1. Hududlar ixtisoslashuvi va imkoniyatlarining tahlili asosida kamida bittadan kasbiy koʻnikmalar markazini muayyan kasbga ixtisoslashtirish chora-tadbirlarini tasdiqlash.

Uch oy muddatda

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, xalqaro tashkilotlarning grant va qarz mablagʻlari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. Vazirlik xususiy sektor bilan hamkorlikda hamda yirik ish beruvchilarni kadrlar tayyorlash jarayoniga jalb qilgan holda ixtisoslashuvni tashkil qilish.

2025 — 2027-yillarda

3. Vazirlik kasbiy koʻnikmalar markazlarida mutaxassislarni chuqurlashtirilgan holda tayyorlash, mahorat darslari oʻtkazish, kasblar boʻyicha malaka oshirishni hamda ushbu kasblar boʻyicha xususiy sektor bilan hamkorlikda malakani baholash markazlarini tashkil etish.

9.

Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻyicha xalqaro va milliy sertifikatlash tizimini tashkil etish

1. Olmazor tumani Kasbiy koʻnikmalar markazi binosida Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻyicha mutaxassislar tayyorlash markazini tashkil etish.

2026-yil avgust

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar, tijorat banklari va davlat korxonalari

2. Xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb etgan holda inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish (CIPDning rasmiy vakili sifatida PwC bilan) hamda mehnatni muhofaza qilish yoʻnalishlarida kasbiy standartlar va malakani baholash dasturlarini ishlab chiqish.

2026-yil fevral

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

3. Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish yuzasidan kasbiy standartlar, oʻqitish dasturlari va sertifikatlash tizimini joriy etish boʻyicha PwC bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish.

2025-yil sentabr

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

4. Mehnatni muhofaza qilish yoʻnalishlarida kasbiy standartlar va malakani baholash dasturlarini ishlab chiqish jarayonida eng maqbul taklifni tanlab olish asosida kompaniyalarni (mustaqil ekspertlar) jalb etish yoki ushbu standartlar va dasturlarni ishlab chiqishga xususiy sektorni bevosita jalb qilish.

2025-2026-yillarda

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari

5. Xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlash tizimi boʻyicha oʻqitishni PwC bilan birgalikda tashkil qilish.

2025-yil oktabr

Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari

Bunda vazirlik tomonidan kamida 200 nafar CIPD sertifikatini olishi talab etiladigan mutaxassislar boʻyicha vazirlik va idoralar, tijorat banklari va davlat korxonalari taqsimotini tasdiqlash.

Vazirlik va idoralar, tijorat banklari va davlat korxonalarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish tuzilma rahbarlarini reja boʻyicha oʻqitishni taʼminlash.

2025-2026-yillarda

6. Xususiy sektordan hamkor tanlash orqali inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻyicha malakani baholash markazini tashkil etish.

2025-2026-yillarda

-

7. Olmazor tumani Kasbiy koʻnikmalar markazi binosini Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining ishsizlik boʻyicha nafaqalar, ishsizlarga kompensatsiyalar, stipendiyalar, moddiy yordam va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun rejalashtirilgan mablagʻlari hisobidan jamgʻarmaning yillik rejasiga oʻzgartirishlar kiritgan holda rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.

2026-yil may oyiga qadar

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

10.

Kasbiy koʻnikmalar markazlari ishini tashkil etish, muvofiqlashtirish va oʻquv-metodik taʼminlash markazini tashkil qilish

Kasbiy koʻnikmalar markazlaridagi marketolog shtatlarini maqbullashtirgan holda Respublika kasbiy koʻnikmalar markazidagi 10 ta shtatdan iborat boshqarmaning shtatlari sonini 5 taga oshirib qayta tashkil etish.

Bunda Respublika kasbiy koʻnikmalar markazi rahbari hamda kasbiy koʻnikmalar markazlarini muvofiqlashtirayotgan boshqarma (15 shtat):

barcha kasbiy koʻnikmalar markazlari va oʻquv dasturlarini muvofiqlashtiradi;

kasb-hunarga oʻqitishni uch bosqichli tizimga oʻtish grafigi boʻyicha vazifalarning bajarilishi monitoringini yuritadi;

ayrim kasbiy koʻnikmalar markazlarining ixtisoslashuviga koʻmaklashadi;

vaucher bilan bogʻliq mablagʻlar hisobidan saqlanmaydi va ularning mehnatiga haq toʻlashda vazirlik xodimlariga qoʻllaniladigan koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyenti tatbiq etiladi hamda faoliyati bilan bogʻliq xizmat safarlariga mablagʻlar ajratiladi.

