29.08.2002 yildagi 397-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 29.08.2002 yildagi 397-II-son
Date of entry into force
12.10.2002
Hujjat 12.10.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“IXTIROLAR, FOYDALI MODELLAR VA SANOAT NAMUNALARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 138-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 29-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
397-II-son

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IXTIROLAR, FOYDALI MODELLAR VA SANOAT NAMUNALARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(yangi tahriri)

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini (bundan buyon matnda sanoat mulki obyektlari deb yuritiladi) yaratish, huquqiy muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Sanoat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining sanoat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi (bundan buyon matnda Patent idorasi deb yuritiladi) sanoat mulki obyektlarini huquqiy muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent idorasi sanoat mulki obyektlariga patent berish haqidagi talabnomalarni (bundan buyon matnda patent berish haqidagi talabnoma deb yuritiladi) koʻrib chiqish uchun qabul qiladi, ular boʻyicha davlat ekspertizasini oʻtkazadi, ularni davlat roʻyxatiga oladi, sanoat mulki obyektlariga patentlar beradi, rasmiy axborotnoma nashr etadi, sanoat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining qoʻllanilishiga doir qoidalar qabul qiladi va tushuntirishlar beradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Patent idorasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjeti mablagʻlari, patent bojlari, shuningdek Patent idorasi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar va taqdim etiladigan materiallar uchun toʻlanadigan haq Patent idorasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Patent idorasining Apellyatsiya kengashi
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent idorasining Apellyatsiya kengashi (bundan buyon matnda Apellyatsiya kengashi deb yuritiladi) qarorlar chiqarishda mustaqildir va oʻz faoliyatida ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya kengashi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent idorasining talabnomada koʻrsatilgan sanoat mulki obyektlari xususidagi qarori ustidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat mulki obyektlariga patent berilganligiga qarshi manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat mulki obyektlari patentlarining haqiqiyligiga qarshi berilgan apellyatsiyalarni koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya kengashi oʻz vakolatlari doirasida apellyatsiyalarning boshqa turlarini ham koʻrib chiqishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Sanoat mulki obyektlarini huquqiy muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektiga boʻlgan huquq muallifga (hammualliflarga) yoki uning (ularning) huquqiy vorisiga (huquqiy vorislariga) tegishli boʻladi va patent bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sanoat mulki obyektini bir nechta shaxs bir-biridan mustaqil ravishda yaratgan boʻlsa, patent olish huquqi patent berish haqidagi talabnomani Patent idorasiga birinchi boʻlib topshirgan shaxsga tegishli boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muallif (hammualliflar), agar oʻzi (oʻzlari) yaratgan sanoat mulki obyektini boshqalar gʻayriqonuniy oʻzlashtirib olishi natijasida bu obyektga talabnoma topshirilgan yoki patent olingan boʻlsa, patent berilganligiga qarshi eʼtiroz bildirish yoxud patent egasi sifatida oʻziga (oʻzlariga) patentning oʻtkazilishini sud tartibida talab qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektining patenti davlat ekspertizasi oʻtkazilganidan keyin beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiro patenti ixtironing yangiligini, ixtirolik darajasini, uning haqiqiyligini va patent egasining ixtiroga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali model patenti foydali modelning yangiligini, uning haqiqiyligini va patent egasining foydali modelga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat namunasi patenti sanoat namunasining yangiligi va oʻziga xosligini, uning haqiqiyligini hamda patent egasining sanoat namunasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyekti patentining toʻla hajmdagi huquqiy muhofazasi yoki bu muhofazaning faqat bir qismi haqiqiy emasligini isbotlash vazifasi patentni haqiqiy emas deb daʼvo qilayotgan taraf zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent egasining mutlaq huquqi sanoat mulki obyekti roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Patent idorasining rasmiy axborotnomasida eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran amalda deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent idorasiga patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran hisoblaganda ixtiro patenti yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti oʻn yil mobaynida, foydali model patenti besh yil mobaynida amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiro patentining amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda patent egasining iltimosnomasiga binoan Patent idorasi tomonidan koʻpi bilan besh yil muddatga uzaytirilishi mumkin. Bunday ixtiro patentining amal qilishini uzaytirish tartibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat namunasi patentining va foydali model patentining amal qilish muddati patent egasining iltimosnomasiga binoan Patent idorasi tomonidan tegishincha besh yilga hamda uch yilga uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiro hamda foydali model patenti taʼminlaydigan huquqiy muhofaza hajmi ularning formulasi bilan, sanoat namunasi patenti taʼminlaydigan huquqiy muhofaza hajmi esa buyumning (maketning, rasmning) tasvirida aks ettirilgan muhim belgilari va (yoki) ularning kombinatsiyasi (bundan buyon matnda uning muhim belgilari majmui deb yuritiladi) bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyekti