OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT PATENT IDORASI DIREKTORINING
buyrugʻi
SANOAT MULKI OBYEKTI PATENTINING AMAL QILISHINI TIKLASH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 7-aprelda 1937-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 30-iyuldagi OʻRQ–164-son Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat patent idorasi direktori B.A. AMONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 11-mart,
33-son
Davlat patent idorasi direktorining 2009-yil 11-martdagi 33-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-yil, 19-son, 143-modda) (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash tartibini belgilaydi.
1-§. Umumiy qoidalar
1. Qonunning 281-moddasiga muvofiq patentni oʻz kuchida saqlab turganlik uchun patent boji belgilangan muddatda toʻlanmaganligi sababli amal qilishi tugatilgan sanoat mulki obyekti patentining (bundan buyon matnda Patent deb yuritiladi) amal qilishi patent egasining iltimosnomasiga koʻra tiklanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) patentning amal qilishi tugatilgan sanadan eʼtiboran uch yil muddat ichida, biroq patentning Qonunda nazarda tutilgan amal qilish muddati tugagunga qadar topshirilishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
3. Patentning amal qilishini tiklash uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
4. Patentning amal qilishini tiklashga doir ishlarni yuritish mustaqil ravishda patent egasi yoki patent vakili tomonidan amalga oshiriladi.
2-§. Iltimosnomani berish va koʻrib chiqish
5. Patentning amal qilishini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma mazkur Qoidalarga ilovada keltirilgan shakl boʻyicha taqdim etiladi.
Iltimosnoma patent egasi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan iltimosnoma lavozimi koʻrsatilgan holda rahbar tomonidan imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.
6. Patent egasining patentning amal qilishini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnomasiga patentning amal qilishini tiklash uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Qonunning 34-moddasiga muvofiq patent egasi tomonidan, shuningdek tegishli yilda patentni oʻz kuchida saqlab turish uchun patent boji toʻlanishi hamda bu haqda ham iltimosnomaga tegishli hujjat ilova qilinishi lozim.
Patentning amal qilishini tiklash va patentni oʻz kuchida saqlab turish uchun boj toʻlanganlik holati bitta toʻlov hujjati bilan tasdiqlanishi mumkin.
Belgilangan miqdorda patent bojlari toʻlanganligini tasdiqlovchi yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmaganda, iltimosnomani koʻrib chiqishga doir yuridik ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi.
7. Zaruriyat boʻlganida iltimosnomaga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma, shuningdek vorislik huquqi yoki merosga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar Vazirlikka bevosita beriladi yoki pochta orqali yuboriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
9. Iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kunlik muddat ichida barcha kerakli hujjatlarning mavjudligi va ularni ushbu Qoidalarning 1 — 8-bandlarida belgilangan talablarga mos kelishi tekshiriladi.
10. Ushbu Qoidalarning 5 — 7-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan kerakli hujjatlar mavjud boʻlmagan va/yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan taqdirda, patent egasiga yoki uning vakiliga mavjud boʻlmagan va/yoki tuzatilgan hujjatlarni soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy ichida taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboriladi. Bunda iltimosnomani koʻrib chiqishning belgilangan muddatining oʻtishi yetishmayotgan yoki tuzatilgan hujjatlarning oxirgisi kelib tushgunga qadar toʻxtatib turiladi.
11. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga mos kelganida patentning amal qilishi tiklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Patentning amal qilishini tiklash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli Davlat reyestriga kiritiladi va Vazirlikning rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi. Patent egasiga yoki uning vakiliga patentning amal qilishi tiklanganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuboriladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga mos kelmaganida, shuningdek tuzatilgan yoki yetishmayotgan hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda Vazirlik patent egasiga yoki uning vakiliga iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganligi toʻgʻrisida rad etish asoslari koʻrsatilgan bildirishnoma yuboradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash qoidalariga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
| |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: ________ E-mail:__________ |
| |
(F.I.O., yoki yuridik shaxsning nomi) |
| | Manzil ______________________ Telefon______________________ |
|
| |
| — ixtiroga | |
| — foydali modelga | |
| — sanoat namunasiga (keraklisi [x] bilan belgilansin) | |
| ________ — raqamli patentning amal qilishini tiklab berishingizni soʻrayman. | |
| Patentning amal qilishi patentni oʻz kuchida saqlab turish uchun patent boji toʻlanmaganligi sababli tugatilgan. | |
Ilova qilinayotgan hujjatlar (keraklisi [x] bilan belgilansin) | |
| — patentning amal qilishini tiklash uchun boj hamda tegishli yilda patentni oʻz kuchida saqlab turish uchun patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat; | |
| — merosga boʻlgan huquqni yoki vorislik huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi; | |
| — ishlarni yuritish uchun ishonchnoma. | |
| Patent egasi |
______________________________ |
| |
(lavozimi, F.I.O., imzo) |
| Sana _________ |
(M.Oʻ.) |
| | |
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 15-son, 193-modda; 2011-y., 40-son, 418-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)