2025-yil oktabr

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

III. Mehnat huquqlarini himoya qilish choralari samaradorligini oshirish

11.

Mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishni soddalashtirish

Mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishni soddalashtirish maqsadida Mehnat kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish:

a) yozma shaklda rasmiylashtiriladigan hujjatlar elektron raqamli imzo yoki biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) tizimi orqali tasdiqlanganda, qogʻoz shaklidagi hujjatga qoʻlda shaxsan qoʻyilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga ega ekanligini belgilash;

b) ishga qabul qilish va doimiy boshqa ishga oʻtkazishni faqat mehnat shartnomasini tuzish yoki oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish yoʻli bilan rasmiylashtirish, bunda buyruq bilan rasmiylashtirish tartibini bekor qilish;

v) mikrofirmalar jumlasiga kiritilgan ish beruvchilarda xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlarini xodimlar soni 50 nafargacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qoʻllash;

g) elektron shakldagi mehnat daftarchasi shakllantirilgan xodimlarga nisbatan qogʻoz shakldagi mehnat daftarchasini yuritishni bekor qilish;

d) mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin boʻlgan mehnat majburiyatlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishlari roʻyxatini barcha toifadagi tashkilotlar uchun mehnat shartnomasida ham belgilashga ruxsat berish;

j) Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran, bir oydan kechiktirmay ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilishi talabini bekor qilish.

2025-yil avgust

-

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Adliya vazirligi

12.

Ish beruvchilar bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish

1. Mehnat munosabatlarini “bandlik organlari — ish beruvchilarning hamkori” tamoyili asosida tashkil etish maqsadida qonunchilikka quyidagilarni bekor qilishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish:

boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi;

boʻsh ish oʻrinlariga mehnat organlari tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilmaganlik uchun javobgarlik chorasini bekor qilish.

2025-yil avgust

-

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Adliya vazirligi

2. Budjet va budjetdan mablagʻ oluvchi tashkilotlarning oʻz dasturlarini integratsiya qilish orqali boʻsh ish oʻrinlari mavjudligini aniqlash imkoniyatini yaratish.

2025-yil oktabr

-

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

13.

Norasmiy bandlikni qisqartirish hisobiga xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish

Qurilish sohasida norasmiy bandlik boʻyicha qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻygan ish beruvchilarning “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi reyting ballarini pasaytirish tizimini joriy etish.

2026-yildan boshlab

-

Qurilish

va uy-joy kommunal

xoʻjaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

14.

Mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish uchun javobgarlikka tortish tizimini soddalashtirish

Mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan qonun buzilishlarining aniq roʻyxatini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil dekabr

-

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Adliya vazirligi,

Biznes-ombudsman

15.

Maʼmuriy huquqbuzarliklarni soddalashtirilgan tartibda koʻrib chiqish tizimini yaratish

1. YAMMT orqali qayd etilgan mehnat qonunchiligi buzilishini ish beruvchi ishtirokisiz koʻrib chiqish hamda qonun buzilishi holatlari boʻyicha elektron maʼmuriy qaror qabul qilish tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

2025-yil oktabr

-

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Adliya vazirligi

2. Elektron shaklda qoʻllanilgan maʼmuriy qarorlar hamda mehnat inspektorlari tomonidan yuboriladigan boshqa barcha hujjatlarni YAMMT orqali ish beruvchining shaxsiy kabinetiga yuborish va xabarlarni qabul qilish imkoniyatini yaratish.

2025-yil oktabr

-

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

3. Istisno tariqasida, 2026-yil 1-yanvargacha “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish toʻgʻrisidagi qaydlarni 15 kungacha maʼmuriy jazo qoʻllamagan holda qabul qilish tizimini joriy etish.

-

-

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

16.