patenti, shuningdek uni olish huquqi meros boʻlib oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Ixtironing patentga layoqatlilik shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ixtiro sifatida koʻrsatilgan obyekt yangi, ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qoʻllash mumkin boʻlsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan maʼlum boʻlmasa, u yangi deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi maʼlumotlardan yaqqol ayon boʻlmasa, u ixtirolik darajasiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor boʻlgan har qanday maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtironing yangiligini aniqlash chogʻida birmuncha oldin ustuvorlikka ega boʻlgan holda topshirilgan va chaqirib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalar ham hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ixtirodan sanoat, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarda foydalanish mumkin boʻlsa, u sanoatda qoʻllash mumkin deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiroga taalluqli axborotning muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita shu axborotni olgan har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor etilishi, agar ixtiroga patent berish haqidagi talabnoma axborot oshkor etilgan sanadan eʼtiboran koʻpi bilan olti oy ichida Patent idorasiga topshirilgan boʻlsa, ixtironing patentga layoqatliligini tan olishga taʼsir koʻrsatadigan holat sifatida eʼtirof etilmaydi. Bunda ushbu holni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar ixtiro sifatida eʼtirof etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
usullar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikroorganizmlarning shtammlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar va hayvonlar hujayralarining turlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgaridan maʼlum boʻlgan qurilmalar, usullar, moddalarning, mikroorganizmlar shtammlarining yangi maqsadda qoʻllanilishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar ixtiro sifatida eʼtirof etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy nazariyalar va matematika usullari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkil etish va boshqarish usullari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizma tarhlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
estetika talablarini qanoatlantirishga yoʻnaltirilgan, buyumlarning faqat tashqi koʻrinishiga oid yechimlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
integral mikrosxemalarning topologiyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimlik navlari va hayvon zotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar.

7-modda. Foydali modelning patentga layoqatlilik shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar foydali model sifatida koʻrsatilgan obyekt yangi boʻlsa va uni sanoatda qoʻllash mumkin boʻlsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar foydali modelning muhim belgilari majmui texnika taraqqiyoti darajasidan maʼlum boʻlmasa, u yangi deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnika taraqqiyoti darajasi talabnomada koʻrsatilgan foydali model amalga oshirishi mumkin boʻlgan vazifalarni bajara oladigan vositalar haqidagi Oʻzbekiston Respublikasida hamma foydalana oladigan barcha maʼlumotlarni, shuningdek ularni qoʻllashga doir maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali model, agar undan amalda foydalanish mumkin boʻlsa, sanoatda qoʻllash mumkin deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali modelga taalluqli axborotning muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita shu axborotni olgan har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor etilishi, agar foydali modelga patent berish haqidagi talabnoma axborot oshkor etilgan sanadan eʼtiboran koʻpi bilan olti oy ichida Patent idorasiga topshirilgan boʻlsa, foydali modelning patentga layoqatliligini tan olishga taʼsir koʻrsatadigan holat sifatida eʼtirof etilmaydi. Bunda ushbu holni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilmalarning konstruktiv yoʻl bilan bajarilishi foydali modellarga taalluqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 6-moddasining toʻqqizinchi qismida koʻrsatilgan obyektlar foydali modellar sifatida muhofaza qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sanoat namunasi sifatida koʻrsatilgan obyekt yangi va original (oʻziga xos) boʻlsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sanoat namunasining muhim belgilari majmui sanoat namunasiga ustuvorlik berish sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor boʻlgan maʼlumotlardan ayon boʻlmasa, u yangi deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat namunasining yangiligini aniqlash chogʻida birmuncha oldin ustuvorlikka ega boʻlgan holda topshirilgan va chaqirib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalar ham hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat namunasi, agar uning muhim belgilari majmui buyum xususiyatlarining ijodiy jihatlari bilan bogʻliq boʻlsa, original deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat namunasiga taalluqli axborotning muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita shu axborotni olgan har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor etilishi, agar sanoat namunasiga patent berish haqidagi talabnoma axborot oshkor etilgan sanadan eʼtiboran koʻpi bilan olti oy ichida Patent idorasiga topshirilgan boʻlsa, sanoat namunasining patentga layoqatliligini tan olishga taʼsir koʻrsatadigan holat sifatida eʼtirof etilmaydi. Bunda ushbu holni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyumning tashqi koʻrinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik yechimi sanoat namunalari jumlasiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar sanoat namunalari deb eʼtirof etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