Davlat mehnat inspektorlari tomonidan tekshiruvlar oʻtkazish tartibini qonunchilikda belgilash

Davlat mehnat inspektorlari tomonidan tekshiruvlar oʻtkazish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda:

tadbirkorlik subyekti nomi aniq boʻlmagan holatlarda tekshiruv tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqda huquqbuzarlik sodir etilgan obyektni (manzilni) koʻrsatgan holda tekshiruv oʻtkazish;

davlat mehnat inspektorlarining qonun buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisidagi yozma koʻrsatmalarini belgilangan muddatlarda bajarmagan ish beruvchilarda tekshiruv oʻtkazish;

ish beruvchini tekshiruv tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan uning YAMMTdagi shaxsiy kabineti orqali xabardor qilish;

tekshiruv davomida faoliyati legallashtirilgan ishchilarga ish haqi hisoblanmasligi qayta tekshiruv oʻtkazishga asos boʻlishini nazarda tutish.

2025-yil dekabr

-

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Adliya vazirligi

17.

Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish

Quyidagilar boʻyicha belgilangan tartibda taklif kiritish:

tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlaridagi davlat mehnat inspektorlarining shtat birliklarini hududiy boshqarmaning Davlat mehnat inspeksiyasi shtat birligiga oʻtkazish;

Davlat mehnat inspeksiyasida mazkur shtat birliklari doirasida qishloq xoʻjaligi boʻyicha davlat mehnat inspektorlari lavozimini joriy etish.

2025-yil avgust

-

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

18.

Norasmiy bandlikka yoʻl qoʻygan ish beruvchilarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish

Norasmiy bandlikka yoʻl qoʻygan ish beruvchilarga nisbatan birinchi marta bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari, takroran sodir etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida maʼmuriy javobgarlik choralarini joriy etish yuzasidan qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil avgust

-

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Adliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

19.

Qisqarayotgan ish oʻrinlarini raqamli monitoring qilish va bandlikni taʼminlash

1. Bandlik organlari tomonidan ish beruvchilarning tugatilishi toʻgʻrisidagi xabarni olgan kundan boshlab ish oʻrinlari qisqarayotgan fuqarolarga ish taklif qilish amaliyotini joriy etish.

2026-yil yanvar

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. YAMMT direksiyasi bilan dasturiy taʼminotni yaratish, amaliyotga joriy etish va texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha shartnoma tuzish.

20.

Xalqaro konvensiyalar ijrosi boʻyicha maʼlumot berish tizimini takomillashtirish

Xalqaro Mehnat Tashkilotining konvensiyalari ijrosi yuzasidan hisobotlarni tizimli va muvofiqlashtirilgan tarzda tayyorlash, shuningdek, mazkur hisobotlarni Xalqaro Mehnat Tashkilotining tegishli Qoʻmitalariga oʻz vaqtida taqdim etib borish maqsadida Respublika idoralararo ishchi guruhini tashkil etish.

Ishchi guruhning masʼul idorasi sifatida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligini belgilash.

2026-yil yanvar

-

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

IV. Vazirlik faoliyatini takomillashtirish va raqamlashtirish

21.

Kambagʻallik va mehnat bozori tadqiqotlari institutini yangi bosqichga olib chiqish

1. Kambagʻallik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti faoliyatini takomillashtirish maqsadida mustaqil tashkilotni yollash hamda institut nizomini qayta ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil oktabr

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. Institut rahbar va xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlarini Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlari uchun belgilangan shartlarga tenglashtirish va Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan saqlanishini davom ettirish boʻyicha taklif kiritish.

-

22.

Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida yangi loyihani amalga oshirish

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish, tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari xodimlarining ish samaradorligini oshirish, vaucherlar asosida moliyalashtirish tizimini malaka oshirishga tatbiq etish, oʻzini oʻzi band qilganlarning xodimdan ish beruvchiga aylanishiga koʻmaklashishga qaratilgan loyiha konsepsiyasini ishlab chiqib, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga kiritish.

2025-yil sentabr

-

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan ushbu loyiha konsepsiyasida koʻrsatilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida Jahon banki bilan muzokaralar oʻtkazish.

Muzokaralar natijasiga koʻra

-

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

23.

Ish beruvchilar va yollanma ishchilar oʻrtasidagi jarayonni raqamlashtirish

1. “Mening ishim” platformasini ishga tushirish va platforma orqali:

yollanma ishchilarning taklifiga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda jismoniy shaxslar tomonidan ularni ishga yollash imkoniyatini yaratish;

yollanma ishchilarning kasb va malaka sertifikatlari, ularning ish tajribasi hamda malakasini tasdiqlovchi hujjatlarini koʻrish imkoniyatini yaratish;

ish beruvchi va yollanma ishchilar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish mexanizmini joriy etish.

2026-yil iyun

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Markaziy bank,

Soliq qoʻmitasi

2. “Mening ishim” platformasini yaratish, ishga tushirish va saqlash yuzasidan YAMMT direksiyasi bilan shartnoma tuzish.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

24.

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini takomillashtirish

1. Ish beruvchilarga chet ellik fuqarolar uchun mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani olishni davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan birgalikda YAMMT kompleksidan ish beruvchining shaxsiy kabineti orqali murojaat qilish imkoniyatini yaratish.

Bunda ish beruvchining shaxsiy kabinetida quyidagi amallarni bajarishga ruxsat beriladi:

a) chet ellik fuqarolar bilan mehnat munosabatlarini tuzishdan avval elektron mehnat shartnoma loyihasini shakllantirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani olish boʻyicha ariza berish;

b) mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma muddatini uzaytirish boʻyicha elektron shaklda ariza berish. Bunda ariza yuborilgandan soʻng ish beruvchiga chet ellik fuqaro bilan mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish imkoniyati nazarda tutiladi.

2. YAMMT kompleksi orqali yuborilgan murojaatlarni koʻrib chiqish uchun toʻlov miqdoridan 20 foizini YAMMT direksiyasiga, qolgan qismini Mehnat organlari xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamgʻarmasiga oʻtkazish.

3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomaning tugash muddati yaqinlashganda, tasdiqnoma muddatini uzaytirish yoki chet ellik fuqaro bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish boʻyicha ish beruvchining shaxsiy kabinetiga eslatma yuborish.

4. Tashkilot tugatilganligi yoki faoliyat yuritmayotganligi sababli ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish imkoni boʻlmaganda, YAMMT direksiyasiga fuqaroning murojaatiga asosan mehnat munosabatlari haqiqatda tugaganligi toʻgʻrisidagi qaydlarni YAMMTga kiritish vakolatini berish. Bunda tashkilot tugatilganligi yoki faoliyat yuritmayotganligi soliq organlarining maʼlumotlar bazasiga muvofiq aniqlanadi.

5. Ushbu xizmatlarni ishga tushirish va ishlashini taʼminlash maqsadida YAMMT direksiyasi bilan shartnoma tuzish va moliyalashtirish.

2025-yil yakuniga qadar

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

25.

Tizimda boʻlayotgan islohotlarni va rasmiy bandlikning afzalliklarini yoritish

Ommaviy axborot vositalari orqali targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, xususan, fuqarolar va ish beruvchilarni rasmiy bandlikning afzalliklari, ish beruvchilar uchun yengilliklar toʻgʻrisida xabardor qilish, bu borada jamoatchilik fikrini oʻrganish, “Kasb egalla — kelajakni taʼminla” hamda “Har bir halol mehnat — barqaror kelajak poydevori” yoʻnalishlarida videokontentlar yaratish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish boʻyicha “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ bilan shartnoma tuzish.

Doimiy

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoniga 2-ilovaning 198-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmlari” ustunining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi PF-77-son Farmoniga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Lavozimi boʻyicha