matbaa mahsulotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxitektura obyektlari (kichik arxitektura shakllaridan tashqari), sanoat, gidrotexnika inshootlari va boshqa statsionar inshootlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suyuq, gazsimon, sochiluvchan yoki shunga oʻxshash moddalardan iborat oʻzgaruvchan shakldagi obyektlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyumning faqat texnik vazifasi bilan bogʻliq boʻlgan yechimlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Sanoat mulki obyektining huquq subyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Sanoat mulki obyektining muallifi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijodiy mehnati bilan sanoat mulki obyektini yaratgan jismoniy shaxs shu obyektning muallifi deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sanoat mulki obyekti bir nechta jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati asosida yaratilgan boʻlib, ular oʻrtasida tuzilgan shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ularning barchasi shu obyektning teng huquqli hammualliflari deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflik huquqi boshqaga oʻtkazilmaydigan va topshirilmaydigan shaxsiy nomulkiy huquqdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Patent egasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektining patenti quyidagilarga beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat mulki obyektining muallifiga (hammualliflariga) yoki uning (ularning) merosxoʻriga (merosxoʻrlariga);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muallif yoki uning merosxoʻri tomonidan patent berish haqidagi talabnomada yoki sanoat mulki obyekti roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar Patent idorasiga topshirilgan talabnoma beruvchini oʻzgartirish haqidagi arizada koʻrsatilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarga (ularning oʻzi rozi boʻlgan taqdirda);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda ish beruvchiga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodim tomonidan oʻz xizmat vazifalarini yoki ish beruvchidan olgan aniq topshiriqni bajarish munosabati bilan yaratilgan sanoat mulki obyektining patentiga boʻlgan huquq, agar bu hol ular oʻrtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, ish beruvchiga tegishli boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ish beruvchi bilan muallif (hammualliflar) oʻrtasidagi shartnomada ushbu moddaning ikkinchi qismidagi qoidalar nazarda tutilgan boʻlmasa, u holda muallif (hammualliflar) talabnoma topshirish va sanoat mulki obyektining patentini oʻz nomiga olish huquqiga ega boʻladi. Bunda ish beruvchi patent egasiga shartnomada belgilanadigan miqdorda tovon toʻlab, oʻz ishlab chiqarishida tegishli sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchi sanoat mulki obyektini sir saqlagan taqdirda muallifga (hammualliflarga) mutanosib ravishda haq toʻlashi shart, haq miqdori shartnomada belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Patent egasining sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sanoat mulki obyektidan oʻz xohishicha foydalanish boshqa patent egalarining huquqlarini, shu jumladan boshqa shaxslarning mazkur obyektdan foydalanishini taqiqlab qoʻyish huquqini buzmasa, bunday foydalanish patent egasiga tegishlidir, shu zaylda foydalanish ushbu Qonunga muvofiq patent egasining huquqini buzish deb hisoblanmaydigan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir nechta patent egasiga qarashli boʻlgan sanoat mulki obyektidan foydalanish borasidagi oʻzaro munosabatlar ular oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Bunday kelishuv boʻlmagan taqdirda, har bir patent egasi muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektidan oʻz xohishicha foydalanishi mumkin, lekin qolgan patent egalarining roziligisiz obyektga mutlaq litsenziya berishga yoki patentni oʻzga shaxsga topshirishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent egasi patent bilan tasdiqlangan sanoat mulki obyektiga boʻlgan huquqni patentdan oʻzganing foydasiga voz kechish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha yoki sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqini litsenziya shartnomasi boʻyicha har qanday yuridik yoxud jismoniy shaxsga (shaxslarga) topshirishi mumkin. Patentdan oʻzganing foydasiga voz kechish toʻgʻrisidagi shartnoma va litsenziya shartnomasi Patent idorasida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent egasi foydalanilayotgan sanoat mulki obyektlari patentlanganligini koʻrsatuvchi ogohlantirish tamgʻasidan foydalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent egalari patent roʻyxatga olingan sanadan boshlab uch yil mobaynida sanoat mulki obyektidan foydalanmasa yoki yetarli darajada foydalanmasa, ushbu muhofaza etilayotgan sanoat mulki obyektidan foydalanishni xohlovchi va foydalanishga tayyor har qanday shaxs, patent egasi litsenziya shartnomasi tuzishdan bosh tortgan taqdirda, oʻziga majburiy nomutlaq litsenziya berishni soʻrab sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Patent egasi mutlaq huquqining buzilishi sifatida eʼtirof etilmaydigan harakatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi hollar patent egasi mutlaq huquqining buzilishi sifatida eʼtirof etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan qurilmalarni Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasi ishtirokchisi boʻlgan boshqa davlatning transport vositasida mazkur vosita vaqtincha yoki tasodifan Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan vaqtda, basharti bu qurilmalardan faqat mazkur vositaning ehtiyojlari uchun foydalaniladigan boʻlsa, qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patentlar bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalar ustida ilmiy tadqiqot yoki tajriba oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patentlar bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalarni tabiiy ofatlar, halokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlarda qoʻllash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patentlar bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalarni, agar