Bosh prokuror oʻrinbosari, Respublika shtabi rahbari

J. Mirzamahmudov

energetika vaziri, Respublika shtabi rahbari oʻrinbosari

S. Mirzayev

Hisob palatasi raisining oʻrinbosari

J. Abruyev

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining oʻrinbosari

N. Saydullayev

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

L. Kudratov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

Sh. Xidoyatov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri

A. Rahmatullayev

ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

B. Mamatkarimov

energetika vazirining birinchi oʻrinbosari

Sh. Daliyev

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari

M. Mirzayev

Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

Sh. Alirizayev

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi oʻrinbosari

X. Mustafayev

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

F. Tashpulatov

sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari

T. Komilov

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari

Yu. Usmonov

madaniyat vaziri oʻrinbosari

M. Ismailov

sport vaziri oʻrinbosari

X. Sotiyev

favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari

X. Eshqoʻziyev

Oʻzenergoinspeksiya boshligʻi

M. Egamberdiyev

Majburiy ijro byurosi direktori

A. Tashpulatov

Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi

A. Jumanazarov

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori

K. Kuranbayev

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi

D. Vahobov

Savdo-sanoat palatasi raisi

A. Askarov

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi

M. Xodjayev

“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi

D. Isakulov

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi

A. Isakov

“Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi

A. Agzamov

“UzGasTrade” AJ boshqaruvi raisi

A. Sanginov

“Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi

B. Jurayev

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi

B. Sidiqov

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi

E. Yakubov

“Oʻzbekkoʻmir” AJ bosh direktori oʻrinbosari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Respublika shtabi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-184-son Farmoniga 2-ilovaning 3-pozitsiyasi “Nazorat funksiyalari (tekshiruvlar)” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mehnat munosabatlarida qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4502-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) oʻninchi xatboshidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ish beruvchilarga pullik xizmatlar koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining axborot resurslari bilan integratsiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga mehnat va aholi bandligi sohalarida davlat boshqaruvi boʻyicha yuklatilgan funksiyalarni toʻla hajmda va tezkorlik bilan amalga oshirish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) “v” va “g” kichik bandlardagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“d) ish beruvchilar “YAMMT” IDAK orqali qoʻshimcha ravishda koʻrsatiladigan pullik xizmatlardan ixtiyoriy ravishda qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishlari mumkin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-374-son qarori 3-bandi “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi “bundan Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi “Nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-390-son qarori 5-bandining “a” kichik bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Reyestr Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining rasmiy veb-saytida va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yuritiladi hamda har oy yakunida yangilab boriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar Reyestrga kirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yoki davlat xizmatlari markazlariga kelgan holda murojaat qiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-401-son qaroriga 2-ilovaning 16-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-267-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) “v” kichik bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“v) 2025-yil 1-oktabrdan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida, 2026-yil 1-yanvardan boshlab respublikaning qolgan hududlarida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi kam taʼminlangan oilalarning vakillari hamda “Kambagʻal oilalar reyestri” axborot moduliga kiritilgan oilalarning vakillari boʻlgan jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni belgilangan miqdor doirasida xarid qilishda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini bir ish kunida qaytarish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) “g” kichik banddagi “2025-yil 1-oktabrdan” soʻzlari “2026-yil 1-fevraldan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) “d” kichik banddagi “2026” raqami “2027” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 3-banddagi “2025-yil 1-oktabrdan” soʻzlari “2026-yil 1-dekabrdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) 5-bandning “g” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “avgustga” soʻzi “dekabrga” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) 11-bandning “a” kichik bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) uchinchi xatboshidagi “2025-yil 15-mayga” soʻzlari “2026-yil 1-iyulga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) toʻrtinchi xatboshidagi “2025-yil 15-dekabrga” soʻzlari “2026-yil 1-martga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) 12 — 22-pozitsiyalarning “Muddati” ustunidagi “iyuldan” soʻzi “oktabrdan” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) 23 — 27-pozitsiyalarning “Muddati” ustunidagi “2025-yil 1-oktabrdan” soʻzlari “2026-yil 1-dekabrdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) 28 — 30-pozitsiyalarning “Muddati” ustunidagi “2026” raqami “2027” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-267-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijtimoiy karta” axborot tizimi orqali ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish, imtiyoz huquqidan xabardor qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va ularning taqdim etilishini monitoring qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JADVALI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Xizmatlarning nomlanishi

Muddati

1-bosqich. Loyihani Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida tajriba-sinov sifatida joriy etish doirasida

1.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari xaridi uchun vaucher taqdim etish

2024-yil 1-dekabrdan

2.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi kam taʼminlangan oilalarning vakillari hamda “Kambagʻal oilalar reyestri” axborot moduliga kiritilgan oilalarning vakillari boʻlgan jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni belgilangan miqdor doirasida xarid qilishda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish

2025-yil 1-oktabrdan

3.