bu vositalar fuqarolik muomalasiga qonuniy yoʻl bilan kiritilgan boʻlsa, qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patentlar bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalarni daromad olmay shaxsiy maqsadlarda qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dorixonalarda shifokor retsepti boʻyicha dorilarni bir marotabalik tayyorlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Patent egasi mutlaq huquqining buzilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektlaridan ushbu Qonunning 11 va 32-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga xilof ravishda foydalanayotgan har qanday shaxs patent egasining mutlaq huquqini buzuvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patentlangan sanoat mulki obyektidan foydalangan holda buyumlarni ruxsatsiz tayyorlash, qoʻllash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yoʻsinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qoʻllash yoxud ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulda bevosita tayyorlangan buyumlarni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish patent egasi mutlaq huquqining buzilishi deb eʼtirof etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektidan patent egasining mutlaq huquqini buzgan holda foydalanayotgan shaxslar patent egasining talabiga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patent egasining mutlaq huquqini buzuvchi harakatlarni toʻxtatishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patent egasiga yetkazilgan zararning oʻrnini qonun hujjatlariga muvofiq qoplashlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Patent berish haqidagi talabnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Patent berish haqidagi talabnomani topshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent berish haqidagi talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan Patent idorasiga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent berish haqidagi talabnomalarga belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligini yoki patent boji toʻlashdan ozod qilishning yoxud uning miqdori kamaytirilishining asoslarini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent berish haqidagi talabnoma hujjatlariga doir talablar Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent berish haqidagi talabnoma shaxsan, patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali topshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Ixtiroga patent berish haqidagi talabnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiroga patent berish haqidagi talabnoma (bundan buyon matnda ixtiro haqidagi talabnoma deb yuritiladi) bitta ixtiroga yoki yagona ixtirochilik fikrini (ixtiro birligi talabini) tashkil etgan tarzda bir-biri bilan uzviy bogʻlangan ixtirolar guruhiga taalluqli boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiro haqidagi talabnoma:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtironing muallifi (hammualliflari) va kimning nomiga patent berish soʻralayotgan boʻlsa, ana shu shaxs, shuningdek ularning turar joyi yoki joylashgan manzili koʻrsatilgan patent berish haqidagi arizani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtironing uni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan darajada toʻliq ochib berilgan tavsifini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtironing mohiyatini ifodalovchi hamda uning tavsifiga toʻla muvofiq boʻlgan formulasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar ixtironing mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa, chizmalar va boshqa materiallarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtiro referatini oʻz ichiga olishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Foydali modelga patent berish haqidagi talabnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali modelga patent berish haqidagi talabnoma (bundan buyon matnda foydali model haqidagi talabnoma deb yuritiladi) bitta foydali modelga yoki yagona ijodkorlik fikrini (foydali model birligi talabini) tashkil etgan tarzda bir-biri bilan uzviy bogʻlangan foydali modellar guruhiga taalluqli boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali model haqidagi talabnoma:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali modelning muallifi (hammualliflari) va kimning nomiga patent berish soʻralayotgan boʻlsa, ana shu shaxs, shuningdek ularning turar joyi yoki joylashgan manzili koʻrsatilgan patent berish haqidagi arizani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali modelning uni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan darajada toʻliq ochib berilgan tavsifini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali modelning mohiyatini ifodalovchi hamda uning tavsifiga toʻla muvofiq boʻlgan formulasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar foydali modelning mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa, chizmalar va boshqa materiallarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali model referatini oʻz ichiga olishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Sanoat namunasiga patent berish haqidagi talabnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat namunasiga patent berish haqidagi talabnoma (bundan buyon matnda sanoat namunasi haqidagi talabnoma deb yuritiladi) bitta sanoat namunasiga taalluqli boʻlishi kerak va u shu namuna variantlarini (sanoat namunasi birligi talabini) qamrab olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat namunasi haqidagi talabnoma:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat namunasining muallifi (hammualliflari) va kimning nomiga patent berish soʻralayotgan boʻlsa, ana shu shaxs, shuningdek ularning turar joyi yoki joylashgan manzili koʻrsatilgan patent berish haqidagi arizani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyumning tashqi koʻrinishi haqida toʻla-toʻkis, bor tafsiloti bilan tasavvur qilish imkonini beruvchi buyum aks ettirilgan tasvirlar turkumini, maket yoki rasmni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar sanoat namunasining mohiyatini ochib berish uchun zarur boʻlsa, buyum umumiy koʻrinishining chizmasi, ergonomik sxemasi, konfeksion xaritasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat namunasining undagi muhim belgilar majmuini aks ettirgan tavsifini oʻz ichiga olishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Sanoat mulki obyekti ustuvorligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyekti ustuvorligi patent berish haqidagi talabnoma Patent idorasiga topshirilgan sanaga koʻra belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyekti ustuvorligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasi ishtirokchisi boʻlgan boshqa davlatda (konvensiya ustuvorligi) topshirilgan birinchi talabnoma qayd etilgan sana boʻyicha, agar mazkur sanadan eʼtiboran ixtiro haqidagi talabnoma va foydali model haqidagi talabnoma oʻn ikki oy ichida, sanoat namunasi haqidagi talabnoma esa olti oy ichida Patent idorasiga kelib tushgan boʻlsa, belgilanishi mumkin. Agar konvensiya ustuvorligi soʻralgan talabnoma uni beruvchiga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra belgilangan muddatda topshirib ulgurilmasa, bu muddat Patent idorasi tomonidan koʻpi bilan ikki oyga uzaytirilishi mumkin. Konvensiya ustuvorligi huquqidan foydalanish istagidagi talabnoma beruvchi oʻzining ana shu istagini talabnomani topshirish chogʻida koʻrsatib oʻtishi va (yoki) zarur materiallarni talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran koʻpi bilan uch oy ichida Patent idorasiga taqdim etishi shart;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha materiallar topshirilgan sana boʻyicha, agar talabnomaga ilova qilingan qoʻshimcha materiallar talabnomada koʻrsatilgan ixtiro mohiyatini oʻzgartirib yuboradi deb topilishi munosabati bilan ularni qabul qilish mumkin emasligini Patent idorasi talabnoma beruvchiga bildirgan sanadan eʼtiboran uch oy muddat tugagunga qadar bu qoʻshimcha materiallar talabnoma beruvchi tomonidan mustaqil talabnoma sifatida rasmiylashtirilgan boʻlsa, belgilanishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu talabnoma beruvchining Patent idorasiga birmuncha oldin taqdim etgan, ushbu sanoat mulki obyektining mohiyatini ochib beruvchi talabnomasi topshirilgan sana boʻyicha, agar bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma birmuncha oldin berilgan ixtiro haqidagi talabnoma va foydali model haqidagi talabnoma kelib tushgan sanadan eʼtiboran oʻn ikki oy ichida va birmuncha oldin berilgan sanoat namunasi haqidagi talabnoma kelib tushgan sanadan eʼtiboran olti oy ichida topshirilgan boʻlsa, belgilanishi mumkin. Bunda birmuncha oldin topshirilgan talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar davlat ekspertizasi jarayonida patent berish haqidagi oʻxshash talabnomalar ayni bitta ustuvorlik sanasiga ega ekanligi aniqlansa, u holda patent Patent idorasiga oldinroq sana bilan joʻnatilganligi isbotlangan talabnoma boʻyicha, basharti joʻnatilgan sanalari ham bir xil boʻlib chiqsa, qaysi birida Patent idorasining roʻyxatga olish kirim raqami oldin qayd etilgan boʻlsa, shu talabnoma boʻyicha beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyekti ustuvorligi birmuncha oldin ustuvorlik soʻralgan, chaqirib olingan patent berish haqidagi talabnoma kelib tushgan sanaga koʻra belgilanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent berish haqidagi ajratilgan alohida talabnoma boʻyicha sanoat mulki obyekti ustuvorligi Patent idorasiga topshirilgan dastlabki talabnoma sanasiga koʻra belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Talabnomalarni oʻzgartirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi patent berish haqidagi qaror qabul qilingunga qadar ixtiro haqidagi talabnomani foydali model haqidagi talabnoma, foydali model haqidagi talabnomani esa ixtiro haqidagi talabnoma qilib oʻzgartirishga haqlidir. Bunday oʻzgartirishlar chogʻida birinchi talabnomaning ustuvorligi saqlanib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnomalarni oʻzgartirish tegishli patent boji toʻlangandan soʻng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Patent berish haqidagi talabnomani ekspertizadan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Patent berish haqidagi talabnomaning davlat ekspertizasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent idorasi patent berish haqidagi talabnoma boʻyicha rasmiy ekspertiza, foydali model haqidagi talabnoma ekspertizasi hamda ixtiro haqidagi talabnomaning yoki sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasidan (bundan buyon matnda mohiyat boʻyicha ekspertiza deb yuritiladi) iborat boʻlgan davlat ekspertizasini oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran ikki oy mobaynida talabnomada koʻrsatilgan sanoat mulki obyektining mohiyatini oʻzgartirmagan holda unga tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar kiritish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan patent berish haqidagi talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga soʻrov yuborilib, unda shu soʻrov yoʻllangan sanadan eʼtiboran uch oy ichida tuzatishlar kiritilgan yoki yetishmayotgan materiallarni taqdim etish taklif qilinadi. Agar talabnoma beruvchi soʻralgan materiallarni yoki belgilangan muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrsatilgan muddatda taqdim etmasa, patent berish haqidagi talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent berish haqidagi talabnoma boʻyicha tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar patent boji toʻlangan taqdirda koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin ham, lekin patent berish haqidagi qaror chiqarilgunga qadar taqdim etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyekti birligi talablari buzilgan holda topshirilgan patent berish haqidagi talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga tegishli soʻrov unga yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy muddat ichida ushbu obyektlardan qaysi biri koʻrib chiqilishi