Sogʻlomlashtirish uchun sihatgohlarga bepul yoʻllanma berish

4.

Bepul dori vositalari bilan taʼminlash

2-bosqich. Loyihani Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida joriy etish doirasida

5.

Shahar yoʻlovchi transportining barcha turlaridan (taksidan tashqari) bepul foydalanish

2026-yil 1-yanvardan

6.

Yashash joyi boʻyicha maʼmuriy tuman doirasidagi qishloq joylarda umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida (taksi bundan mustasno), shuningdek, shahar atrofida qatnovchi temir yoʻl transportida va shahar atrofi yoʻnalishlaridagi avtobuslarda bepul yurish

2026-yil 1-apreldan

7.

Yashash joyidan davolanish, dispanser, ambulator yoki klinik kuzatuv joyigacha transportda bepul (taksidan tashqari) borish va kelish

8.

Respublikaning boshqa hududlarida joylashgan tibbiyot tashkilotlarida tibbiyot xizmatidan foydalanganda ikki tomonga borish-kelish xarajatlarini toʻlash

9.

Temir yoʻl transportida yilda bir marta bepul yurish (borish va kelishga), temir yoʻl qatnovi mavjud boʻlmagan tumanlarda havo, suv yoki shaharlararo avtomobil transportida chiptalarni birinchi navbatda sotib olish huquqi bilan yurish

10.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari xaridi uchun vaucher taqdim etish

11.

Sogʻlomlashtirish uchun sihatgohlarga bepul yoʻllanma berish

12.

Bepul dori vositalari bilan taʼminlash

13.

Imkoniyati cheklangan yoshlarni “Imkon taʼlim” granti doirasida axborot texnologiyalari sohasida grant asosida bepul oʻqitish

14.

Zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish

15.

Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarini hamda rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar toʻlovi imtiyozlari

16.

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan ozod qilish huquqi

2026-yil 1-iyuldan

17.

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod qilish huquqi

18.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilish huquqi

19.

Bolaligidan nogironligi boʻlgan shaxs hisoblangan doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki onani doimiy parvarish zarurligi sababli jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilish huquqi

20.

Shaxsning mulkidagi oltmish kvadrat metr doirasidagi mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq soliq solishdan ozod qilinganligi huquqi

21.

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlash boʻyicha imtiyoz huquqi

22.

Soliqni qatʼiy belgilangan miqdorlarda toʻlovchi soliq toʻlovchilar uchun faoliyat turi va uni amalga oshirish joyidan qatʼi nazar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashga imtiyoz huquqi

23.

Davlat ijtimoiy obyektlarida (teatrlar, muzeylar, kutubxonalar, sport va fitnes majmualari, hayvonot bogʻlari, sirklar, kinoteatrlar, sanatoriy-kurort zonalari, istirohat bogʻlari, botanika bogʻlari), konsert-tomosha va boshqa tadbirlarda xizmatlardan bepul yoki imtiyozli foydalanish

2027-yil 1-yanvardan

3-bosqich. Koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar roʻyxatini kengaytirish

24.

Doimiy yashash joyigacha yoʻl haqi xarajatlarini qoplash

2027 — 2030-yillar

25.

Uyda ijtimoiy-maishiy xizmatlar koʻrsatish

26.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ixtisoslashtirilgan muassasalarda koʻrsatish

27.

Taʼlim xizmatlarini koʻrsatish (malaka oshirish, qayta tayyorlash, yangi kasblarga oʻrgatish, tayyorlov kurslari va hokazo)

28.

Oliy yoki oʻrta maxsus professional taʼlim olish uchun kontrakt toʻlovining bir qismini qoplash

29.

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni saqlash va tarbiyalash uchun xizmatlarni sotib olish

30.

Alohida toifadagi aholi (nogironligi boʻlgan shaxslar, pensiya yoshidagi shaxslar va boshqalar) uchun sport mashgʻulotlari bilan shugʻullanish xizmatlarini sotib olish

31.

Alohida taʼlimga ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari xizmatlarini sotib olish

32.

Sogʻligʻi tufayli internatga joylashtirish imkoni boʻlmagan alohida taʼlimga ehtiyojlari boʻlgan bolalarni uyda oʻqitish xizmatlarini sotib olish

33.

Davlat oliy taʼlim muassasalariga kvotali oʻrinlarga grant asosida kirishda imtiyoz berish

34.

Tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan shaxslarga mikroqarz olish uchun imtiyoz berish

35.

Tadbirkorlik subyektlarining xotin-qizlar doimiy bandligini taʼminlash maqsadida “Ayollar daftari”ga kiritilgan va kredit olishdan voz kechgan ayollarni ishga joylashtirishga qaratilgan loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli bank kreditini olish huquqi

36.

Tomorqadan va dehqon xoʻjaligidan daromad manbai sifatida foydalanish uchun imtiyozli kredit olish huquqi

”;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(z) 3-ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) 6-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2024-yil oktabr” soʻzlari “2025-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) 7-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2024-yil noyabr” va “2025-yil iyun” soʻzlari “2026-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) 14-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

14.

Ayrim tovarlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash mexanizmini takomillashtirish.

1. Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida tajriba-sinov tariqasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi kam taʼminlangan oilalarning vakillari hamda “Kambagʻal oilalar reyestri” axborot moduliga kiritilgan oilalarning vakillari boʻlgan jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni belgilangan miqdor doirasida xarid qilishda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish tizimini yoʻlga qoʻyish hamda tegishli hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil oktabrdekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2. Tajriba-sinov natijalaridan kelib chiqib qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish tizimini respublikaning boshqa hududlarida joriy etish va zaruratga koʻra Hukumat qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

2026-yil 1-yanvardan boshlab

;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iv) 17-18-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) 20-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2025-yil aprel” soʻzlari “2026-yil yanvar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(vi) 21-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2025” raqami “2026” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(vii) 22-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “iyun” soʻzi “oktabr” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(viii) 23-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2025-yil avgust” va “2025-yil iyun” soʻzlari tegishlicha “2025-yil dekabr” va “2026-yil yanvar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ix) 25-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

25.

Ijtimoiy himoya davlat dasturlari doirasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga kompleks bank xizmatlarini koʻrsatish va bunday dasturlarni moliyalashtirishning innovatsion mexanizmlarini joriy etish vazifalarini hisobga olgan holda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda ijtimoiy rivojlanish tijorat bankini tashkil etish.

1. Vazifalar majmuasini aniqlash va moliyaviy tashkilot yaratishning maqsadga muvofiqligini ishlab chiqish, shu jumladan, mablagʻlarni shakllantirish hamda ulardan foydalanish manbalari va tartibini aniqlash.

2025-yil fevral

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xususiy, shu jumladan institutsional investorlarni jalb qilgan xolda ijtimoiy rivojlanish sohasida zamonaviy raqamli tijorat bankini tashkil etish boʻyicha takliflar kiritish.

2026-yil iyun

3. Moliyaviy tashkilotni yaratish boʻyicha tashkiliy-huquqiy masalalarni hal qilish.

2026-yil dekabr

”;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(x) 27-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2025” raqami “2026” raqami bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktabrdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-347-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) “b” kichik bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2025-yil 1-maydan boshlab xalqaro tan olingan taʼlim dasturlarining bosqichma-bosqich joriy etilishini”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) “v” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“kasbiy koʻnikmalar markazlarini hamda Vazirlik tasarrufidagi boshqa binolarni (inshootlarni) yoki ularning bir qismini jihozlari bilan birga ularda kasb-hunar va xorijiy tillarga oʻqitish kurslarini hamda dual taʼlim tashkil qilish sharti bilan ish beruvchilarga va taʼlim tashkilotlariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida 15 yilgacha muddatga ijaraga yoki tekin foydalanishga berish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“g) kasbiy koʻnikmalar markazlarini hamda Vazirlik tasarrufidagi boshqa binolarni (inshootlarni) yoki ularning bir qismini ijara yoki tekin foydalanishga olgan ish beruvchilar va taʼlim tashkilotlariga Vazirlik bilan kelishgan holda bino-inshootlarni taʼmirlash (rekonstruksiya qilish) va boʻsh yer uchastkalarida qoʻshimcha bino-inshootlarni davlat xaridlari tartib-taomillarini qoʻllash majburiyatisiz qurish huquqi berilsin va obyektlar Vazirlik tomonidan qabul qilinsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara yoki tekin foydalanishga olingan hamda qoʻshimcha qurilgan bino-inshootlarda taʼlim jarayoni bilan uygʻun faoliyat turlarini amalga oshirishga ruxsat beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara va tekin foydalanish shartnomasi muddati tugaganda investorlar tomonidan amalga oshirilgan qurilish-taʼmirlash xarajatlari ularga qaytarilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) quyidagi mazmundagi 591-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

591.