lozimligini xabar qilish hamda tegishincha talabnoma hujjatlariga aniqliklar kiritish taklif qilinadi. Dastlabki talabnoma materiallariga kiritilgan boshqa obyektlar alohida talabnomalarga ajratilishi mumkin. Agar talabnoma beruvchi ushbu obyektlardan qaysi birini koʻrib chiqish zarurligini xabar qilmasa va aniqlik kiritilgan materiallarni taqdim etmasa, ixtiro, foydali model formulasida yoki sanoat namunasi tavsifida birinchi qilib koʻrsatilgan obyekt davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ekspertizasi soʻrovi boʻyicha materiallarni taqdim etishning talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatlari, belgilangan muddatlarni uzaytirish muqarrarligini taqozo etgan sabablar tasdiqlangan va patent boji toʻlangan taqdirda, Patent idorasi tomonidan qayta tiklanishi mumkin. Oʻtkazib yuborilgan muddatlarni qayta tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddat tugagan kundan boshlab koʻpi bilan oʻn ikki oy ichida topshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi sanoat mulki obyekti tegishli davlat reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar davlat ekspertizasining istalgan bosqichida patent berish haqidagi talabnomani chaqirib olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent berish haqidagi talabnoma materiallaridagi maʼlumotlar Patent idorasi tomonidan sir saqlanishi kerak va ular haqidagi axborot talabnoma beruvchi yoki patent egasining roziligisiz berilmaydi. Talabnoma materiallaridagi axborotni sanoat mulki obyekti roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar rasmiy ravishda eʼlon qilingunga qadar oshkor etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent idorasi tomonidan koʻrib chiqish uchun qabul qilib olingan patent berish haqidagi talabnomalar talabnoma beruvchilarga qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Rasmiy ekspertiza
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy ekspertiza patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan boshlab ikki oy oʻtgandan keyin Patent idorasi tomonidan oʻtkaziladi. Talabnoma beruvchining iltimosnomasiga binoan rasmiy ekspertiza koʻrsatilgan muddat oʻtmasidanoq boshlanishi mumkin. Bu holda talabnoma beruvchi iltimosnoma topshirilgan paytdan boshlab qoʻshimcha patent boji toʻlamasdan talabnoma materiallariga oʻz tashabbusi bilan qoʻshimchalar, tuzatishlar va aniqliklar kiritish huquqidan mahrum boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy ekspertiza mobaynida taqdim etilgan taklifning huquqiy muhofaza taʼminlanadigan sanoat mulki obyektlariga qay darajada muvofiqligi koʻrib chiqiladi. Rasmiy ekspertiza natijalari boʻyicha Patent idorasining qarori talabnoma beruvchiga maʼlum qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi Patent idorasining qarori ustidan qaror yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oylik muddat ichida Apellyatsiya kengashiga apellyatsiya berishi mumkin. Apellyatsiya kengashi apellyatsiya kelib tushgan sanadan eʼtiboran ikki oylik muddat ichida uni koʻrib chiqishi lozim.

Apellyatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin.

22-modda. Foydali model haqidagi talabnoma ekspertizasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent idorasi patent boji toʻlangan taqdirda foydali model haqidagi talabnomani ekspertizadan oʻtkazadi. Patent boji rasmiy ekspertizaning talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilingani toʻgʻrisidagi qarori talabnoma beruvchiga yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida toʻlanishi mumkin. Koʻrsatilgan muddat oʻtkazib yuborilgan taqdirda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertiza oʻtkazilayotganda talabnomada koʻrsatilgan obyektning ushbu Qonun 7-moddasida belgilangan patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ekspertiza natijasida talabnoma foydali modellar sifatida muhofaza qilinadigan obyektlarga taalluqli boʻlmagan taklif toʻgʻrisida ekanligi aniqlansa, patent berishni rad etish haqida qaror chiqarilib, talabnoma beruvchi bundan xabardor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar talabnoma ekspertizasi natijasida foydali model haqidagi talabnoma materiallari qoʻyilgan talablarga mos ekanligi aniqlansa, Patent idorasi foydali modelga patent berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, talabnoma beruvchi bundan xabardor etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali model sifatida talabnomada koʻrsatilgan obyektning patentga layoqatlilik shartlariga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda foydali modelga patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, talabnoma beruvchi bundan xabardor etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi Patent idorasining qarori ustidan qaror yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oylik muddat ichida Apellyatsiya kengashiga apellyatsiya berishi mumkin. Apellyatsiya kengashi apellyatsiya kelib tushgan sanadan eʼtiboran ikki oylik muddat ichida uni koʻrib chiqishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Mohiyat boʻyicha ekspertiza
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent idorasi patent boji toʻlangan taqdirda mohiyat boʻyicha ekspertiza oʻtkazadi. Patent boji rasmiy ekspertizaning patent berish haqidagi talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilingani toʻgʻrisidagi qarori talabnoma beruvchiga yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida toʻlanishi mumkin. Koʻrsatilgan muddat oʻtkazib yuborilgan taqdirda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mohiyat boʻyicha ekspertiza oʻtkazish natijasida talabnoma beruvchi taklif qilgan formula bilan ifodalangan ixtiro sifatida talabnomada koʻrsatilgan obyekt, muhim belgilar majmui sifatida ifodalangan sanoat namunasi sifatida koʻrsatilgan obyekt esa belgilangan talablarga mosligi aniqlansa, Patent idorasi patent berish haqida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiro yoki sanoat namunasi sifatida talabnomada koʻrsatilgan obyektning patentga layoqatlilik shartlariga mos