Urganch shahri

-

Xorazm viloyati kasbiy koʻnikmalar mintaqaviy markazi

”;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) 63-pozitsiya chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) izoh qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kasbiy koʻnikmalar markazlari ijaraga yoki tekin foydalanishga berilganda Vazirlik mazkur markazlar faoliyatini tugatish vakolatiga ega”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) 6-ilovaning 13-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) 7-ilova quyidagi mazmundagi 5-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Vazirlik huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan saqlanadigan “Kambagʻallik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti”ning rahbar va xodimlariga mazkur ilovaning 1 va 2-bandlarida belgilangan shartlar tatbiq etiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-12-son qarorining 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“13. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji negizida 2025-yil 1-dekabrga qadar xususiy investorni jalb qilgan holda kreativ sohalar klasterini tashkil qilishni boshlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2030-yilga qadar jami 10 million AQSH dollari miqdorida investitsiyalarni jalb qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, kreativ sohalar klasteri doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
brend-menejer, startap-menejer, raqamli marketolog, videograf-mobilograf, animatsiya va grafik dizayneri, landshaft, interyer va ishlab chiqarish dizayneri, modelyer-dizayner hamda IT kabi kreativ soha mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha xalqaro standartlarga muvofiq ekspress kurslar tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
300 ta tadbirkorlik subyektining innovatsion va startap loyihalari amalga oshiriladi va 1,8 mingta yangi ish oʻrni yaratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreativ tadbirkorlikni boshlash va klaster ishtirokchilariga barcha zarur xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha yaxlit ekotizim (oʻquv markazi, malakani baholash markazi, kovorking markazi, ofis maydonlari, koʻrgazma zali) yaratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji bino-inshootlari hamda yer uchastkalari xususiy investorga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida 15 yilga tekin foydalanish huquqi asosida beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy investor tomonidan ushbu huquqdan garov taʼminoti sifatida foydalanishga ruxsat beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy investorga Vazirlik bilan kelishgan holda bino-inshootlarni taʼmirlash (rekonstruksiya qilish) va boʻsh yer uchastkalarida qoʻshimcha binolarni davlat xaridlari tartib-taomillarini qoʻllash majburiyatisiz qurish huquqi beriladi va obyektlar Vazirlik tomonidan qabul qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekin foydalanish shartnomasi muddati tugaganda xususiy investor tomonidan amalga oshirilgan qurilish-taʼmirlash xarajatlari unga qaytarilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekin foydalanish shartnomasi Vazirlik tashabbusi bilan muddatidan avval bekor qilinganda, shartnomada kelishilgan shartlarda investor tomonidan kiritilgan investitsiyalar hamda ustama (boy berilgan foyda) Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan qoplab beriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini taʼminlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-64-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 2-band quyidagi mazmundagi “j” kichik band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“j) Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasining vasiylik kengashi tomonidan belgilangan tartib asosida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ tomonidan mevali bogʻ va issiqxonalar barpo qilgan holda, kambagʻal oilalarga muayyan muddatga tekin foydalanishga topshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tuman (shahar) hokimliklari zaxirasida boʻlgan yer uchastkalarini “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ tomonidan oʻrnatilgan tartibda sotib olish xarajatlari Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 7-band quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“d) Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi hisobidan subsidiya sifatida tarqatish maqsadida 2024-yil yakuniga qadar xarid qilingan va qoldiqda mavjud boʻlgan asbob-uskuna va jihozlar Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasining vasiylik kengashi tomonidan belgilangan aholi toifalariga subsidiya shaklida tarqatib yuborilishiga ruxsat beriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-132-son qaroriga 2.1-ilovaning 18-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)