emasligi aniqlangan taqdirda patent berishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi Patent idorasining qarori ustidan qaror yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oylik muddat ichida Apellyatsiya kengashiga apellyatsiya berishi mumkin. Apellyatsiya kengashi apellyatsiya kelib tushgan sanadan eʼtiboran toʻrt oy ichida uni koʻrib chiqishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Sanoat mulki obyektiga patent olish va bu patentning amal qilishini tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Sanoat mulki obyektini davlat roʻyxatiga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent idorasi patent berish toʻgʻrisida qaror qabul qilganidan soʻng sanoat mulki obyektini tegishincha Davlat ixtirolar reyestrida, Davlat foydali modellar reyestrida yoki Davlat sanoat namunalari reyestrida davlat roʻyxatiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Sanoat mulki obyekti roʻyxatga olingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasman eʼlon qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent idorasi sanoat mulki obyektlari roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan rasmiy axborotnoma nashr etadi. Eʼlon qilinadigan maʼlumotlarning toʻliq roʻyxati va tarkibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Sanoat mulki obyektiga patent berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektiga patent berish obyekt roʻyxatga olinganligi haqidagi maʼlumotlar rasmiy axborotnomada eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran uch oy oʻtganidan keyin Patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyekti patenti Oʻzbekiston Respublikasi nomidan beriladi va Patent idorasi rahbari tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyekti patenti bir nechta kishi nomiga soʻralganda ularga bitta patent beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyekti patentining shakli va unda koʻrsatiladigan maʼlumotlar tarkibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Berilgan sanoat mulki obyekti patentidagi koʻzga yaqqol tashlanib turgan va texnik xatolar patent egasining talabiga koʻra Patent idorasi tomonidan tuzatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Sanoat mulki obyekti patentini haqiqiy emas deb eʼtirof etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyekti patenti Apellyatsiya kengashiga berilgan apellyatsiya boʻyicha istalgan vaqtda huquqiy muhofazaning toʻliq hajmida yoki uning faqat bir qismi boʻyicha quyidagi asoslarga koʻra haqiqiy emas deb eʼtirof etilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhofaza qilinadigan sanoat mulki obyekti patentga layoqatlilik shartlariga mos emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtiro, foydali model formulasida yoki sanoat namunasining muhim belgilari majmuida talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan belgilarning mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektiga patent berish Apellyatsiya kengashiga apellyatsiya topshirilishi munosabati bilan toʻxtatib turilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar nizo sudda koʻrib chiqiladigan boʻlsa, nizo hal etilguniga qadar sanoat mulki obyektiga doir ishni yuritish Patent idorasi tomonidan toʻxtatib turiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishi uning ushbu Qonunga muvofiq belgilangan amal qilish muddati oʻtganidan keyin tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patentni oʻz kuchida saqlab turganlik uchun patent bojlari belgilangan muddatda toʻlanmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patent egasi Patent idorasiga topshirgan arizaga asosan muddatidan ilgari tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishi muddatidan ilgari tugatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Patent idorasining rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Sanoat mulki obyekti patentidan voz kechish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent egasi yozma ariza berib, sanoat mulki obyekti patentidan voz kechish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir nechta patent egalaridan birining sanoat mulki obyekti patentidan voz kechishi patentning amal qilishi tugatilishiga olib kelmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyekti patentidan voz kechish Patent idorasi patent egasidan yozma ariza olgan sanadan eʼtiboran amal qila boshlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent egasi sanoat mulki obyekti patentidan voz kechish niyati toʻgʻrisida muallifni xabardor qilishi shart. Muallif bunday holda patentga egalik qilishda ustuvor huquqqa ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sanoat mulki obyekti patenti litsenziya shartnomasining obyekti boʻlsa, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, patentdan litsenziya egasining roziligi bilangina voz kechish mumkin boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Sanoat mulki obyektlaridan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulotda (buyumda) ixtironing, foydali modelning formula mustaqil bandiga kiritilgan har bir belgisi yoki unga muodil boʻlgan belgi qoʻllanilgan boʻlsa, bu mahsulot (buyum) patentlangan ixtiro, foydali modeldan foydalanilgan holda tayyorlangan, ixtiro patenti bilan muhofaza etiladigan usul esa, qoʻllanilgan deb eʼtirof etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulotni olish usuliga berilgan patentning amal qilishi aynan shu usul yordamida olingan mahsulotga ham tatbiq etiladi. Bunda aksini isbotlovchi dalillar boʻlmasa, bu yangi mahsulot patentlangan usulda olingan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mahsulotda patent berilgan sanoat namunasining muhim belgilari majmui boʻlsa, u patentlangan sanoat namunasidan foydalanilgan holda tayyorlangan deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Avval foydalanganlik huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyekti ustuvorligi belgilangan sanaga qadar uning muallifidan mustaqil tarzda aynan oʻxshash boʻlgan yechimdan foydalangan yoki shunga yetarli darajada tayyorgarlik koʻrgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs ishlab chiqarish hajmini kengaytirmagan tarzda, keyinchalik ham undan bepul foydalanish huquqini saqlab qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avval foydalanganlik huquqi boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga faqat aynan oʻxshash yechimdan foydalanilgan yoki shunga yetarli darajada tayyorgarlik koʻrilgan ishlab chiqarish bilan birgalikda topshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqini berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent egasi boʻlmagan har qanday shaxs patent bilan muhofaza qilingan sanoat mulki obyektidan faqat patent egasining ruxsati bilan litsenziya shartnomasi asosida foydalanishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent egasi sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqini har qanday shaxsga berish toʻgʻrisida (ochiq litsenziya) Patent idorasiga ariza topshirishi mumkin. Bu holda patentni oʻz kuchida saqlab turganlik uchun undiriladigan patent boji shunday ariza toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Patent idorasi tomonidan eʼlon qilinganidan keyingi yildan boshlab ellik foizga kamaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq litsenziyani olish istagini bildirgan shaxs patent egasi bilan nomutlaq litsenziya berish toʻgʻrisida shartnoma tuzishi shart. Shartnoma shartlari boʻyicha nizolar sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Patent egasining ochiq litsenziyaga nisbatan huquq berish haqidagi arizasi chaqirib olinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektidan patent egasining roziligisiz mutanosib miqdorda unga tovon toʻlagan holda foydalanilishiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ruxsat berishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar patent egasi sanoat mulki obyektidan uning tarkibida boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga qarashli muhofaza qilinayotgan oʻzga obyekt qoʻllanilishi tufayli foydalana olmasa, patent egasi mazkur shaxsdan bu obyektdan shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida foydalanish uchun litsenziya berishni talab qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Sanoat mulki obyektlaridan foydalanishning davlat tomonidan ragʻbatlantirilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflarga va sanoat mulki obyektlaridan foydalanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga soliq solish va kredit berishda imtiyozli shartlar belgilanadi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa imtiyozlar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Patent bojlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektlariga huquqiy muhofaza berish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni bajarganlik uchun patent bojlari undiriladi. Patent bojlari Patent idorasiga toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent bojlarining miqdori va ularni toʻlash muddatlari, ularni toʻlashdan ozod qilish, toʻlov miqdorlarini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish uchun asoslar, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent bojlari talabnoma beruvchi, patent egasi va boshqa manfaatdor shaxs tomonidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patentni oʻz kuchida saqlab turganlik uchun patent bojini toʻlash maqsadida qoʻshimcha patent boji toʻlangan taqdirda, patent egasiga olti oylik imtiyozli muddat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar patentni oʻz kuchida saqlab turganlik uchun patent boji va qoʻshimcha patent boji imtiyozli muddat mobaynida toʻlanmasa, patentning amal qilishi belgilangan muddatda patent boji toʻlanmagan kundan eʼtiboran tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Patent vakillari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent vakili yuridik va jismoniy shaxslarning Patent idorasi oldidagi vakillik huquqini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan Oʻzbekiston fuqarosi patent vakili boʻlishi mumkin. Patent vakillariga qoʻyiladigan malaka talablari, ularni attestatsiyadan oʻtkazish va roʻyxatga olish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi jismoniy shaxslar yoki chet ellik yuridik shaxslar sanoat mulki obyektlarini patentlash boʻyicha ishlarni va ular bilan bogʻliq boʻlgan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni Patent idorasida roʻyxatga olingan patent vakillari orqali amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, biroq vaqtincha uning hududidan tashqarida turgan jismoniy shaxslar sanoat mulki obyektlarini patentlash boʻyicha ishlarni va ular bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni Oʻzbekiston Respublikasi doirasida yozishmalar olib borish uchun manzilni koʻrsatgan holda, patent vakilisiz amalga oshirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent vakilining vakolatlari ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Sanoat mulki obyektlarini boshqa davlatlarda patentlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari sanoat mulki obyektlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa davlatlarda patentlash huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-modda. Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda yoki kelishuv prinsipi asosida foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-modda. Nizolarni hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektlarini yaratish, huquqiy muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-modda. Sanoat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 158-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 31-32-son, 294-modda; 2011-y., 52-son, 555-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son; 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son; 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son; 15.02.2024-y., 03/24/908/0126-son; 11.09.2024-y., 03/24/959/0698-son; 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son; 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)